Авторы

  • Furqat Xidirov
    Malaka oshirish instituti maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovni

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.130217

Ключевые слова:

mahalla huquq-tartibot maskani ichki ishlar organlari muvofiqlashtirish jinoyatlarning oldini olish xizmatlararo hamkorlik jamoat xavfsizligi elektron axborot almashinuv tizimi.

Аннотация

Ushbu maqolada mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslari, ularning tarkibiy tuzilmasi, vazifalari hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari tahlil qilinadi. Muvofiqlashtirishdagi amaliy shakllar, mavjud muammolar va ular asosida maskanlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Jumladan, xizmatlararo o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, elektron axborot almashinuv tizimini joriy etish, faoliyat samaradorligini baholovchi mezonlarni belgilash zarurligi asoslab berilgan.


background image

Page 112

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANINING BOSHQA

DAVLAT ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI:

MUVOFIQLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Xidirov Furqat Shukurullvevich

Malaka oshirish instituti maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi dotsenti,

podpolkovni

https://doi.org/10.5281/zenodo.16627543

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Iyul 2025 yil
Ma’qullandi: 25-Iyul 2025 yil
Nashr qilindi: 31-Iyul 2025 yil

Ushbu maqolada mahalla huquq-tartibot maskanlari
faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslari, ularning
tarkibiy tuzilmasi, vazifalari hamda boshqa davlat
organlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari tahlil
qilinadi. Muvofiqlashtirishdagi amaliy shakllar, mavjud
muammolar va ular asosida maskanlar faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Jumladan,

xizmatlararo

o‘zaro

hamjihatlikni

mustahkamlash, elektron axborot almashinuv tizimini
joriy etish, faoliyat samaradorligini baholovchi
mezonlarni belgilash zarurligi asoslab berilgan.

KEY WORDS

mahalla huquq-tartibot maskani,
ichki

ishlar

organlari,

muvofiqlashtirish, jinoyatlarning
oldini

olish,

xizmatlararo

hamkorlik, jamoat xavfsizligi,
elektron

axborot

almashinuv

tizimi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilik va

huquqbuzarliklarning oldini olish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, jamiyatda xavfsiz muhitni shakllantirish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini
ta’minlash maqsadida mahallalarda “Mahalla huquq-tartibot maskanlari” tashkil etildi. Ushbu
tuzilma ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inida joylashgan bo‘lib, bevosita joylardagi
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga
xizmat qilmoqda.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarining samarali faoliyat yuritishi esa, faqatgina ichki

ishlar xodimlarining harakati bilan emas, balki boshqa davlat organlari bilan yaqin hamkorlikda
ishlash orqali ta’minlanadi. Xususan, profilaktika inspektorlari, probatsiya xizmati, yo‘l harakati
xavfsizligi, sog‘liqni saqlash muassasalari, ta’lim tizimi, mahalla raisi va yoshlar yetakchilari
bilan hamkorlik maskanlar faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Shu sababli,
maskanlarning boshqa davlat organlari bilan uzviy va samarali muvofiqlashtirilgan faoliyat
yuritishi hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir.

Maqolada mahalla huquq-tartibot maskanining boshqa davlat organlari bilan olib

borayotgan hamkorlik faoliyati, bu jarayondagi muvofiqlashtirish mexanizmlari, mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Shuningdek,
qonunchilikdagi asoslar va amaliyotdagi mavjud tajribalarga asoslanib, mahallalarda
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli yondashuvlar yoritib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasida mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash va jinoyatchilikning

oldini olish tizimini kuchaytirish maqsadida, 2025-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va

huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish


background image

Page 113

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul
qilindi. Mazkur hujjat asosida jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan mahallalarda “Mahalla huquq-
tartibot maskanlari” tashkil etildi va ushbu tizim ichki ishlar organlarining hududiy
bo‘g‘inlarida doimiy faoliyat yurituvchi tuzilma sifatida belgilandi

1

.

