Авторы

  • Turg‘unoy Jo‘rayeva
  • Dilnoza Yuldasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126634

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga axloqiy tarbiya berishning mazmuni va mohiyati chuqur yoritilgan. Unda axloqiy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari, uning tarkibiy qismlari, pedagogik ahamiyati hamda bu jarayonda o‘qituvchi, ota-ona va ijtimoiy muhitning tutgan o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiyaning samarali kechishi uchun qo‘llanishi lozim bo‘lgan dars jarayonidagi axloqiy yondashuvlar va tashkiliy ishlarning o‘rni yoritilgan. Mazkur maqola boshlang‘ich ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, talabalar hamda tarbiya masalasiga qiziqadigan kitobxonlar ommasi uchun foydali bo‘lishi va shu bilan birga, boshlang‘ich ta’limda axloqiy tarbiyani takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin.


background image

Page 13

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI UCHUN AXLOQIY

TARBIYANING MAZMUNI VA MOHIYATI

Jo‘rayeva Turg‘unoy Umarjonovna

Namangan davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi

Yuldasheva Dilnoza Tolif qizi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15679570

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 01

st

June 2025

Accepted: 05

th

June 2025

Published: 17

th

June 2025

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga

axloqiy tarbiya berishning mazmuni va mohiyati chuqur

yoritilgan. Unda axloqiy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari,

uning tarkibiy qismlari, pedagogik ahamiyati hamda bu

jarayonda o‘qituvchi, ota-ona va ijtimoiy muhitning

tutgan o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiyaning

samarali kechishi uchun qo‘llanishi lozim bo‘lgan dars

jarayonidagi axloqiy yondashuvlar va tashkiliy ishlarning

o‘rni yoritilgan. Mazkur maqola boshlang‘ich ta’lim

sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, talabalar

hamda tarbiya masalasiga qiziqadigan kitobxonlar

ommasi uchun foydali bo‘lishi va shu bilan birga,

boshlang‘ich

ta’limda

axloqiy

tarbiyani

takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin.

KEYWORDS

axloq, axloqiy tarbiya,

milliy qadriyat, odob, shaxs

shakllanishi, o‘qituvchi roli, ota-

ona

mas’uliyati,

insoniy

fazilatlar,

pedagogik

yondashuv, ijtimoiy muhit, ota-

ona va maktab hamkorligi,

zamonaviy tarbiya konsepsiyasi.

Yosh avlodni har tomonlama yetuk inson etib tarbiyalash bugungi kunda eng dolzarb

masalalardan biri hisoblanadi. Inson jamiyatda yashar ekan, u doimo o‘z atrofidagi odamlar

bilan muomala qiladi, jamiyat orasida o‘zini tutish, boshqalar bilan oson til topishish va odob-

axloq qoidalariga rioya qilishga harakat qiladi. Bularning barchasi har bir insonning bolalik

paytlaridan beri olayotgan axloqiy tarbiyasiga bog‘liqligi va uning hayotida muhim o‘ringa ega

ekanligi barchamizga ma’lum. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun

axloqiy tarbiya

tarbiyaning uzluksizligini ta’minlashda eng muhim bo‘g‘inlardan biridir. Shu sababdan o‘sib

kelayotgan kelajak avlodga axloqiy tarbiyani o‘rgatish faqat darslikdagi mavzu emas, balki

hayotiy ehtiyojdir.

O‘quvchilarni tarbiyalash jarayoniga nafaqat odamlar balki jamiyat ham mas’uldir. Bu

esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli farmonida

ham o‘z aksini topgan deya olamiz. Ushbu farmon “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” bo‘lib, unda axloqiy tarbiya, ma’naviyat va

milliy qadriyatlar asosida yosh avlodni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

sifatida belgilangan.

Axloq arabcha so‘z bo‘lib, “xulqning ko‘rinishi” degan ma’noni anglatadi. Lotin tilida esa bu

so‘z “xulq-atvor” degan ma’noni bildiradi. Axloq — ruhiy-ma’naviy hayotning bir qismi,

ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ma’naviyatga oid muhim tushunchalardan sanaladi.

