Авторы

  • Nargis Djuraeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126672

Аннотация

Mazkur maqolada ekologik ta’limning mukammal tizimini ishlab chiqish va ta’lim tizimiga joriy etish, tabiatga yetadigan antropogen zararni kamaytirish, ekologik ta’limning asosiy negizlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishga asosiy e’tibor atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik  bilan       foydalanish kabi masalalar muhokama etiladi.


background image

Page 122

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

BOSHLANG`ICH SINFLARGA TABIIY FANLARNI O`QITISHDA

EKOLOGIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING

AHAMIYATI

Djuraeva Nargis Narkulovna

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM o‘qituvchisi

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15738576

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11

th

June 2025

Accepted:15th June 2025

Published: 23

rd

June 2025

Mazkur maqolada ekologik ta’limning mukammal

tizimini ishlab chiqish va ta’lim tizimiga joriy etish,

tabiatga yetadigan antropogen zararni kamaytirish,

ekologik ta’limning asosiy negizlari, boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ

yondashuv asosida takomillashtirishga asosiy e’tibor

atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik

bilan

foydalanish kabi masalalar muhokama etiladi.

KEYWORDS

dars, o‘quvchi, ekologik

siyosat,

tabiat,

jamiyat,

madaniy meroslar.

KIRISH

Ekologik ta’limning mukammal tizimini ishlab chiqish va ta’lim tizimiga joriy etish darkor.

Ekologik ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, ya’ni umumta’limning boshlang‘ich bo‘g‘ini

hisoblangan kichik maktab yoshidan yo‘lga qo‘yilsa, shunchalik ijobiy va samarali bo‘ladi.

Oila, jamiyat, ta’lim- tarbiya muassasalari va boshqa sohalarda ekologik tafakkur, ekologik

ong va ekologik madaniyat uzluksiz tarzda shakllantirilib borilishi zarur. Boshlang‘ich

sinflarda tabiiy fanlarni o‘quvchilarga samarali o‘qitish ekologik poydevor sifatida

o‘rnatilishini davr taqozo etmoqda [2].
Buning uchun har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi eng avvalo, ekologik tafakkur, ekologik

ta’lim-tarbiya va ekologik madaniyat tushunchalarini o‘quvchi yoshlarga singdira olishi lozim.

Buning uchun hozirgi kunda tabiatga yetadigan antropogen ozorni kamaytirishda biolog,

geograf, geolog, meterolog kabi kasb egalarining hamkorligi juda zarurdir. Bu munosabatlar

mohiyatini kichik yoshdagi o‘quvchilar ongiga yetkaza olish, ularning tabiatga bo‘lgan

munosabatini to‘g‘ri ravishda amalga oshira bilishga o‘rgatish ekologik ta’limning asosiy

negizini tashkil qiladi. Ekologik bilimlarning ilmiy asoslari nazariy, amaliy bilimlar va

mustaqil ishlar jarayonida tushuntiriladi [3].

ADABIYOTLAR SHARHI

Darhaqiqat, Prezident Sh.M. Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, yoshlarimiz haqli ravishda

mamlakatimiz kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga qodirbo‘lganligi, bugunimiz

va ertamizni hal etuvchi kuchiga aylanib borayotganligi barchamizga g‘urur va iftixor

bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borilayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya

bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur

[1].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida

takomillashtirishda dars muhim vosita hisoblanadi. Chunki o‘quvchilar o‘quv fanlarini

o‘rganishda o‘zining ilmiy dunyoqarashini ma’lum darajada shakllantiradi. Mazkur jarayonda

o‘qituvchi o‘z tafakkuri va faoliyati uyg‘unligi orqali darsning samaradorlik darajasiga

erishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko‘nikma, malaka va


background image

Page 123

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

kompetensiyalarini hisobga olgan holda o‘quv materialini tizimli bayon qilishda xilma-xil usul

va uslublardan foydalanadi [4].
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ

yondashuv asosida takomillashtirishga asosiy e’tibor atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan

oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, atrof- muhitni yaxshilashga qaratilgan

texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lganglobal bilimlarga ega bo‘lishdan iborat.
Bugungi kunda barqaror rivojlanish, global va hududiy-ekologik muammolarni bilish bilan

bog‘liq bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga ekologik tushunchalarning

asosiy manbalaridan biri o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari, tabiatni, atrof-muhitni va

madaniy meroslarni asrab-avaylash bilan bog‘liq qadriyatlarni himoya qilish, saqlash, ularni

ko‘paytirish va kelajak avlodga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy mas’uliyat, vijdonlilik,

burchga sadoqat, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik kabi fazilatlar shakllanadi va ular

takomillashtiriladi.
Bugungi kunda ekologik noxushliklar ko‘pincha ekologik qonunlarni bilmaslik hamda ularga

rioya etmaslik oqibatida kelib chiqadi. Shu sababdan, sog‘lom tabiiy atrof-muhitni saqlash

ko‘p jihatdan o‘quvchilarning ekologiya qonunchiligi to‘g‘risida qay darajada xabardorligi va

unga amalda rioya etishligiga bog‘liq bo‘ladi [5].
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativlik

faoliyatini tashkil qilishda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ham muhim ahamiyatga ega

bo‘lib, uning asosiy xususiyati- o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashdan iborat.

