Авторы

  • Furqat Xidirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.130205

Аннотация

Mazkur maqolada mahalla huquq-tartibot maskanlarining tashkil etilishi, ularning huquqiy asoslari, faoliyat yo‘nalishlari hamda amaliyotdagi muammolari yoritilgan. Xususan, kadrlar yetishmovchiligi, moddiy-texnik ta’minotdagi kamchiliklar, idoralararo muvofiqlashtirishning sustligi va jamoatchilik ishonchi masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maskan faoliyatini takomillashtirish uchun kadrlarni tayyorlash, raqamli texnologiyalar, jamoaviy hamkorlik va xorijiy tajribalardan foydalanish bo‘yicha aniq takliflar berilgan.


background image

Page 143

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANLARI FAOLIYATI

SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB

MASALALARI

Xidirov Furqat Shukurullvevich

Malaka oshirish instituti maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi

dotsenti, podpolkovnik

https://doi.org/10.5281/zenodo.16638138

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 21

st

July 2025

Accepted: 25

th

July 2025

Published: 31

st

July 2025

Mazkur

maqolada

mahalla

huquq-tartibot

maskanlarining tashkil etilishi, ularning huquqiy asoslari,

faoliyat yo‘nalishlari hamda amaliyotdagi muammolari

yoritilgan. Xususan, kadrlar yetishmovchiligi, moddiy-

texnik

ta’minotdagi

kamchiliklar,

idoralararo

muvofiqlashtirishning sustligi va jamoatchilik ishonchi

masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maskan faoliyatini

takomillashtirish uchun kadrlarni tayyorlash, raqamli

texnologiyalar,

jamoaviy

hamkorlik

va

xorijiy

tajribalardan foydalanish bo‘yicha aniq takliflar berilgan.

KEYWORDS

mahalla huquq-tartibot

maskani, jamoat xavfsizligi,

huquqbuzarliklar profilaktikasi,

profilaktika

inspektori,

idoralararo hamkorlik, kadrlar

salohiyati,

raqamli

texnologiyalar,

jamoatchilik

ishtiroki.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini

olish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu islohotlar doirasida aholi yashash joylarida xavfsiz muhitni ta’minlashga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul

qilingan

“2025-yilda

respublika

mahallalarida

xavfsiz

muhitni

yaratish

va

huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qaroriga muvofiq, mahalla huquq-tartibot maskanlari

faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu tizim orqali jinoyatlarning barvaqt oldini olish, mahalliy hududdagi

fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari

o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan

1

.

Mahalla huquq-tartibot maskanlari – ichki ishlar organlarining hududiy bo‘g‘inlari sifatida

faoliyat yurituvchi yangi model bo‘lib, u jinoyatchilikka qarshi kurashishda va

huquqbuzarliklar profilaktikasida muhim o‘rin egallaydi. Bu maskanlarda xizmat olib

borayotgan profilaktika katta va kichik inspektorlari, probatsiya va patrul-post xizmati

vakillari, shuningdek, boshqa tegishli xodimlar birgalikda aholini ogohlikka chorlash, nizoli

holatlarning oldini olish va muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga qaratilgan faoliyat

bilan shug‘ullanadilar.

Biroq, mahalla huquq-tartibot maskanlarining samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilishi

mumkin bo‘lgan ba’zi tashkiliy, moddiy-texnik va muvofiqlashtirishga oid muammolar hamon

dolzarbligicha qolmoqda. Jumladan, ayrim hududlarda yetarli binolar ajratilmagan, xizmat

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida

xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y.,

07/25/01/0059-son


background image

Page 144

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

xodimlari soni va salohiyati yetarli emas, texnik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi past.

Shu bois, ushbu maqolada mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatining ahamiyati, mavjud

muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek xorijiy tajribalar asosida takliflar

ilmiy tahlil qilinadi.

Mahalla huquq-tartibot maskani – bu ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inida faoliyat

yurituvchi maxsus hududiy tuzilma bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar

profilaktikasi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlarni

amalga oshiradi. Bu maskanlar mahalla hududlarida bevosita joylashtirilgan bo‘lib, aholiga

yaqin joyda xizmat ko‘rsatish tamoyili asosida faoliyat olib boradi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur institutning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida

xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini

yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori asosida amalga

oshirildi. Qarorda respublikada xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va

unga qarshi samarali kurash olib borishning yangi mexanizmlari sifatida maskanlar faoliyati

belgilab berilgan. Ushbu qarorga muvofiq, dastlab huquq-tartibot maskanlari jinoyatchilik

holati nisbatan og‘ir bo‘lgan mahallalarda – xususan, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent

va Samarqand viloyatlarida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yildi.

