Page 21
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
BUXORO XONI IMOMQULIXON VA BOSHQA NUFUZLI
ASHTARXONIY HUKMDORLARNING JO‘YBOR SHAYXLARI
BILAN MUNOSABATLARI
Sulaymonov Boburjon Dilmurod o‘g‘li
FarDU tarix yo‘nalishi talabasi
+998906336208, boburjonsulaymonov8@gmail.com
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15852202
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received:28
th
June 2025
Accepted:30 th June 2025
Published: 10th July 2025
Buxoro xonligida Jo‘ybor shayxlarining siyosiy maydonga
chiqish holatlari Shayboniy hukmdor Abdullaxon II
hukmronligi davrida (1556 – 1598) boshlanganligini
bilamiz. Abdullaxon II hokimiyat tepasiga kelishida
Jo‘ybor shayxi Muhammad Islom va uning o‘g‘li Abubakr
Sa’dlarning katta xizmatlari bo‘lgan va xon umri
davomida ularga yaxshi munosabatda bo‘lib, juda ko‘p
inomlar bergan. Bu ishlarni Ashtarxoniy hukmdorlardan
Imomqulixon va yana bir necha hukmdorlar keng
miqyosda davom ettirishdi. Buxoro xonligida katta
mavqega ega bo‘lgan Jo‘ybor shayxlari bilan olib borilgan
yaqin munosabatlar xonlikning ichki ziddiyatlarsiz,
markazlashgan yirik davlatga aylanishiga turtki bo‘ldi va
mamlakat hududida nisbatan tinchlik saqlanib qoldi.
Quyidagi maqola “bu qanday shakllandi, bu kabi yaqin
munosabatlar xonlikda qanday o‘zgarishlarga sabab
bo‘ldi va oqibati qanday yakun topdi?” degan savollarga
javob beradi.
KEYWORDS
Ashtarxoniylar,
Jo‘yboriylar,
elchilik,
tashqi
aloqalar,
munosabatlar,
Matlab
ut-
tolibin,
Ubaydullaxon
II,
Imomqulixon, Halim To‘rayev,
Xoja Tojiddin, Subhonqulixon,
Abdurahimxoja, in’om.
KIRISH
Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davri (1601-1756) ga nazar soladigan
bo‘lsak, bu davrda ham xonlikda bir qancha o‘zgarishlar yuz berganligini kuzatamiz. Ayniqsa,
sulolaning eng yetuk namoyondalaridan biri bo‘lgan Imomqulixon davri xonlikning har
tomonlama taraqqiy topganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatdagi o‘zgarishlarda Jo‘ybor
shayxlarining o‘rni va roli katta edi
. Bu holatni hatto elchilar ham ta’kidlab o‘tadi. Shulardan
ingliz sayyohi Antoniy Jenkinson 1559-yilda Buxoroda boʻlib, bu yerdagi islom dini
ulamoolarining rahbarlari boʻlgan Joʻybor shayxlari haqida shunday degan edi: “Buxoroda
diniy rahbar bor. Unga qirolga nisbatan koʻproq quloq soladilar, u oʻz xohishi bilan qirolni
oʻrnidan olib, boshqasini qoʻya oladi”. Bu fikrlari bilan Jenkinson Jo‘ybor shayxlarini
Medivistika tarixida mashhur Rim papalariga tenlashtirmoqchi bo‘ladi ham. Lekin xonlarning
mavqeyi har doim yuqori bo‘gan bo‘lsa-da, Abdullaxon II davridan boshlab to Buxoro amirligi
1
Joʻybor shayxlari
(Joʻybor xojalari, Joʻyboriylar) – naqshbandiylik tariqatining Buxorodagi vakillari. Ularning
Joʻybor shayxlari nomini olishi Xoja Muhammad Islomning bobosi Xoja Muhammad Yahyo Buxorodagi Joʻybor degan
yerga koʻchib kelishi bilan bogʻliqdir. Joʻybor shayxlari oʻzlarini islom dinini targʻib qilish uchun Makkadan
Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar. Joʻybor shayxlaridan Abu Bakr
Saʼdga va uning avlodlariga Somoniylar davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan mansab beriladi.
Page 22
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
hukmronligi (1756-1920) tugashigacha ham Jo‘ybor shayxlarining mavqeyi aholi va butun
xonlik bo‘yicha yuqoriligicha qoldi.
