Page 49
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
TILDA PSIXOLINGVISTIK TADQIQ MUAMMOLARI
Zulxonov Mustafo Joʻrayevich,
f.f.n., dotsent v.b., Renessans ta’lim universiteti,
Tоshkent,Оʻzbekiston
mail: zulxonovmustafo@gmail.com
Rashidova Dinara
Renessans ta’lim universiteti,
tarix va filologiya fakulteti XTA 4-23 guruh talabasi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15690330
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 11
th
June 2025
Accepted:15th June 2025
Published: 17
th
June 2025
Maqolada
tilda psixolingvistik tadqiq
muammolari va uning tilda o’rganilishi ochib berilgan.
Muammoning oʻziga xosligi, turlari, tilda organilishi va
o’rganilish usullari korsatilgan.
KEYWORDS
psixologik
yo‘nalish,
psixolingvistika,
lingvistik
psixologiya,
Semantik-
psixologik
qarash,
Psixolingvistik
birliklar,
Lingvistik
psixologizm,
etnolingvistika va psixologik
sotsiolingvistika,
semantik
psixologizm
Tilshunoslikda psixologik yo‘nalish bilan bog‘liq muammolar naturalistik va logik ta’lim
egalarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq ravishda kirib kelgan. Bu borada V. fon Gumboldt
konsepsiyasiga e’tibor bergan holda, semantik qurilishda nutqiy ijodiy yondashuv lozimligini
ta’kidlashida kuzatiladi. Bu holat psixolingvistika bilan shug‘ullangan barcha maktab
a’zolarining diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Qariyb yuz yildirki, psixologiyaning turli xil
aspektlarida nutq o‘stirishning nutqiy ijodiy yondashuvdagi suhbat me’yorlari faoliyatiga
aloqadorligi alohida o‘rganilgan.
Ma’lumki, psixolingvistika asoschisi nemis tilshunos olim G.Shteyntal (1823-1899)
hisoblanadi. Uning eng muhim asarlari sifatida «Tillarni tasnif etish va ularning taraqqiyot
qonuniyatlarining maqsadi» deb nomlangan bo‘lib, 1850 yilda yozilgan. Undan keyin 1851
yilda yozgan «Tillarning kelib chiqishi», 1855 yilda yozilgan «Grammatika, logika va
psixologiya», 1860 yilda yozgan «Muhim tipdagi tillarning tuzilishi xarakteristikasi» asarlarini
sanab o‘tish lozim. Shuni alohida ta’kidlamoq joizki, lingvistik biologizmning o‘ziga xos
xususiyatlari Shleyxer ta’limotida o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, logik grammatizm Bekker
ta’limotida jonlantirildi. Shteytal esa o‘z ijodiy o‘qishlarida bu jaryonni individning xatti-
harakati va xalq psixologiyasi taraqqiyotiga tayanib o‘rganadi. Tilshunoslik-faqat individning
psixologik xarakteri bilan chegaralanmaydi, balki uning nutqini o‘rganadi, ayni zamonda
xalqning psixologiyasini, uning tilini ham o‘rganadi.
Shteyntal ilmiy qarashlariga Potebnya va Paul, Boduen de Kurtene ham Sossyur, Sepira va
Sherbalar e’tibor qaratadi. Biroq psixolingvistika bir xalq misolida rivoj topgan emas.
Page 50
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
Potebnya va Paul qarashlarida psixologik asosi gapning semantik qurilishi, garmmatik
kategoriyalari, tilning leksik ma’nolari uchun xizmat qiladi. Psixologik tushunchalar til
aloqasining shaxs va xalqqa bog‘liqligini, shuningdek, tilning tarixiy-madaniy faktor ekanligini
ifoda etadi.
Boduen de Kurtene va F.Sossyur nutqiy ijodiy yondashuvning ijtimoiy xarakter kasb etishini
alohida ta’kidlashadi. Bu konsepsiya turli xil individual-leksik birliklarning paydo bo‘lish
omillarini, ijtimoiy-grammatik assotsiatsiyasining esa uzviy aloqadorligini anglatadi.
Psixologik maktab XIX asrning birinchi yarmi va XX asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, til va
nutq muammosiga doir tilning funksional (vazifaviy) belgilarini, shuningdek, til qurilishini va
nutqiy-ijodiy yondashuvni o‘rgangan edi.
Ma’lumki, vazifaviy-struktur yo‘nalish sanalgan psixolingvistika, ya’ni lingvistik psixologiya
uchun muhimdir. A.Marti o‘z ishlarida, jumladan, 1908 yilda yozgan «Umumiy grammatika va
falsafiy tilni tekshirishning isbotlanganligi», A.Gardineraning 1932 yilda yozgan «Til va
nutqning nazariyasi», K.Byuleraning 1934 yilda yozgan «Til nazariyasi» asarida aynan
vazifaviy-struktur yo‘nalish masalasida ilmiy izldanishlar olib borishgan. Ta’kidlash joizki,
psixologik idealar lingvistik yo‘nalishlar uchun muhim bo‘lib, psixologizm va nutqiy faoliyatni
tushunishni idrok etishda simvolik alomat kasb etadi. Buni logik-ma’noviy tahlilda lingvistik
yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Psixologik komponentlar strukturalizm, etnolingvistik nazariyalar, semiotika yo‘nalishlarida
o‘rganilgan va tadqiq etib kelinmoqda. SHunga ko‘ra, psixologik yo‘nalishlarning muhim
ko‘rinishlari til uchun xarakterli bo‘lib, psixolingvistikaning yuzaga kelishini ta’minlagan.