O‘quvchilar kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita

turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok

etadi, devoriy gazetalar yaratadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa, bular orqali bilimi va

ma’naviy dunyosi boyib boradi [6].

Har bir fan sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchilar o‘z tadqiqoti jarayonida ob’ektni

o‘rganish uchun turli metodlardan foydalanadi. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ekologik

tarbiya va tabiat muhofazasi turli davrda turlicha izohlangan. Zeroki, inson faoliyatining

tabiatga ta’siri va tabiatni muhofaza qilish zarurati, ekologik ta’lim-tabiyaning tarixiy asoslari

kishilik jamiyatining rivojlanish davrlarida o‘z aksini topgan.
Ayonki, inson tabiatning bir bo‘lagi, ya’ni tabiat insonni yaratgan. Lekin inson jisman va aqlan

rivojlanishi bilan tabiatga ozor bera boshlagan. Texnika rivojlanishi o‘z navbatida foydali

qazilmalardan keng miqyosida foydalanishgaolib keldi. Tarixdan ma’lumki, ba’zi rivojlangan

mamlakatlar o‘zga hududlarni o‘z mustamlakalariga aylantirdi, bu yerlarning tabiiy

boyliklaridan vahshiyona foydalandilar, o‘rmonlar kesildi, o‘simlik va hayvonlar qirildi,

foydali qazilmalarning tiklanish yoki tiklanmasligi e’tiborga olinmasdan ishlatildi. Oqibatda,

o‘simlik va hayvonlarning ko‘plab turlari yo‘q bo‘lib ketdi.
Bugungi kunda, ekologik tarbiya, ekologik tafakkur, ekologik madaniyat masalalariga katta

e’tibor qaratilmoqda. Aynan boshlang‘ich sinflarda dars va darsdan tashqari vaqtlarda

ekologik tarbiya muntazam takomillashtirilmoqda. Yani darsdan tashqari vaqtlarda

o‘quvchilarni tabiat qo‘yniga, tabiat muzeylariga sayohatga olib chiqib, shanbaliklar,

suhbatlar, ertaliklar o‘tkazish jarayonida ekologik tarbiya elementlarinig shakllantirilishi

fikrimizni asoslaydi. Qolaversa, ekologik tarbiya berish maqsadida yangi avlod darsliklaridan

kreativ mazmundagi ekologik bilimlarning o‘rin olishi bu albatta o‘quvchilarning ekologik

bilim saviyasining oshishiga xizmat qiladi.
Bugungi kun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Tabiiy fanlar”ni o‘qishjarayonida asosiy ekologik

tushunchalarga ega bo‘ladilar. Ular tabiatni sevishga, o‘simliklarni ardoqlashga, hayvonlarni

parvarish qilishga o‘rganadilar. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilarda ekologiyaga oid


background image

Page 124

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

tushunchalarni shakllantirish o‘qituvchi hikoyasi hamda darsliklarda o‘z ifodasini topgan

mavzular orqali tushuntirilib boriladi.
Umuman o‘quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berishga doir mavzular “Tabiatshunoslik”

darslariga kiritilgan. Shunga qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, bu darsliklarda esa ekologik

kreativlikni singdiruvchi mavzular va topshiriqlar kiritilsa, hamda milliy marosimlarimizdan

foydalanib o‘quvchilar ongiga yetkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bunda milliy

marosimlarda aks etgan (hikoya, rivoyat, topishmoq, hadislarda, hikmatlarda maqollar)

ekologik tarbiyaga oid tushunchalar keltirilsa, o‘quvchilarning bilim saviyasi yanada yuqori

bo‘ladi.
“Tabiiy fanlar” o‘quvchilarning tafakkur, kuch va qobiliyatlarining o‘sishiga, ko‘rganlarini

kuzata bilish va tahlil qilishlariga, to‘g‘ri, mantiqiy asoslangan xulosa va yakunlar

yasashlariga har tomonlama yordam berishi bilan bir qatorda darslarda o‘quvchilar

umumtalim munosabatida bir qancha qimmatli ko‘nikma va malakalarni turli manbalardan

(atrof-muhit, tajriba, kitob, turli ko‘rsatmalar) bilim ola bilishni, ba’zi eng oddiy asboblar

(kompas, termometr, flyugur…) dan foydalana bilishni, bazi maket, mulyaj, gerbariylarni

tayyorlashni, o‘z kuzatishlarini yozma va og‘zaki qayd qila bilish hamda umumlashtirishi

lozim bo‘ladi.