Maskanlarning tashkil etilishi nafaqat yangi tashkiliy tizim paydo bo‘lishi, balki

jinoyatlarning barvaqt oldini olishda davlat organlari faoliyatining mahalliy darajadagi
muvofiqlashtirilgan modelini shakllantirdi. 2025-yil 15-fevraldagi Ichki ishlar vazirining
“Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi
buyrug‘iga ko‘ra, mahalla huquq-tartibot maskanlari jamoat xavfsizligini ta’minlash,
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xizmat olib
boradigan doimiy tarkibiy birlik sifatida faoliyat yuritadi

2

.

Mazkur maskanlarda quyidagi xodimlar doimiy xizmat olib borishi belgilangan:

katta va kichik profilaktika inspektorlari;

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor;

yo‘l harakati xavfsizligi inspektori;

probatsiya xizmati xodimi;

tezkor-qidiruv xizmati xodimi;

patrul-post xizmati inspektori.

Maskanlarda, shuningdek, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish uchun Milliy gvardiya

bo‘linmalari xodimlari hamda boshqa davlat organlari vakillari va jamoatchilik tuzilmalarining
vakillari ham faoliyat yuritishi belgilangan

3

.

Bu orqali maskanlar yagona markaz sifatida turli davlat organlari faoliyatini birlashtirib,

jinoyatlarning barvaqt oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar bilan bevosita muloqot
qilish kabi dolzarb vazifalarni bajaradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-

moddasida ichki ishlar organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida jamoat tartibini
saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi
vazifalar belgilangan

4

. Maskanlarlar ushbu funksiyalarni bevosita joylarda, ya’ni mahallaning

o‘zida amalga oshiradi.

Shuningdek, mahalla huquq-tartibot maskanlarining faoliyati “Hududiy hamkorlik va

kompleks yondashuv” tamoyiliga asoslanadi. Ya’ni, bu maskanlar orqali ichki ishlar organlari
boshqa davlat idoralari (hokimliklar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, mahalla raislari va
yoshlar ittifoqi) bilan tizimli ishlash imkoniga ega bo‘lmoqda

5

.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni

yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son

2

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini

yanada oshirish to‘g‘risida” 84-sonli buyrug‘i

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida

xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–1-sonli qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-
son

4

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni //

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son

5

Norboyeva Elnura Farxod Qizi, and G‘Aniyev Farrux Taxirjanovich. "Mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat

organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini muvofiqlashtirish faoliyati ahamiyati va o’ziga xos


background image

Page 114

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Maskanlar faoliyatining o‘ziga xos jihati — mahalla miqyosida huquqiy, ijtimoiy va

psixologik muhitni doimiy kuzatib borish va kerakli hollarda tezkor chora ko‘rish
mexanizmlarini shakllantirishdir. Shuningdek, har bir maskan o‘z hududidagi kriminogen
vaziyatni doimiy tahlil qilib, jinoyatlarga moyil guruhlar bilan alohida ishlash rejasini ishlab
chiqadi

6

.

Umuman olganda, mahalla huquq-tartibot maskanlari bugungi kunda “xavfsiz jamiyat”

barpo etishda markaziy rol o‘ynab, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini
bajarmoqda. Ularning faoliyati nafaqat qonuniylikni ta’minlash, balki fuqarolarning huquqiy
ongi va mas’uliyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Mahalla huquq-tartibot maskani – bu faqatgina bitta xizmat emas, balki bir nechta davlat

organlari xodimlari birgalikda ishlaydigan yagona xavfsizlik tizimidir. Bu yerda asosiy vazifa –
mahalladagi tinchlikni saqlash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi
birgalikda kurashishdir.

Maskanlarda ichki ishlar organlari vakillari doimiy asosda xizmat olib boradilar. Jumladan,

profilaktika inspektori – mahalla hududida yashovchi fuqarolar bilan muntazam ishlaydi,
jinoyatga moyil shaxslar bilan alohida suhbatlar o‘tkazadi, targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib
boradi

7

.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari esa mahallada avtohalokatlarning oldini olish,

bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l belgilarining to‘g‘ri ishlashini nazorat qilishda
muhim rol o‘ynaydi.

