Page 152
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
“BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SHE’RIY ASARLARNI
O‘QITISHDA KREATIV FIKRLASHGA O‘RGATISH”
Mahamadjonova Muxlisaxon
Qo‘qon universiteti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: Abdupattoyev G‘ulomjon
Qo‘qon universiteti Pedagogika va
psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15761273
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 24
th
June 2025
Accepted:25 th June 2025
Published: 27
TH
June 2025
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
she’riy asarlarni o‘qitishda kreativ fikrlashga o‘rgatish,
she’riy asarlarni ifodali o‘qiy olish, ularning mazmunini
anglay olish, ijodiy fikrlash to‘g‘tisida , boshlang‘ich
sinflarda she’riy asarlarning o‘ziga xos xususiyati, uni
o‘rganishga tayyorgarlik, she’riy asar matni tahlili
xususida, she’riy asarlarni o‘rgatish jarayonida kreativ
fikrlashga o‘rgatish mazusida so‘z boradi.
KEYWORDS
she’riy asarlar, kretiv
fikrlash, 4K modeli, ijodiylik,
boshlang‘ich
sinf
darsligi,
she’riy
asarlar
tahlili,
ko‘rgazmali qurollar.
KIRISH
Bugungi kunda taʼlimda kreativ fikrlashni rivojlantirish, ayniqsa, boshlangʻich sinf
oʻquvchilarining har tomonlama rivojlanishi uchun juda muhimdir. Yosh bolalar uchun sheʼriy
asarlarni oʻqitish nafaqat tilni o‘zlashtirish, balki ularning tasavvuri, ijodiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada sheʼriy asarlarni oʻqitish jarayonida
kreativ fikrlashni qanday rivojlantirish mumkinligi haqida soʻz boradi.
She’riy asarlarni o‘qish ijodiylik hisoblanadi. Albatta, ijodiylik rivojlansa kreativ fikrlash
kengayadi. Ijodkor insondan yomonlik chiqmasligi haqida ko‘p eshitganmiz. Bola yoshlikdan
she’rlarga, hikoya va ertaklarga oshno bo‘ladi. Bularga qiziqtirish va ularni rivojlantirish zarur.
Yoshlikdan kreativ fikrlagan bola ijodkorlik sari otlanadi. Yangi-yangi g‘oyalar o‘ylab topa
boshlaydi. O‘quvchilarga she’riy asarlarni o‘qitishdan oldin ularga o‘zi she’rning nimaligi,
uning qay hollarda tug‘ilishi, uni kimlar yoza olishi, hamda qanday aytilishi haqida ma’lumot
berib o‘tish kerak.
Sheʼr (arabcha: “shuur” – “sezgi”) – fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga
kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar.
“Sheʼr“ atamasi oʻrniga baʼzan “nazm” soʻzi ham qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi
boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni she’rda yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi
she’rni bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan.
Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq
kechinmalari ustuvorlik qiladi. She’rda fikrning kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir
koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir she’rdan oʻta
muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi
qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir.
Page 153
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
She’rning uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda
tabiiyligidir.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida sheʼrlar asosan, kuylash uchun yaratilganligi uchun “qoʻshiq“ deb
atalgan. Ogʻzaki sheʼr qatʼiy shakliy-mundarijaviy qoliplarga tushmaydi va yoʻnalishiga koʻra
mavsum, marosim, sevgi qoʻshiqlari kabi turlarga ajratiladi. Mumtoz sheʼrlar qofiyalanish va
banddagi misralarning miqdoriga koʻra maxsus janrlarga boʻlingan. Agar she’r bandi 2
misradan iborat boʻlsa – masnaviy, 3 misradan iborat boʻlsa – musallas, har bir band 4
misradan tashkil topsa – murabbaʼ, 5 qatorli bandlardan tashkil etilsa – muxammas, bandlari
6 satrdan tashkil topsa – musaddas, 7 misrali bandlardan iborat boʻlsa – musabbaʼ, 8 misrali
bandlardan tashkil topsa – musamman, 9 qatorli bandlardan iborati – tasneʼ (mustasneʼ), 10
qatorli bandlardan iborat poetik asarlar muashshar (mashruʼ) deyilgan.