“Tabiiy fanlar” atrof-muhitni muhofaza qilishdagi boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni hosil

kilishga yordam beradi deya bejizga aytilmadik. Chunki bu darslarda o‘ыuvchilarda tabiatni

o‘rganish, undan to‘g‘ri foydalanish, uni o‘zgartirish va qo‘riqlash kabi tushunchalarni hosil

kilish kerak. O‘quvchilarda mustaqil kuzatishlar olib borish, ixtiyoriy diqqat e’tibor va

ishtiyoqning o‘sishi uchun birinchidan, ularni tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilishga o‘rgatish,

ikkinchidan, kuzatishlar uchun malum maqsadlarni qo‘yish, kuzatishlar olib borish rejasini

belgilash hamda o‘tkazilgan ishning u yoki bu o‘quv vazifasini hal qilishdagi ahamiyatini

ongiga yetkazish lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni shakllantirishda kreativ

yondashuvni tatbiq etishning har bir bosqichida tabiiy-ilmiy bilimlarni jadal o‘rgatishga

xizmat qiladigan ta’lim texnologiyalarini tanlash o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri

hisoblanadi. Kreativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiiy- ilmiy

bilimlarni takomillashtirishning aniq shakllarini tanlash talab etiladi.
Bunday shakllar sirasiga darsning an’anaviy va noan’anaviy turlari, sinfdan tashqari ta’lim-

tarbiya jarayonini kiritish mumkin. Shu bilan bir qatorda, turli bayramlar: “Mehrjon”,

“Ziravorlar festivali”, “Asal bayrami”, “Qushlar bayrami”, “Qushlar – qanotli do‘stlarimiz”,

“Gullar bayrami” kabi tadbirlar ham o‘quvchilarning tabiat va uni asrashga oid ijodiy

(kreativlik) bilim va amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda,

ushbu tadbirlar o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tabiatni e’zozlash, ekologiyani asrab-avaylash,

tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish va ularni qadrlash, ularning inson salomatligini

saqlashdagi ahamiyatini anglashga oid bilimlarini boyitadi.

XULOSA VA MUNOZARA

O‘quvchilarning atrof-muhitga bo‘lgan nojo‘ya munosabatiga ota-onalar munosabat

bildirishlari va buning salbiy oqibatini tushuntirib, tabiiy muhit tozaligi, havoning musaffoligi,

avvalambor bizning salomatligimiz, hayotimiz barqarorligini ta’minlashini astoydil

uqtirishlari lozim. “Toza muhit bu sog‘lom hayot muhiti” qoidasini oilaning turmush tarzi va

dunyoqarashi, kundalik zaruriyati amaliy ko‘nikmasi va hayotiy ehtiyojiga aylantirish zarur.

ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

Sh.M. Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga

quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 488.


background image

Page 125

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

2.

S.I. Qulmamatov Mustaqil ta’limni tashkil etishda kompyuter texnologiyalaridan

foydalanish metodikasi: ped.fan.nom. dis... – Guliston, GulDU, 2018. – B. 122.

3.

G.A. Sultonova Kompleks ekskursiyalar vositasida boshlang‘ich sinfo‘quvchilarini

ekologik tarbiyalash. Ped.fan.nom. dis... Toshkent, 2018. – B. 229.

4.

T.A. Alimov, A.A. Rafikov Ekologik xatolik sabablari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991.

– B. 70.

5.

X. Rahmatova O‘quvchilarni sinfdan tashqari ishlar jarayonida ekologik- gigienik

tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari (VII-IX sinflar misolida): ped. f.n. diss... avtoref. –

Toshkent, 2015. – B. 22.

6.

X.B. Norbo‘taev Boshlang‘ich sinflarda fanlararo ekologik tarbiya. // Zamonaviy

ta’lim. – 2018. – 11-son. – B. 53–58.

Библиографические ссылки

Sh.M. Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 488.

S.I. Qulmamatov Mustaqil ta’limni tashkil etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish metodikasi: ped.fan.nom. dis... – Guliston, GulDU, 2018. – B. 122.

G.A. Sultonova Kompleks ekskursiyalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash. Ped.fan.nom. dis... Toshkent, 2018. – B. 229.

T.A. Alimov, A.A. Rafikov Ekologik xatolik sabablari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991. – B. 70.

X. Rahmatova O‘quvchilarni sinfdan tashqari ishlar jarayonida ekologik- gigienik tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari (VII-IX sinflar misolida): ped. f.n. diss... avtoref. – Toshkent, 2015. – B. 22.

X.B. Norbo‘taev Boshlang‘ich sinflarda fanlararo ekologik tarbiya. // Zamonaviy ta’lim. – 2018. – 11-son. – B. 53–58.