Huquq-tartibot maskanlarining tuzilmasi ham belgilangan bo‘lib, unga profilaktika katta

inspektori (rahbar), profilaktika inspektori va ularning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha

yordamchisi, shuningdek, xizmat hududiga biriktirilgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha

inspektor, probatsiya inspektori, tezkor vakil, patrul-post xizmati xodimlari kiradi.

Maskanlarda, shuningdek, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish uchun Milliy gvardiya

bo‘linmalari xodimlari hamda boshqa davlat organlari vakillari va jamoatchilik

tuzilmalarining vakillari ham faoliyat yuritishi belgilangan

2

.

Ushbu lavozimlar bir joyda jamlangan holda, aholi bilan bevosita ishlash,

huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat sodir etgan va unga moyil shaxslarni nazorat qilish

hamda mahalliy muammolarga tezkor va manzilli yondashishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Maskan faoliyatini esa profilaktika bosh inspektori boshqaradi.

Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-

yil 16-sentabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–407-sonli Qonuni bilan

mustahkamlangan bo‘lib, unda ichki ishlar organlarining jamiyatdagi o‘rni, aholi bilan ishlash

tamoyillari va profilaktika faoliyatiga oid vazifalari ko‘zda tutilgan

3

.

Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda, IIVning 2025-yil 15-fevraldagi

“Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida” 84-

sonli buyrug‘i bilan mahalla huquq-tartibot maskanlarining namunaviy nizomi, ularning

tuzilmasi va faoliyatini baholash mezonlari ham tasdiqlangan

4

. Ushbu hujjat mahalla huquq-

tartibot maskanlari faoliyatining aniq mezonlar asosida yuritilishini, ularning samaradorligi

bo‘yicha hisobotlar shaklini va ularni baholash ko‘rsatkichlarini belgilab berdi.

Shunday qilib, mahalla huquq-tartibot maskanlari – bu ichki ishlar organlari va fuqarolik

jamiyati o‘rtasidagi bog‘lovchi muhim institut sifatida faoliyat yuritib, mahallalardagi ijtimoiy

muhit barqarorligini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni

kamaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida

xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y.,

07/25/01/0059-son

3

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni

15

1

-moddasi // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son

4

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati

samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘i


background image

Page 145

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatining asosiy maqsadi – mahallalarda

huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini

ta’minlashdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun maskanlarning kundalik faoliyati qator

ustuvor yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lib, ular huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va profilaktik

xarakterga ega.

Birinchi navbatda, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ular bo‘yicha tezkor axborot yig‘ish

faoliyati muhim o‘rin tutadi. Maskan tarkibida xizmat qiluvchi profilaktika katta va kichik

inspektorlari o‘ziga biriktirilgan mikrohududlardagi ijtimoiy xavfli holatlarni aniqlash, jinoyat

sodir etishga moyil shaxslarni ro‘yxatga olish va ularning ustidan doimiy nazorat olib borish

vazifasini bajaradilar. Bu faoliyatda aholi vakillari, mahalla raislari va jamoatchilik bilan

bevosita hamkorlik muhim hisoblanadi

5

.

Ikkinchidan, mahalla huquq-tartibot maskanlari orqali huquqbuzarliklar profilaktikasi va

targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, yoshlar bilan alohida ishlash, ularni

g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etmaslik to‘g‘risida ogohlantirish, tahlikali guruhlardan

ajratish, nodavlat tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish ustuvor vazifa

sifatida belgilangan. Bu yo‘nalishda, ayniqsa, oilaviy nizolar, maishiy zo‘ravonlik, voyaga

yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha manzilli yondashuv muhim ahamiyatga

ega

6

.