She’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan
hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari
ritm (bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir meyorda takrorlanib kelishi) va
qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi. She’rni o‘qiganda
kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan
hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda she’r tarzida yozilgan
hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she’rlar o‘qitiladi.
She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir.
Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va
tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg‘uga to‘la
hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo‘l keladi”. Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish
o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai
nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san’at hissiyot bilan bog‘liq ekanligi unutiladi,
she’r ma’nosining satrlar, so‘zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning
oqibatida o‘quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag‘zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har
qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni o‘qish mehnattalab ishdir. Busiz, hatto, adabiy
ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga she’riy asarlarni o‘qitishda kreativ fikrlashning ham o‘rni
beqiyos. Bunda o‘quvchi ijodiy fikrlashni, o‘z fikrini bayon qilishni o‘rganadi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari asosida
ta’lim oladi. Darsliklarning asosiy xususiyatlaridan biri – ularning 4K tamoyili asosida ishlab
chiqilganidadir. Ya’ni bu tamoyilda quruq ma’lumotlarni yodlatish yoki shunchaki o‘qish-
yozishni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi. O‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur
bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi. 4K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z
ichiga oladi:
Kollaboratsiya:
Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga
yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish
va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Kommunikativlik:
O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni
tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga
o‘rganadi.
Kreativ fikrlash:
O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni
qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kritik (tanqidiy) fikrlash:
Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash,
o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
1
Quronov D., Adabiyotshunoslikka kirish, Andijon, 2002.148-bet
2
Xolida G'ulomova, Hilola Bakiyeva. O'QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH.
Maqola. 2020
Page 154
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy
fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi.
4K modeli ichidagi kreativ fikrlashda o‘quvchilar ijodiy fikrlashadi, innovatsion yechimlarni
izlab topadilar, yangicha go‘yalar o‘ylab topishadi. She’riy asarlarni o‘qitishda kreativ fikrlash
juda muhim vosita hisoblanadi. Har bir she’rdan ijodiy ilhomlanadilar. She’riy asarlar
o‘quvchilarning dunyoqarashini, fikrlashini kengaytiradi. Kreativlik so‘zi ilk bor 1922-yilda
AQSh olimi D.Simpson tomonidan qo‘llanilgan. Ushbu atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip,
odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta’riflagan. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim
jarayonida she’riy asarlarni o‘qitish nafaqat o‘quvchilarning she’riy san’atlarga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi, balki ularni kreativ fikrlashga, tasavvur qilishga, va o‘z fikrlarini
ifodalashga o‘rgatadi. Bu jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun o‘qituvchi tomonidan
kreativ usullarni qo‘llash, o‘quvchilarning individual fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi.
O‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. She’riy
asarlarni o‘qish jarayonida ular jonlanadilar, dunyoqarashlari kengayib boradi. Boshlang‘ich
sinf darsliklarida odob- axloqqa oid, ta’lim tarbiyaga oid she’rlar ko‘p o‘rinlarda keltirilgan.
She’riy asarlarda insonning ichki kechinmalari, uning ruhiyati aks etadi. Voqea hodisalardan
ko‘ra inson uni qanday his qilayotgani, uning ichki kechinmalariga qanday ta’sir etayotgani
muhimdir. She’riy asarlar insonning hissiyotlariga ta’sir qilmog‘i kerak. Vatan haqida
bo‘ladimi, ona haqida bo‘ladimi yohud boshqa narsa haqida bularning barida inson ruhiyati
jo‘nbo‘shga kelishi muhim.
Shu o‘rinda ovoz ogʻzaki sheʼriyatda faol, jismoniy jihatdan muhim narsa ekanligini aytib
o‘tish lozim. Shunday ekan, Sheriyatda
voiz
va tinglovchi, ijrochi va auditoriya kerak, sado esa
“shoir ovozi“ning jonlanish tizimi deb yuritiladi.
