Авторы

  • G.R. Tursunova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126657

Аннотация

Ushbu maqolada Samarqandning arxeologik turizm resurslari va uning qoldiqlari topilgan asosiy manzilgohlari yoritilgan bo‘lib, rus hamda mahalliy olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar asosida topilgan topilmalar haqida bayon etilgan.


background image

Page 43

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

SAMARQANDNING ARXEOLOGIK TURIZM RESURSLARI

G.R.Tursunova

SamISI, “Turizm” kafedrasi dotsenti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15690290

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11

th

June 2025

Accepted:15th June 2025

Published: 17

th

June 2025

Ushbu maqolada Samarqandning arxeologik

turizm resurslari va uning qoldiqlari topilgan asosiy

manzilgohlari yoritilgan bo‘lib, rus hamda mahalliy

olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar asosida topilgan

topilmalar haqida bayon etilgan.

KEYWORDS

arxeologiya, topilmalar,

qal’a devorlari, Afrosiyob, O‘rta

asr

mudofaa

devorlari

qoldiqlari, ilk O‘rta asrlar

davriga

tegishli

hukmdorlarning yozgi saroyi,

Namaltepa,

Jalamatepa,

Oroltepa,

Mingbuloqtepa,

Qaroqchitepa, Kuyuttepa.

Bugungi kunda Samarqandning turistik salohiyatini yanada yuksaltirish hamda uni dunyo

turistik markazlaridan biriga aylantirish, zamonaviy infratuzilmani yaratish, logistika

masalalari hamda turizm sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqdadir.

E’tiborlisi, 2019-yilda Samarqand Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi (WTCF) a’zoligiga

qabul qilindi. Demak, endi Samarqand haqiqatdan ham dunyo turizm shaharlari orasida o‘z

o‘rnini topib, yirik turistik markaziga aylanishi shubhasizdir. Shuningdek, Samarqand 2023-

yilda Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga

mezbonlik qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va

madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov 30-noyabr-3-dekabr kunlari Ispaniyaning Madrid

shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTOning 24-sessiyasida ovoz berishdan so‘ng ma’lum qilgan edi.

Madriddagi tadbir doirasida O‘zbekiston va Portugaliya 2023-yilda UNWTO Bosh

Assambleyasini o‘tkazish uchun ariza topshirgan mamlakatlar bo‘lib, tadbir natijasida

O‘zbekiston ko‘pchilik ovozga ega bo‘lgan va navbatdagi assambleyani 2023-yilda qadimiy

Samarqand shahrida o‘tkazishga qaror qabul qilingan edi.

Samarqand ulkan turistik salohiyatiga ega ekanligi, “Buyuk ipak yo‘li”da joylashganligi

turistlarni yanada ko‘proq tashrif buyurishiga sabab bo‘lmoqda. Respublikamizning turli

shaharlarida joylashgan 8 ming 250 dan ziyod madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib,

shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va

157 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi, ayni paytda O‘zbekistondagi 4 ta me’moriy

majmua Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKO

umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Turistlarni asosiy jalb etadigan tarixiy

yodgorliklar, ulug’ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar, muqaddas

qadamjolarning ulkan qismi aynan tarixiy shaharlarda joylashgan. Xususan, Samarqand

viloyati hududida 1607 ta tarixiy-madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib, ulardan 975 tasi


background image

Page 44

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

arxeologik, 562 tasi arxitektura obyektlari, 36 tasi monumental san’at asarlari, 34 tasi

diqqatga sazovor joylar va 11 tasi muzeylardir.

Darhaqiqat, yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, Samarqand viloyatida 975 ta arxeologik

madaniy meros obyektlari mavjud bo‘lib, ulardan eng mashhurlari sifatida Afrosiyob qal’asi,

O‘rta asr Samarqand shahar Oxanin darvozasi qoldiqlari, Samarqand shahrining O‘rta asr

mudofaa devorlari, Sabr-ato qabristonidagi tarixiy manzilgoh arxeologik qoldiqlari, Bozori

Sunduk hammomining arxeologik qoldig’i, Paleolit davri manzilgohi, Ikki Sharbatdor

mahallasining ikki hovuzlari o‘rinlari, Ibrohimxo‘ja mahalla masjidi va hovuz qoldiqlari,

Changhovli mahalla masjidi qoldiqlari, Samarqand shahar O‘rta asr qal’asi arxeologik

qoldiqlari va shu kabilarni misol sifatida ta’kidlashimiz mumkin.

