Page 105
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
ADVOKATLIK INSTITUTINING MUSTAQILLIGI VA
RAQAMLI RIVOJLANISH YO‘LI
Maxkamboyeva Diyorabonu Raxim qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
magistratura bosqichi talabasi
E-mail: dmakhkamboeva@gmail.com
Tel: +99897 119 07 01, Toshkent, O‘zbekiston
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15729849
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 11
th
June 2025
Accepted:15th June 2025
Published: 24
th
June 2025
Mazkur ilmiy maqolada advokatlik faoliyatini
tartibga soluvchi yangi qonunchilik bazasi, advokatlar
soni va ularning malaka darajasidagi o‘zgarishlar,
hamda fuqarolarning huquqiy yordamga ehtiyojini tahlil
qiladi.
Maqolada
advokatlik
tizimidagi
ijobiy
tendensiyalar - kasbiy ta’lim sifatining oshishi, xalqaro
standartlarga
muvofiqlashtirish
jarayonlari
va
institutning mustaqillik darajasining kuchayishi batafsil
yoritilgan.
KEYWORDS
Advokatlik
faoliyati,
raqamlashtirish,
tashkiliy
huquqiy asoslar. huquqiy tizim,
yuridik
xizmatlar,
onlayn
advokatlar,
elektron
hujjat
aylanishi, raqamli advokatura,
tizimni raqamlashtirish, yuridik
axborot
texnologiyalari,
elektron huquqiy platformalar.
Fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, advokatlarning
mustaqilligini amalda ta’minlash – zamonaviy huquqiy davlat barpo etishning eng muhim
ustunlaridan biridir. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlar, ayniqsa, muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligida olib
borilayotgani yuqori bahoga loyiqdir.
Bosh Qomusimizda advokatlarning haqiqiy mustaqilligini kafolatlovchi normativ-huquqiy
bazaning mustahkamlanishi bu sohada islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishining
asosiy sharti hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning huquqiy tizimini tubdan
takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, jumladan, advokatlik institutining
mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, mamlakatning demokratik taraqqiyot
yo‘lida muhim qadamidir.
Xalqaro maydonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Inson huquqlari kengashining
Advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan
tomonidan bildirilgan fikrlar ham O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlarini yuqori
baholaydi. U mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, sud va advokatlarning mustaqilligini
kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanish ekanligini
ta’kidlagan. Natijada, O‘zbekistonda huquqiy davlat tamoyillari asosida barqaror huquqiy
muhit yaratish, fuqarolarning asosiy huquqlari himoyasini kuchaytirish va advokatlarning
mustaqilligini ta’minlash borasidagi izchil islohotlar mamlakatning barqaror va adolatli
rivojlanishiga xizmat qiladi. Hozirgi zamon xalqaro huquqida inson huquq va erkinliklari
hamda ularni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu masalalarni hal elishda
advokaturaning muhim o‘rin tutishi inson huquqlari bilan bog‘liq xalqaro-huquq hujjatlarda
tobora aniq aks ettirilmoqda.
Page 106
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
O‘zbekiston Respublikasida Advokatura fuqarolik jamiyatining asosiy va muhim
institutlaridan biri bo‘lib, uning zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yuridik
yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq vazifa yuklatilgan. Shu bois ham Respublikamiz
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq sud-huquq tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan
advokatura institutini isloh qilish, demokratik prinsiplarga asoslangan kuchli, mustaqil
advokatura tizimini barpo etishga alohida va doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.
Advokatura tizimida amalga oshirilgan dastlabki islohotlarning huquqiy amaliy natijasi
sifatida mamlakatda ilk bor 1996-yil 27-dekabrda
“Advokatura to‘g‘risida”[1] dagi, 1998-yil 25- dekabrda esa mazkur Qonunning mantiqiy
davomi sifatida “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
to‘g‘risida”[2] O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
Advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va qonunosti aktlarning amaliyotda
qo‘llanilishi jarayonida paydo bo‘layotgan ayrim muammolar, qonun hujjatlaridagi, xususan
“Advokatura to‘g‘risida” va “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy
himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunlarda taraqqiyotning hozirgi bosqichida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar, respublikada barcha sohalarni xalqaro hamjamiyat bilan integrallashuvi va
liberallashuvi, ijtimoiy jarayonlarning chuqurlashuvi ham O‘zbekistonda advokatura tizimini
isloh qilish, sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruriyatini
keltirib chiqarmoqda.
2008-yil 1-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida
advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul
qilingan bo‘lib, ushbu Farmon asosida “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga jiddiy o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur Farmonda advokatura ilk bor fuqarolik jamiyatining asosiy
institutlaridan biri sifatida e’tirof etilib, advokaturaning samarali o‘zini o‘zi boshqaradigan
markazlashtirilgan tizimini tashkil etish, advokaturani halol va kasb mahorati yuqori
mutaxassislar bilan ta’minlaydigan samarali litsenziyalash tizimini tashkil etish, advokatura
institutini bosqichma-bosqich takomillashtirish, advokatlar tomonidan kasb etikasi
qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmi va advokatlarga nisbatan intizomiy ish
yuritish tizimini takomillashtirish singari masalalar sohani isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari
sifatida belgilab berildi.
