Page 27
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
VERTUAL OLAMGA QARAMLIKNING XUSUSIYATLARI
Fozilova Shalola Shoxakbar qizi
Chirchiq shahar MMTB tasarrufidagi
3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15869820
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received:28
th
June 2025
Accepted:30 th June 2025
Published: 12th July 2025
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan
virtual olamga qaramlik-bu jamiyat va shaxs salomatligi
uchun katta xavf tugʻdiruvchi global muammoga
aylanmoqda. Ushbu tadqiqot virtual qaramlikning
psixologik xususiyatlarini (masalan, ijtimoiy izolyatsiya,
hissiy beqarorlik, internet-baʼzilik sindromi) va ularga
taʼsir etuvchi omillarni (yosh, jins, virtual faoliyat turi)
Oʻzbekiston
kontekstida
oʻrganishga
qaratilgan.
Tadqiqotda 2022–2023 yillarda 400 nafar (15–35 yosh)
ishtirokchida oʻtkazilgan soʻrov, klinik psixologlar bilan
intervyular va “Internet qaramligi testi” (IAT) asosidagi
baholash usullari qoʻllanildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki,
respondentlarning 30% klinik darajada qaramlik
belgilariga ega, 55% esa oʻrtacha darajadagi alomatlarni
bildiradi. Qaramlik darajasi bilan depressiya (r=0.62),
kayfiyat oʻzgarishi (r=0.58) va ijtimoiy fobiya (r=0.45)
oʻrtasida kuchli bogʻliqlik aniqlandi. Xulosa qilib, virtual
muhitning
salbiy
taʼsirini
kamaytirish
uchun
psixoprofilaktika dasturlarini joriy etish, raqamli
madaniyatni shakllantirish va qonuniy tartibga solish
tavsiya etiladi.
KEYWORDS
virtual
qaramlik,
internet-baʼzilik,
psixologik
izolyatsiya, raqamli detoks,
ijtimoiy
tarmoqlar,
neyroadaptatsiya.
Kirish.
Virtual olamga qaramlik-bu shaxsning onlayn faoliyatni real hayotdan ustun qoʻyishi, oʻzini
nazorat qila olmasligi va salbiy psixofiziologik oqibatlarga duchor boʻlishi bilan tavsiflangan
holatdir. 21-asrda metaverslar, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn oʻyinlarning keng tarqalishi
yoshlarning maʼnaviyatiga, kommunikativ qobiliyatlariga va motivatsiyasiga jiddiy taʼsir
koʻrsatmoqda. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti (WHO) maʼlumotlariga koʻra, 10–19 yoshli
bolalarning 15% internet qaramligi alomatlarini namoyon qiladi. Oʻzbekistonda esa, aholining
66% internet foydalanuvchilari hisoblanadi, ammo ularning psixologik xavfsizligi boʻyicha
tadqiqotlar kam oʻtkazilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mavjud tadqiqotlar koʻpincha Gʻarb mamlakatlarida olib borilgan boʻlib, madaniy, ijtimoiy-
iqtisodiy va diniy omillarni hisobga olmaydi. Ushbu maqolaning maqsadi-virtual qaramlikning
mahalliy psixologik xususiyatlarini aniqlash, uning rivojlanish mexanizmlarini tahlil qilish va
profilaktika choralarini taklif etishdir.
Page 28
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Zamonaviy texnologiyalar afzalliklarini e’tirof etgan, holda bu olamning zararlaridan
farzandlarni qanday himoya qilishimiz kerak, necha yoshdan foydalanishlariga ruhsat bersak
bo‘ladi? Shu kabi savollarga dunyodagi bir nechta mutaxassislar fikrlarini tahlil qilib o‘rganib
quyidagi xulosalarga kelindi. ijtimoiy tarmoqlar, virtual olam, internetga qaramlik, o‘smirlik
davri, ota-ona nazorati, avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar, bola va texnologiyalar, o‘smir va
virtual olam, xavfsizlik sozlamalari. 2009-yilda Qoʻshma Shtatlarda “Internetga qaramlik” ni
davolashga bagʻishlangan birinchi klinika paydo boʻldi. Finlandiyada Internetga qaram boʻlgan
va shifokor tomonidan tasdiqlangan tashxisi boʻlgan yoshlarga armiyadan 3 yilga kechiktirish
beriladi. Xitoy 2008- yilda ushbu giyohvandlikni rasman kasallik sifatida tan olish boʻyicha
dunyoda inqiroz boʻlishini eʼlon qildi va birinchi boʻlib klinikalarni ochdi. O‘smir yoshidagi
bolalar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, video o‘yinlar olamiga ko‘p vaqt sarflayotganliklari
ko‘pchilik ota-onalarning muammosi. Sababi o‘smir yoshidagi bolalar foydalanish
me’yorlariga ko‘pincha amal qilmaydilar, ya’ni, virtual olamga tushganidan keyin o‘zlarini
boshqarolmay qoladilar. Qachon to‘xtash kerakligini aksar hollarda o‘zlari hal qilolmaydilar.
Afsuski ota-onalarning zamonaviy texnologiyalar va ulardagi yangi dasturlar, o‘yinlar
haqidagi bilim va ko‘nikmalari yetarli darajada emas. Bunga turli iqtisodiy, texnologik, moddiy
resurs yetishmovchiligi kabi omillar sabab bo‘lgan. Hozirgi kunda internetga qaramlilik
bolalarda nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy
etilish ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namayon bo‘lmoqda, shu sababli bizda
o‘g‘il va qizlarlarni 10-11 dan 14-15 yoshgacha o‘smirlik yoshida deb hisoblanadi. Ko‘p
ijtimoiy tarmoqda yangiliklar kuzatuvchi shaxslar salbiy xabarlarni o‘qib butun dunyo
tashvishlari o‘zning yelkasida boladi. Bu har qanday inson ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Yangiliklarni o‘qish, ayniqsa statistikani yaxshi bilmay turib o‘qish, jurnalist, blogerlar bilan
gaplashish insonda dunyo haqida salbiy taassurot uyg‘otib tushkunlik kayfiyatini keltirib
chiqaradi. O‘smirlik bu—bolaning katta insonga aylanishining uzoq va qiyin bosqichi. Dunyo
olimlari o‘smirlarni 10 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar deb belgilaydi. Bu
davrda inson nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan ham o‘sadi. O‘smirlik yoshida
bolalikdan kattalik holatiga ko‘chish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin
o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. O‘smir ikki tomonlama bosimga duch
keladi: bir tomondan gormonal, ikkinchidan, u psixologik jihatdan ulg‘ayib, oilasidan ajralib
chiqadi. O‘smirlar miyasida haqiqiy inqilob sodir bo‘ladi, bu quyidagi xatti-harakatlarda
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, talaba bilan o‘qituvchining
muloqatida kattalar bilan o‘smirlar muomilasida qa’tiy o‘zgarishlar vujudga keladi. Bu
o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi:
yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli , usulbi va usullari o‘smirni qoniqtirmay
qo‘yadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
xotirasi susayadi, natijada o‘qishida muammolarga duch kelishi mumkin. Ko‘pincha bu
gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘smirlik insonning balog‘atga etish davri bo‘lib,
o‘ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farqlanadi. O‘smirda
ro‘y beradigan biologik o‘zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burulish nuqtasi
vujudga keladi. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o‘sish va jinsiy etilish amalga oshadi.
O‘smirlik inson shaxsning kamol topishida alohida o‘rin egalaydi. U inson kamolotining
muhim bosqichi hisoblanadi. O‘smirlik davrida g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik
o‘zgarishlar ro‘y beradi, bolaning muyyan, ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi
uchun zarur ta’lim-tarbiya ta’sirida barqaror, mustahkam iz qoldiruvchi ijobiy hislatlar
namayon bo‘ladi.Shu sababli o‘smirlar bilan ota onalar, o‘qituvchilar, psixologlar juda ham
ehtiyot bo‘lib o‘smirlar bilan muloqot qilishlari zarur.