Probatsiya xizmati xodimi jinoyat sodir etib, lekin ozodlikdan mahrum etilmagan, shartli

jazoga tortilgan fuqarolar bilan ishlaydi. Ularni kuzatadi, ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam
beradi

8

.

Tezkor-qidiruv xodimi – jinoyat sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslar haqida

axborot yig‘ish va ularni aniqlash ishlarini olib boradi. Patrul-post xizmati xodimi maskanlar
hududida kundalik navbatchilikni olib boradi, tartibni buzganlarga nisbatan choralar ko‘radi,
fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor – ayollar, yolg‘iz onalar, zo‘ravonlikdan aziyat

chekayotgan oilalarning muammolari bilan shug‘ullanadi. Ular bilan tushuntirish ishlari olib
boradi, kerak bo‘lsa, boshqa tashkilotlar bilan birga muammoni hal qiladi.

Ichki ishlar xodimlaridan tashqari, maskanlar faoliyatida boshqa tashkilotlar vakillari

ham ishtirok etadi. Jumladan, mahalla raisi mahalla aholisi bilan ishlaydi, muammolarni ichki
ishlar organlariga yetkazadi va birgalikda chora ko‘rishga yordam beradi. Yoshlar yetakchisi esa
yoshlar bilan ishlaydi, ularni jinoyat yo‘liga kirmaslikka chaqiradi, turli madaniy va sport
tadbirlarini tashkil qiladi. Hokim yordamchisi oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganib, ishsizlarga
yordam beradi, aholini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

xususiyatlari" Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 109-
113.

6

Ibragimov, Sherzod Shokirovich. "Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash

faoliyatini takomillashtirishning ayrim jihatlari" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, vol. 2, no. 3, 2022, pp. 570-578.

7

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini

yanada oshirish to‘g‘risida” 84-sonli buyrug‘i

8

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini

yanada oshirish to‘g‘risida” 84-sonli buyrug‘i


background image

Page 115

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Bundan tashqari, maskanlar profilaktika inspektorlari ta’lim muassasalari, sog‘liqni

saqlash tashkilotlari va bandlik xizmatlari bilan hamkorlik qiladi. Masalan, maktabda davomati
sust bo‘lgan o‘quvchilar haqida xabardor bo‘lishi, ruhiy holati og‘ir bemorlar bo‘yicha
shifokorlar bilan muloqotda bo‘lishi, ishsiz fuqarolar bo‘yicha bandlik markazi bilan ishlashi
mumkin

9

.

Shunday qilib, maskanlar faoliyatidagi davlat organlari o‘zaro yagona maqsad sari intiladi

– bu esa aholining tinch va osoyishta hayot kechirishiga zamin yaratadi.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarida turli davlat xizmatlari bir joyda ishlagani bilan,

ularning faoliyatini bir yo‘nalishga solish, ya’ni muvofiqlashtirish juda muhim. Chunki har bir
xizmat o‘z vazifasini bajarishi yetarli emas. Muhimi – bu xizmatlar bir-birini to‘ldirishi va
umumiy maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishi kerak. Bunga erishish uchun maskanlarda
maxsus muvofiqlashtirish shakllari va uslublari joriy etilgan.

Eng avvalo, har bir maskanda profilaktika bo‘yicha bosh inspektor mavjud. U barcha

xizmatlar ishini muvofiqlashtiradi, reja tuzadi, nazorat qiladi va amalga oshirilgan ishlar
bo‘yicha hisob-kitob yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla
huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida” 84-sonli
buyrug‘ida bu aniq ko‘rsatib o‘tilgan, bosh inspektor maskanlar faoliyatini boshqaradi,
xizmatlar o‘rtasida kelishuvni ta’minlaydi, barcha chora-tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil
qiladi

10

.

Muvofiqlashtirishning asosiy shakllaridan biri – rejali yig‘ilishlardir. Har hafta yoki oyda

bir marotaba barcha xizmatlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi. Unda mahalladagi dolzarb
muammolar, jinoyatga moyil shaxslar, ehtimoliy xavfli vaziyatlar, nogironlar, yolg‘iz keksalar,
muammoli oila a’zolari muhokama qilinadi. Har bir xizmat o‘z ma’lumotini taqdim etadi, keyin
esa birgalikdagi chora-tadbirlar belgilanadi

11

.