Amir Temur hukmronligi davri (1370-1405) da ham davlat boshqaruvida hukmdor din
ulamolariga tayanib ish olib boradi va bu xalqning hukmdorga bo‘ysunishini yengillashtiradi.
Natijada davlat juda ulkan hududlarga ega bo‘ldi. Buni anglab yetgan Shayboniy xon
Abdullaxon II ham din ulamolari bilan yaqin munosabatlarni o‘rnata oldi va bu mamlakatning
markazlashuviga va kengayishiga turtki bo‘ldi. Ashtarxoniylarning birinchi hukmdori Boqi
Muhammadxon davri (1601-1605) dan boshlab bu an’ana davom ettirildi va asta-sekinlik
bilan rivojlanib bordi. Bu holat, eng muhimi, ichki siyosatning barqarorlashuviga xizmat qila
oldi. Bu keng miqyosda tashqi aloqalar olib borishga yo‘l ochib beradi. Bu siyosat
Imomqulixon hukmronligi davri (1611-1642) da kuchayishi, Muhammad Yusuf Munshiy
aytganidek, uning hukmronligi davrida na bir qo‘zg‘olon va na bir tartibsizliklar bo‘lishini
keng ma’noda cheklab turdi
[1;41]
. Bu yaqinlik siyosati Nadr Muhammadxon, Abdulazizxon,
Subhonqulixon singari Ashtarxoniy hukmdorlar davrida ham keng miqyosda davom ettirildi
va aynan shu hukmdorlar davrida ilm-fan va madaniy sohaning keng taraqqiy topishiga asos
bo‘lib xizmat qildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ashtarxoniylar sulolasi vakillari va Jo‘ybor shayxlari o‘rtasidagi yaqin munosabatlar, olib
borilgan aloqalar haqida bir nechta manba va adabiyotlarda ma’lumotlar uchraydi. Abulabbos
Muhammad Tolib ibn Tojiddin Hasanxoja al-Husayniy as-Siddiqiyning “Matlab ut-tolibin”
(“Toliblar matlabi”) asari bunday munosabatlarga bag‘ishlangan eng asosiy manba bo‘lib
xizmat qiladi. Asar taxminan 1673-yilda yozilgan bo‘lib, asarda XVI-XVII asrlarda Buxoro
xonligining siyosiy, diniy va iqtisodiy hayotida yuqori mavqega ega bo‘lgan mashhur Jo‘ybor
shayxlari xonadonining bir necha avlodi faoliyati va shu o‘rinda Buxoro xonlari bilan
munosabatlari keng yoritilgan. Agar manbani ko‘radigan bo‘lsak, muallifning o‘zi ham ushbu
xonadonga mansub bo‘lganini ko‘ramiz. Muhammad Tolib o‘z asarida Joʻybor shayxlarining
hayot tarzi, mol-u mulklari, muridlari va xizmatkorlari, qurdirgan imoratlari hamda Buxoro
xonlari va ba‘zi xorijiy o‘lkalar hukmdorlari bilan munosabatlari haqida mufassal ma’lumotlar
beradi. Shuningdek, “Matlab ut-tolibin” da o‘lkamizda Naqshbandiya ta’limotining XVI-XVII
asrlardagi rivoji, Buxoro xonligida Islom dini va ulamolarning yuqori mavqega egaligi misollar
bilan keng yoritilgan. Asarda o‘sha davrlar boshqaruv tizimi va xo‘jalik hayotiga oid qator
atamalar faol qo‘llanilgan. Shu sababli “Matlab ut-tolibin” Markaziy Osiyoning XVI-XVII
asrlardagi tarixiga doir birlamchi va muhim manbalar sirasiga kiradi. Hozirda manba o‘zbek
tiliga tarjima qilingan bo‘lib, bu tarjima 2016-yil G‘ulom Karimiy va Erkin Mirkomilovlar
tomonidan Toshkentda birinchi bor chop etilgan
[2;175]
.