Bugungi kunda raqamlashtirish jarayonlari huquqiy tizimda ham yangi davrni boshlab berdi.
Ayniqsa, advokatlik faoliyatining raqamli shakllarga o‘tishi “raqamli advokatura” — yuridik
xizmatlarning sifatini oshirish, ularni yanada tezkor, shaffof va qulay qilish uchun muhimdir.
Ushbu jarayonni samarali amalga oshirish uchun quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor
qaratish zarur:
Advokatlik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarining keng qo‘llanilishi,
jumladan, elektron hujjat aylanishi, videokonferensaloqa, onlayn murojaatlar tizimlari faoliyat
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarga tezkor va sifatli
yuridik yordam ko‘rsatish imkonini kengaytiradi hamda huquqiy xizmatlarning
demokratizatsiyasiga xizmat qiladi. Advokatlar, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa
davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlarning tezkor va xavfsiz almashinuvi tizimining joriy
etilishi advokatlik faoliyatining raqamli transformatsiyasi uchun poydevor vazifasini o‘taydi.
Bu orqali advokatlar ishonch bidiruvchi shaxs manfaatlarini yanada samarali himoya qila
oladi, sud jarayonlarida va tergovda zarur ma’lumotlarni kechiktirmasdan oladi.
Advokatlar tomonidan maxsus axborot dasturlari yordamida jismoniy va yuridik shaxslarga
onlayn tarzda yuridik maslahatlar berish imkoniyatlarini kengaytirish fuqarolarning huquqiy
yordamga erkin va tezkor murojaat qilishini ta’minlaydi. Bu ayniqsa, hududlardagi aholi
uchun yuridik xizmatlarga kirishni osonlashtiradi va yuridik yordamning qamrovini
kengaytiradi. Advokatlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlari va ma’lumotlar
bazalarida kompleks himoya choralarini joriy etish, shu jumladan, ma’lumotlarni shifrlash,
kirishni nazorat qilish va tizimlarni muntazam audit qilish, shaxsiy va sirli ma’lumotlarning
Page 107
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
oshkor bo‘lishining oldini oladi. Bu esa advokatlarning mustaqilligini hamda mijozlarning
huquqiy manfaatlarini samarali himoya qilishni kafolatlaydi. Tabiiyki, advokatura tizimiga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati beqiyos.
Binobarin bu boradagi yangi qadamlar tizim faoliyatida inson omilini bartaraf etish orqali
advokatura institutining davlat organlari va boshqa tuzilmalardan mustaqilligini oshirish
imkonini beradi.
Albatta, bunday yangilanishlar, imkoniyatlar yaqin kelajakda O‘zbekistonda advokatura
tizimini rivojlantirish sohasida erishiladigan beqiyos natijalar boshqa mamlakatlar uchun
ibrat va namuna sifatida e’tibor qozonishi ehtimoli kattaligidan dalolat beradi[3]. Advokatlik
faoliyatini raqamlashtirish bugungi kunda huquqiy sohani modernizatsiya qilish va
fuqarolarga malakali, tezkor yuridik yordam ko‘rsatishni ta’minlashda muhim omilga
aylangan. Ushbu jarayonning samarali va xavfsiz amalga oshirilishi uchun uning tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirish zarur. Raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali
advokatlik institutining mustaqilligi, shaffofligi va samaradorligini oshirish mumkin bo‘lib, bu
huquqiy davlat qurilishining muhim elementi hisoblanadi. Shu bilan birga, elektron ma’lumot
almashinuvini yo‘lga qo‘yish, axborot tizimlarini himoyalash va maxfiylikni ta’minlashga oid
qonunchilikni takomillashtirish advokatlar faoliyatining yuqori sifatini kafolatlaydi.
Raqamlashtirish jarayoni advokatlik instituti va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchni
mustahkamlashga, qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda sud-huquq tizimining samarali
ishlashiga xizmat qiladi. Shu bois, advokatlik faoliyatini raqamlashtirishning tashkiliy huquqiy
asoslarini doimiy ravishda takomillashtirish va zamon talablariga moslashtirish huquqiy
islohotlarning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Bu esa, o‘z navbatida, adolatli va
insonparvar jamiyat barpo etishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. 27.12.1996 yildagi 349-I-sonli “Advokatura to‘g‘risida” qonun.
3. 25.12.1998 yildagi 721-I-sonli “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning
ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida” qonun.
4. 01.05.2008 yildagi 3993-son “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada
isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni