Авторы

  • Muhammadjon Bobonazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126659

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar qonunchiligida inson huquqlarini cheklash masalalari bayon qilingan. Shuningdek, bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribalari atroflicha muhokama qilingan. Ularning qonunchiligidagi yutuqlar o‘rganilib bizning mamlakatimiz qonunchiligiga joriy qilinishi kerak bo’lgan jihatlar ham bayon qilingan.


background image

Page 169

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

XORIJIY MAMLAKATLARDA INSON HUQUQLARINI

CHEKALSHNING ASOSIY MEZONLARI.

Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti

“Xalqaro huquq va inson huquqlari” mutaxassisligi magistiri

muzaffarovichmuhammadjon@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15791730

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24

th

June 2025

Accepted:25 th June 2025

Published: 30

TH

June 2025

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar qonunchiligida

inson huquqlarini cheklash masalalari bayon qilingan.

Shuningdek, bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribalari

atroflicha muhokama qilingan. Ularning qonunchiligidagi

yutuqlar o‘rganilib bizning mamlakatimiz qonunchiligiga

joriy qilinishi kerak bo’lgan jihatlar ham bayon qilingan.

KEYWORDS

“Favqulodda holatdan maxsus

ehtiyotkorlik holatiga o‘tish”,

“National Emergencies Act”,

“Freedom of speech”, “Privacy

rights”.

Kirish.

Favqulodda holatlar davomida inson huquqlarining cheklanishi – davlat va fuqaro

o‘rtasidagi huquqiy muvozanatni saqlab qolishga doir murakkab masalalardan biridir. Inson

huquqlarri har qanday sharoitda, hatto favqulodda holat e’lon qilingan vaqtlarda ham muhim

ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. Shu bois turli davlatlar bu masalaga o‘zining siyosiy tizimi,

konstitutsiyaviy tamoyillari va xalqaro majburiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashadi.

Mazkur rejada ayrim xorijiy mamlakatlarda favqulodda holatlarda inson huquqlarining

cheklanishiga oid qonunchilik, amaliy tajriba va institutsional mexanizmlar qiyosiy tahlil

qilinadi.

Germaniya tajribasiga yuzlansak va favqulodda holat

joriy qilish borasida qanday o’ziga xos jihatlari bor degan savollarga atroflicha yuzlansak.

Barchamizga ma’lumki Germaniya jahonning rivojlanagn mamlakatlaridan biri sifatida tan

olingan va huquqiy tizimi ham ko‘plab davlatlar havas qiladigan darajaga yetgan. Germaniya

qonunchiligiga ko‘ra inson huquqlari muayyan istisno holatlarda, asosan urush davrida yoki

xalq hayotiga tahdid soladigan boshqa favqulodda vaziyatlarda vaqtinchalik cheklov joriy

qilinishi mumkin. Germaniya asosiy qonunida cheklov bandi aniq belgilanmagan ammo

bunday holatlar uchun protsessual qoidalar mavjud. Ushbu joriy qilinayotgan cheklovlar

Germaniya qonunlariga mos va Germaniyaning xalqaro huquqiy hujjatlariga qarama qarshi

bo‘lmasligi kerak

1

. Shuningdek, Germaniya asosiy qonunida pandemiya uchun maxsus

qoidalar nazarda tutilmagan. Biroq, tabiiy ofatlar va yirik baxtsiz hodisalar va boshqa ichki

yoki tashqi favqulodda vaziyatlarda Asosiy qonun konstitutsiayviy tuzumning amal qilishini

ta’minlash uchun muayyan protsessual va tashkiliy qoidalarni belglaydi. Ammo ushbu qoidlar

favqulodda vaziyatlarda inson huquqlarini buzilishini oqlamaydi. Shuningdek, Germaniya

Federativ Respublikasida favqulodda holatni tartibga soluvchi maxsus qonun hujjatlari

mavjud emas. Asosiy qonunning 70-moddasiga binoan, shtatlar (tumanlar) qonun chiqarish

huquqiga ega, agar asosiy qonun Federatsiyaga qonun chiqaruvchi hokimiyatni bermasa.