Shuningdek, maskanlarda “birgalikda ishlash rejasi” ishlab chiqiladi. Ya’ni har bir xizmat

yil yoki oy boshida qanday ishlarni qachon va kim bilan o‘tkazishi kerakligi bo‘yicha umumiy
rejaga imzo chekadi. Masalan, maktab o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish
bo‘yicha IIO xodimlari, xalq ta’limi vakillari va yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda reja tuzadi
va amalga oshiradi

12

.

Yana bir muhim jihat – bu ma’lumot almashish tizimi. Maskanlardagi barcha xizmatlar

o‘zlariga kelgan dolzarb ma’lumotlarni bir-biri bilan o‘z vaqtida baham ko‘rishlari kerak.
Masalan, sog‘liqni saqlash muassasasi ruhiy holati yomon yoki davolanishdan qochayotgan
shaxs haqida xabar bersa, profilaktika inspektori bu bilan darhol ish olib boradi. Shuningdek,

9

Norboyeva Elnura Farxod Qizi, and G‘Aniyev Farrux Taxirjanovich. "Mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat

organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini muvofiqlashtirish faoliyati ahamiyati va o’ziga xos
xususiyatlari" Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 109-
113.

10

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini

yanada oshirish to‘g‘risida” 84-sonli buyrug‘i

11

Ibragimov, Sherzod Shokirovich. "Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash

faoliyatini takomillashtirishning ayrim jihatlari" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, vol. 2, no. 3, 2022, pp. 570-578.

12

Norboyeva Elnura Farxod Qizi, and G‘Aniyev Farrux Taxirjanovich. "Mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat

organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini muvofiqlashtirish faoliyati ahamiyati va o’ziga xos
xususiyatlari" Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 109-
113.


background image

Page 116

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

maktabda muammo bo‘layotgan o‘quvchi haqida xabar olinsa, yoshlar yetakchisi, mahalla raisi
va IIO birgalikda choralar ko‘radi

13

.

Muvofiqlashtirishda hisobot tizimi ham muhim o‘rin tutadi. Har bir xizmat bajarilgan

ishlar bo‘yicha maskanlar rahbariga muntazam ravishda ma’lumot beradi. Bu orqali yutuqlar
va kamchiliklar aniqlanadi, kerakli hollarda tuzatishlar kiritiladi.

Amaliyotda kuzatilganidek, maskanlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mana shu ichki

muvofiqlashtirishga bog‘liq. Agar xizmatlar o‘zaro to‘g‘ri axborot almashsa, umumiy maqsad
sari harakat qilsa, jinoyatlarning oldini olish osonlashadi. Bunday muvofiqlik holatlari haqida
ilmiy maqolalarda ham qayd etilgan. Jumladan, Norboyeva va G‘aniyev tomonidan tayyorlangan
tahlilga ko‘ra, aynan maskanlar doirasidagi muvofiqlashtirish mexanizmlari jinoyatchilik
darajasini pasaytirishda sezilarli natija bergani ta’kidlangan

14

.

Xulosa qilib aytganda, maskanlar faoliyati yagona markaz sifatida samarali bo‘lishi uchun

har bir xizmatning vazifasi aniq belgilangan bo‘lishi, ular o‘zaro reja asosida ishlashi, axborot
almashinuvi orqali hamkorlik qilishi shart. Faqatgina shunda mahalla miqyosida
huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ijobiy
natijalarga erishish mumkin bo‘ladi.

Mahalla huquq-tartibot maskanlari orqali xavfsizlikni ta’minlash va jinoyatchilikning

oldini olish bo‘yicha bir qancha samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, amaliyotda bu
tizim faoliyatida ayrim muammolar ham uchrab turibdi. Bu muammolarga e’tibor qaratilib,
ularni bartaraf etish orqali maskanlar ishini yanada samarali tashkil etish mumkin.