Joʻybor shayxlari toʻgʻrisida va ularning Ashtarxoniy hukmdorlar bilan aloqalari haqidagi
maʼlumotlar yana bir qancha manbalarda uchraydi. Bulardan eng asosiylari Muhammad Yusuf
Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” (XVII asr), Mir Muhammad Amin Buxoriyning
“Ubaydullanoma” (XVIII asr), Abdurahmon Davlat Tolening “Tarixi Abulfayzxon” (XVIII asr)
asarlardir. Shulardan “Tarixi Muqimxoniy” asari eng muhim va eng asosiy ma’lumotlarni
beradi. U аsli Bаlхdаn bo‘lib, Buхоrо хоni Subhоnquliхоn vа Bаlх hоkimi Muhаmmаd
Muqimхоn sаrоylaridа munshiy lаvоzimidа хizmаt qilgаn. Muhаmmаd Muqimхоnning
tоpshirig‘i bilаn Muhаmmаd Yusuf elchi sifаtidа Hindistоndа bo‘lgаnligi mа’lum. Manbaga
kelsak, kirish vа 3 tа bоbdаn ibоrаt. Аsаrning ikkinchi vа uchinchi bоblаri оriginаl ya’ni o‘zi
koz bilan ko‘rganlarini yozgan hisоblаnаdi. Ikkinchi bоbdа XVII аsrdа Bаlх vilоyati vа Buхоrо
хоnligidаgi аhvоl, xonlarning ichki va tashqi siyosati va shu o‘rinda Jo‘ybor shayxlari bila n
munosabatlari ham bаyоn etilаdi. Uchinchi bоbdа esа 1702-1704-yillаr vоqеаlаri yоritilаdi
[3;181-182]
.
Page 23
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Mir Muhammad Amin Buxoro xonligining 1702 – 1716-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayoti haqida hikoya qiluvchi “Ubaydullanoma” deb nomlangan muhim asar yozib
qoldirgan. Asarda dastlab kirish qismida Abdulazizxon va Subhonqulixon davrida Buxoro
xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan. Keyin boshlanuvchi 80 bobda
muallif katta yer egaligi, zulm (masalan, aholidan yig‘iladigan soliq va jarimalar), Buxoro
xonligining ma’muriy tuzilishi, tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy
qiyinchiliklar va uning ayrim sabablari kabi masalalarga ham keng o‘rin bergan. Asarda
geografik va etnografik va shu o‘rinda, Subhonqulixon va Ubaydullaxon II larning Jo‘ybor
shayxlari bilan olib borgan munosabatlari haqida ma’lumotlar ham bor
[4;227]
. Tarixchi bu
haqida “Xon zarif ulamolar ulamosi, fazilat radifli hazrat eshon Oxund mullo Muhammad
Sharifga ixlos qilgan” deb keltiradi
[1;83].
Abdurahmon Davlatning “Tarixi Abulfayzxon” asari hajm jihatdan kichik (161 varaq) bo‘lib,
yuqorida zikr etilgan “Ubaydullanoma” ning davomi hisoblanadi va Buxoro xonligining 1711 –
1723-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z ichiga oladi. Asar kichik bo‘lsa-da, juda
muhim. Abulfayzxonning hukmronlik yillari tarixi ancha keng yoritilgan va bu davrda
xonlikda Jo‘ybor shayxlarining o‘rniga ham qisman to‘xtalib o‘tgan.
Jo‘ybor shayxlari haqida hozirda bir qancha olimlar ilmiy izlanishlar olib borib, bir qancha
adabiyotlar yaratishgan. Shu o‘rinda, tarixchi olim Halim To‘rayevning tatqiqotlari muhim
bo‘lib, u “Buxoro xonligining XVI–XVII asrlar ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy hayotida
Joʻybor xojalarining tutgan oʻrni” mavzusida dastlabki monografik tadqiqot olib borgan.
Quyidagi maqola ham aynan XVII asrning birinchi yarmini qamrab olgan bo‘lib, ilmiy va
tarixiy-mantiqiy metodlardan foydalanib mavzu yoritib beriladi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Buxoro xonligida Abdullaxon II davrida mavqeyi yuquri ko‘tarilgan Jo‘ybor xo‘jalari, XVII
asrning birinchi yarmida ham xonlik miqyosida katta mavqega egaligicha qoldi. Bu davrda
xonlikni boshqargan Ashtarxoniylar sulolasi vakillari ham ichki, ham tashqi siyosatda
ularning xizmatlaridan keng foydalandi va ular bilan yaqin munosabatda bo‘lib, buni inomlar
va sovg‘a-salomlar berish orqali mustahkamlab borishdi. Bu esa xonlikning tinchligi va faol
tashqi siyosatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Sulolaning dastlabki vakili Boqi
Muhammadxon davri (1601-1605) danoq Jo‘yboriylar bilan yaqin munosabat olib boriladi. Bu
haqida Muhammad Tolib “Matlab ut-tolibin” da Jo‘yboriy Xo‘ja Tojiddin haqida so‘zlab,
quyidagicha keltiradi: “Janob Boqimuhammadxon saltanat taxtiga o‘tirgach, hazrat eshonga
oldingi tariqada rioya va izzat qilishda davom etdi. Xon Imomqulixon va
Nadrmuhammadxonning xatna to‘yini shunday katta qilib boshladiki, hech bir zamonda unga
o‘xshashi ko‘rilmagan edi. Buxoro, Samarqand, Balx, Toshkent, Andijon, Turkiston va boshqa
viloyatlarning ulug‘ va sharif kishilari, ulamo, fozillar va amirlar kelishgan edi” deb to‘y
marosimini tasvirlash orqali xonning Jo‘yboriylarga munosabati ko‘rsatib berilgan
[5;206]
.