TADQIQOT NATIJALARI
O‘smirlarda nima uchun kompyuterga qaramlik paydo bo‘lishi haqida qiziqarli ma’lumot
tuyulishi mumkin. Dunyo bo‘yicha psixologlarni ta’kidlashicha internetga qaramlik ruhiy
tushkunlikni 3 barobarcha kuchaytirarkan. Qaramlik nima? Miyaga o‘rnashib qolgan holat
Page 29
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
shunday nomlanib, unda inson barcha sa’y-harakatlarini o‘zi qaram bo‘lgan obyektga erishish
uchun yo‘naltiradi. Qaram bo‘lgan insonlar go‘yo o‘z irodalari va vaziyatni sog‘lom baholash
qobiliyatini yo‘qotganday bo‘ladilar. Bu holatni mustaqil ravishda yengish juda qiyin. Shu
bilan birga, qaram bo‘lgan insonning qarindoshlari va yaqinlari u bilan teng ravishda, ba'zan
esa hatto undan ko‘ra ko‘proq aziyat chekishadi. Internetga qaramlik- bu Internetdan
foydalanishga boʻlgan xulq-atvor buzuqlik istagi va undan ortiqcha foydalanish, Internetda
koʻp vaqt sarflash hisoblanadi. Internetga qaramlik tibbiy jihatdan aniqlangan ruhiy kasallik
emas (DSM-5 va ICD10), ammo ICD-11 (2019-yil may) video oʻyinlarga qaramlik va onlayn
qimor oʻyinlariga qaramlikni oʻz ichiga oladi. Qaramlik 2 turga bo‘linadi ximyaviy va
noximyaviy. Ximyaviy qaramlik bu ta’biy ya’ni narkotik har xil psixtopdori vositalari,
noximyaviy qaramlik esa internet, internetdagi o‘yinlar virtual olam bilan birga hayot
kechirishlar kiradi butun dunyo olimlari, shifokorlari, psixologlari, psixoterapevtlari buni
kasallik deb davolash yo‘llarini izlashmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinki O‘zbekistonda hali bu
darajada e’tibor qaratilmadi.. Hozir, turli ijtimoiy tarmoqlar juda mashhur bo‘lgan bir paytda,
bu muammo yanada dolzarb bo‘lib qoldi: u erda bola o‘zi uchun yangi imidj yaratadi, do‘stlar
orttiradi va haqiqiy emas, balki virtual hayotda yashaydi. Bunday holda, ular qimor o‘yinlari
haqida emas, balki bolaning Internetga qaramligi haqida gapirishadi. O‘smirni boshqa
dunyoga yana nima olib kelishi mumkin? O‘ziga ishonchning yo‘qligi, o‘z qobiliyatiga, ehtimol
tashqi ko‘rinishidan norozilik (ayniqsa, har qanday og‘ishlar mavjud bo‘lsa). Ko‘pincha bolalar
tengdoshlaridan farq qilmaslik uchun internetga “bog‘lanadilar” (bu yerda ko‘pincha qimor
o‘yinlari haqida gapiramiz, ammo bu tendentsiya ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi bilan
o‘zgarmoqda). Agar bolaning sevimli mashg‘ulotlari bo‘lmasa va bo‘sh vaqtini biror to‘garakda
o‘tkazmasa, bola barcha bo‘sh vaqtini kompyuter bilan band qilishi mumkin. Agar bola kuniga
ikki soatdan ortiq kompyuterda o‘tkaza olmasa u shunchaki Internetga qaram bo‘la olmaydi.
Bolada internetga qaramlikning sabablari nima bo‘lishidan qat’i nazar, eng yaqin muhit uni
engishga yordam berishi kerak. Shunday qilib, eng muhim rolni, albatta, ota-onalar o‘ynaydi,
ular bolani haqiqiy dunyoga jalb qilish uchun bor kuchlarini berishlari kerak. Biroq, bolaning
do‘stlari, sinfdoshlari va o‘rtoqlari ham bu ish bilan shug‘ullanishlari kerak, shunda u bu
vaqtda u yolg‘iz emasligini, virtualdan tashqari, u ham haqiqiy, ham qiziqarli hayotga ega
ekanligini tushunadi.Bunday vaziyatlarda ularni ruhiy va jismoniy jihatdan barqaror
rivojlanishlariga birinchi navbatda ota-onalari, pedagoglar ma’sul hisoblanadi. Iqtisodchi
Behzod Hoshimov virtual olamda yangiliklar o‘qishga ko‘p vaqtni sarflash inson uchun azobli
o‘ylar, ruhiyat uchun tushkunliklarga sabab bo‘lishi haqida quyidagilarni aytib o‘tdi: “Men
o‘zim uchun qilayotgan ishlarimdan ko‘pi samarasiz natija beradi ayniqsa bilim olishda. Men
yangiliklar, gazetalarni ko‘p o‘qish, internetda ko‘p o‘tirish yaxshi narsa deb o‘ylamayman.