Shunday obyektlardan biri

Afrosiyob qal’asi

bo‘lib, O‘zbekistondagi madaniy meros obyekti,

tarixiy-arxeologiya yodgorligi hisoblanib, ushbu obyekt miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga

tegishlidir. Afrosiyob yodgorligi hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng

bo‘sh tepaliklari bo‘lib, uning maydoni 219 gektarni tashkil etadi. Tepalikning shimoliy qismi

Siyob arig’i bilan chegaralangan. Janubiy tomondan “eski shahar” deb atalgan Samarqandning

bir qismiga qo‘shilib ketgan.

Mazkur manzilgoh Samarqand shahar atrofidagi Imom Vose MFY hamda Kircha MFY, Shohi-

Zinda ko‘chalari bilan birga Siyob va Obi-Mashxad ariqlari oralarida (Toshkent ko‘chasi)

joylashgan. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqqa ko‘ra ushbu majmua davlat mulki hisoblanadi.

Bu Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida tasdiqlangan

hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan hamda

davlat muhofazasiga olingan.

Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar juda kam uchraydi. Ko‘hna

shaharda o‘tkazilgan arxeologik qazishma ishlari esa bunday ma’lumotlarni ko‘proq

bermoqda. Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday

bo‘lganligini ko‘rishga, boylar va kambag’allarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini,

savdogarlarning do‘konlarini, ko‘cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxonalarni,

masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan ta’minlash tizimi va

hokazolarni aniqlashga yordam beradi.

Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868-yilda Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand

bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor

Borzenkov (1874), podpolkovnik V.V.Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar

N.I.Veselovskiy (1884-1885; 1895), V.V.Bartold (1904) va V.L.Vyatkinlar (1905; 1912-1913)

shug’ullanishdi. 1919-yilda M.E.Masson va V.L.Vyatkinlar tadqiqot boshlagan joylarda

qazishma ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (IX asr) xarobalarini ochdilar. 1925, 1929

va 1930-yillarda V.L.Vyatkin Afrosiyobda qazishma ishlarini davom ettiradi va uning turli

davrdagi tarixiga oid ko‘plab materiallar to‘playdi. Ammo 1930-yillarga qadar Afrosiyobda

olib borilgan arxeologik qazishmalarda qadimgi Samarqand tarixiga oid juda kam ma‘lumotlar

berilgan.

Urushdan keyin esa O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti

olimlaridan V.A.Shishkin va I.Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari

o‘tkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI-V asrlarga taalluqli

buyumlar va uy-joy xarobalari topildi. V.A.Shishkin (1958-1966) va Ya.G’ulomovlar (1967-

1970) rahbarligida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik qazishmalar natijasida qadimgi

madaniy qatlam ma‘lumotlari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966-yil 13-

iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks o‘rganishni tashkil etish maqsadida

respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Afrosiyob “arxeologik

qo‘riqxona” deb e’lon qilinib, uni o‘rganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat

universitetlari hamda Madaniyat vazirligining San’atshunoslik instituti ham safarbar etildi.

Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning ko‘p


background image

Page 45

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar

hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo‘hronlar davri aniqlandi.

Afrosiyob manzilgohi nomining kelib chiqishi etnograf olim V.L.Vyatkin asarlarida qayd etilib,

Afrosiyob degan nom XVII asrdan boshlab yozma manbalarda tilga olina boshlagan. Bu

davrgacha esa uni “Hisori Ko‘hna”, “Qal’ai Ko‘hna” (Eski qal’a) kabi nomlar bilan atashgan.

Bugungi kunda xalq orasida ham, ilmiy qo‘lyozmalarda ham Afrosiyob nomi bilan ataladigan

bo‘ldi.