Uchinchidan, maskan doirasida hududiy xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantirish ham nazarda

tutiladi. Bu jarayonda videokuzatuv kameralari, jamoat joylaridagi yoritish tizimlari, xavfsiz

yo‘llar va yong‘in xavfsizligi vositalari o‘rnatilishi muhim hisoblanadi. Mahalla huquq-tartibot

maskanlari mahallalarning xavf darajasini baholash asosida hududlarni tahlil qilib, mavjud

xavf o‘choqlarini bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari bilan hamkorlikda qarorlar qabul

qiladi

7

.

To‘rtinchidan, fuqarolar bilan bevosita muloqot va ishonchli muhit yaratish maskan

faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Har bir inspektorga biriktirilgan hududdagi

oilalar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar bilan tizimli uchrashuvlar tashkil

etiladi. Fuqarolarning murojaatlari bevosita maskan orqali ko‘rib chiqilib, tezkor choralar

ko‘riladi. Shu bilan birga, mahalla huquq-tartibot maskanlari jamoatchilik nazorati va ijtimoiy

sheriklik tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.

Beshinchidan, maskan tarkibidagi xodimlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning

samarali faoliyat olib borishi uchun idoralararo koordinatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa

jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda barcha resurslarni bir joyga jamlash

imkonini beradi. Jumladan, maskanda IIVning turli xizmatlari bilan bir qatorda, mahalliy

hokimlik, Milliy gvardiya, tibbiyot va ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan.

Shu tarzda, maskan faoliyati murakkab va ko‘p yo‘nalishli bo‘lib, u zamonaviy xavfsizlik

talablariga javob beruvchi, tezkor, manzilli va profilaktik yondashuv asosida amalga oshiriladi.

Bu tizim orqali jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va jamoaviy

ishonch muhitini mustahkamlash mumkin bo‘ladi.

Aytishimiz mumkinki, mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati joriy etilgani jamoat

xavfsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasida muhim burilish yasadi. Biroq, bu tizimning

amaliyotda to‘laqonli va samarali ishlashi uchun mavjud muammolarni aniqlash va ularni

5

Farrux G‘Aniyev, Gulandon Ganiyeva, and Nozima Boymuradova. "Biriktirilgan xududda kriminogen vaziyatni tahlil

qilishning asosiy yo‘nalishlari" Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 1,

no. 16, 2024, pp. 112-114.

6

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich. "Profilaktika inspektorining fuqarolik

jamiyati insitutlari bilano‘zaro hamkorligi faoliyatinini takomillashtirish va xorijiy davlatlarning tajribalari" Central

Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 64-69

7

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati

samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘i


background image

Page 146

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

bartaraf etish zarur. Maskan faoliyatini joylarda o‘rganish, mavjud normativ hujjatlarni tahlil

qilish shuni ko‘rsatadiki, bir qator dolzarb amaliy muammolar mavjud.

Birinchidan, kadrlar yetishmovchiligi va malaka darajasining pastligi dolzarb masala bo‘lib

qolmoqda. Ayrim mahallalarda maskan lavozimlari (ayniqsa kichik profilaktika inspektorlari)

vakant bo‘lib qolgan, faoliyatni yuritayotgan xodimlar esa xizmat ko‘rsatish hududi uchun

yetarli emas. Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan maskanlarda xizmat qilayotgan

xodimlarning aksariyati o‘z vazifalarini to‘liq tushunmaydi, bu esa jamoa ichidagi hamkorlik

va tashabbuskorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, moddiy-texnik ta’minotning yetarli emasligi samaradorlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri

ta’sir qilmoqda. Ko‘plab mahalla huquq-tartibot maskanlari vaqtincha joylarda yoki yaroqsiz

binolarda faoliyat olib bormoqda. Ular zamonaviy kompyuter texnikasi, mobil aloqa vositalari,

xizmat transporti, videokuzatuv uskunalari bilan to‘liq ta’minlanmagan. Natijada, tezkorlik va

manzillilik talab etiladigan holatlarda maskan xodimlari kerakli choralarni ko‘rishda

qiyinchilikka duch kelmoqda.

Uchinchidan, tashkiliy-muvofiqlashtirishdagi muammolar mavjud. Mahalla huquq-tartibot

maskanlari mahalla doirasida bir nechta idoralar bilan bir vaqtda ishlashi talab etiladi

(probaция, YHXX, PPX, mahalla raisi, tibbiyot muassasalari va boshqalar). Biroq, bu

tashkilotlar o‘rtasida funksional chegaralar aniq belgilanmagani, huquq va majburiyatlarning

chalkashligi natijasida o‘zaro mas’uliyatdan bo‘yin tovlash holatlari yuzaga kelmoqda. Bu esa

maskanlar faoliyatida byurokratik to‘siqlarni kuchaytiradi va tezkorlikni pasaytiradi.