Kishilarning qadimdan shakllanib kelgan xulq-atvori, yurish-turishi, jamiyatdagi o‘zaro

aloqalari, shuningdek, jamiyatda mavjud bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi, barqaror,

aniq me’yorlar va qoidalarning yig‘indisidir. Axloq avvalo halollik, adolat, e’tiqod va insof kabi

tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ajdodlarimiz komil inson haqida to‘liq axloqiy me’yorlar

majmuasini shakllantirishgan. Hozirgi tilda aytganda, bu — sharqona axloq normalari

sanaladi. Inson qalbida harom narsalardan tiyilish, nopok ishlardan nafratlanish,


background image

Page 14

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

adolatsizlikka qarshi bo‘lish sifati bo‘lishi kerak. Bunday inson bergan so‘zida turadi, birovga

xiyonat qilmaydi, vataniga sadoqatli bo‘ladi, xalq va yurt manfaatlari yo‘lida jonini ham fido

qilishga tayyor bo‘ladi. Axloq normalari kishilarning fe’l-atvori va amaliy harakatlarida

namoyon bo‘ladi. Ba’zan ayrim harakatlar va xulq-atvorlar axloqiy me’yorlarga zid

hisoblanadi. Axloq - bu insonning xulq-atvori, odob-axloqi, ichki dunyosi va odatlari majmui

bo‘lib, u qanday yashashi, atrofidagi insonlar bilan qanday munosabatda bo‘lishi, yaxshi-

yomonni ajrata olishi va jamiyatda o‘zini qanday tutishini belgilaydi. Axloqiy tarbiyaga

keladigan bo‘lsak, bu shaxsning ichki dunyosida ezgulik, halollik, vijdon, mas’uliyat, adolat,

sabr-toqat va insonparvarlik singari insonning hayotiga ahamiyatli bo‘lgan axloqiy fazilatlarni

shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan maqsadli, tizimli va uzluksiz pedagogik

jarayondir. U insonning o‘zini tutishi, boshqalar bilan munosabatini axloqiy me’yorlar asosida

yo‘naltiradi. Axloqiy tarbiya orqali yosh avlodda nafaqat odob-axloq shakllanadi, balki

ularning vijdoni, qalbi va tafakkuri ma’naviy jihatdan uyg‘onadi. Yana qo‘shimcha qilib

aytadigan bo‘lsak, axloqiy tarbiya yordamida inson faqat jamiyatda emas, balki o‘z vijdoni

oldida ham mas’uliyatli bo‘ladi. Bu tarbiya nafaqat yaxshi muomala qilishni, balki

yomonlikdan tiyilishni, o‘zini nazorat qilishni, boshqalarni tushunishni ham o‘rgatadi.

Har bir bolada axloqiy fazilatlar shakllanishi uchun, avvalo, sog‘lom tarbiya kerak. Bu

tarbiyaning boshlanishi va eng asosiy qismi esa bolaning o‘z oilasida amalga oshadi. Oila

axloqiy tarbiyaning markazi hisoblanadi. Ota-onaning har bir so‘zi, harakati, hatto ularning

bir-biriga bo‘lgan munosabati farzandda axloqiy tuyg‘ularni shakllantiradi. Ota-ona

farzandning birinchi ustozlari va eng ta’sirchan namoyondalaridir. Farzand, odatda, oilada

ota-ona va boshqa oila a’zolarini kuzatib, ularning harakatlariga qarab o‘z xulqini

shakllantiradi. Ota-ona bolani nafaqat o‘z hayot tajribasi bilan, balki axloqiy qadriyatlar bilan

ham boyitishadi. Ota o‘zining mehnatsevarligi, halolligi va adolati orqali farzandiga yaxshi

xulqni o‘rgatadi. Ona esa mehr-oqibati, sabr-toqati va e’tibori orqali farzandiga insoflilik, sabr