Haqiqatan ham she’riyat tizimida ovoz birinchi vosita hisoblanadi. Ijrochi o‘zining ichki
kechinmalarini ovoz orqali amalga oshiradi. Ovoz to‘nlari goh qattiq goh ohista amalga
oshiriladi. Ijrochining ovozi shirador va yoqimli bo‘lsa, tinglovchiga manzur bo‘ladi
Sheʼriyat, uni ifodali oʻqish ovoz bilan bogʻliq sanʼat boʻlgani uchun ham oʻquvchi oʻz
tajribasidan kelib chiqqan holda, uni oʻz his-tuygʻulariga, intonatsiyaga, maʼnosiga koʻra
oʻzgartiradi; ohang va urgʻu orqali boshqariladigan sheʼrlar oʻziga xos tarzda har qanday
oʻquvchi ham anglab yetmaydigan mohiyatga ega boʻladi.
Har qanday she’riy asar bo‘lsin yoki nasriy asar bo‘lsin ohang, urg‘u, intonatsiya muhim o‘rin
tutadi. Masalan g‘amgin she’rni ijrochi quvnoq holda aytmaydi yoki quvnoq she’rni g‘amgin
holda ijro etolmaydi.
Boshlangʻich sinflarda sheʼriy asarlarni oʻqitishda metod va metodologiya ham katta oʻrin
tutadi. Sheʼriy asarlarni oʻqitishda kreativ fikrlashga oʻrgatish yaxshi samara beradi. Masalan,
sheʼrlarni sahnalarda ijro etish, musiqaga aylantirib aytish, joʻr boʻlib aytish, savollar tuzish va
hokazo. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga turli xil metodlar bilan dars o‘tilsa, ularni beixtiyor
darsga qiziqishlarini orttiradi. Chunki ular bu paytta ko‘proq o‘yinqaroq bo‘lishadi. Ularni shu
tariqa darsga qiziqtiriladi. Quyida turli interaktiv metodlarni she’riy asarlarni o‘qish misolida
ko‘rib chiqamiz.
Avvalo, bolaga she’riy asarlarni o‘qitishdan oldin ularning nutqiy savodxonligini oshrish lozim.
Chunki o‘quvchining nutqida muammo bo‘lsa o‘z -o‘zidan chiroyli she’r mutolaa qila olmaydi.
Birinchi o‘rinda o‘qituvchi darslar jarayonida ularning nutqini rivojlantiruvchi mashqlar bilan
shug‘ullanishi kerak. O‘qituvchi dars jarayonida turli xil aytilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar, turli tez
aytishlar, interfaol metodlar orqali o‘quvchilar nutqini ravon qilib borishi kerak. Quyida
o‘quvchilar nutqini hamda ularning she’riy asarlarni o‘qishda ajodiy qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi turli ta’limiy metodlarni ko‘rib chiqamiz.
3G.Yusufaliyeva, N.Abduraxmonova,A.To‘rabekova. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ qobiliyatlarni
rivojlantirishda o‘qituvchining roli. Maqola. 2021
Page 155
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
“Orzu” metodi
Bunda o‘quvchilar o‘z orzularini ketma-ket tarzda aytib o‘tishadi. Har bir o‘quvchi nutqini
ravon hamda ifodali qilib aytishlari kerak bo‘ladi. So‘ngra, ular mana shu orzularini she’riy
tarzda aytishlari lozim. Bu metod juda qiziqarli bo‘ladi. Bundan ko‘zlangan maqsad bolani
erkin fikrlashga, uning orzularini ro‘yobga chiqarishga erishiladi.
Bu metod orqali o‘quvchilar nutqi ravonlashadi, fikrlashi kengayadi, o‘z orzularini she’rga
solib aytganda she’riy asarlarni o‘qish bo‘yicha qobiliyati rivojlanib boradi.
