Авторы

  • R. J. Kabulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126675

Аннотация

Ushbu maqolada Samarqandning XVI-XIX asrlarda yuz bergan eng muhim voqealari haqida, shaharsozlikda yuz bergan o’zgarishlar haqida ma’lumotlar berilgan. Rossiya mustamlakachiligi davrida Samarqandning yangi qismining bino qilinishi haqida fikr bildirilgan.


background image

Page 108

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

SAMARQAND TARIXIDAN LAVHA.

Oriental universiteti Tarix kafedrasi

o’qituvchisi Kabulov R. J.

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15729909

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11

th

June 2025

Accepted:15th June 2025

Published: 24

th

June 2025

Ushbu maqolada Samarqandning XVI-XIX asrlarda

yuz bergan eng muhim voqealari haqida, shaharsozlikda

yuz bergan o’zgarishlar haqida ma’lumotlar berilgan.

Rossiya mustamlakachiligi davrida Samarqandning yangi

qismining bino qilinishi haqida fikr bildirilgan.

KEYWORDS

an’anaviy shahar, rus

mustamlaka

shahri,

nurli

kompozitsiya

O’rta Osiyo shaharlari orasida Buyuk ipak yo’li markazida joylashgan Samarqand shahrining

alohida o’rni va mavqei bor. Samarqand shahri azal-azaldan o’zining go’zal tabiati, bog’-

rog’larining ko’pligi va fayzi bilan ajralib turgan. Ushbu tarixiy shahar nafaqat savdo va

hunarmandchilik markazi, balki ilm-fan va madaniyatning tan olingan markazi edi. Sohibqiron

Temur bejizga Samarqandni poytaxt etib belgilamagan edi, Mirzo Ulug’bek shu shahardan

turib koinotni kuzatgan. Samarqand xonliklar davrida XVI-XIX asrlarda ham siyosiy

jarayonlarda muhim rol o’ynagan.

Muhammad Shayboniyxon hukmronligi davrida Samarqandda ayrim qurilish ishlari amalga

oshirilgan. Jumladan, o’zining nomi bilan ataluvchi madrasa (bizgacha saqlanmagan) qurilgan.

Shuningdek, Ko’chkinchixon hukmronligi davrida Registon maydoni qarshisida madrasa

bunyod etilgan, keyinchalik Ko’chkinchixonning o’zi ushbu madrasaga dafn etilgan. Bu sulola

davrida Samarqandda boy kutubxona bunyod etilgan bo’lib, bu yerda noyob kitoblar

saqlanishi bilan birga kitoblarni tarjima qilish, qayta ko’chirish, qo’lyozmalarga nafis

miniatura chizish, muqovalash ishlari ham amalga oshirilgan.

XVI asrlarda Samarqand ilm-fan markazi sifatida mavqeini saqlab qoldi. Bu davrda tarix,

tibbiyot, adabiyot fanlari ayniqsa rivoj topdi.

Shayboniylar hukmronligi davrida Samarqand va uning atrofida sun’iy sug’orish ishlari

yaxshilandi, Zarafshon daryosi bo’yida qator suv taqsimlovchi inshootlar qurildi. Samarqand

atrofida uzumning serobligi may va sharob tayyorlashning rivojlanishiga olib kelgan.

Manbalarda aytilishicha, Samarqand bog’ va uzumzorlar bilan o’ralgan bo’lib, ular ayrim

joylarda bir necha chaqirimga borardi. Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida

samarqandlik yirik zamindor Xo’ja Abdulmatkarim xo’jaligi tasvirlanadi. Uning shahar

atrofidagi bog’laridan olinadigan hosilning yarmidan ko’pi musallas qilingan, qolganidan

uzum shinnisi tayyorlangan. Shaharda uzum saqlanadigan maxsus binolar bo’lgan.