va mehrni o‘rgatadi. Ota-onaning o‘zaro hurmati, bir-biriga mehribon va adolatli munosabati

farzandga oiladagi ahillikni, mehrni va mas’uliyatni tushunishga yordam beradi. Shuningdek,

ota-onaning yaxshi axloqi farzandga namuna bo‘ladi va u bolaga yaxshi muomala qilishni,

boshqalarga yordam berishni va hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashni o‘rgatadi. Oila, shuningdek,

bolaning qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bola oilada to‘g‘ri va noto‘g‘ri xulqni

ajratishni o‘raganadi. Ota-onalar oilaviy nizolarni hal qilishda adolatni, tinchlikni va murosani

namoyish etib beradilar. Ota-onalar o‘z farzandlariga axloqiy qadriyatlar va insoniy

fazilatlarni o‘rgatish orqali ularni jamiyatda yaxshi insonlar bo‘lishga tayyorlaydi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash jarayoni eng muhim bosqich hisoblanadi. Bunday

muhim paytda ularga milliy va diniy qadriyatlar asosida axloqiy saboqlar berish ularning

hayotiga va kelajakda ulkan zafarlarga erishishiga zamin yaratib beradi. Ushbu davr inson

shaxsining ildizlari qo‘yiladigan davrdir. Bu ildizlar kuchli bo‘lishi uchun unga milliy va diniy

qadriyatlarni chuqur anglatish kerak. Masalan, kattalarga salom berish, ularning duolarini

olish, ota-onani hurmat qilish, ustozlarni qadrlash kabilar. Bu qadriyatlar orqali axloqiy

tarbiya mustahkamlanadi, bola nafaqat bilimli, balki odobli, vijdonli, halol va mehribon inson

sifatida voyaga yetadi. Bugun biz yosh avlodga bergan tarbiyamizni, ertaga jamiyatdan olamiz.

Shunday ekan, tarbiyaning kalitini qo‘ldan boy bermaslik kelajakdagi eng katta yutuq

hisoblanadi.


background image

Page 15

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Xalq og‘zaki ijodi ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy tarbiyasida katta ahamiyatga

ega. Xalq og‘zaki ijodi – bu ajdodlarimizning ko‘p asrlik tajribasi, donishmandligi, hayotiy

qarashlari, axloqiy me’yorlari va orzu-umidlarining ifodasidir. U insonning ruhiy-ma’naviy

olamini, qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazib keladigan qudratli vosita sifatida xizmat

qiladi. Ayniqsa, ertaklar, dostonlar, maqollar, topishmoqlar va rivoyatlar axloqiy tarbiyada

muhim o‘rin tutadi. Shular qatorida “Zumrad bilan Qimmat” ertagi – o‘zining chuqur ma’nosi,

sodda, lekin kuchli tarbiyaviy mazmuni bilan alohida o‘rin tutadi. Bu ertak nafaqat qiziqarli

voqealar, balki bolalarning ruhiyatiga bevosita ta’sir qiladigan axloqiy saboqlar bilan to‘la.

Ertakda bosh qahramonlar – Zumrad va Qimmat qarama-qarshi xulqdagi ikki qiz obrazidir.

Zumrad – sabrli, kamtar, mehnatkash, yaxshi niyatli oqila qiz. Qimmat – yalqov, ochko‘z,

mag‘rur va ishyoqmas. Bu ertak xalq donishmandligining bebaho namunasi bo‘lib, u axloqiy

tarbiyaning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Bu ertak o‘quvchiga faqat voqeani

emas, balki hayoti davomida qanday inson bo‘lishi kerakligini o‘rgatadi. U orqali farzand

sabrli, halol, odobli va mehnatkash bo‘lishga intiladi. Shu bois, bu kabi ertaklarni bolalarga

nafaqat o‘qib berish, balki ular bilan muhokama qilish, tahlil qilish lozim. Chunki ertakda

berilgan axloqiy saboqlar - bu bola onggiga chuqr o‘rnashadigan hayotiy darslardir.