Yana bir etnograf tadqiqotchi V.A.Livshis yodgorlik nomini “Parshab” (sug‘dcha Parshvab)

ya’ni, “Siyob usti” so‘zidan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlarini bayon etadi. Biroq, respublika

hududida Afrosiyob nomi bilan bog‘liq boshqa ko‘plab geografik nomlar ham mavjud.

Jumladan, Toshkent shahridagi Mingo‘rik tarixiy yodgorligining boshqa nomi “Afrosiyob

oshxonasi” bo‘lsa, “Shohnishintepa” hududi “Afrosiyob taxti” deb nomlanadi. Shu bilan

birgalikda, Qashqadaryo viloyati Kitob shahridagi yodgorlik nomi ham Afosiyob nomi bilan

aloqador.

Afrosiyob XII asrda amalga oshirilgan mo‘g‘ullar hujumidan so‘ng ana shunday xaroba holatga

kelib qolgan. U o‘sha davrlarda Samarqand shahrining markazi bo‘lgan. Ammo hududning

afsonalarda tilga olingan Turon shohi nomi bilan atalgan tepalik yaqinidan oqib o‘tuvchi Siyob

arig‘i bilan hech qanday bog‘liqlik joyi mavjud emas.

Samarqandning mo‘g‘ullar hujumi davrigacha asosiy markazi bo‘lmish Afrosiyob o‘sha vaqtda

mustahkam qal’a devorlari bilan o‘rab olingan edi. Ibn al-Faqih o‘z asarlarida qal’a haqida

yozar ekan, uning Kesh, Xitoy, Usturshona va Ohanin singari nomlar bilan ataluvchi

darvozalari haqida alohida to‘xtalib o‘tadi. Har qanday geografik hududlarda bo‘lgani singari,

mazkur maskanda ham darvozlar nomlari keyinchalik o‘zgarib ketgan. Afrosiyob darvozalari

xususida ma’lumotlar qoldirgan Al-Ishtaxriy (X asr) Kesh nomli darvozani “Katta”, Ohanin

darvozasini “Navbahor”, Usturshona darvozasini esa “Buxoro” nomlari bilan tilga olgan.

Mazkur darvozalarning biri hozirgi Xizr masjidi o‘rnida joylashgan bo‘lib, bu darvoza o‘z

davrida Kesh, keyinchalik Katta darvoza nomlari bilan mashhur bo‘lgan.

Arab tarixchisi Al-Ishtaxriyning yozishicha, bu darvoza toza temirdan yasalgan bo‘lib, unda

xalqqa noma’lum tilda yozilgan yozuvlar mavjud bo‘lgan. Tub aholi vakillari mazkur

yozuvlarni “imyariy yozuvi” (arab qabilalaridan biri) deb hisoblashgan. Tarixchi Bloshe esa bu

yozuvlarni O‘rxun bitiklari bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tadi. Al-Ishtaxriy Samarqandga

kelgan vaqtida bu yerda qo‘zg‘alon ko‘tariladi. Qo‘zg‘alonchilar tomonidan mazkur temir

darvoza buzib tashlanadi. Keyinchalik esa uni shahar hokimi Abul Muzaffar qayta tiklaydi,

ammo avvalgi darvozada mavjud bo‘lgan bitiklar yangi darvozaga yozilmaydi.

2019-yil 20-aprel sanasidan boshlab Janubiy Koreyadan Samarqandga tashrif buyurgan bir

guruh elchilar Afrosiyob yodgorligiga tashrif buyurishdi. Samarqandda mehmon bo‘lgan

Janubiy Koreya Prezidenti Mun Je In qadimiy Afrosiyob devorlaridagi suratlarga nazar solar

ekan, u manzilgoh haqida shunday fikr bildirgan: “Men O‘zbekistonga kelayotganimda 1400

yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elchilari Samarqandga kelgan

kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan mashaqqat chekib kelishlariga ikki oycha vaqt

ketgandir. Baland tog‘ tizmalari, adirlar va cho‘llardan o‘tib, qor va yomg‘irda qolib, ba’zida

jazirama va sovuq bilan kurashib uzoq vaqt sarflagan bo‘lsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi

1400 yil oldin O‘zbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib

olgan. Mustahkam do‘stlik va ishonch Afrosiyobning g‘arbiy devoridagi suratda o‘z aksini

topgan. Garchi, Koreya va O‘zbekiston bir-biridan uzoqda bo‘lsa ham qadimiy koreys davlati

davridan boshlab elchilari kelib ketadigan do‘st davlatlar bo‘lgan”.

