Авторы

  • Gulmira Aminjonova
  • Muxtorjon Safarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126661

Аннотация

Maqolada mikrobiologiya fanini oqitishda, zamonaviy  axborot texnologiyalaridan dars jarayonlarini sifatini oshirishi va talabalarda  ushbu otilayotgan fanga doir bilim va konikmalarni, ozlashtirish darajasini oshirishi hamda foydalanishning talim sifati, samaradorligini oshirishdagi istiqbollari haqida fikr yuritilgan.


background image

Page 163

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

MIKROBIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.

Aminjonova Gulmira Karimjonovna

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali tayanch doktoranti

gulmira.amindjonova@bk.ru

Safarov Muxtorjon Alijon o‘g‘li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali , Biotexnologiya

yo‘nalishi, 23-20 guruh

muxtorjon440@gmail.com

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15765746

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24

th

June 2025

Accepted:25 th June 2025

Published: 27

TH

June 2025

Maqolada mikrobiologiya fanini o‘qitishda,

zamonaviy

axborot

texnologiyalaridan

dars

jarayonlarini sifatini oshirishi va talabalarda ushbu

o‘tilayotgan fanga doir bilim va ko‘nikmalarni,

o‘zlashtirish darajasini oshirishi hamda foydalanishning

ta’lim sifati, samaradorligini oshirishdagi istiqbollari

haqida fikr yuritilgan.

KEYWORDS

zamonaviy

axborot

texnologiyalari,

multimediya,

slaydlar, prorektor, kompyuter

komunikatsuyalari.

Kirish.

Bugungi globallashuv davrida ta’lim sohasining zamonaviy texnologiyalar bilan

uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlar orasida mikrobiologiya fani

fundamental, eksperimental va amaliy mazmunga ega bo‘lib, uni o‘qitishda axborot

texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashda muhim omil

hisoblanadi.

Xar qanday jamiyatda yosh avlodga ta’lim berish muayyan bir maqsad asosida amalga

oshiriladi. Ta’limning asosiy ustivor maqsadi jamiyatning taraqqiyoti va uning rivojlanish

yo‘nalshlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda tashkil etilgan

ta’lim va tarbiyaning asosiy ustivor maqsadi yosh avlodni komil inson darajasida

tarbiyalashga qaratilgandir. Ta’lim jarayoni talabalarni chuqur va mustaxkam bilim olishiga,

mantiquy fikr yuritishiga, ijodiy izlanishiga, olgan bilimlarini o‘quv va amaliyotda mustaqil

qo‘llay olishiga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida talabalarni puxta va sifatli bilim olishlari uhun

o‘rganilayotgan materiallarning o‘qituvchi tomonidan bayon etilishi bilan bir qatorda xar bir

o‘qitilayotgan darsda

jumladan, mikrobiologiya darslarida zamonaviy

axborot

texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muofiqdir. Mikrobiologiya darslarida zamonaviy

axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonini sifati va samaradorligini oshiradi.

Tadqiqot obyekti va predmedi.

Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi kunda

mikrobiologiya darslarida ularni qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda,

o‘quv maqsadlariga erishishning eng yaxshi usulidir. Mikrobiologiya darslarini axborot

texnologiyalar asosida tashkil etish, ushbu darslarni talabalar tomonidan oson o‘zlashtirishini

ta’minlab beradi.

Mikrobiologiya fanini o‘qitishda ta‘lim samaradorligini oshirishning ana bir ustivor

yo‘nalaishi bu zamonaviy axborot texnologiyalaridir. Mikrobiologiya darslarida zamonaviy

axborot texnologiyalaridan foydalanilganda maktabda yaqindan tanishish imkoni qiyin

bo‘lgan jarayonlarni yaqinda kuzatish va dars mavzusini oson o‘zlashtirish imkonini beradi.

Darslarda harakatlanadigan animatsion modellar jumladan multimediyalar talabalarga


background image

Page 164

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

tasavvur qilish oson bo‘lmagan jarayomlarni oson o‘zlashtirish mumkin. Mikrobiologiya

darslarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish talabalarni intelektual

salohiyatini oshiradi. Talabalarda biologik jarayonlarni yaqindan tanishish imkonini beradi.

Natijada dars jarayonlari qiziqarli va samarali bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan

foydalanishning yana bir qulay tomoni shundaki, talabalarning vaqti tejalib ko‘proq

ma’lumotlar olish imkoniyatini oshiradi.

Inavatsion axborot texnologiyalari fanni o‘zlashtirishda talabalarga qulaylik tug‘diradi.

Jumladan, eshitish sezgisida nuqsoni bor talabalarda o’qish malakalari o‘sishiga, shuningdek,

ularning axborotlarni tez o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati

cheklanganlarda esa ularning o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanish imkonni beradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridir ta’lim berishning samarali usuli bo‘lib, u talabaga

ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Shunungdek

ko‘rgazmali va umumlashgan holda nafaqat slaydlar yoki maruza matni, balki multimedialar,

videoroliklardan foydalanish talabalarning malumotlarni qabul qilish darajasi oshiradi.

Mikrobiologiya fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish

talabalarni ushbu fanga bog‘iq motivlarini oshiradi.

Maqsad va vazifalari.