O‘qituvchi ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axloqiy tarbiyasi shakllanishida muhim rol

o‘ynaydi. Bolalar ko‘p vaqtlarini maktabda o‘tkazadilar. Shuning uchun o‘qituvchi faqat bilim

beruvchi emas, balki tarbiyachi hamdir. Maktab davrida bola o‘qituvchini ikkinchi ota-ona

sifatida qabul qiladi. O‘qituvchining har bir so‘zi,

xatti-harakati, qanday muomala qilishi, qanday

kiyinishidan tortib, qanday holatda munosabatda

bo‘lishigacha – hammasi o‘quvchiga ta’sir qiladi.

Mutafakkirlar aytadilar: “Tarbiyada eng kuchli

vosita – bu o‘rnak bo‘lishdir.”

Shunday ekan, o‘qituvchi o‘zining halolligi,

rostgo‘yligi, odob-axloqi, muomala madaniyati

orqali o‘quvchiga tarbiya beradi – bu esa bir

umrga yodda qoladi. O‘quvchilar darsdan avval

ustozining so‘zidan, yuz ifodasidan, odobidan va

muomala madaniyatidan ta’sirlanadi. Agar

o‘qituvchining qalbi pok, so‘zi rost, muomalasi

chiroyli bo‘lsa – bu o‘quvchilar qalbiga chuqur o‘rnashadi. Shuning uchun o‘qituvchi axloqiy

tarbiyada so‘z bilan emas, avvalo o‘zining shaxsiy namunasi bilan tarbiya beradi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida bilim berish bilan bir qatorda tarbiya berish masalasi tobora

muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kelajakda jamiyatni boshqaradigan, uni ilgari

siljitadigan avlod bugungi maktab o‘quvchilari hisoblanadi. Ularning faqat bilimli emas, balki

tarbiyali, axloqli, ma’naviyatli, halol va mas’uliyatli bo‘lib voyaga yetishi esa, o‘qituvchining

darsda qo‘yadigan tarbiyaviy maqsadlariga bevosita bog‘liqdir.

Ta’lim-tarbiya bir butun jarayon hisoblanadi. Bilimning mazmuni, darsda tanlangan metodlar,

berilayotgan topshiriqlar, o‘qituvchining shaxsiy namuna ko‘rsatishi – bularning barchasi

o‘quvchining ichki dunyosiga, ya’ni uning shaxs sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir

ko‘rsatadi. Shu sababli har bir darsda faqat mavzuga oid bilimlar emas, balki shu bilimlar

orqali qaysi insoniy fazilatlar, ijtimoiy qadriyatlar, milliy g‘urur va axloqiy qarashlar

singdirilishini ham ko‘zda tutish zarur. Tarbiyaviy maqsad esa bu dars davomida

o‘quvchilarda ma’lum bir ijobiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ahamiyatli

yo‘nalishlardan biridir. Bu fazilatlar shaxsning axloqiy kamoloti, vatanparvarligi,

mehnatsevarligi, madaniyati, estetik didi va fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Agar darsda

faqat bilim berilsa-yu, insoniylikka da’vat bo‘lmasa, bunday ta’lim samarasiz bo‘ladi. Shu

uchun, darslar har doim axloqiy ruhda olib borilishi, o‘quvchining his tuyg‘ulariga ta’sir qilishi,


background image

Page 16

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

hayotiy qadriyatlarni singdirishi, o‘qituvchining shaxsiy namunasi bilan mustahkamlanishi

zarur.

Tarbiyaviy maqsadlar darsning o‘ziga xosligiga qarab quyidagicha ifodalanadi:

O‘quvchilarda o‘z fikrini erkin va madaniyatli ifoda etishga o‘rgatish;

Do‘stlik, hamjihatlik, tengdoshlarga hurmatni shakllantirish;

Kitobxonlik orqali bilimga muhabbat uyg‘otish;

Milliy g‘urur va ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash;

Halollik va to‘g‘rilikni qadrlashga o‘rgatish;

Atrof-muhitga, oila a’zolariga, maktabga mehrli bo‘lishga undash.

Darsning tarbiyaviy maqsadi o‘quvchining ruhiyatiga ijobiy ta’sir qilish orqali o‘ziga bo‘lgan

ishonchini rivojlantiradi. Tarbiyasiz ta’lim – poydevorsiz binoga o‘xshaydi. Har bir dars

o‘zining tarbiyaviy yo‘nalishiga ega bo‘lmasa, bilimni hayotga tadbiq etish qiyin bo‘ladi.

Ayniqsa, bugungi tezkor information asrda bolalarning qalbini ezgulikka to‘ldirish, ularni turli

ma’naviy bo‘shliqdan himoya qilish – o‘qituvchining eng muhim vazifalaridandir. Shu sababli

har bir o‘qituvchi dars o’tishga kirishishdan avval, o‘z oldiga maqsad qo‘yib olsa, tashkil

etilgan har bir dars, kelajakda ongli, axloqli, kamtarin, vatanga sadoqatli avlod yetishishiga

xizmat qiladi.

Ilmning boshi – odob

Bir olim odobning ko‘rinishlari haqida suhbatlashish uchun o‘z shogirdlarini uyiga chaqiribdi.

Bu suhbatga keksayib qolgan ustozini ham taklif qilibdi.

Uyiga yig‘ilganlar tarbiya, odob-axloq haqida qizg‘in suhbatni boshlab yuborishibdi, olim taom

tayyorlash uchun chiqib ketibdi.

Olimning ustozi mehmondorchilikka biroz kechikib, poygakka kelib o‘tiribdi. Odmi kiyingan

qariyaga hech kim e’tibor ham bermabdi.

Yig‘ilganlarning hammasi bir-birlarini kutmay, tovushlarini ko‘tarib o‘z fikrlarini aytishar edi.

Shu orada xonaga olim kirib kelibdi va ustozi bilan suhbatlasha boshlabdi. Shu payt

yig‘ilganlardan biri olimdan o‘zaro munozaraga sabab bo‘layotgan masala haqida fikr so‘rabdi.

Olim bu haqida ustozining fikrini bilishi kerakligini aytibdi…

Bu matndan shuni anglashimiz mumkinki, insonning ilmi agar uning axloqi bo‘lmasa hech

qanday ahamiyatga ega emas. Insoniyat tarixidagi eng ulug‘ martaba bu ilm egasining

martabasi bo‘lib kelgan. Ammo bu yuksak maqomga yetishish faqatgina bilim to‘plash bilan

emas, balki odobni o‘zlashtirish bilan boshlanadi. Zero, ilmning boshi – odobdir. Bu so‘zlar

chuqur hikmat va hayotiy haqiqatni o‘zida mujassam etadi.

Odob – bu insonning o‘zini va boshqalarni hurmat qilishda namoyon bo‘ladigan axloqiy

mezon, jamiyatda munosabatlar me’yori, qalbdagi insof va e’tiborning amaliy ifodasidir. Ilmni

egallashdan avval shaxsda odob bo‘lmasa, u holda bilim halokatga sabab bo‘lishi, g‘urur,

takabburlik va adashuvga yetaklashi mumkin. Chunki odobsiz ilm – qurolsiz askardek ojiz,

maqsadsiz kuchga o‘xshaydi. Bugungi kunda bilimli insonlar ko‘p, biroq odobli, halim, kamtar

va sabrli ilm sohiblari kam. Ilm egasi – faqat kitoblarni yod olgan emas, balki o‘zini jamiyatda

qanday tutishni bilgan, ustozini e’zozlaydigan, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan shaxsdir.

Ustozlar: “Avval odob, keyin adab, so‘ng ilm” deganlar. Chunki odobsiz inson qancha bilimli

bo‘lmasin, odamlar qalbiga yo‘l topolmaydi.

Bugungi zamonaviy texnologiyalar asrida bilim olish osonlashdi, ammo odobli, axloqli bo‘lish

tobora qiyinlashmoqda. Telefon, internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali ilm olish bilan birga,

ba’zida beodoblik, hurmatsizlik, kattalarni mensimaslik kabi illatlar ham kirib kelmoqda.

