Page 102
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
ADVOKAT MAQOMINI TO‘XTATIB TURISH: HUQUQIY
MEXANIZMLAR VA AMALIYOT
Maxmasoliyev Nuriddin Alisher o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti, Magistratura bosqichi
talabasi
E-mail: maxmasoliyevn@gmail.com, Tel: +99893 434 71 22
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15728237
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 11
th
June 2025
Accepted:15th June 2025
Published: 24
th
June 2025
Mazkur
ilmiy
maqolada
O‘zbekiston
Respublikasida advokat maqomini to‘xtatib turish tartibi,
uning huquqiy asoslari va amalga oshirish mexanizmlari
tahlil qilingan. Advokatura institutining rivojida muhim
ahamiyat kasb etuvchi bu masala milliy qonunchilik va
xorijiy tajriba orqali ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga,
malaka komissiyalari faoliyati, to‘xtatib turish asoslari va
ushbu jarayonning advokatlik faoliyatiga ta’siri bayon
etilgan.
KEYWORDS
advokat
maqomi,
to‘xtatib
turish,
malaka
komissiyasi, advokatura, yuridik
yordam, huquq himoyasi.
Advokatura instituti demokratik huquqiy davlat qurishda muhim o‘rin tutadi. Advokatlik
faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan advokatlar maqomining mustahkamligi va ularning
kasb faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarning mukammalligi bilan belgilanadi.
Shu maqsadda advokat maqomini to‘xtatib turish instituti dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida advokatura sohasini isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib
borilmoqda. Jumladan, Prezidentning 2019-yil 20-apreldagi “Advokatura institutini yanada
takomillashtirish va advokatlar maqomini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5707-son farmoni advokatlik faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan muhim hujjat
hisoblanadi.
Advokat maqomini to‘xtatib turish malaka komissiyalarining qarori bilan quyidagi hollarda
amalga oshiriladi:
1.
Advokatning arizasi bilan murojaat qilishi asosida;
2.
Advokatda kasb faoliyati bilan uzluksiz shug‘ullanishiga to‘sqinlik qiladigan holat
yuzaga kelganda;
3.
Advokatning kasb talablariga rioya qilmasligi aniqlanganda;
4.
Huquq-tartib organlari tomonidan tergov choralari qo‘llanilganda.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish masalasida
advokatning maqomi to‘xtatib turilganda yoki advokatning advokatlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishi tugatiliganda muayyan
cheklovlar belgilanadi.
Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi
qarori, u qabul qilingan kunda hududiy boshqarma tomonidan tegishli adliya organiga yozma
shaklda ma’lum qilinadi, adliya organi o‘sha kunning o‘zida malaka komissiyasining qarori
asosida advokat maqomini to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risida buyruq chiqaradi. Malaka
komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari
Page 103
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
huzurida faoliyat yuritadi va advokatlarning kasb faoliyatini nazorat qilishda muhim
funktsiyalarni bajaradi.
Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Advokatlarning kasb malakasini baholash;
Intizomiy qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqish;
Advokat maqomini to‘xtatib turish va tugatish masalalarini hal qilish;
Advokatlik litsenziyalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish.
Advokat maqomini to‘xtatib turish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ixtiyoriy to‘xtatib turish.
Advokatning arizasiga binoan bunday ozod qilish muddatiga
to‘xtatib turilishi mumkin - bu advokatning shaxsiy holatlari (kasallik, oilaviy holatlar, ta’lim
olish va h.k.) tufayli vaqtinchalik faoliyatni to‘xtatishi.
Majburiy to‘xtatib turish.
Bu holatda malaka komissiyasi tomonidan advokatning kasb etik
qoidalarini buzishi yoki boshqa obyektiv sabablar asosida maqom to‘xtatib turiladi.
Advokat maqomi uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa faoliyat
turlari bilan bog‘liq hollarda ham to‘xtatib turish qo‘llanilishi mumkin. Taniqli huquqshunos
professor A.T. Xo‘jaev advokatura sohasidagi tadqiqotlarida ta’kidlaydiki, “advokat maqomini
to‘xtatib turish instituti advokatlik faoliyatining sifatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Biroq, bu mexanizm advokatning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi kafolatlar bilan
muvozanatlashgan bo‘lishi zarur”. Yuridik fanlar doktori M.R. Aripov o‘z tadqiqotlarida qayd
etishicha, “advokatlik maqomini to‘xtatib turish jarayonida shaffoflik va adolatlilik
prinsiplariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka komissiyalarining qarorlarini
ko‘chirish huquqiga ega bo‘lishi ham zarur”.
Dunyo mamlakatlarida advokat maqomini to‘xtatib turish tartibi turlicha tartibga solingan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida har bir shtat o‘zining advokatlar palatasiga ega va advokatlik
litsenziyalarini beruvchi tashkilotlar nazorat qiluvchi alohida organlar mavjud. Advokatlar
etik qoidalarni buzganlik uchun ogohlantirish, jarima, maqomni to‘xtatib turish yoki butunlay
tugatish
kabi
jazolar
qo‘llaniladi.
Germaniyada
esa
advokatlar
palatasi
(Rechtsanwaltskammer) advokatlarning faoliyatini nazorat qiladi. Intizomiy javobgarlik
choralari og‘ir intizomiy qoidabuzarlik uchun maqomni to‘xtatib turishni ham o‘z ichiga oladi.
Fransiyada advokatlar kengashi (Conseil de l’Ordre) tomonidan intizomiy ish yuritish amalga
oshiriladi. Advokat maqomini to‘xtatib turish vaqtinchalik chora sifatida qo‘llaniladi.
Advokat maqomini to‘xtatib turish amaliyotida quyidagi muammolar mavjud: ba’zi hollarda
malaka komissiyalarining qaror qabul qilishi juda uzoq davom etadi; malaka komissiyasi
qarorlariga ko‘chirish tartibi aniq belgilanmagan; qaror qabul qilish jarayoni hamisha ochiq
bo‘lmaydi; to‘xtatib turilgan advokatlar faoliyatini kuzatish tizimi mukammal emas.
Advokat maqomini to‘xtatib turish instituti advokatura tizimining muhim qismi bo‘lib, u
advokatlik faoliyatining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu mexanizmning samarali
ishlashi uchun qonunchilikni yanada takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish va
shaffoflikni oshirish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga advokatlarni
advokatura sohasiga qabul qilish, malakasini oshirish, shuningdek, ularga nisbatan intizomiy
ish qo‘zg‘atish, advokat maqomini tugatish va to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
alohida huquq va vakolatlalar berish bo‘rasidagi islohot amalga oshirilmoqda.
Kelgusida advokatlik institutini yanada mustahkamlash uchun xalqaro tajribani o‘rganish va
milliy qonunchilikni zamon talablariga moslashtiris davom etishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi 1996-yil 27-dekabrdagi 349-I-
son Qonuni
Page 104
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-apreldagi “Advokatura institutini
yanada takomillashtirish va advokatlar maqomini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5707-son farmoni
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi “Davlat
hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 774-son qarori
4.
Adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi
hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 69-mx-son buyrug‘i
5.
Xo‘jaev A.T. Advokatura huquqi. Darslik. – T.: “TDYUI”, 2020. – 312 b.
6.
Aripov M.R. Advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari. Monografiya. – T.: “Adolat”,
2021. – 245 b.
7.
Rustambaev M.X., Musaev A.Z. O‘zbekistonda advokatura institutining rivojlanishi. – T.:
“O‘qituvchi”, 2019. – 189 b.