Jamoat xavfsizligi uchun xavflarni oldini olish Germaniya federal tizimidagi shtatlarning

1

https://www.venice.coe.int/files/EmergencyPowersObservatory/GER-E.htm


background image

Page 170

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

yurisdiksiyasidadir. Shuning uchun, barcha 16 shtat tabiiy ofatdan himoya qilish to‘g‘risidagi

qonunlarni qabul qiladi

2

.

COVID-19 pandemiyasi davrida Germaniya qanday yo‘l tutgan favqulodda holat

qilganmi yoki yo‘qmi degan savolga javob beradigan bo‘lsak. 2020-yil 27-martda Bundestag

“Infeksiyalardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun”ga kiritilgan o‘zgartirish bilan milliy

ahamiyatga ega bo‘lgan epedemik vaziyatni e’lon qilgan va bu favqulodda holat sifatida

baholangan.. Bundan avval, 2020-yil 16-mart kuni Bavariya Ichki sihlar, sport va integratsiya

vazirligi Bavariyaning tabiiy ofatlardan himoya qilish to’g’risidagi qonunining 4-bandi asosida

butun hudud bo’ylab tabiiy ofat holatini e’lon qilgan.

Asosiy qism.

Bundan ta

s

hqari 2020-yil 19-noyabrda Germaniya parlamenti “Epidemik

vaziyatda aholining himoyasini kuchaytirish uchun uchinchi qonunni (Dritte Gesetz zum

Schutz der Bevölkerung bei einer epidemischen Lage von nationaler Tragweite) qabul qildi.

Ushbu qonun, COVID-19 tarqalishini cheklash uchun zarur choralarni amalga oshirishda

konstitutsiyaviy huquqlarni buzmaslikni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, laboratoriya

quvvatlarini oshirish, tez antigen testlarini joriy etish, xavfli hududdan qaytgan sayohatchilar

uchun yagona talablarni belgilash, emlash dasturlarini tayyorlash va sog‘liqni saqlash

xizmatlarini raqamlashtirsih kabi choralarga ham asos bo’ldi

3

.

COVID-19 davridagi favqulodda holat qachon tugatilgan degan savolga javob

beradigan bo‘lsak, 2021-yil 25-noyabrda Germaniya hukumati COVID-19 pandemiyasi bilan

bog‘liq favqulodda holatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Jens

Spahn bu qarorni “favqulodda holatdan maxsus ehtiyotkorlik holatiga o‘tish” deb atagan

4

.

Demak Germaniya tajribasini umumiylashtiradigan bo‘lsak, Germaniya favqulodda holatlarni

faqat ekstremal vaziyatlarda, masalan, tabiiy ofatlar yoki milliy xavf-xatarlar yuzaga kelganda

e’lon qiladi. Favqulodda holat davrida ham inson huquqlari kafolatlari saqlanadi, ammo ba’zi

cheklovlar joriy etilishi mumkin.

Endi esa yana bir rivojlangan davlat hisoblangan Yaponiyaning favqulodda holatlarga

doir tajribasini o‘rganamiz. Yaponiyaning favqulodda holatlar tizimi ikki asosiy qonunga

bo’linadi:

1.Disaster Reliaf Act (“Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qpnun”)

ushbu qonun 1947-yil 18-oktabrda qabul qilingan va 35 ta moddadan iborat. Ushbu qonun

ko‘ra tabiiy ofatlar yoki favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda davlat tomonidan zarur

yordam ko’rsatishni tartibga solgan.

2.Act on Special Measures for Pandemic Influenza and New Infectious Diseases

Preparedness and Response (“Yuqumli kasalliklar va maxsus chora-tadbirlar to‘g‘risidagi

qonun”). Ushbu qonun 2012-yilda qabul qilingan bo‘lib, pandemiya yoki yuqumli kasalliklar

holatida hukumatga favqulodda holat e’lon qilish va zarur choralarni, ya’ni insonlarning

ma’lum bir huquqlarini cheklash imkonini beradi.

Biz e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan qonun bu ikkinchi qonun hisoblanadi, chunki

aynan shu qonunda yuqumli kasalliklar tarqalgan vaqtda favqulodda holat e’lon qilinishi va

insonlarning ayrim huquqlari cheklanishi haqida tegishli normalar mavjud. Demak, ushbu

qonunning maqsadi pandemiya yoki yangi yuqumli kasalliklar holatida zarur choralarni

ko‘rish. Favqulodda holat e’lon qilish tartibi esa, Bosh vazir pandemiya yoki yangi yuqumli

kasalliklar holatida favqulodda holat e’lon qiladi. Endi bevosita bu e’lon qilingan favqulodda

holat davrida insolarning qaysi huquqlari cheklanishi mumkin degan savolga javob beramiz.

Ushhbu qonunning 19-moddasiga ko’ra “fuqarolarning shaxsiy erkinlik va harakatlanish

2

https://www.venice.coe.int/files/EmergencyPowersObservatory/GER-E.htm

3

https://www.loc.gov/item/global-legal-monitor/2020-11-24/germany-amendments-to-infectious-diseases-

protection-act-enter-into

4

https://www.dw.com/en/germany-pandemic-state-of-emergency-may-end-in-november/a-5954042


background image

Page 171

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

huquqi” cheklanadi

5

. Ya’ni kasallangan yoki kasallik tarqatganlikda gumon qilingan shaxslar

izolyatsiya yoki karantinga olinishi mumkin. COVID-19 davrida ayrim bemorlar sog‘liqni

saqlash muassasalarida majburan izolyatsiya qilingan.

Keyingi cheklanishi mumkin bo‘lgan inson huquqlardan biri bu “yashash joyi va

harakatlanish erkinligi huquqi”, favqulodda holat e’lon qilinganda fuqarolarga o‘z uylarida

qolish tavsiya etiladi. Ba’zi hududlarga kirish yoki chiqish cheklanishi mumkin. Aynan

Yaponiyada COVID-19 davrida e’lon qilingan favqulodda holat davrida Tokyo va Osaka

hududlarida istiqomat qilgan insonlarga uyda qolish buyurilgan.

Navbatdagi cheklanishi mumkin bo‘lgan huquqlardan biri bu “tadbirkorlik va mulkdan

foydalansih huquqi”

6

. Do‘konlar, restoranlar, klublar va boshqa muassasalarga ish vaqtini

cheklash, vaqtincha yopish tavsiya etilishi yoki buyurilishi mumkin. Aynan pandemiya

davrida restoranlar soat 20:00 da yopilishi talab qilingan, ba’zilariga jarima qo‘llanilgan.

Navbatdagi cheklanishi mumkin bo‘lgan huquq “so‘z erkinligi va yig‘ilish huquqi”.

Ushbu yuqorida ta’kidlangan qonunga ko‘ra ommaviy yig‘inlar (konsertlar, mitinglar,

festivallar) o‘tkazish favqulodda holat joriy qilingan davrda taqiqlanishi mumkin. Ushbu

cheklovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘z erkinligini cheklamasligi mumkin, ammo jamoaviy faoliyatni

cheklaydi.

Keyingi cheklanishiga ruxsat berilgan inson huquqlaridan biri bu “maxfiylik va sog‘liq

haqidagi ma’lumotlar”. Ushbu cheklovga ko‘ra kasallangan shaxslar haqida sog‘liqni saqlash

idoralari tomonidan ma’lumotlar yig‘ilishi mumkin.

Demak yaponiyaning favqulodda hlat rejimi joriy qilishi va bu davrda inson

huquqlarini chejlash borasidagi tajribasini xulosalaydigan bo‘lsak, Bosh vazir favqulodda

holatni e’lon qilish huquqiga ega hisoblandi. Shuningdek, Yaponiyada favqulodda holatlar

e’lon qilinganda, majburiy cheklovlar o‘rniga ijtimoiy bosim va fuqarolarni o‘z xohishiga ko‘ra

choralar ko‘rishga undaydi. Masalan, COVID-19 pandemiyasi davrida majburiy cheklovlar

o‘rniga ijtimoiy masofani saqlash va ijtimoiy mas’uliyatga urg‘u bergan. Shuningdek, COVID-

19 pandemiyasi davrida bir necha bor favqulodda holatlar e’lon qilingan, ammo bu choralar

majburiy emas, balki tavsiya sifatida qabul qilingan. Yaponiyada favqulodda holatlarni e’lon

qilishda hukumatning tavsiyalari va jamoatchilikning ongli ishtiroki katta ahmiyatga ega.

Favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklash borasida AQSH tajribasiga murojaat

qilamiz. Chunki, bu davlat tajribasidan o‘rganadigan narsalar juda ko‘p. AQSH da favqulodda

holatlarni joriy qilish tizimi, prezidentga muayyan krizislar yoki favqulodda vaziyatlarga

javoban kengaytirilgan vakolatlar beradi. Bu favqulodda holatlarni joriy qilishning asosiy

maqsadi davlat xavfsizligini ta’minlash va tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyatishi

yartishdir. Endi favqulodda holatlarni joriy qilishning huquqiy asoslariga to‘xtalamiz. Birinchi

navbatda biz murojaat qiladigan huquqiy hujjat bu 1976-yilda qabul qilingan “National

Emergencies Act”

7

. Ushbu qonun prezidentga favqulodda holatni e’lon qilish huquqini beradi.

Prezident favqulodda holatni e’lon qilganidan so‘ng, 130 dan ortiq maxsus vakolatlarni

amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo bu vakolatlar faqat qonuniy asosda va aniq

maqsadlar uchun ishlatilishi kerak. E’lon qilingan favqulodda holat darhol Kongresga

yuborilishi va Federal ro‘yxatda e’lon qilinishi kerak. Favqulodda holat e’lon qilingan kundan

30 kun davom etadi. Agar Kongress tomonidan tasdiqlanmasa, favqulodda holat tugaydi .

Shuningdek, president favqulodda holatni tugatish huquqiga ega. Agar Kongress qarshi chiqsa,

favqulodda holat davom etishi mumkin. Ushbu qonun federal qonun bo’lib, avvalgi barcha

milliy favqulodda vaziyatlarni tugatish va favqulodda vaziyatlarni rasmiylashtirish uchun

5

“National Action Plan for Pandemic Influenza and New Infectious Diseases”

https://www.cas.go.jp/jp/seisaku/ful/keikaku/pdf/national%20action%20plan.pdf

6

“National Action Plan for Pandemic Influenza and New Infectious Diseases”

https://www.cas.go.jp/jp/seisaku/ful/keikaku/pdf/national%20action%20plan.pdf

7

National Emergencies Act. https://www.govinfo.gov/content/pkg/COMPS-10385/pdf/COMPS-10385.pdf


background image

Page 172

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

qabul qilingan Amerika Qo‘shma Shtatlari dederal qonunidir. Amerika Qo‘shma Shtatlarida

birinchi bo‘lib favqulodda holatni e’lon qilgan president Vudro Vilson bo’lib, u 1917-yil 5-

fevralda quyidagilarni e’lon qilgan:

“Men AQShning fermer xo‘jaliklari, o‘rmonlari, konlari va ishlab chiqarish sanoati

mahsulotlarini, ularning iste’molchilariga xorijda va Qo‘shma Shtatlar ichida tashish uchun

dengiz tonnajining yetarli emasligidan kelib chiqadigan milliy favqulodda vaziyat mavjudligini

aniqladim…”

8

. Endi yuqorida ta’kidlab o‘tgan qonun hujjatidan tashqari yana AQSh da

“Stafford Act” (1988) deb nomlangan huquqiy hujjat mavjud bo‘lib ushbu hujjat – tabiiy

ofatlar va yirik halokatlarda davlatning aralashuvini ta’minlaydi. Endi AQSh qonunchiligiga

ko‘ra qaysi inson huquqlari cheklanishi mumkin degan savolga javob beradigan bo’lsak, bular

quyidagilardan iborat:

1.Harakat erkinligi (Freedom of movement) – karantin, komendantlik soati yoki

evakuatsiya choralarida bu huquqlar vaqtinchalik cheklanishi mumkin. Ushbu huquqning

cheklanishi borasida AQSh da anchagina yaxshi tajriba bor va shunga to’xtatlamiz. Ushbu

ishning nomi (“Jacobson v. Massachusetts 1905”). Ishning mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak,

Henning Jacobson 1902-yilda Kembrij shahrida kichik variola (kichik chechak) tarqaishi

sababli, Massachusetts shatatining sog‘liqni saqlash kengashi tomonidan majburiy emlashni

amalga oshirishga qarshi chiqdi

9

. Ya’ni shtat tomonidan joriy qilingan emlash olmagan

odamlarning hararkat erkinligini cheklash haqidagi qarori ustidan sud organlariga murojaat

qilgan. Va ushbu ish AQSh Oliy sudiga qadar yetib brogan va u chiqargan hukmning mazmuni

quyidagicha bo‘lgan. Oliy sud Massachusettsning majburiy emalsh to‘g‘risidagi qonunini

Konstitutsiyaga muvofiq deb topgan. Sud raisi Jon Marshall Harlanning qarorida quyidagilar

ta’kidlangan:

“Har bir tartibga solingan jamiyatda, o‘z a’zolarining xavfsizligini ta’minlash

mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan davlatda, shaxsning erkinligi ba’zan bunday xavf-xatarlar

ostida cheklanishi mumkin”

10

.

Sud shuningdek majburiy emalshning “zulm” emasligini ta’kidladi, agar u “ommaviy

xavfsizlik uchun zarur bo‘lganidan ortiq bo‘lmasa” va “qonuniy” bo‘lsa. Aynan mana shu

“Jacobson” ishi COVID-19 pandemiyasi davrida majburiy emlash va boshqa jamoat sog‘ligini

saqlash choralarini qo‘llashda yuridik asos sifatida eng muhim bo‘lgan yuridik

pretsidentlardan biri sifatida AQSH da haliyam qo‘llanilib kelmoqda. Shuningdek, sudning

qarori, davlatning sog‘liqni saqalsh va xavfsizlikni ta’minlash uchun qonunlar chiqarish va bu

jarayonda insonlarning ma’lum bir huquqlarini vaqtinchalik cheklash huquqini tan oldi va bu

huquqni amalga oshirishda cheklovlarning “zaruriyat” va “adolat” asosida bo‘lishi kerakligini

ta’kidladi.

2.So‘z erkinligi (Freedom of speech) – urush davrida, terrorizm xavfi bo‘lsa, hamda

yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali xalqni vahimaga tushurishga urunishlar bo‘lsa, bunday

holatlarda so‘z erkinligi huquqi ham vaqtinchalik cheklanishi mumkin. Ushbu huquqning ham

cheklanishi borasida AQSH huquqida muhim bo‘lgan yurudik pretsedentlardan biri bor va

shuni ham qisqacha tahlil qilamiz. Ushbu ish “Schenck vs United Stattes (1919)” deb

nomlanadi – bu AQSH Oliy sudining muhim konstitutsiyaviy ishi bo‘lib, so‘z erkinligi

chegaralarini belgilab bergan, ayniqsa urush vaqtida xavfsizlik va erkinlik o‘rtasidagi

muvozanatni aniqlashda asosiy precedentga aylangan. Ishning mazmuniga to’xtaladigan

bo’lsak, Charles Schenck AQSH Sotsialistik partiyasi kotibi bo‘lib, birinchi jahon urushi paytida

harbiy xizmatga chaqiruvga qarshi chiqqan. U minglab kishilarga chaqiruvni rad etishga

undovchi pamfletlar tarqatgan. Bu pamfletlar “Espionage Act of 1917” (Urush davrida

8

https://www.presidency.ucsb.edu/documents/proclamation-1354-emergency-water-transportation-the-

united-states

9

https://supreme.justia.com/cases/federal/us/197/11/

10

https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC1449222/


background image

Page 173

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

davlatga qarshi tashviqot, harbiy xizmatga xalaqit berish to‘g‘risidagi qonun) ni buzgan deb

topilgan

11

. Schenck urush davrida AQSH hukumati harbiy siyosatiga qarshi “xavfli tashviqaot”

olib borganlikda ayblanib hibsga olingan. Ish Oliy sudga qadar yetib borgan. Sudya Oliver

