Авторы

  • ANARKUL SHODMANOV

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126668

Аннотация

Maqolada betonning uzoq muddatga chidamliligiga yemirilishda ta’sir qiluvchi fizik, kimyoviy va mikrobiologik omillar, beton korroziyasi, uning turlari va betoning xizmat ko'rsatish sharoitida oldini olish va himoya qilish usullari haqida ma'lumotlar berilgan.


background image

Page 134

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

BETONNING UZOQ MUDDATGA CHIDAMLILIGIGA

YEMIRILISH OMILLARINING TA’SIRI

SHODMANOV ANARKUL YULDASHEVICH

Dotsent, Jizzax politexnika instituti, Jizzax

https://doi.org/

10.5281/зенодо.15751020

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24

th

June 2025

Accepted:25 th June 2025

Published: 27

TH

June 2025

Maqolada

betonning

uzoq

muddatga

chidamliligiga yemirilishda ta’sir qiluvchi fizik, kimyoviy

va mikrobiologik omillar, beton korroziyasi, uning turlari

va betoning xizmat ko'rsatish sharoitida oldini olish va

himoya qilish usullari haqida ma'lumotlar berilgan.

KEYWORDS

betonning

chidamliligi,

fizik omillar, kimyoviy omillar,

mikrobiologik

omillar,

temirbeton

konstruksiyalari,

suvli aralashmalar, ma’danli

suvlar, tuzlarning kristallanishi,

konstruksiyalarning yemirilishi,

xususan quruq va issiq iqlim

sharoitiga

ega

bo‘lgan

tumanlar uchun xosdir.

Betonning chidamliligiga ta’sir qiluvchi omillar fizik, kimyoviy va mikrobiologik xillarga

bo‘linadi.

Temirbeton konstruksiyalarda beton tuzning suvli aralashmalari va past haroratning bir

vaqtdagi ta’siri natijasida jadal yemiriladi. Fizik yemirilishning bu turi xususan suv inshootlari

va kimyoviy korxonalar uchun tavsiflidir. Ma’danli suvlarning bug‘lanishi va kapillyarlar

yordamida surilishi natijasida tuzlarning kristallanishi sodir bo‘ladi. Oqibatda beton va

temirbeton konstruksiyalarning yemirilishi xususan quruq va issiq iqlim sharoitiga ega

bo‘lgan tumanlar uchun xosdir.

Tuzlarning kristallanishi davomida vujudga keladigan bosim, uni qurshab turgan atrof-

muhitning harorati, havoning namligi, tuzlarning shakllanish payti va shuningdek, tuzlarning

xiliga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, 20...30

0

S harorat va havo namligi 40...45 % tashkil etganda 4

oydan so‘ng kristallanish davomida paydo bo‘ladigan bosim: natriy sulfatda (Na

2

SO

4

)-0.44

MPa, magniy sulfatda (MgSO

4

)-0.35 MPa, natriy xloridda (NaCl

2

)-0.27 MPa va kalsiy sulfatda

(CaSO

4

)-0.09 MPa ga teng bo‘lishi mumkin. [1]

Juda ham noqulay bo‘lgan harorat va namlik sharoitlarida betonning g‘ovaklarida Na

2

SO

4

MgSO

4

eritmalari suvning ko‘p sonli molekulalari bilan bog‘lanishga o‘tishi mumkin. Bunday

bog‘lanish, betonning yuzasida kuchlanishlarni vujudga keltirish orqali davom etadi.

Fizik-kimyoviy omillar, asosan, yemirilishning birinchi turiga kiradigan aniq osmatik va

kontraksion hodisalar ta’sirida yuz beradi.

Sement toshining asosiy tarkibiy qismlari, ya’ni gidrosilikatlar, gidroalyuminatlar,

gidrosulfoalyuminatlar va kalsiyning gidrat oksidlari faqatgina ma’lum darajadagi ohak

aralashmasiga aralashtirilgan g‘ovakli suyuqlik bilan aloqaga kirishgandagina turg‘un holatda

bo‘ladi. Suv bilan yuviladigan konstruksiyalardan foydalanish davomida, yoki suvni beton


background image

Page 135

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

orqali sizdirganda filtrlash bosimi ostida asta-sekinlik bilan ohakning beton tanasidan

ishqoriy yuvilishi yuz beradi.