Birinchi muammo, xizmatlar o‘rtasida uzviylik har doim ham to‘liq ta’minlanmaydi. Ya’ni

maskanlar tarkibida ishlayotgan ayrim xodimlar faqat o‘z yo‘nalishi bilan shug‘ullanib, boshqa
xizmatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilmasligi holatlari uchrab turadi. Ayrim yig‘ilishlar
faqat qog‘ozda o‘tkazilgandek ko‘rinadi, lekin real masalalar muhokama qilinmay qoladi. Bu esa
jinoyatlarning barvaqt oldini olishda to‘siq bo‘ladi.

Ikkinchidan, axborot almashinuvi sustligi. Masalan, tibbiyot yoki ta’lim sohasidan kelgan

muhim ma’lumotlar ayrim hollarda maskanlarga o‘z vaqtida yetib bormaydi. Natijada, jinoyatga
moyil guruhlar, muammoli o‘quvchilar yoki ruhiy sog‘lig‘i yomon fuqarolar bilan o‘z vaqtida
ishlash imkoni bo‘lmaydi.

Uchinchidan, maskanlar faoliyatining baholash tizimi zaifligi. Bugungi kunda maskanlar

faoliyati qanchalik samarali bo‘layotgani haqida aniq mezonlar ishlab chiqilmagan. Bu esa
yutuqlar va kamchiliklarni aniq ko‘rsatib berishga to‘sqinlik qiladi. Ilmiy tadqiqotlarda ham bu
holat alohida tilga olinib, maskanlar faoliyatini baholovchi indikatorlar ishlab chiqilishi
zarurligi ta’kidlangan

15

.

13

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod O‘G‘Li, and G‘Aniyev Farrux Taxirjanovich. "Profilaktika inspektorining fuqarolik

jamiyati insitutlari bilano‘zaro hamkorligi faoliyatinini takomillashtirish va xorijiy davlatlarning tajribalari" Central Asian
Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 64-69

14

Norboyeva Elnura Farxod Qizi, and G‘Aniyev Farrux Taxirjanovich. "Mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat

organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini muvofiqlashtirish faoliyati ahamiyati va o’ziga xos
xususiyatlari" Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 109-
113. doi:10.5281/zenodo.14609412

15

Norboyeva Elnura Farxod Qizi, and G‘Aniyev Farrux Taxirjanovich. "Mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat

organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini muvofiqlashtirish faoliyati ahamiyati va o’ziga xos
xususiyatlari" Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 109-
113. doi:10.5281/zenodo.14609412


background image

Page 117

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Shuningdek, ayrim hududlarda maskanlar xodimlari soni kam bo‘lib, mavjud xodimlar bir

necha funksiyani bajarishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa ularning sifatli xizmat ko‘rsatishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu muammolar shuni ko‘rsatadiki, maskanlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish

uchun faqat tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan, ishlash sharoitlari, tashkiliy madaniyat va
hamkorlik tartibi kabi masalalarga ham chuqur e’tibor qaratish lozim.

Demak, maskanlar samaradorligini oshirish uchun mavjud muammolarni tizimli ravishda

hal qilish va hamkorlikni raqamli texnologiyalar orqali kuchaytirish zarurdir. Faqat shunda bu
maskanlar o‘z oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad – mahalla xavfsizligini ta’minlash va
huquqbuzarliklarning oldini olish vazifasini to‘laqonli bajara oladi.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarining faoliyatida aniqlangan muammolar shuni

ko‘rsatadiki, ushbu tizimni yanada samarali qilish uchun aniq va amaliy takliflarni ishlab
chiqish zarur. Quyida maskanlarda xizmat qiluvchi turli davlat organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar keltiriladi.

Birinchidan, har bir xizmat vakiliga aniq vakolat va mas’uliyatlarni belgilash zarur.

Maskanlarda ishlovchi xizmatlar o‘rtasidagi vazifalar aniq ajratilishi, ular qog‘ozda emas,
amalda ham bajarilishi zarur. IIVning tegishli buyrug‘ida bu xizmatlarning maskanlardagi roli
belgilangan, ammo uni joylarda to‘liq bajarish uchun amaliy ko‘rsatmalar ham bo‘lishi kerak

16

.