To‘rtinchidan, ortiqcha yuklama va norasmiy topshiriqlar maskan xodimlarining asosiy

vazifalariga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi

“Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida” 84-

sonli buyrug‘ida xodimlarni o‘ziga aloqador bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish taqiqlangan

bo‘lsa-da, ayrim joylarda maskan vakillari boshqa idoralar topshiriqlari asosida hisobotlar

tayyorlash, yirik yig‘ilishlarda qatnashish yoki aholini ro‘yxatga olish kabi ishlarga jalb

etilmoqda. Bu holat ularning asosiy vazifasi – profilaktika faoliyatiga e’tiborini kamaytiradi va

xizmat sifati pasayishiga olib keladi.

Beshinchidan, fuqarolar ishonchining hali to‘liq shakllanmaganini ham muammo sifatida

ko‘rsatish mumkin. Ko‘plab mahallalarda aholi maskanlarni faqatgina “ichki ishlarning yangi

binosi” sifatida qabul qiladi, ularning ijtimoiy va profilaktik vazifalarini yetarli darajada

anglamaydi. Bu esa jamoatchilik bilan ishlash samaradorligini pasaytiradi. Maskan xodimlari

tomonidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmagan joylarda bu holat yanada keskinroq

ko‘zga tashlanadi.

Shunday qilib, maskan faoliyati hozircha ayrim jihatlari bilan mustahkam asosga ega bo‘lsa-da,

uni keng qamrovli, professional va ishonchli tizimga aylantirish uchun yuqoridagi amaliy

muammolarni tizimli hal etish zarur.

Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni bartaraf etish uchun mahalla huquq-tartibot

maskanlari faoliyatini zamonaviy xavfsizlik talablari va ijtimoiy ehtiyojlar asosida

takomillashtirish zarur. Bu yo‘nalishda bir nechta aniq, amaliy va manzilli takliflar ilgari

surilishi mumkin.

Birinchidan, kadrlar bilan ta’minlash va ularni malakali tayyorlash tizimini kuchaytirish lozim.

Maskan tarkibiga qabul qilinayotgan xodimlar uchun maxsus malaka talablarini joriy etish,

ularni xizmatga tayyorlashda psixologik barqarorlik, kommunikatsiya madaniyati va

muomala ko‘nikmalariga e’tibor qaratish kerak. Har yili belgilangan asosda qisqa muddatli

kurslar, test sinovlari va baholov tizimi orqali xodimlar bilimi va salohiyati yangilanib

borilishi zarur.

Ikkinchidan, moddiy-texnik baza va infratuzilmani yaxshilash maskan faoliyatining barqaror

ishlashiga xizmat qiladi. Bu borada, eng avvalo, har bir maskanni doimiy bino bilan ta’minlash,

ichki ishlar organlari byudjeti va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda zarur sharoitlarni

yaratish talab etiladi. Maskanlar zamonaviy kompyuterlar, xizmat telefonlari, tezkor


background image

Page 147

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

harakatlanish uchun transport vositalari va videokuzatuv vositalari bilan ta’minlansa, bu

ularning imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Uchinchidan, fuqarolar va jamoatchilik bilan ishonchli hamkorlik tizimini shakllantirish zarur.

Buning uchun maskan xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududdagi aholi vakillari, mahalla raisi,

xotin-qizlar faollari, maktab va kollej pedagoglari, diniy mutasaddilar bilan muntazam

ravishda ochiq muloqotlar o‘tkazib borishlari lozim. Har oyda “ochiq eshiklar kuni”,

profilaktika uchrashuvlari, huquqiy savodxonlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish orqali

fuqarolarning maskan ga bo‘lgan ishonchini oshirish mumkin.

To‘rtinchidan, muvofiqlashtirish va hisobdorlik tizimini kuchaytirish kerak. Maskan faoliyatini

yuritishda bir nechta davlat va jamoat tuzilmalari ishtirok etadi. Shu sababli, bu idoralar

o‘rtasida aniq funksional vazifalar, hisobot mexanizmlari va javobgarlik mezonlari belgilanishi

shart. Barcha ishtirokchi idoralar yagona elektron platforma orqali axborot almashuvi asosida

ishlashi mumkin.