Uzoq yillar Janubiy Koreya hududidagi qadimiy davlatlar va yurtimiz o‘rtasidagi madaniy

aloqalar haqidagi aniq ma’lumotlar kamyob edi. O‘tgan asrning o‘rtalarida topilgan qadimiy

suratlar esa ta’bir joiz bo‘lsa, tarix ilmini ostin-ustun qilib yubordi. Aslida hammasi mana

bunday boshlangan edi: “Samarqand shahrining tarixiy qismida VI-VII asrlarda gullab-

yashnagan Afrosiyob shahri qoldiqlari yotibdi. Ushbu yirik arxeologik yodgorlik Samarqand


background image

Page 46

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

shahri tarixidan darak beruvchi muhim yodgorliklardan biridir. Arxeologlar bir-birini bosib

turgan 11 ta madaniy qatlam borligini aniqlagan. Shaharning zamonaviy relyefida qudratli

qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan

kanalning vayronalarini oson ajrata olishi mumkin”.

Afrosiyob boshiga tushgan ayanchli voqealardan biri shuki, 1965-yil Samarqand shahridagi

qurilishi rejalashtirilgan yangi ko‘cha aynan ana shu qadimiy shahar xarobalari ustidan o‘tishi

belgilandi. O‘sha vaqtda Samarqandda, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ziyolilar

qanchalik qarshilik qilishmasin, yo‘l qurilishi boshlandi. Yo‘l o‘tadigan hudud tekislanayotgan

vaqtda esa butun insoniyat uchun nodir topilma, bir qator davlatlar, umuman dunyo tarixi

haqida ma’lumot beruvchi devoriy suratlar topildi. Eng yomoni, buldozer devoriy suratni qoq

o‘rtasidan ikkiga bo‘lib o‘tgan edi. Bu bugungi kunda mavjud yer yuzidagi tarixiy devoriy

suratlarning eng yiriklaridan biri edi. Devoriy suratlarning qismlari ham juda noyob va ulkan

ahamiyatga ega bo‘lgani uchun darhol muzeyga jo‘natiladi.

XX asrning 90-yillaridan boshlab ana shu devoriy surat jahondagi ko‘plab arxeolog, tarixchilar

bir qator mamlakatlardagi ilmiy institutlarni o‘ziga jalb eta boshladi. Negaki, ushbu devoriy

suratlar ilk o‘rta asr davrining nodir san’at asari, qadimgi So‘g‘diyona hayoti va madaniyati

to‘g‘risida so‘zlash bilan birga boshqa davlatlar madaniyatidan ham hikoya qiladi. Xususan,

Afrosiyob shohi Varxumanning saroyida chizilgan deb hisoblanayotgan ushbu devoriy

suratlarning “Elchilar xonasi” deb nomlangan qismi qadimgi davlatlar tarixiga yangilik

kiritishi oydinlashdi. Yanayam aniqrog‘i, devoriy suratda bir qator qadimiy davlatlar,

jumladan, Koguryo davlatidan tashrif buyurgan elchilar surati ham tasvirlangan edi. Bu esa

VI-VII asrlardayoq ikki davlat o‘rtasida aloqalar mavjud bo‘lganini tasdiqlaydigan juda muhim

fakt edi.

Shunday qilib, mazkur yodgorlikning vaqt ta’sirida yemirilib borayotgani sababli So‘g‘diyona

fransuz-o‘zbek arxeologik missiyasi tashabbusi bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi

hamkorlikda “Afrosiyob devoriy suratlarini asrab-avaylash uyushmasi”ga asos solindi. Loyiha

YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi ko‘magida ishga tushirildi. 2014-yilda Samarqand

shahridagi Afrosiyob muzeyida noyob qadimiy yodgorlik hisoblangan “Elchilar xonasi”

devoriy suratlarining restavratsiya ishlari boshlandi. Bu ish hukumatimiz tomonidan hamda

AQSH, Shvetsariya, Fransiya va Janubiy Koreya davlatlari ko‘magida davom ettirildi.