Quyidagi fikrlar orqali ularning mamlakatdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan: “Janob
Boqimuhammadxon bir ohuni otib yiqitib, so‘ngra hazrat padari buzurgvorimizga navbat
berdi. Hazrat eshon va hazrat Abdurahimxo‘ja ham bittadan ohu otishdi. Shundan so‘ng xon
amirlar va jami sipohga yig‘ilganlarga hayvonlarni otishni buyurdi. Ajoyib bir ov bo‘ldi”
[5;207]
. Bundan ko‘rinib turubdiki, davlatda xon eng yuqori o‘rinda tursa, Jo‘ybor shayxlari
undan keyingi o‘rinni egallan. Vali Muhammadxon ham Jo‘yboriylarga ehtiromni davom
ettirdi. Vali Muhammadxon yirik jo‘yboriylar vakili Xoja Tojiddinning qarzi borligi haqida
eshitib, unga 40 ming xoniy naqd pul va bir nechta qishloqlarni mulk qilib bergan. Uning ukasi
Abdurahimxojaga esa 20 ming xoniy in’om etgan. Yana qo‘shimchasiga, jo‘yboriylardan xonlar
elchi sifatida ko‘p marotaba foydalanishgan, bundan maqsad o‘sha davr qoidasi bo‘yicha elchi
nufuzli, bilimli shaxs bo‘lishi kerak edi va ular munosib ko‘rilgan. Vali Muhammadxon va
jiyanlari Imomquli va Nadr Muhammadlar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan vaqtda, mavjud
Page 24
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
vaziyatni yumshatish uchun xon tomonidan Xoja Tojiddin elchi tariqasida yuborilgan. U esa
o‘ziga yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajargan. Ba’zan Jo‘ybor shayxlari ham xon uchun
ziyofatlar tashkil etishgan. Masalan, Xoja Tojiddin bir necha marta Vali Muhammadxon uchun
bazmlar uyushtirgan va xonni qimmatbaho sarpolar va egar jabduqli ot bilan siylagan
[1;38]
.
Imomqulixonning Jo‘yboriylar bilan aloqalari alohida ahamiyatga ega. Xon ular bilan yaqin
munosabatda bo‘lishi mamlakat tinchligida asosiy o‘rin egallaydi. O‘z singlisi Poyanda sulton
xonimni Jo‘ybor shayxi Xo‘ja Tojiddinga nikohlab berib, xon saltanati mavqeini
mustahkamlashga harakat qildi
[6;167]
. Yana, jo‘yboriy Oxund Mulla Xadoniy vafot etganda
xon shaxsan janozaga kelib, jasadni o‘z yelkasiga ko‘tardi
[5;190]
. Tarixchi olim Halim
To‘rayev xon ayrim davlat lavozimlariga odam tayinlashda Xoʻja Tojiddin maslahatlarini olib
turganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Imomqulixon shaharda bo‘lmagan paytda biror bir
masala paydo bo‘lib qolganda, bu masalani hal qilish uchun Xoja Tojiddinga murojaat qilingan.
Bir daf’a shunday masala paydo bo‘lganda qozi, rais va boshqa amaldorlar yig‘ilishib, Xoja
Tojiddin oldiga keladilar va unga murojaat qiladilar, maslahat va qarorini oladilar
[7;142].
Muhammad Tolibning akasi Muhammad yusuf bilan ham munosabatlar juda yaxshi edi. Lekin
shayxzodalarning boshqa bir vakili Abdurahim Xoja (1575-1628) bilan Imomqulixon o‘rtasida
o‘zaro kelishuv amalga oshmadi. Ular o‘rtasida yuz bergan ixtilof oqibatida Abdurahim Xoja
hajga ketishga majbur bo‘ladi, mol-mulki esa Imomqulixon buyrug‘i bilan musodara qilinadi.