Yumshoq suvlarning betonga uzoq muddat ta’sir etishi Ca(OH)

2

ning butunlay yuvilishi,

qolgan gidratli birikmalarni temir oksidi va kremnezemning gidratlariga qadar kristallanmay

qolgan gidratli birikmalarning tarqalib ketishiga olib keladi. Hatto beton va temirbetondan

kalsiy sulfat eritmasining qisman yuvilishi ham uning mustahkamligini sezilarli pasayishga

olib keladi. Shunday qilib CaO ning betondan 15...30 % (sement tarkibidagi CaO ning umumiy

hajmidan) ishqoriy yuvilishi, beton doimiy mustahkamligining 40...50 % kamayishi bilan

bog‘liq bo‘lgan holda davom etadi.

Beton va temirbetonning ishqoriy yuvilishi davomida yemirilish tezligi sement tarkibiy

qismlarining aralashuv tezligiga bog‘liq emas. U suvning kimyoviy tarkibi, uning harakat

tezligi, betonning qalinligi hamda sement toshiga Ca(OH)

2

ning bog‘lanish darajasiga ham

bog‘liqdir. Kalsiyning suvli eritmasi ditsillangan suvga yaqin tarkibiy tuzilishiga ega bo‘lgan

yumshoq suvda ko‘p darajada jadal aralashadi. Suvning tarkibidagi NaCl va Na

2

SO

4

, Ca(OH)

2

ning eruvchanligini oshiradi, [Ca(HCO

3

)]

2

va [Mg(HCO

3

)

2

] larning mavjudligi kalsiy suvli

eritmasi aralashuvchanligining kamayishiga yordam beradi, shu bilan birga aralashmada ular

qanchalik ko‘p bo‘lsa, eruvchanlik shuncha yuqoriroq bo‘ladi.

Osmatik xodisalar, tarkibida faol shakldagi kremnezem bo‘lgan to‘ldiruvchilar bilan sement

ishqorlarining o‘zaro reaksiyalari hisobiga yuz beradigan yemirilish jarayonlarini aniqlab

beradi. Shu sababli ushbu turdagi yemirilishga qarshi kurashish uchun Na

2

O hisobiga

sementning tarkibidagi ishqoriylik 0.3 % dan oshmasligi kerak. Bu mumkin bo‘lmaydigan

hollarda esa, ingichka maydalangan gidravlik qo‘shilmalar va kimyoviy qo‘shilmalarni

qo‘shish yo‘li bilan boshqarish mumkin.[4]

Betonning uzoq muddatga chidamliligi va mustahkamligiga klinker ma’danlarining

gidratatsiyasi jarayonida vujudga keladigan kontraksion jarayonlar ham ta’sir etadi. Ya’ni,

betondagi gidratatsiya jarayonlari uncha katta bo‘lmagan darajada (kichik tezlikda) beton va

temirbeton konstruksiyalaridan foydalanishning butun muddati davomida yuz beradi,

kontraksion hodisalar esa u yoki bu darajada sement toshi va betonning tarkibiga ta’sir qiladi.

Kontraksion hodisalar natijasida sement toshida, kichik qobiqlarning tugunlarida

to‘planadigan va sement toshining qobig‘ini parchalab tashlaydigan cho‘zuvchi kuchlar paydo

bo‘ladi, bu esa sement toshi va betonning nazariy jihatdan imkoniyatlariga qiyoslaganda fizik-

mexanik tarkibining pasayishiga olib keladi.

Beton va temirbeton konstruksiyalarining kimyoviy yemirilishi, o‘zida ularning gazlar bilan

o‘zaro ta’sir reaksiyalarga kirishishini ham aks ettiradi. Bu turdagi yemirilish betonni sanoat

havo gaz muhiti sharoitlarida sodir bo‘ladi. Quruq havo sharoitida, gazlarning betonga ta’siri

unchalik yuqori bo‘lmaydi, ammo yuqori harorat va namlikda ularning xavfli ta’sir qilish

darajasi ortadi.