“Elchilar xonasi” devoriy suratlarida o‘sha davrdagi bir qator davlatlardan Afrosiyob

hukmdori saroyiga tashrif buyurgan elchilar tasviri mazkur suratlarning umuminsoniy

ahamiyatini yanada oshiradi. Xususan, unda VI-VII asrlardagi Koguryo davlati vakillari

tasvirlangani Janubiy Koreya tarixida ham yangilik deb baholandi va koreyalik olimlar bilan

hamkorlikda keng miqyosdagi o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

2015-yilda Janubiy Koreyaning “Shimoliy-Sharqiy Osiyo tarixi” fondi ko‘magida mazkur davlat

tarixchi olim va mutaxassislari hamkorligida devoriy suratlarning vaqt ta’sirida yemirilgan

qismlarini ham qayta tiklashga kirishildi. Bu esa O‘rta Osiyo tarixida ilk marta va hatto dunyo

tajribasida ham kamdan kam uchraydigan tajribalardan biri deb e’tirof etish mumkin. Xullas,

Janubiy Koreya va O‘zbekiston olimlari bilan hamkorlikda to‘liq ilmiy asoslangan holda

qadimiy Afrosiyob shahri o‘sha holatda “qayta tiklandi”. Aniqrog‘i, qadimiy shahar maketi va

shaharning ko‘rinishi 3D formatdagi videolavhasi tayyorlandi. Buning uchun dastlab bugungi

kunning eng zamonaviy texnologiyalari orqali shaharning qoldiqlari skaner qilindi.

Shaharning o‘rni yuqori sifatli, havodan va yon tomonlardan 3D fotoapparatlarida suratga

olindi. Maxsus apparatlarda test analizlari olindi va hatto bir surat mikroskop orqali o‘rganib

chiqildi. Barcha devorlar qoldiqlari tadqiq etilib, taqqoslanib, kompyuter grafikasi asosida

ilmiy asoslangan holda tiklab borildi. Devoriy suratlar va shaharning ko‘rinishini tiklashda

ultrabinafsha hamda infraqizil nurlar orqali o‘sha ranglarning aniq holatini tiklashga erishildi.

Vanihoyat, qadimiy shahar to‘laligicha, o‘z vaqtida qanday bo‘lgan bo‘lsa shundayligicha

videolavha shaklida ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ldi. Bu esa tarix fanida misli ko‘rilmagan


background image

Page 47

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

yutuq edi. Biz endi Samarqandning VI asrda qayday ko‘rinishda bo‘lganligini bilamiz. Ana shu

tariqa, qadimiy surat-ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga yo‘l ochib bergan edi.

Bugun Samarqandga tashrif buyurayotgan turistlarning aksariyati “Afrosiyob” muzeyiga

tashrif buyurib, tasvirlarni hamda devoriy suratlarni tomosha qiladi. Mazkur suratlar bo‘yicha

olib borilgan tadqiqotlar haqida yurtimiz olimlari ham bir necha marta Janubiy Koreyada

bo‘lishdi. Dunyoning bir qator mamlakatlari, xususan, Janubiy Koreyada ko‘plab ko‘rsatuvlar

tashkil etildi.

Samarqand shahrining O‘rta asr mudofaa devorlari qoldiqlari

O‘zbekistondagi madaniy

meros arxeologiya yodgorligi bo‘lib, ushbu obyekt miloddan avvalgi XIV-XII asrlarga tegishli

va hozirda Samarqand shaharda joylashgan. Mazkur obyekt “Yangi Xayrabod” MFY Urgut

ko‘chasida joylashgan bo‘lib, davlat mulki sanaladi. Samarqand viloyati madaniy meros

boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk

obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan hamda davlat muhofazaasiga olingan.

Samarqandda ilk O‘rta asrlar davriga tegishli hukmdorlarning yozgi saroyi.