“Aralash so‘zlar” metodi
Bu metod o‘quvchilar onggini, ularning fikrlash darajasi hamda so‘zlarni to‘g‘ri va o‘z o‘rnida
qo‘llay olishi uchun juda samarali vosita hisoblanadi. Bu metod shunday qo‘llaniladi,
o‘qituvchi doskaga so‘zlarning o‘rnini almashtirib yozadi. So‘zning ma’nosi o‘zgaradi.
O‘quvchilar so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib yozishlari kerak bo‘ladi.
Bundan maqsad o‘quvchining so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olishini rivojlantirish, fikrlash
qobiliyatini o‘stirish.
“To‘g‘ri so‘zla” metodi
Bunda doskaga to‘rtta so‘z yoziladi. Bu so‘zlarning uchtasi ma’nodosh bo‘lib, qolgan bittasi
ularning ma’nosidan yiroq bo‘ladi. O‘quvchilar so‘zlar ichidan ma’nosi yiroq bo‘lgan so‘zni
chiqarib tashlashi kerak bo‘ladi. Masalan,
she’r, topishmoq, maqol, kitob
so‘zlari ichidan
ortiqcha so‘zni chiqarib tashlashi kerak. Bu yerda
she’r, maqol, topishmoq
so‘zlari bir adabiy
ijod bilan bog‘liq kitob so‘zi esa ulardan ozgina yiroqroq. Shu tarzda turli so‘zlarni
qatnashtirib bu metodni qo‘llash mumkin.
Bu metod orqali o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llay olish va ma’nodosh so‘zlarni ajratib olishni
o‘rganib olishadi.
“Musiqiy ohang” metodi
Bu metodimizda darslikda berilgan she’riy asarlarni musiqaga solib aytiladi. Bu bilan o‘quvchi
ijodiy zavq oladi, she’rning matnini yodlashi osonroq kechadi hamda darsimizning qiziqarli
o‘tishini ta’minlaydi.
Bu metod bevosita musiqa fani bilan integratsiyalashgan holda amalga oshiriladi.
“She’riy tasvir” metodi
Bu metodda o‘quvchilar darslikda berilgan she’rlarni yod olishgan holda aytib, doskada turli
tasvirlar orqali uni tasvirlab berishlari kerak bo‘ladi. Masalan, she’rimiz tabiat haqida bo‘lsa,
tabiat rasmini, Vatan haqida bo‘lsa, Vatan rasmini, maktab haiqda bo‘lsa maktab va hokazo
tasvirlab chizib berishlari kerak. Buni doskada ham daftarda ham bajartirish mumkin. Bundan
maqsad, o‘quvchi she’rni qiziqib yodlaydi, uning tezligi va ijodiy fikrlashi ortadi hamda
tasviriy san’atdagi bilimi rivojlanadi.
Bu metodimiz ham bevosita tasviriy san’at fani bilan aloqador.
“
Sahnada she’r” metodi
Bunda o‘quvchilar she’rni aytishadi va boshqa o‘quvchilar shu she’rning matnidan kelib chiqib
sahnada rol orqali ijro qilib berishadi. Albatta, bu metod she’rning matni sahnada ijro qilish
mumkin bo‘lsa, qo‘llaniladi. Bundan maqsad, o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini
rivojlantirish, ijodiy fikrlashini kenggaytirish, she’r o‘qish darasini oshirish.
“Davomini top” metodi
Bu metod shunday bajariladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zi yodlatgan she’rlardan boshini
aytadi, ular davom ettirishadi. Yoki buni guruhlarga bo‘lingan holda ham bajarsa bo‘ladi. Bu
bilan o‘quvchilar o‘sha she’rni yodga olishadi hamda topqirliklari ortadi.