Shunday sharoitda har bir yosh avvalo o‘zini tarbiyalashi, odobli bo‘lishga intilishi zarur. Zero,

ilm yurakka faqatgina odob orqali kiradi. Ota-onasining duosi, ustozning rizoligi ham –

odobga bog‘liq. Demak, haqiqiy ilmga eltuvchi yo‘l – odob bilan, axloq bilan boshlanadi. Ilm

egasi bo‘lishni istagan har bir inson, avvalo, qalbini tozalashi, o‘zini tarbiyalashi, ustozini


background image

Page 17

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

hurmat qilishi va jamiyatda ibratli bo‘lishi kerak. Chunki odobsiz ilm g‘ururga, odobli ilm

nurga eltadi.

Hikmat: “

Ilmsiz axloq bo‘lishi mumkin, lekin axloqsiz ilm musibatdir,”

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf davrida o‘quvchining shaxsiyati, dunyoqarashi,

axloqiy me’yorlarga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Ushbu jarayonda axloqiy tarbiyaning roli

beqiyosdir. Maqolada ta’kidlanganidek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axloqiy tarbiya

berishda o‘qituvchi, ota-ona, maktab muhiti va jamiyat birgalikda harakat qilishi lozim.

O‘qituvchi dars jarayonida bilim berish bilan birga, har bir harakati, so‘zi, muomalasi bilan

o‘quvchiga namuna bo‘lishi kerak. Ota-onalar esa o‘z farzandlariga mehribonlik va

qattiqqo‘llik uyg‘unligida, aniq maqsadli axloqiy yo‘l-yo‘riqlar orqali tarbiya berishlari zarur.

Bundan tashqari, badiiy adabiyotlar, milliy qadriyatlarni singdiruvchi tadbirlar ham axloqiy

tarbiyaning samaradorligini oshiradi. Shu boisdan, boshlang‘ich sinfda berilgan axloqiy

tarbiya – bu kelajak avlodning ma’naviy poydevori, sog‘lom jamiyatning asosi, millatning

ertangi taqdirini belgilovchi hal qiluvchi bosqichdir. Axloqiy tarbiya puxta yo‘lga qo‘yilgan

taqdirda, biz kelajakda nafaqat bilimli, balki odobli, mas’uliyatli, mehribon, vatanparvar va

sog‘lom tafakkurga ega yoshlarni voyaga yetkazamiz. Bu esa har bir shaxsning eng buyuk

yutug‘idir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli

farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy

barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga

ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 2018-yil 14-avgust, PQ–3907-son.

3. Berdiyeva G.Sh. Faoliyatli yondashuv – o‘quvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini

shakllantirish omili sifatida. Ta’lim va innovasion tadqiqotlar (2022 yil №2). DOI:

httrs://doi.org/10.53885/yedinryes.2022.14.62.013

4. Raxmonqulova.Z, Jo‘rayev.D “Axloqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti” Samarqand-2020

5. Usmanova O.V., Risyukova Y.V. Tarbiya 2-sinf. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun

darslik. Novda nashriyoti Toshkent-2023.

6. OCHILOVA, F. (2025). PHILOSOPHICAL AND RELIGIOUS REFLECTION ON HEALTH AS

THE HIGHEST VALUE OF HUMAN LIFE.

News of the NUUz

,

1

(1.2), 198-200.

7. Mahmudova, M. D., & Quldasheva, M. N. (2019). USING FROM THE LEADING

INNOVATIONAL METHODS IN TEACING ON THE THEME “SOCIAL-ECONOMICAL GROUPS OF

THE WORLD COUNTRIES”, THE POLITICAL MAP OF THE WORLD AT THE PRESENT

TIME.

Scientific Bulletin of Namangan State University

,

1

(4), 270-275.

8. Тажибоева, Г. (2023). Описание технологий формирования критического

мышления у студентов в процессе преподавания предмета воспитание.