Uning tashabbusi bilan Sumitanda boshlangan madrasa qurilishi oxiriga yetkazilmay qoldi va
g‘ishtlarini xalq bo‘lib oldi
[1;50]
. Ba’zan bu holat sababli Imomqulixonning ko‘zi umrining
oxirida ko‘r bo‘lib qolganligini keltirishadi. Lekin qanday bo‘lmasin, xon dindor, onasi
tomonidan sayyidlarga bog‘langan edi. Bu esa 1644-yilda haj ziyorati paytida Arofat tog‘ida
vafot etganda, janozasiga 600 ming kishi to‘lanishiga va qabri Madinadagi Baqiy qabristoniga
qo‘yilishiga sabab bo‘ladi
[8;29].
Imomqulixonning ukasi Nadr Muhammadxon va jiyani Abdulazizxonlar davrida ham
jo‘yboriylar bilan yaqin munosabat davom ettirildi. Masalan, Nadr Muhammad xonlik taxtiga
ko‘tarilgach, xojazoda tarafidan mehmonga taklif qilinib, oyog‘i tagida poyandoz tashlanadi va
o‘n ming xoniy mablag‘ tuhfa etiladi. U Xoja Tojiddinning ukasi Abdurahimxoja Joʻyboriyning
qiziga uylangan va xonlik maqomini qabul qilgach, darhol Joʻyborga, Xoja Tojiddin huzuriga
tashrif buyurgan va uning ko‘shkxonasida mehmon boʻlgan
[1;62].
U ona tomondan
Buxoroning nufuzli xonadoni Joʻybor xojalariga mansub Adurahim Xoja Joʻyboriyning (1575-
1627) nevarasi edi. Abdurahim Xojaning qizlaridan biri Poshsho oyim Nadr
Muhammadxonning nikohida bo‘lgan. Aynan, ushbu nikohdan Abdulazizxon tug‘ilgan bo‘lib,
keyinchalik xonlik taxtini egallashiga bu xonadon vakillarining yordami beqiyos boʻlgan
[9;594].
Bu davrda ham elchilik ishlari Jo‘yboriylar bilan amalga oshirilgan. Abdulazizxon
Avrangzebning taxtga o‘tirganligini qutlovchi maktub yozib, maktubni elchi Jo‘ybor xo‘jasi
Ahmad al-Husayniy Naqshbandiy olib boradi. Maktubda Avrangzeb shaxsiyatini uzoqdan-
uzoq ta’riflash bilan boshlanib, so‘ng hamjihatlik odati do‘stlik uchun bebaho gavhardir, deb
uqtirilgach, birdamlikni mustahkamlash lozimligi izhor etadi. 1665-yil iyul oyida Avrangzeb
Buxoroga Mustafoxon Xofi boshchiligidagi elchilarni yuboradi. Elchilar Abdulazizxon nomiga
yozilgan maktub va umumiy qiymati 150 ming rupiyalik sovg‘alar keltiradilar
[10;15]
.
Abdulazizxonning piri ham Jo‘yboriy Abdulg‘afforxo‘ja edi
[11;266]
. 1681-yil Abdulazizxon
taxtdan voz kechgach, ukasi Subhonqulixon (1681-1702) va birin-ketin Ubaydullaxon II
(1702-1711) hamda Abulfayzxonlar davlatni boshqarishdi. Balx hukmdori bo‘lgan davrda
xojazodalar bilan aloqalarni yaxshilash maqsadida Subhonquli Xoja Tojiddin ammasining
qizini o‘z nikohiga oladi va 400 tanob yerni Hindistondan Balxga yashash uchun kelgan Xoja
2
Ba’qi’
Madinadagi mashhur qabriston bo‘lib unga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning juda ko‘p sahobalari
dafn qilingan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oila a’zolari va yaqin qarindoshlaridan Ba’qi’ qabristoniga
dafn qilinganlar.