Ikkinchidan, muvofiqlashtirishni yagona elektron platforma orqali yuritish. Maskanlar

faoliyatini raqamlashtirish zarur. Har bir xizmat qiluvchi xodim o‘z faoliyati va ma’lumotlarini
yagona elektron tizimga kiritib borsa, bu nafaqat shaffoflikni ta’minlaydi, balki tezkor axborot
almashinuvini ham osonlashtiradi. Bu borada Prezident qarorida ham raqamli yondashuvga
alohida e’tibor qaratilgan

17

.

Uchinchidan, mahalla huquq-tartibot maskanlarining faoliyatini baholash mezonlarini

ishlab chiqish taklif qilinadi. Maskanlarning samaradorligi hozircha faqat umumiy mulohazalar
asosida baholanmoqda. Endilikda har bir maskanlar faoliyatini o‘lchovli ko‘rsatkichlar
(jinoyatlarning kamayishi, profilaktik suhbatlar soni, aholi ishonchi darajasi) orqali baholash
tizimi yaratilishi zarur.

To‘rtinchidan, hududdagi ijtimoiy muammolarni erta aniqlash bo‘yicha monitoring guruhi

tuzish taklif qilinadi. Maskanlar qoshida maxsus “ijtimoiy xavf guruhlari” bilan ishlovchi
monitoring guruhini shakllantirish mumkin. Bu guruhga profilaktika inspektori, yoshlar
yetakchisi, tibbiyot xodimi va mahalla raisi kiritilib, ular muammoli oilalar, jinoyatga moyil
shaxslar va ruhiy nosog‘lom fuqarolarni aniqlab, ularga tezkor yordam ko‘rsatishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, “Mahalla huquq-tartibot maskanlari” fuqarolarning xavfsizligini

ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda muhim
bo‘g‘in hisoblanadi. Bu tizimning samarali ishlashi, ayniqsa, maskanlar tarkibidagi xizmatlar –
ichki ishlar organlari xodimlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mahalla raisi va boshqalar o‘rtasidagi
muvofiqlik va hamkorlikka bevosita bog‘liq.

16

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini

yanada oshirish to‘g‘risida” 84-sonli buyrug‘i

17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni

yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 07/25/01/0059-son


background image

Page 118

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Amaliyotda bu xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik ba’zan yetarli darajada emasligi kabi

muammolar mavjud. Shu sababli maskanlar faoliyatini yanada takomillashtirish uchun
xizmatlararo hamkorlikni kuchaytirish, elektron axborot almashinuv tizimini joriy etish,
faoliyat samaradorligini baholovchi mezonlar ishlab chiqish va xodimlarning ish sharoitlarini
yaxshilash zarur.

Samarali muvofiqlashtirish – maskanlar orqali jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy

kalit hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi

O‘RQ-407-son Qonuni;
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda

respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli
qarori;
3.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot

maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘i;
4.

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich. “Profilaktika

inspektorining fuqarolik jamiyati insitutlari bilano‘zaro hamkorligi faoliyatinini
takomillashtirish va xorijiy davlatlarning tajribalari” Central Asian Journal of Multidisciplinary
Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 64-69.
5.

Norboyeva Elnura Farxod Qizi, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich. “Mahalla huquq-tartibot

maskanida boshqa davlat organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini
muvofiqlashtirish faoliyati ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari” Central Asian Journal of
Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 109-113.
6.

Ibragimov, Sherzod Shokirovich. “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va

xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirishning ayrim jihatlari” Oriental renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 2, no. 3, 2022, pp. 570-578.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘i;

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich. “Profilaktika inspektorining fuqarolik jamiyati insitutlari bilano‘zaro hamkorligi faoliyatinini takomillashtirish va xorijiy davlatlarning tajribalari” Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 64-69.

Norboyeva Elnura Farxod Qizi, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich. “Mahalla huquq-tartibot maskanida boshqa davlat organlari xodimlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini muvofiqlashtirish faoliyati ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari” Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 109-113.

Ibragimov, Sherzod Shokirovich. “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirishning ayrim jihatlari” Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 2, no. 3, 2022, pp. 570-578.