Общество и

инновации

,

4

(3/S), 70-79.

9. Umarjonovna, J. T. (2024). Competency-Based Approach in Higher Education and

Prospects for The Development of The Uzbek Language.

International Journal of Scientific

Trends

,

3

(11), 65-69.

10. Nuraliyeva, K. I. (2021). BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINING KREATIV

SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Oriental renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(6), 208-214.

11. Isakov, A. (2023). Approaches to Teaching Art in a Digital Age: An Analytical Review of

Research between 2000-2021.

Best Journal of Innovation in Science, Research and

Development

,

2

(10), 8-19.

12. Ibraximjonovna, J. M. (2022). Analytical reading is the basis of integration between

subjects.

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal

,

12

(5), 1114-1118.


background image

Page 18

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

13. Rano, L. X. (2022). Formation of communicative competence in primary school students

through productive learning.

Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities

,

12

(4),

300-307.

14. Abduraxmonova

Gulasal

Ravshanovna.

(2024).

O’QISH

DARSLARI

ORQALI

O’QUVCHILARNING BOG’LANISHLI NUTQINI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALAR.

Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 3(2),

40–46. Retrieved from

https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/3676

15.

Mamayusupova Muattar Qosimjonovna.(2025).

The Importance Of Implementing

Effective Management Mechanisms In Educational Organizations. Pedagogical Cluster-Journal

of Pedagogical Developments.

Vol. 3 No. 01 (2025): PCJPD

,79-83

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 sonli farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 2018-yil 14-avgust, PQ–3907-son.

Berdiyeva G.Sh. Faoliyatli yondashuv – o‘quvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirish omili sifatida. Ta’lim va innovasion tadqiqotlar (2022 yil №2). DOI: httrs://doi.org/10.53885/yedinryes.2022.14.62.013

Raxmonqulova.Z, Jo‘rayev.D “Axloqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti” Samarqand-2020

Usmanova O.V., Risyukova Y.V. Tarbiya 2-sinf. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun darslik. Novda nashriyoti Toshkent-2023.

OCHILOVA, F. (2025). PHILOSOPHICAL AND RELIGIOUS REFLECTION ON HEALTH AS THE HIGHEST VALUE OF HUMAN LIFE. News of the NUUz, 1(1.2), 198-200.

Mahmudova, M. D., & Quldasheva, M. N. (2019). USING FROM THE LEADING INNOVATIONAL METHODS IN TEACING ON THE THEME “SOCIAL-ECONOMICAL GROUPS OF THE WORLD COUNTRIES”, THE POLITICAL MAP OF THE WORLD AT THE PRESENT TIME. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(4), 270-275.

Тажибоева, Г. (2023). Описание технологий формирования критического мышления у студентов в процессе преподавания предмета воспитание. Общество и инновации, 4(3/S), 70-79.

Umarjonovna, J. T. (2024). Competency-Based Approach in Higher Education and Prospects for The Development of The Uzbek Language. International Journal of Scientific Trends, 3(11), 65-69.

Nuraliyeva, K. I. (2021). BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINING KREATIV SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 208-214.

Isakov, A. (2023). Approaches to Teaching Art in a Digital Age: An Analytical Review of Research between 2000-2021. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(10), 8-19.

Ibraximjonovna, J. M. (2022). Analytical reading is the basis of integration between subjects. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(5), 1114-1118.

Rano, L. X. (2022). Formation of communicative competence in primary school students through productive learning. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(4), 300-307.

Abduraxmonova Gulasal Ravshanovna. (2024). O’QISH DARSLARI ORQALI O’QUVCHILARNING BOG’LANISHLI NUTQINI RIVOJLANTIRUVCHI TEXNOLOGIYALAR. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 3(2), 40–46. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/3676

Mamayusupova Muattar Qosimjonovna.(2025). The Importance Of Implementing Effective Management Mechanisms In Educational Organizations. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. Vol. 3 No. 01 (2025): PCJPD ,79-83