Gazli muhitda yemirilishlar tez-tez uchrab turadi va xavfli suyuq muhit-larning ta’siriga

qaraganda xavfsizroqdir. Temirbeton konstruksiyalarga xavfli suyuq muhitning ta’siri

davomida yuz beradigan yemirilish jarayonlari ko‘p hollarda betonning yemirilish tezligi

bilan aniqlanadi. Armaturaning yemirilishi esa beton himoya qatlamining yemirilishidan

so‘ng paydo bo‘la boshlaydi. Gazli havo muhitida esa bundan farqli o‘laroq, birinchi o‘rinda

shu sharoitda ishlayotgan konstruksiyalarining yemirilishini belgilab beradigan armaturaning

yemirilish jarayonlari turadi. Yemirilishning mikrobiologik omillariga beton va temirbeton

konstruksiyalarning tabiiy ta’sirlar, o‘suvchi organizimlar shuningdek, bakteriyalar ta’siridagi

yemirilishlar kiradi.

Mikroorganizmlardan betonga eng ko‘p yemiruvchi faoliyatni nitrifikatlar, bakteriyalar,

nomuvofiq rang beruvchi yopishqoq qo‘ziqorinlar namoyon etadi. Bakteriyalarning faoliyati

natijasida sement toshini yemiruvchi oltingugurt kislotasi hosil bo‘ladi. Nitrifitsillashgan

bakteriyalarning ichkariga kirib borish chuqurligi 1.5 sm dan 2.5 sm gacha bo‘lishi mumkin.[2]


background image

Page 136

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Bakteriya kislotalarining yemiruvchi ta’siri ularning turi va tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.

Mikroorganizmlar beton tuzilishining ichki, uncha qalin bo‘lmagan qatlamida

bakteriyalarning qurib bo‘rtishi natijasida (hajmiy o‘zgarishi hisobiga) fizik yo‘l bilan

yemirilish keltirib chiqarish qobiliyatiga egadir. Shu bilan birga o‘suvchi organizmlar keltirib

chiqaradigan fitogen yemirilishini ham qayd etib o‘tmoq zarur.

Ular asos tizimidagi fermentlar va kislotalar bilan yemiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriya

faqat betongagina emas, balki po‘lat armaturalarga, umuman metallarga faol ta’sir ko‘rsatishi

mumkin. Bunday hollarda mikro organizmlarning ta’siri bioelektrokimyoviy tavsifga ega

bo‘ladi. Metallga kislota hosil qiluvchi bakteriyalar ko‘proq ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday

bakteriyalarga sulfatredutsiyalaydigan, nitrifitsiyalaydigan va oltingugurt kislotasi kiradi.

Shunday qilib, ta’minlovchi muhitda erkin kislorodlar butunlay bo‘lmagan hollarda

ko‘payadigan, sulfatredutsiyalaydigan bakteriyalar achituvchi-tiklovchi jarayonni vujudga

keltiradi.[3]

Betonning yemirilishini vujudga keltiruvchi mikroorganizmlarning ta’sir bosqichlari tashqi

muhit, harorat, suv va tuproqning sho‘rlanganligi, hamda pH - suvning vodorod ko‘rsatkichi

miqdori bilan bog‘liq holatda bo‘ladi.

Foydalnilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Технология бетона, строительных изделий и конструкций : учеб¬ник для вузов / Ю.М.

Баженов [ и др.]. — М. : АСВ, 2004. — 235 с.

2.В.Н. Шишканова “Долговечность строительных материалов, изделий и конструкций”

Учебное пособие по дисциплине “Строительные материалы при реконструкции,

восстановлении и капитальном ремонте зданий и сооружений” Изд. Тольяттинского

государственного университета

3. Korroziyadan himoya qilish. O‘quv qo‘llanma. H.B.Do‘stov. – Toshkent, 2019. -268 b.

4. A.Yu. Shodmonov va N.J.Parsaeva “Beton va temirbeton buyumlari texnologiyasi” nomli

o‘quv qo‘llanma Jizzax-2021yil

Библиографические ссылки

Технология бетона, строительных изделий и конструкций : учеб¬ник для вузов / Ю.М. Баженов [ и др.]. — М. : АСВ, 2004. — 235 с.

В.Н. Шишканова “Долговечность строительных материалов, изделий и конструкций” Учебное пособие по дисциплине “Строительные материалы при реконструкции, восстановлении и капитальном ремонте зданий и сооружений” Изд. Тольяттинского государственного университета

Korroziyadan himoya qilish. O‘quv qo‘llanma. H.B.Do‘stov. – Toshkent, 2019. -268 b.

A.Yu. Shodmonov va N.J.Parsaeva “Beton va temirbeton buyumlari texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma Jizzax-2021yil