Samarqand

viloyati hududidagi Darg‘om kanalining chap qirg‘og‘ida ilk O‘rta asrlar davriga tegishli

Samarqand hukmdorlarining yozgi saroyi topildi. Bu haqida O‘zbekiston Axborot agentligi

xabar berdi. Ushbu shohona saroy Kofirqal’a nomli arxeologik yodgorlikda joylashgan bo‘lib,

turli yillarda yodgorlikning turli hududlarida stratigrafik xarakterdagi kichik qazishma ishlari

amalga oshirilgan.

2001-yildan boshlab esa 16 gektarli qadimgi shaharning 76x76 metrlik maydonida

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining arxeologlari keng

qamrovli arxeologik qazishma ishlarini olib bordi. Natijada qadimgi shaharning qal’a qismida

(Arki a’losida) 2017-yilda monumental me’moriy majmua ochildi.

Milodiy V-VI asrlarga tegishli majmuada Samarqand ixshidlarining (hukmdorlarining) davlat

arxivi va yozgi saroyi joylashgan bo‘lib, yong‘in tufayli vayronaga uchragan arxivdan noyob

davlat hujjatlari (davlat boshqaruviga oid hujjatlar, elchilik xatlari, davlatlararo shartnomalar

va b.) “bulla” deb atalgan taxtakachlarda so‘g‘diy yozuv namunalari topildi. Saroyning yog‘och

ustunli ko‘rkam xonalaridan birida uch yarusli sufa, sufa ustida esa shersifat ko‘rinishdagi

taxtiravonda hukmdor o‘tiribdi. Xonaning devorlari o‘yma yog‘och panno shaklidagi rasmlar

galereyasi bilan bezatilgan. Uning o‘lchamlari 124x141 sm, pannoning o‘zi ikkita keng

doskadan iborat bo‘lib, ular temir tutqich bilan biriktirilgan. Old tomondan taxtalarda

zardushtiy insonlar suratlari to‘rt qavatga joylashtirilgan. Kompozitsiyada jami 46 ta odam

shakli tasvirlangan. Ularning uchtasi shartli ko‘rinishda, yuqoridan chap qismidagi ikkita

shakl arang ko‘rinadi, o‘ng tomondagi shaklning faqat qo‘li ko‘rinadi.

Kompozitsiyaning asosiy mavzusi sher shaklida taxtda o‘tirgan bosh ilohga sajda qilish.

Ehtimoldan uzoq emas, bu zardushtiylikning bosh ma’budasi buyuk xudo Nana bo‘lishi

mumkin. Odamlar uning huzuriga turli xil sovg‘alar bilan kelgan. Pastki qavatda musiqachilar

galereyasi tasvirlangan. Undan keying pastki qavatda yana qo‘llarida turli xil sovg‘a-salomlar

bilan kelgan ziyoratchilar suratlari tiz cho‘kkan holda aks ettirilgan. Pastki qavatda suratlar

galereyasi markazida muqaddas olov ramzi Altar joylashgan bo‘lib, muqaddas altarga bir

tomondan og‘zi mato bilan bog‘langan erkak talpinmoqda, ikkinchi tomondan esa ayolsifat

shakl altar oloviga xushbo‘y o‘simlik kukunini sepmoqda.

Ushbu muqaddas shohona zal va zardushtiylik ma’budalarining eng ulug‘laridan biri, buyuk

Nana surati, yog‘ochga o‘yib ishlangan devoriy panno VIII asr boshlarida arablarning Qutaybo

ibn Muslim boshchiligidagi harbiy qo‘shini tomonidan yoqib yuborilgan.

Bunday ko‘p qirrali aniq suratlar kompozitsiyasi O‘rta Osiyo arxeologiya tarixida birinchi

marta uchradi, bu dunyo ahamiyatiga molik noyob kashfiyotlar sirasiga kiradi.

Namaltepa

O‘zbekistondagi madaniy merosi arxeologiya yodgorligi bo‘lib, V-VIII asrlarga

tegishli va hozirda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida joylashgan. Obyekt manzili

Moyqovoq MFY bo‘lib, davlat mulki sanaladi. Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi


background image

Page 48

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

operativ boshqaruv huquqi asosida yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrdan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas

mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

Jalamatepa

O‘zbekistondagi madaniy meros arxeologiya yodgorligi bo‘lib, IX-X asrlarga

tegishli va hozirda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida joylashgan. Obyekt manzili

Ko‘kgumbaz MFY.