Wendell Holmes Jr. boshchiligidagi sud bir ovozdan Schenckni aybdor deb topgan. Sud

Schenckning harakatini so‘z erkinligi bilan himoya qila olmasligini, chunki uning harakati

urush paytida “aniq va yaqqol xavf” tug’dirganini ta’kidlagan

12

. Ushbu yuridik precedentdan

shuni anglashimiz mumkinki, so‘z erkinligi cheksiz emas – u jamiyatga xavfsizligiga real

tahdid solganda va ma’lum bir favqulodda vaziyatlarda cheklanishi mumkin.

3.Shaxsiy hayot daxlsizligi (Privacy rights) – tergov, epedimiya va favqulodda holatlarda

xavfszilik choralarini ta’minlash uchun hukumat tomonidan insonlarning ushbu huquqi ham

vaqtinchalik cheklaishi mumkin.

4.Qurollanish huquqi (Right to bear arns) – favqlodda holatlarda xavfsizlik uchun

vaqtinchalik taqiqlar joriy qilinishi mumkin. Va ushbu taqiqlar joriy qilingan vaqtda AQSH

fuqarolarining qurollanish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Endi qo‘shnimiz bo‘lgan huquqiy tizimi ham bizning huquqiy tizim bilan juda ham

o‘xshash bo‘lgan Qozog‘iston qonunchiligini ko‘rib chiqamiz. Qozog‘iston Respublikasining

asosiy qonuni hisoblanagn konstitutsiyasida aynan ma’lum bir holatlarda inson huquqlarini

cheklash mumkinligi to‘g‘risida norma mavjud va biz ushbu normani tahlil qilamiz. Demak,

Qozog‘iston Respublikaisning Konstitutsiyasi 39-moddasiga nazar soladigan bo‘lsak:

“1Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan hamda konstitutsiyaviy

tuzumni, jamoat tartibini, inson huquq va erkinliklarini, aholi salomatligi va ma’naviyatini

himoya qilish uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.

2.Millatlar va dinlararo totuvlikni buzishi mumkin bo‘lgan har qanday harakat

konstitutsiyaga zid deb topiladi.

3.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini siyosiy sabablarga ko‘ra cheklashga hech qanday

shaklda yovl qo‘yilmaydi. Konstitutsiyaning 11, 13-15-moddalarida, 16-moddasining 1-

bandida, 17-moddasida, 19-moddasida, 22-moddasida, 26-moddasining 2-bandida nazarda

tutilgan huquq va erkinliklar hech qanday tarzda cheklanishi mumkin emas”

13

. Demak, biz

e’tibor berishimiz mumkin bo‘lgan jihat, insonlarning mutlaq huquqlari hisoblangan ba’zi bir

huquqlar hattoki favqulodda holat davrida ham cheklanishiga yo‘l qo‘yilmasligi Qozog‘iston

Konstitutsiyasida o‘z aksini topganligi. Endi ushbu huquqlar qaysi huquqlar degan savolga

javob beramiz:

11-modda. 1.Agar respublikaning xalqaro shartnomalarida boshacha tartib nazarda

tutilgan bo‘lmasa, Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumki emas.

2.Respublika o‘z fuqarolarini o‘z chegaralaridan tashqarida himoya qiladi va yordam

beradi

14

. Demak, xalqaro shartnomada boshqacha tartib bo‘lmasa, hattoki favqulodda holat

davrida ham Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas.

Navbatdagi cheklash mumkin bo’lmagan huquq 13-moddada o‘z aksini topgan:

“Har kim o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqiga ega. Har kim

malakali yuridik yordam olish huquqiga ega. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik

yordam bepul ko’rsatiladi”

15

. Demak, Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra

fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini sudda himoya qilish huquqi, shuningdek, malakali

yuridik yordam olish kabi huquqlarini favqulodda holat rejimi davrida ham cheklashga yo‘l

qo‘yilmaydi.