“She’riy tez aytish” yohud “Nafassiz she’r” metodi
Bu metod orqali o‘quvchilar tez aytish qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar. Bunda ular
she’rning matnini nafas olmasdan tez hamda ifodali aytishlari kerak. Bu kabi metodlar
darsimizni qiziqarli hamda samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
“Suratda she’r” metodi
Page 156
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025
www.in-academy.uz
Bu metodimizda o‘qituvchining ijodiy hamda kreativ qobiliyatlari namoyon bo‘ladi. Turli
qog‘ozlarga turli rasmlarni chiqarib kelishi kerak. Albatta, bu rasmlar sinfda yodlangan
she’rlardan iborat bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda, asosan,
ona, Vatan, tabiat, maktab, fasllar
haqida yozilgan she’rlar bo‘ladi. Ular rasmga qarab gap qaysi she’r haqida ketayotganligini
topishlari kerak. Masalan, “tabiat” rasmi bo‘lsa, o‘quvchilar tabiat she’rini aytishi kerak, rasm
“ona” haqida bo‘lsa, ona haqidagi she’rni aytishi kerak. Bu metod ularning kreativ
qobiliyatlarini rivojlantirishda juda yaxshi samara beradi. Ularning topqirlik qobiliyatini
oshiradi.
“Kayfiyat” metodi
Bu metod sinfda o‘tilayotgan she’riy asarlarni o‘qitishda qo‘llaniladi. O‘qituvchi she’rning
satrlarini turli o‘quvchilarga turli kayfiyatda o‘qib berishlari uchun bo‘lib beradi. Masalan, bir
o‘quvchi bu she’rni quvnoq tarzda o‘qisa, bir o‘quvchi hafa tarzsa o‘qiydi, yana biri jahldor
tarzda o‘qisa, yana biri kulgan va kuldirgan holatda o‘qiydi. Xullas bu metod bilan ularning
kayfiyati ortadi. Darsning qiziqarli o‘tishi ta’minlanadi. Kreativ qobiliyati oshadi.
Yuqorida keltirgan metodlarning barchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini, ularning
erkin fikrlash qobiliyatini, ijodkorlik salohiyatini, kreativ qobiliyatining rivojlanishini, she’riy
asarlarni to‘g‘ri va ifodali o‘qiy olish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bularning
barchasi darslarda ijobiy natija beradi, albatta.
Xulosa qilib aytganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga she’riy asarlarni kreativ fikrlashga
o‘rgatish muhim masala hisoblanadi. Bu bilan bolaning dunyoqarashi kenggayadi, fikrlash
qobiliyati ortib boradi. She’r orqali insonning ichki kechinmalari jo‘nbo‘shga keladi. Hayotning
go‘zalligini ko‘ra boshlaydi. His tuyg‘ulari yaxshilana boradi.
Boshlang‘ich sinflarda she’riy
asarlarni o‘qitish, nafaqat, bolalarning adabiy didini shakllantiradi, balki ularni mustaqil
fikrlash, tasavvur qilish, tahlil qilish va estetik zavq olish kabi muhim kompetensiyalarni
rivojlantirishga xizmat qiladi. She’r o‘qish jarayonida o‘quvchilarda obrazlar orqali fikrlash,
ifoda vositalarini tushunish va ularga nisbatan o‘z qarashini bildirish ko‘nikmalari shakllanadi.
Bu esa o‘z navbatida, kreativ fikrlashning muhim omillaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.
1.
Quronov D., Adabiyotshunoslikka kirish, Andijon, 2002.148-bet
2.
Xolida G'ulomova, Hilola Bakiyeva. O‘QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR MATNI
USTIDA ISHLASH. Maqola. 2020
3.
G.Yusufaliyeva, N.Abduraxmonova,A.To‘rabekova. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda o‘qituvchining roli. Maqola. 2021
4.
Abdupattayev, G. (2025). NABIJON BOQIYNING “ROHILA” QISSASIDA XARAKTER VA
KONFLIKT
MASALASI.
QO‘QON
UNIVERSITETI
XABARNOMASI,
14,
127–128.
https://doi.org/10.54613/ku.v14i.1140
5.
Xodjaev, S., & Abdupattaev, G. (2022). Murod Muhammad Do‘st ijodida davr va
qahramon muammosi. Amerika ijtimoiy va gumanitar tadqiqotlar jurnali , 3 (12), 77-81.
Internet manbaalari:
1.
2.