Mikrobiologiya fanini o‘qitishda ko‘rgazmalardan yani zamonaviy

axborot texnologiyalari va gerbariy na’munalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Turli hayotiy jarayonlarni jumladan fitisintez, gutatsiya,

urug‘lanish va boshqa jarayonlarni talabalar tushinib olishlarida zamonaviy axborot

texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni beqiyosdir. Zamonaviy axborot texnologiyalari

asosida o‘tilgan darslar talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Bundan Tashqari

zamonaviy axborot texnologiyalari va gerbariy na’munalaridan foydalanishning yana bir

afzalligi botanuka darslarida talabalarda idrok qilish, yodda saqlash va amalda qo‘llash kabi

ko‘nikmalar xosil bo‘lishiga oson erishiladi. Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkinki,

mikrobiologiya darslarida zamonaviy axborot texnologiyalari va gerbariy na’munalaridan

foydalanishda talabalarda bilim va

ko‘nikmalar quyidagi bosqichlarda oson shakllantirish

mumkin.

Zamonaviy axborot texnologiyalari har xil ta’lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida

qo‘llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir

hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim

oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish boshqalari esa (videofilmlarni)

ko’rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar.

Yangi o‘quv vositalarining xususan multimediyalar va animatsiyalar, slaydlar va

boshqalarning yaratilishi mikrobiologiya

fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot

texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash imkoniyatini yanada oshiradi. Bu natijada,

talabalarning mikrobiologiya fanlarini chuqur egallashlarining ustivor omili bo‘lib xizmat

qiladi va ta’lim samaradorligini oshiradi. Buning natijasida dars jarayonida zamonaviy

axborot texnologiyalarini keng suratda qo‘llash mumkin bo‘ladi, hamda o‘qituvchilarni

inavatsion bilimlar va zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirishda, o‘qituvchilarni

malarasini oshirishda, nafaqat mikrobiologiya balki boshqa sohalardagi yangiliklarni ham

o‘zlashtirishda,

ulardagi istiqbolli usullarni mikrobiologiya fanini o‘qitishda qo‘llash

imkonini yaratadi.

O‘quv materiallarini

sezgi organlari

yordamida qabul

qilish

Tasavvur qilish

Idrok qilish

Yodda saqlash

Amalda qo‘llash

Natijani tekshirish


background image

Page 165

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Mikrobiologiya darslarida ko‘rgazmalardan foydalanish muayyan tushinchalarni

shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonlar quydagi bilim va

ko‘nikmalarni xosil qilish imkonini yanada oshiradi.

-

O‘rganilayotgan predmedni avval o‘rganilayotgan predmed bilan taqqoslash.

-

O‘rganilayotgan predmedni avval o‘rganilayotgan predmedni o‘rtasidagi umumiylikni

o‘rganish.

-

O‘rganilayotgan predmed va jarayonlarni o‘ziga xos tomonlarini aniqlash.

-

O‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llay olish.

Xulosa

. O‘tkazilgan tajriba natijalari shuni tasdiqlaydiki, mikrobiologiya fanini o‘qitishda

zamonaviy axborot texnologiyalari va gerbariy na’munalaridan foydalanish ta‘lim sifatini

oshirishdagi eng istiqboli qurol xisoblanadi. Bir so ‘z bilan aytganda mikrobiologiya darslarida

gerbariy na’munalari va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayonini

sifat va samaradorligini oshiribgina qolmay, talabalarning bilim darajasini hamda

mikrobiologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini ham oshiradi.

Foydananilgan adabiyotlar.

1.

Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar. J.O. Tolipova.

2.

Axmedova Z.S., "Mikrobiologiya asoslari", Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2020

3.

Abdukarimov A., "Biologiyada axborot texnologiyalari", Samarqand, 2019.

4.

Rahimov S. va boshqalar, "Innovatsion pedagogik texnologiyalar", Toshkent: Fan, 2021.

5.

Muminov R. "Zamonaviy axborot texnologiyalari", Andijon: Innovatsiya nashriyoti,

2022.

6.

Xolmatova M.K., "Mikrobiologik laboratoriya amaliyotlari", Toshkent, 2021.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’limda raqamlashtirishni jadallashtirish

to‘g‘risida”gi qarori, 2021-yil.

8.

Karimov B. "Onlayn ta’lim metodikasi", Buxoro, 2020.

9.

Abdullayev A. "Pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar", Namangan,

2022.

10.

Ivanov I.V., "Educational Technologies in Microbiology", Moscow, 2019.

11.

UNESCO Report: “ICT in Education and Learning”, 2021.

Библиографические ссылки

Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar. J.O. Tolipova.

Axmedova Z.S., "Mikrobiologiya asoslari", Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2020

Abdukarimov A., "Biologiyada axborot texnologiyalari", Samarqand, 2019.

Rahimov S. va boshqalar, "Innovatsion pedagogik texnologiyalar", Toshkent: Fan, 2021.

Muminov R. "Zamonaviy axborot texnologiyalari", Andijon: Innovatsiya nashriyoti, 2022.

Xolmatova M.K., "Mikrobiologik laboratoriya amaliyotlari", Toshkent, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’limda raqamlashtirishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori, 2021-yil.

Karimov B. "Onlayn ta’lim metodikasi", Buxoro, 2020.

Abdullayev A. "Pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar", Namangan, 2022.

Ivanov I.V., "Educational Technologies in Microbiology", Moscow, 2019.

UNESCO Report: “ICT in Education and Learning”, 2021.