Beshinchidan, raqamlashtirish va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish

samaradorlikni oshiradi. Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati uchun mobil ilovalar,

onlayn ariza va murojaat tizimi, “mahalladagi xavf” xaritasi kabi innovatsion yechimlar joriy

etilishi kerak. Bu nafaqat fuqarolar bilan bog‘lanishni yengillashtiradi, balki kriminogen

holatni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi.

Oltinchidan, xalqaro tajribani o‘rganish va milliy sharoitga moslashtirish maskan faoliyatini

boyitadi. Masalan, Janubiy Koreyada mahallaviy politsiya mahallalarda doimiy joylashgan va

aholi bilan ishonch asosida ishlaydi. Finlyandiya va Buyuk Britaniyada esa jamoatchilik

nazorati institutlari politsiya bilan doimiy aloqa qiladi

8

. O‘zbekiston sharoitida ham shunday

tamoyillarni qo‘llash orqali, profilaktika samaradorligini oshirish mumkin.

Shunday qilib, mahalla huquq-tartibot maskanlari nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma,

balki jamiyat bilan muloqot qiluvchi ijtimoiy institut sifatida takomillashtirilishi lozim.

Tizimning har bir bo‘g‘ini zamonaviylashtirilgan sayin, jamoat xavfsizligi kafolati, fuqarolar

osoyishtaligi va qonun ustuvorligi tamoyillari barqaror mustahkamlanadi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda mahalla huquq-tartibot maskanlari jamoat

xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar bilan bevosita ishlashda

muhim institutga aylandi. Ular orqali ichki ishlar organlari faoliyati aholiga yaqinlashtirilib,

huquqbuzarliklar manzilli tarzda bartaraf etilmoqda. Biroq, maskanlar faoliyatida ayrim

kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular kadrlar yetishmovchiligi, moddiy-texnik sharoitlarning

sustligi, idoralararo muvofiqlashtirishdagi muammolar va fuqarolar ishonchining pastligi

kabilardir. Ushbu muammolarni hal qilish uchun xodimlar malakasini oshirish, raqamli

yechimlarni joriy etish, jamoatchilik ishtirokini faollashtirish, moddiy baza va xorijiy

tajribalardan foydalanish zarur.

Mahalla huquq-tartibot maskanlari samaradorligini oshirish – bu fuqarolarning xavfsiz hayoti,

jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va mahalla darajasida barqarorlikni

mustahkamlashning muhim kafolatidir. Shu sababli, bu tizimni rivojlantirish bo‘yicha

kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish dolzarb hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari

to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-

yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt

oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–

1-sonli qarori;

8

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich. "Profilaktika inspektorining fuqarolik

jamiyati insitutlari bilano‘zaro hamkorligi faoliyatinini takomillashtirish va xorijiy davlatlarning tajribalari" Central

Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 64-69


background image

Page 148

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 7, July 2025

www.in-academy.uz

3.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot

maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘I;

4.

Farrux G‘aniyev, Gulandon Ganiyeva, and Nozima Boymuradova. “Biriktirilgan

xududda kriminogen vaziyatni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishlari” Central Asian Journal of

Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 1, no. 16, 2024, pp. 112-114;

5.

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich.

“Profilaktika inspektorining fuqarolik jamiyati insitutlari bilano‘zaro hamkorligi faoliyatinini

takomillashtirish va xorijiy davlatlarning tajribalari” Central Asian Journal of Multidisciplinary

Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 64-69.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 15-fevraldagi “Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘I;

Farrux G‘aniyev, Gulandon Ganiyeva, and Nozima Boymuradova. “Biriktirilgan xududda kriminogen vaziyatni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishlari” Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 1, no. 16, 2024, pp. 112-114;

Xudoyqulov Dostonjon Dilshod o‘g‘li, and G‘aniyev Farrux Taxirjanovich. “Profilaktika inspektorining fuqarolik jamiyati insitutlari bilano‘zaro hamkorligi faoliyatinini takomillashtirish va xorijiy davlatlarning tajribalari” Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 1, 2025, pp. 64-69.