Navbatdagi modda:

11

https://www.law.cornell.edu/supremecourt/text/249/47

12

https://www.law.cornell.edu/supremecourt/text/249/47

13

https://www.akorda.kz/en/constitution-of-the-republic-of-kazakhstan-50912

14

https://www.akorda.kz/en/constitution-of-the-republic-of-kazakhstan-50912

15

https://www.akorda.kz/en/constitution-of-the-republic-of-kazakhstan-50912


background image

Page 174

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

15-modda. “Yashash huquqi”.

16-moddaning 1-bandi. “Har bir inson shaxsiy erkinlik huquqiga ega”.

17-modda. “Inson qadr-qimmati daxlsizldir. Hech kim qiynoqlarga, zo‘ravonlikka yoki

boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga duchor bo‘lishi

mumkin emas”.

19-modda. “Har kim o‘z fuqaroligi, siyosiy partiyasi va diniy mansubligini tanlash va e’lon

qilish yoki e’lon qilmaslik huquqiga ega. Har kim o‘z ona tili va madaniyatidan foydalansih,

muloqot, ta’lim va ijod tilini erkin tanlash huquqiga ega”.

22-modda. “Har bir inson vijdon erkinligi huquqiga ega. Vijdon erkinligi huquqi hech

qanday umuminsoniy va fuqarolik huquqi yoki davlat oldidagi burchlariga bo‘ysunmaydi yoki

ular bilan cheklanmaydi”. 26-moddaning 2-qismi. “Mulk, shu jumladan, meros huquqi qonun

bilan kafolatlanadi”

16

. Mana shu yuqorida keltirilgan inson huquqlari Qozog‘iston

qonunchiligiga ko‘ra hattoki favquodda holatlarda ham cheklanishi mumkin emas. Demak,

ushbu cheklab bo‘lmaydigan inson huquqlarining Qozog‘iston Konstitutsiyasida o‘z aksini

topganligi bu Qozog‘iston huquqiy tizimining yutug‘i hisoblanadi.

Xulosa.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida favqulodda

holatlar joriy qilinganda inson huquqlarining ba’zilari cheklanishi to‘g‘risida norma mavjud.

Lekin ushbu normada har qanday holatda ham chelab bo‘lmaydigan inson huquqlari

ko‘rsatilmagan. Shuning uchun ushb normaga “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi

xalqaro Pakt” da ko‘rsatilgan har qanday holatda ham cheklab bo‘lmaydigan normalar o‘z

aksini topishi kerak. Ya’ni 21-moddaning 4-qismi sifatida yangi normani qo‘shish kerak: “Har

qanday holatda ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasi (yashash

huquqi), 26-moddasi (insonning sha’ni va qimmati daxlsizligi), 29-moddasi (har kimga

malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi), 33-moddaning 1-qismi (har kim fikrlash,

so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi) kabi inson huquqlarini cheklab bo’lmaydi”.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.https://www.presidency.ucsb.edu/documents/proclamation-1354-emergency-water-

transportation-the-united-states

2.National

Emergencies

Act.

https://www.govinfo.gov/content/pkg/COMPS-

10385/pdf/COMPS-10385.pdf

3.“National Action Plan for Pandemic Influenza and New Infectious Diseases”

https://www.cas.go.jp/jp/seisaku/ful/keikaku/pdf/national%20action%20plan.pdf

4.

https://www.venice.coe.int/files/EmergencyPowersObservatory/GER-E.htm

5.

https://www.loc.gov/item/global-legal-monitor/2020-11-24/germany-amendments-to-

infectious-diseases-protection-act-enter-into

6.https://www.dw.com/en/germany-pandemic-state-of-emergency-may-end-in-

november/a-5954042

7.https://www.law.cornell.edu/supremecourt/text/249/47

8. https://www.akorda.kz/en/constitution-of-the-republic-of-kazakhstan-50912

16

https://www.akorda.kz/en/constitution-of-the-republic-of-kazakhstan-50912

Библиографические ссылки