Ashtarxoniy hukmdorlari davrida hokimlik qilgan Yalangto’sh Bahodir hokimligi davrida

Samarqandda qurilish ishlari keng miqyosda olib borilgan. U Ulug’bek qurdirgan binokorlik

majmuasini buzmagan holda, vayronaga aylangan xonaqoh va karvonsaroy o’rnida Sherdor va

Tillakori madrasalarini qurdiradi. Tillakori madrasasining masjidi ichkarisida sarflangan

oltinning o’ziga bir katta obida qurish mumkin bo’lgan.

XVIII asrga kelib Samarqand oldingi ulug’vor qiyofasini yo’qotdi, urushlar shaharni

vayron qildi, shaharni suv bilan taminlagan Raboti Xo’jabandiy to’g’oni buzib tashlangan,

shahar suvsiz qurib qolgan edi. Mahalliy tarixchilar va rus sayyohlarining ma’lumotlarini


background image

Page 109

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

umumlashtirsak, mang’it hukmdorlari Buxoro taxtini egallagan davrda Samarqand huvillagan,

suvsiz va odamsiz qolgan, shahardagi binolar harobo holga kelgan edi. Mang’itlar sulolasi

davrida Samarqand shahri aholisi asta-sekin to’ldirib borilgan. XIX asrning 40 yillarida

shaharda taxminan 25-30 ming kishi istiqomat qilgan [1].

Amir Shohmurod hukmronligi davrida Smarqandda ko’plab madrasa, masjidlar, xonaqohlar

va turli binolar qurilgan. Samarqand va Buxorodagi bo’shab qolgan madrasalar bu davrda

yana ilmi toliblar bilan gavjum bo’lgan. XIX asr o’rtalarida Samarqand va uning atrofidagi

hududlarda 155 ta masjid va 22 ta madrasa faoliyat olib borgan. Mazkur muassasalar xalqni

islom aqidalari va tushunchalari hamda hukmron tabaqa manfaatlariga mos asosda

tarbiyalovchi maskanlar edi. Shuningdek, Amir Shoxmurod hukmronligi davrida iqtisodiy

hayot sezilarli darajada jonlanadi. XVIII asrning o’rtalaridan to XIX asrning so’nggi

choragigacha Samarqand mintaqada hunarmandchilik ishab chiqarishi va savdoning yirik

markazi bo’lib qoldi.

Samarqand rus imperiyasining tarkibiga o’tgach shaharning “eski shahar” qismidagi hayot

ma’muriy jihatdan kata o’zgarishlarga uchramadi. Avvalgidek shahar mahallalarga bo’lingan

va mahallalar guzarlarga bo’lingan holda boshqarilib kelingan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida

Samarqand 4 ta yirik mahalladan iborat bo’lgan [2].

Imperiya boshqaruvi o’rnatilgach, Samarqandga Yevropa shaharsozligi uslublari kirib

keldi. Mahalliy va rus me’morchilik uslublari qorishib shaharning yangi qismida o’ziga xos

uslub shakllana boshlandi. Samarqandning “yangi qismi” Toshkent va Andijon singari uch

nurli kompozitsiya uslubida qurilgan. Bunda shaharda harbiy gubernator qarorgohi qurilib,

undan kengayib boruvchi ko’chalar bunyod etilgan. Bu uch ko’chalar: Kaufman,

Aleksandrovskaya va Nikolayevna deb nomlandan. Shahar tashqarisidan 2 ta ko’cha o’tgan

bo’lsa, 2 ta ko’cha shahar ichidan o’tgan. Shahar ko’chalari rus shoirlari, bosqin paytida o’zini

ko’rsatgan qo’mondonlar nomlari bilan atalgan. Toshkentning yangi qismi bilan solishtirsak, u

yerda ham shahar qurilishi radiusli halqa- nur halqa sxemasida tuzilganligiga guvoh bo’lamiz.

Samarqand shahrining qurilishidagi o’ziga xos jihati Turkistonning boshqa shaharlarida

uchramaydigan xiyobon shaklidagi bulvar maydonining qurilganligidir [3].

Zarafshon harbiy okrugi markazida rejali ravishda harbiy va ma’muriy markaz binolari

majmuasi shakllangan. Shaharda davlat binolari, kazarmalar, harbiy omborlar, harbiy va

fuqaro binolari, kasalxonalar, o’quv yurtlari va madaniy-ma’rifiy inshootlar (kutubxona va

teatrlar) qurilgan. Bu “yangi shahar” binolari asosan harbiylar va amaldorlarga xizmat qilgan.