Lekin o‘zim ko‘p o‘tiraman.
MUHOKAMA
Men o‘ylaymanki, internetda o‘tirish bizning aqlimiz uchun xuddiki shakardek. Chunki shakar
badanimizga tez ta’sir qiladi, lekin ma’noga ega emas, balki zararli hamdir, agar men
o‘zimnio‘zim boshqara olganimda, ideal bo‘la olganimda internetga kam vaqt sarflagan bo‘lar
edim. Mening katta xatolarimdan biri internetga ko‘p kiraman, ko‘p yangiliklar o‘qiyman,
obunalarim ko‘p, kuzatadigan kanallarim ko‘p. Bu yangiliklar oqimi meni qiynaydi. Agar men
o‘z ustimda jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsam “axborot parhez”ini qilaman. Bu degani iloji
boricha kamroq New York Times o‘qish, iloji boricha kamroq ijtimoiy tarmoq kanallarini
o‘qishdir. “Yangiliklarni doimiy va ko‘p o‘qish – yomon”1 deganimning sababi shundaki, Agar
siz biror narsa ustida jiddiy shug‘ullanmoqchi, jiddiy fikr yuritmoqchi bo‘lsangiz bunda siz
qidirib o‘qigan ma’lumotlar ichida yangiliklardan ko‘ra yomonroq manba yo‘q. “Inson o‘zining
atrofiga qarab namuna oladi” deyiladi lekin bunday namuna olish ham xato. Sababi har bir
inson alohida qobiliyatlari mavjud. Internetning ijobiy jihatlari ham bor. Hayotinmizni
internetsiz tasavvur qilishmiz qiyin. Internet yordamida biz juda ko‘p foydali ma'lumotlarni
olishimiz mumkin. Bu har bir inson uchun hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ammo
Page 30
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
ko‘plab mutaxassislar Internet zararli ekanligini ta'kidlaydilar, ammo avval uning foydalarini
ko‘rib chiqamiz. Dunyoda har kuni kompyuterdan foydalanadiganlar ko‘p. Ular o‘z hayotlarini
butunjahon tarmog‘isiz tasavvur qila olmaydilar, aksincha, bu dunyodagi eng katta yutuq deb
hisoblaydilar. Axir siz endi kutubxonalarga borishingiz, u yerda bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan
ma'lumotlarni qidirishingiz yoki kimdir undan foydalanishini kutishingiz shart emas. Ammo
Internetda har bir foydalanuvchi xohlagan hamma narsani topishingiz mumkin. Aynan
Umumjahon tarmog‘i juda tezroq rivojlanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni taqdim etadi.
Shuning uchun, odam bilimdon va o‘ziga yuklatilgan ko‘plab vazifalarni hal qila oladi.
Nogironlar uchun katta imkoniyatlar mavjud. Va ba’zilari Internet yordamida kerakli
ma’lumotga, qo‘shimcha kasb yoki ko‘nikmaga ega bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari,
Internet uzoq masofada aloqa qilish imkoniyatini beradi. Axir, oldin odam xatni va javobni
kelishini kutishi kerak edi. Ammo bugun siz istalgan qit’aga kunning istalgan vaqtida
qo‘ng‘iroq qilishingiz va hatto suhbatdoshingizni ko‘rishingiz mumkin. Global veb shahar va
mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarni o‘chirib tashladi-elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar,
Skype qo‘ng‘iroqlari, dunyoning istalgan nuqtasida odamlar bilan aloqa o‘rnatishga imkon
beradi va bu kamdan-kam ko‘radigan va zerikadiganlar uchun juda qulaydir.
XULOSA.