Oroltepa

O‘zbekistondagi madaniy meros arxeologiya yodgorligi bo‘lib, VII-VIII asrlarga

tegishli. Ushbu obyekt Samarqand viloyati Urgut tumani Soygus MFYda joylashgan.

Mingbuloqtepa

O‘zbekistondagi madaniy meros arxeologiya yodgorligi bo‘lib, Samarqand

viloyati Urgut tumani Mang‘itobod MFYda joylashgan.

Qaroqchitepa

O‘zbekistondagi madaniy meros arxeologiya yodgorligi bo‘lib, V-VII asrlarga

oid obyekt hisoblnadi. Ushbu obyekt Samarqand viloyati Tayloq tumani Xo‘jayuz MFYda

joylashgan.

Kuyuttepa

O‘zbekistondagi madaniy meros arxeologiya yodgorligi bo‘lib, hozirda Samarqand

viloyati Oqdaryo tumani Arpa MFYda joylashgan.

Samarqand shahrining O‘rta asr mudofaa devorlari qoldiqlari

O‘zbekistondagi madaniy

meros arxeologiya yodgorligi hisoblanib, XI-XII asrlarga tegishli. Samarqand shahri Yangi

Xayrabod MFY, Urgut ko‘chasida joylashgan. 2019-yil 4-oktabrdan Moddiy madaniy

merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga

olingan.

Arxeologiya turizm bu-tarixiy-madaniy turizmning bir yo‘nalishi bo‘lib, maqsadi turistlarni

qadimiy madaniyat o‘choqlari, qoldiqlari, obidalari, qoyatoshlardagi rasmlar va shakllar,

qoldiq qal’alar, g‘orlar, qadimiy uy ashyolari bilan tanishtirish, arxeologiya ma’ruzalariga,

yig‘inlariga taklif qilishdan iboratdir.

Haqiqatan ham arxeologik turizm ilmiy, ekskursiya, tarixiy-madaniy, etnografiya va ziyorat

turizm turlari bilan birgalikda ishlaydi.

So‘nggi o‘n yilliklarda arxeologiya turizmi Misr Arab Respublikasi, Gretsiya, Hindiston,

Ispaniya, Livan, Isroil, Turkiya davlatlarida kuchli rivojlanmoqda. Chunki, bu davlatlarda

eramizdan oldingi ming yilliklarda qurilgan qal’alar, ibodatxonalar va boshqa inshoatlarning

qoldiqlari yaxshi saqlanib qolgan. O‘zbekistonda ham jumladan, Samarqandda ham xalqaro

arxeologik turizmni rivojlantirishning juda katta salohiyati borligini yuqoridagi manbalardan

bilish mumkin. Bu salohiyatdan foydalanish uchun birinchi navbatda saqlanib qolgan

arxeologiya obidalarida arxeologik turizm infratuzilmalarini yaratishimiz lozim. Ikkinchidan,

arxeologiya obyektlarning reklamalarini va ularga mos turistik marshrutlarini yaratishimiz,

uchunchidan, arxeoligik turizm bo’yicha ichki va xalqaro turistlar uchun yangi mavzuli turistik

paketlarni xalqaro turizm bozoriga taklif qilish lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni 2019 y.

2.

Mirziyoev Sh.M. “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni

ta’minlash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2016 - yil 2 – dekabr

3.

Mirziyoev Sh.M.Yangi O‘zbekiston strategiyasi kitobi. –T.: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2021.

- 464 b.

4.

Tuxliyev I.S., Abduxamidov S.A. “Turizm: nazariya va amaliyot”. Darslik, Toshkent,

2021.-405 b

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni 2019 y.

Mirziyoev Sh.M. “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2016 - yil 2 – dekabr

Mirziyoev Sh.M.Yangi O‘zbekiston strategiyasi kitobi. –T.: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2021. - 464 b.

Tuxliyev I.S., Abduxamidov S.A. “Turizm: nazariya va amaliyot”. Darslik, Toshkent, 2021.-405 b