Авторы

  • Ruxshona Jumamuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.126690

Аннотация

 Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi sinonimlar va ularning badiiy matnlardagi funksional vazifalari keng yoritilgan. Sinonimlarning leksik, uslubiy va emotsional imkoniyatlari tahlil qilingan. Badiiy adabiyotda sinonimlarning obraz yaratish, emotsional ta’sir kuchini oshirish va matnni jonlashtirishdagi o‘rni misollar asosida yoritilgan. Maqolada taniqli adiblarning asarlaridan namunalar keltirilib, sinonimlarning matndagi uslubiy ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.


background image

Page 175

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

O‘ZBEK TILIDAGI SINONIMLAR VA ULARNING

MATNDAGI BADIIY ROLI

Jumamuratova Ruxshona,

Nukus davlat pedagogika instituti

https://doi.org/

10.5281/zenodo.15803110

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24

th

June 2025

Accepted:25 th June 2025

Published: 30

TH

June 2025

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi sinonimlar va

ularning badiiy matnlardagi funksional vazifalari keng

yoritilgan. Sinonimlarning leksik, uslubiy va emotsional

imkoniyatlari tahlil qilingan. Badiiy adabiyotda

sinonimlarning obraz yaratish, emotsional ta’sir kuchini

oshirish va matnni jonlashtirishdagi o‘rni misollar

asosida yoritilgan. Maqolada taniqli adiblarning

asarlaridan

namunalar

keltirilib,

sinonimlarning

matndagi uslubiy ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan

asoslab berilgan.

KEYWORDS

Sinonim, badiiy matn,

uslubiy rang, leksik ma’no,

emotsional

ohang,

tasviriy

vosita.

O‘zbek tili o‘zining boy leksik zaxirasi, badiiy ifoda vositalarining rang-barangligi bilan ajralib

turadi. Bu til nafaqat aloqa, fikr almashish vositasi, balki milliy ong va tafakkurning aksidir.

Ayniqsa, o‘zbek adabiy tili o‘z taraqqiyot jarayonida turli uslubiy, semantic va fonetik

imkoniyatlarni o‘zlashtirib, hozirgi holatiga yetib kelgan. Shunday boy qatlamlardan biri bu –

sinonimlardir. Sinonimlar tilimizda mazmunan yaqin, ammo shaklan har xil bo‘lgan so‘zlardir.

Ular orqali bir fikr turli ohang, rang va emotsional tusda ifoda etilishi mumkin

1

.

Sinonimlar o‘zbek tili leksikologiyasining eng murakkab va rang-barang qatlamlaridan biridir.

Ular tilning badiiy imkoniyatlarini kengaytiradi, matnga hayotiylik, obrazlilik, tasviriy kuch

olib kiradi. Badiiy adabiyotda sinonimlardan foydalanish yozuvchining til ustida ishlash

mahoratini, uslubiy didini, emotsional ta’sir kuchini ifodalovchi asosiy belgilaridan biridir

2

.

Masalan, “jasur” degan so‘z sinonimlari qatoriga “qo‘rqmas”, “shijoatli”, “botir”, “qahramon”

kabi so‘zlar kiradi. Har biri umumiy ma’noda jur’atlilikni anglatsa-da, ularning uslubiy vazifasi

turlicha bo‘lishi mumkin

3

.

O‘zbek adabiyotining yirik vakillari – Abdulla Qodiriy, Oybek, Mirtemir, Uyg‘un, Erkin Vohidov

kabi ijodkorlarning asarlarida sinonimlar keng qo‘llangan. Ular orqali qahramon xarakteri

ochiladi, voqea-hodisalar tasvirlanadi, kayfiyat va emotsional fon yaratiladi.

Sinonimlarning matndagi badiiy roli, avvalo, takrorlarning oldini olishda ko‘rinadi. Matnda bir

so‘zning qayta-qayta ishlatilishi uni zerikarli, sun’iy ko‘rsatishi mumkin. Buni bartaraf etish

uchun yozuvchi yoki shoir sinonimlardan foydalanadi. Bu holat ayniqsa she’riy matnlarda

muhim ahamiyat kasb etadi.

Tilshunos olimlar sinonimlarning o‘zbek tilidagi shakllanish mexanizmlarini o‘rganib, ularni

leksik sinonimlar, uslubiy sinonimlar va frazeologik sinonimlar kabiturlarga ajratadilar.

Leksik sinonimlar shaklan har xil, ma’nosi yaqin so‘zlardir. Uslubiy sinonimlar esa uslubiy

yuklamasi bilan ajraladi. Frazeologik sinonimlar esa iboralar shaklida keladi: “ko‘z yoshi

to‘kdi” – “yig‘ladi” – “qalbi ezildi” – bu ifodalar bir-birini almashtiruvchi, ammo badiiy tusga

ega vositalardir.

1

Mirtojiyev M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – B. 211.

2

Jo‘rayev N. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan, 1996. – B. 185.

3

Axmedova D. Sinonimlar va ularning uslubiy xususiyatlari // Filologiya masalalari. – Toshkent, 2007. – № 3. – B. 54-58.


background image

Page 176

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 6, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, sinonimlar o‘zbek adabiy tilining eng muhim

va zarur qatlamlaridan biridir. Ular orqali yozuvchi so‘zga nafis pardoz beradi, obraz yaratadi,

nutqqa jonli ohang bag‘ishlaydi. Sinonimlar matnning uslubiy, semantik va emotsional

darajasini oshirish bilan birga, tilning badiiy imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shuning uchun

o‘zbek tilidagi sinonimlarni o‘rganish, ularning matndagi badiiy rolini tahlil qilish nafaqat

tilshunoslik, balki adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan ham dolzarb ilmiy-ijodiy vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirtojiyev M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – B.

211.

2. Jo‘rayev N. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan, 1996. – B. 185.

3. Axmedova D. Sinonimlar va ularning uslubiy xususiyatlari // Filologiya masalalari. –

Toshkent, 2007. – № 3. – B. 54-58.

4. Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. – Toshkent: Sharq, 1999.

5. Erkin Vohidov. Tong nafasi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1981.

Библиографические ссылки

Mirtojiyev M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – B. 211.

Jo‘rayev N. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan, 1996. – B. 185.

Axmedova D. Sinonimlar va ularning uslubiy xususiyatlari // Filologiya masalalari. – Toshkent, 2007. – № 3. – B. 54-58.

Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. – Toshkent: Sharq, 1999.

Erkin Vohidov. Tong nafasi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.