Har bir yangilikni qulay va foydali bo‘lgani kabi hayotimiznu internetsiz tasavvur
qilaolmaymiz. Ehtiyojlarimizni 21 asr ixtirosi orqali amalga oshiryabmiz. Lekin hozirgi
o‘smirlar narkotik kabi internetga qaram bo‘lib qolmoqda. O‘tgan asr tarbiyasi bilan 21 asr
tarbiyasida anchagina farqni ko‘ryabmiz. Bunga sabab ota onalarni ish bilan band bo‘lib o‘z
farzandiga vaqt ajratmayotganligi. O‘smir yoshdagi bolalarga mehr diffizit ya’ni ularni
eshitishmaydi oila a’zolari. Shunda o‘smir nima qiladi bor e’tiborini internetga sarflaydi. Keyin
ota onalar yig‘lab psixolog, psixiaterga murojat qilishadi, meni bolam telefondan boshini
ko‘tarmaydi deb. Bunga sabab o‘z vaqtida berilmagan e’tibor. O‘smirlar qancha ko‘p vaqtni
internetga bag‘ishlasa haqiqiy hayotdan shuncha uzoqlashadi. Ular borgan sari virtual
olamdan chiqaolishmaydi. Kun bo‘yi o‘y fikrlari internetda bo‘lib, kelajagini barbod
qilishayotganini o‘ylashmaydi. Hozirgi ota onalar o‘smir yoshdagi bolalarni katta bo‘lib
qolishgan deb bag‘riga bosmay mehr e’tiborini bermay qizg‘onishadi. O‘smir qanchalik qaysar
va asabiy bo‘lib ko‘rinmasin, u vaqti-vaqti bilan ota-onasining mehriga muhtoj. Bag‘riga bosish
- g‘amxo‘rlik va xavfsizlik belgisi. Aslida bu qoida nafaqat o‘smir bilan, balki har qanday odam
bilan muloqot qilish uchun qo‘llaniladi. Farzandingizni o‘z munosabatingiz va
qarashlaringizga muvofiq qayta yasashga urinmang. U qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mehr
berish kerak bo‘lgan alohida odam.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
A Rahmonov,Yo Jumanazarov, S Akbarov. “Yosh davrlar psixologiyasi”
2.
N.G‘.Komilova Xulqi og‘ishgan yoshlar psixologiyasi O‘quv qo`llanma Toshkent
2013 88.484
3.
K.Raximova, A.Abdullaeva «Tarbiyasi kiyin usmirlar psixologiyasi». O‘quv
qo‘llanma. 2007
4.
M. Tутушкина. «Pсихологическая помощь и консультирование». 2001 5.
Дубровина И.В. «Практическая психология образования». 2004
5.
“Rivojlanish
psixologiyasi”
fanidan
ma’ruzalar
matni
Joʻrayev
Oʻtkir
Toshpoʻlatovich
6.
“Umumiy psixologiya” G‘oziyev.E “Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati” 2010
7.
Musurmonova O. Maʼnaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. –T.: O`qituvchi, 66-bet
8.
Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi // Tuzuvchi-mualliflar: K.Hoshimov, S.Ochil. –
Toshkent: Oʻqituvchi, 1995. – 137-bet
9.
Ozodqulov Olimjon Bahodir oʻg‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining
boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные
Page 31
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
идеи
в
мире,
41(1),
110–113.
Retrieved
from
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079
10.
Ozodqulov. O. (2024). Methodological principles of creating a healthy and creative
environment in the administrative activity of the head of an educational institution. В
international bulletin of applied science and technology (т. 4, выпуск 12, сс. 129–134).
Zenodo.
Https://doi.org/10.5281/zenodo.14434456
11.
Jahongirmirzo, A. (2025). PSYCHOLOGICAL IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL
INSTITUTIONS THE IMPORTANCE OF COACHING IN SERVICE ORGANIZATION.
AKADEMIC
JOURNAL OF EDUCATIONAL RESEARCH (AJER) January 2025
,
1
(1), 24.
12.
Jahongirmirzo, А., & Qizi, P. M. S. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI
PSIXOLOGIK TAYYORLASH.
Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
,
4
(6-2),
73-76.
13.
Fayziyev
I.
Sh.
&
Toshpoʻlatov
A.
(2022)
O`ZBEKISTONRESPUBLIKASININGMUSTAQILLIKDANOLDINGIVAKEYINGSIYOSIYHAYOTI.
British Journal of Global Ecology and Sustainable DevelopmentVolume-10, Nov., 2022 31-34b
14.
Toshpo‘latov , A. (2023). SHAXS PSIXODIAGNOSTIKASIDA PROYEKTIV
METODIKALARDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры, 3(5 Part 2), 170–178.
15.
Temirov, J. ., & Toshpo‘latov , A. (2023). TYUTOR PEDAGOGIK FAOLIYATINI
TASHKIL ETISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Наука и инновация, 1(28), 29–32.