Page 25
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
Tojiddinning ikkinchi o‘g‘li Muhammad Tayyib Xojaga in’om qiladi. Subhonqulixon
hukmronligi davrida ham Joʻybor xojalarining xonlik ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘rin
tutganligini saroy tarixchisi Muhammad Amin Buxoriy ham tasdiqlaydi. Lekin o‘g‘li
Ubaydullaxon II davrida Jo‘yboriylar bilan munosabatlar yaxshi kechmadi. Uning 1806-yilgi
pul islohoti savdoning pasayishiga sabab bo‘lgan bo‘sa, soliq sohasida olib borgan islohotlari
natijasida Jo‘ybor shayxlaridan ham soliq talab eta boshladi. Bu esa ular bilan
munosabatlarning buzulishiga olib keldi. Shunday bo‘lsa-da, ular xalq orasida o‘z mavqeyini
saqlab qolishdi va bu davrida Joʻyboriylardan Muhammad Boqi, Hoshim Xojalar shayxulislom
lavozimini egallaganlar
[7;11]
. Ammo Abulfayzxon davrida aloqalar deyarli yuqolgan edi.
Lekin u ham elchilik munosabatlarda bu shayxlarning yordamidan foydalanganidan manbalar
guvohlik beradi. Eron bilan aloqalarda Abdulfayzxon Xo‘jayi Jo‘yboriyni Peshovarda turgan
Nodirshoh huzuriga qimmatbaho sovg‘alar bilan yuborganligi haqida ma’lumotlar bor
[12;168].
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Ashtarxoniylar sulolasi vakillari ham mamlakat hayotida
katta mavqega ega bo‘lgan Jo‘ybor shayxlari bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘lishga
harakat qilishdi. Bunda ular mamlakatning tinchligi va farovonligini birinchi o‘rinda
ko‘rishgan bo‘lsa, yana ular o‘z hokimiyatlarining mustahkam bo‘ishida ham ularning yirik
mavqega ega ekanliklaridan foydalanishdi. Bu esa xonlikda diniy muhitning yuqori bo‘lishiga,
ilm-fan sohasining rivoj topishiga va tashqi aloqalarning o‘sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsata oldi.
So‘nggi hukmdorlarning Jo‘yboriylar bilan aloqalarni kamaytirishi sulola tanazzuliga sabab
bo‘lgan omillardan biri bo‘lib qoldi desak ham mubolag‘a bo‘lmaymiz. Bu mavzu kelajakda
yangi manbalarni o‘rganish davomida yanada boyib borishiga ishonamiz.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya / Zamonov
A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.
2. Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi [Matn]: metodik qo‘llanma / Zamonov A. Toshkent:
“BAYOZ”, 2021. – 266 b.
3. Arslonzoda R. A. Manbashunoslik: Bаkаlаvriаtning 5120300 – “Tаriх (Mаmlаkаtlаr vа
mintаqаlаr bo‘yichа) yo‘nаlishi tаlаbаlаri uchun darslik / Mas’ul muharrir M. M. Is’hoqov. –
Farg‘ona: Classic, 2022. – 348 b.
4. Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари (Қадимги замон ва ўрта асрлар): Тарих
муаллимлари, талабалар ва юқори синф ўқувчилари учун қўлланма. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 2001. – 352 б.
5. Абулаббос Мухаммад Толиб. Матлаб ут-толибин. Таржимонлар: Каримий,
Э.Миркомилов; Масъул мухаррир: т.ф.д Х. Тураев; Тошкент давлат Шаркшунослик
института хузуридаги Абу Рай хон Беруний номли Шарк хулёзмалари маркази. –
Тошкент: “Movarounnahr” 2016. – 386 б.
6. To‘rayev H. Buxoro tarixi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / To‘rayev H. – Buxoro: “Sadriddin
Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. – 320 b.
7. Турайев Х. Бухоро хонлигининг XVI-XVII асрлар ижтимоий-сийосий ва маьнавий-
маданий хайотида жуйбор хожаларининг тутган урни. Тарих фанлари доктори
илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Тошкент, 2007. – 309 б.
8. Сангирова Д. Х. Хаж зийорати ва хукмдор хожилар // Oʻtmishga nazar. 2019. №18. – B.
24 – 37.
9. Zamonov A. O‘zbekiston tarixi. III qism: Temuriylar, shayboniylar va ashtarxoniylar davri.
Darslik / A. Zamonov. – Toshkent: «BAYOΖ», 2023. – 672 b.
Page 26
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY
RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
Volume 2, Issue 7, July 2025
www.in-academy.uz
10. Tilabjonova. S.Sh. Buxoro xonligi Ashtarxoniylar sulolasi davrida: elchilik munosabatlari
// Science and Research: Journal of Modern Science, Education and Technology, 2024. – B.
12-17.
11. Зиëев А. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар)
// Масъул муҳаррир: Б. Аҳмедов. – Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 187 б.
12. Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. – Тошкент: «Янги аср авлоди», 2009.
– 249 б.