1954 yilda shu masalaga bag‘ishlangan, ya’ni psixologlar va tilshunoslar hamkorligida
AQSHning Blumington shahrida seminar bo‘lib o‘tgan edi. 1957 yilda esa CH.Osgud «Ma’nolar
o‘zgarishi» 1961 yilda esa o‘zining psixolingvistikaga doir muhim bo‘lgan ishi
«Psixolingvistika»ni yaratdi. Amerikalik psixolingvistlar ana shu ishlarga tayanib deskritiv va
transformatsion tekstlarni yuzaga keltirishgan hamda xulq-atvor psixologiyasi, ayniqsa,
«ongdagi xalq-atvor modeli»ni Osguda va uning informatsion nazariyasi hamda matematik
nazariyasiga bog‘liq ekanligini isbot qildilar.
Semantik-psixologik qarashlarda nutqiy jarayoni aynan nutqning qurilishi, nutqning vaziyati,
shuningdek, nutqning kontekstda tutgan o‘rni masalalari to‘laqonli ravishda o‘rganilgan va
o‘rganilib kelinmoqda. Rus tilshunosligida bu muammolar bilan L.Sherba, L.Vo‘gotskiy kabi
olimlar mutnazam shug‘ullanib kelishgan. Bir qancha psixolingvistlarni A.Leontev boshqarib
kelgan. Natijada 1967 yilda «Psixolingvistika», 1969 yilda «Psixolingvistik birliklar nutqiy
vaziyatning muhim vositalari», 1969 yilda «Til, nutq, nutqiy faoliyat» deb nomlangan
asarlarini yaratgan. Angliyada Fyors Xolideya boshchiligida kontekst vaziyati, nutqiy vaziyat,
nutqiy kontekst masalalari bilan bevosita shug‘ullanuvchi maktab yaratilgan. Yaponiyada esa
bevosita «tilning paydo bo‘lishi»ni o‘rganuvchi maktab mavjud bo‘lib, u asosan, til va uning
inson faoliyatiga aloqadorligini, til va nutqiy jarayonni o‘rganish asosida nima beradi, degan
masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ko‘rinadiki, til jamiyatning asosiy aloqa-
aralashuv vositasi sifatida tushuniladi, shuning uchun tilni har tomonlama o‘rganish va tahlil
etib berish lozim bo‘ladi. Insonning ijtimoiy-siyosiy qarashlarda tildan va uning
elementlaridan foydalanish muhimdir. Bunda til elementlari yordamida osil qilingan ma’nolar
til belgilari yordamida ma’no hosil qilib, ular ayni zamonda inson ‘atti-harkatiga xos
tushunchalarni tushunish imkonini beradi beradi.
Lingvistik psixologizmning paydo bo‘lishida naturalizm va logizmning alohida o‘rni bor.
Psixologiya ana shu jarayonlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, psixologizm tilning boshqa
xususiyatlarini, xususan, uning nutqiy faoliyati bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganadi. Psixologik
jarayon bilan biz sotsiolingvistika va struktural tilshunoslikda, lingvosemiotika va matematik
lingvistikaning bo‘limlarida tanishib chiqamiz.
Page 51
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
Nutqiy faoliyat jarayonini psixofizik aspektlarini tadqiq etish gapiruvchilar tomonidan
nutqning fiziologik asosini o‘rganishni taqozo etadi. Tomson bu haqda to‘xtalib, quyidagilarni
bayon etadi: «Biz hozirgi zamon tilini tushunish asosida uning, ya’ni tilning biz tomondan
so‘zlashuv jarayonida gapirish, fikr yuritish, eshitish, o‘z navbatida bizning organizmimizda
psixologik faktorlarni yuzaga kelishini ta’minlaydi, umuman til mavjudligi biz uchun
psixologik va fiziologik jarayonlarda ma’lum bo‘ladi».
Nutqiy faoliyatning fiziologik asosi haqida Blumfild va psixolingvistlar to‘xtalib, ularni tarixiy
transformatsion sharoit taqozosi bilan bog‘lab, nutq tuzilishiga xos deb ta’kidlaydilar.
Lingvistik psixologizmning asosiy maktablarida etnolingvistika va psixologik sotsiolingvistika,
semantik psixologizm, psixologiya, nutq va psixolingvistika masalalari muhim deb qaraladi.
Ularning ilmiy qarashlari asosida turli- tuman psixologik maktablarda o‘qishlar yuzaga kelgan.
Muhimi shundaki, psixologik yo‘nalishlarning barchasida psixolingvistikani psixologiya va
tilshunoslik fanlarining tutash nuqtasida paydo bo‘lgan fan sifatida e’tirof etiladi.
Psixolingvistika
Psixologiya
Tilshunoslik
Xullas, zamonaviy tilshunoslik tobora kengayib, taraqqiy etib bormoqda. Buning asosini,
shubhasiz, tilshunoslik va boshqa fanlar o‘rtasidagi aloqadorlik ta’minlaydi. Psixolingvistika
ham ana shunday jarayonning mahsulidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Белянин В.П.
Основы психолингвистической диагностики (модели мира в
литературе). – М: Тривола, 2000.
2. Залевская А.А. Введение в психолингвистику: Учебник для студентов высших
учебных заведений. – М.: Российский гос. гуманит. ун-т, 1999.
3. Ковшиков В.А., Пухов В.П. Психология. Теория речевой деятельности: Учебник для
вузов. – М.: Астрель, АСТ, 2007.