Harbiy qurilishning asosiy qismi qal’a atrofida joylashgan. Keyinchalik shahar kengayishi

natijasida ulardan ba’zilari boshqa joylarga ko’chirilgan. Asosan harbiy qal’a Abramov bulvari

va Nikolayevskaya ko’chalari kesishgan joyda edi. Qurilishning davomi sifatida urgut

ko’chasida ham harbiy qal’a va harbiy gospital vujudga keldi. Shundan so’ng yangi shahar

me’moriy qiyofasi o’zgardi. To’g’ridan to’g’ri keng ko’chalar bunyod etildi, yo’ldan alohida

yo’laklar ajraldi, ko’chalarda ekilgan daraxtlarni sug’orish uchun ariqlar o’tkazildi [4].

Yangi shaharda jami 25 ta ko’cha bo’lgan, ko’chalarning aksariyati tekislanib tosh

yotqizilgan. Ko’chalarning har ikki tomoniga ikki qator qilib terak, ayrim joylarda qayrag’och,

akatsiya va zarang daraxtlari ekilgan. Darxtlar uchun ariqlar kavlangan. Shahar ko’chalari

kerosin lampalar bilan yoritilgan. Samarqandning yangi shahrining bosh rejasi 1875-yilda

ishlab chiqilgan. Unga ko’ra, Samarqand shahri ham O’rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi

ikki qismdan: eski va yangi shahardan iborat bo’lgan. Shahar asosiy kompozitsiyasi bo’lgan

qo’rg’on atrofi 31,2 gektar edi [5].

Xulosa. Samarqand Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan , dunyo ilm-fani va

madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan, Sug’d svilizatsiyasi markazi bo’lgan

qadimiy va buyuk tarixga guvoh bo’lgan shahar. Samarqand vohasi yodgorliklarning ko’pligi,

xilma-xil va turli davrlarga oidligi bilan O’rta Osiyo madaniyati tarixida muhim o’rin tutgan.

Ko’plab imperiyalar markazi bo’lgani, qulay geografik joylashuvi va iqtisodiy salohiyati shahar

taraqqiyotiga ulkan tasir etgan. Ushbu omillar Samarqandda shaharsozlik, san’at va


background image

Page 110

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

madaniyatning rivoji uchun asos bo’lib xizmat qilgan. Shu bois bugungi kunda Samarqand

qadimiy tarixi va me’moriy yodgorliklari tufayli butun dunyo tan olgan “ochiq osmon ostidagi

muzey-shahar”ga aylangan.

Adabiyotlar.

1. Toshkenboyev N.X., Isamiddinov M.X. Samarqand qadimiy davrdan boshlab to XIII asr

boshlarigacha (Afrosiyob matireallari asosida).- Samarqand, 1995. 25-b.

2. Samarqand tarixi, IX jild. - Toshkent “O’zbekiston” 2023. 187-b.

3. Samarqand tarixi, IX jild. - Toshkent “O’zbekiston” 2023. 234-b.

4. O’zMA 5 fond, Ro’yxat-1, Ish-1242, 1-2 varaqlar.

5. Нильсен В.А. У истоков современного градоостронтельства Узбекистана... С.97

t farmoni

Библиографические ссылки

Toshkenboyev N.X., Isamiddinov M.X. Samarqand qadimiy davrdan boshlab to XIII asr boshlarigacha (Afrosiyob matireallari asosida).- Samarqand, 1995. 25-b.

Samarqand tarixi, IX jild. - Toshkent “O’zbekiston” 2023. 187-b.

Samarqand tarixi, IX jild. - Toshkent “O’zbekiston” 2023. 234-b.

O’zMA 5 fond, Ro’yxat-1, Ish-1242, 1-2 varaqlar.

Нильсен В.А. У истоков современного градоостронтельства Узбекистана... С.97

t farmoni