Авторы

  • Rayhona Tojiboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajmrms.135360

Аннотация

Ushbu maqola qoʻshimcha yoki ikkinchi tillarni oʻrganish uchun bolalarda eng qulay yosh chegarasi, bu yoshda oʻrganishning foyda va afzalliklarini, shuningdek, qanday taʼsir oʻtkazilishini koʻrsatib oʻtadi. Shuning bilan birga, til oʻrganishdagi bosqichlar, til oʻrganish boʻyicha muhokamalar, til oʻrganishning bir qancha usul va metodlari koʻrib chiqiladi va bular haqida asosiy savollarga javob topiladi. Qoʻshimcha ravishda shu sohadagi ayrim ziddiyatli vaziyatlar hamda muammoli holatlar koʻzdan kechirilib, ularning asosiy sabablari tadqiq etiladi.


background image

Page 78

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 8, August 2025

www.in-academy.uz

BOLALARNING XORIJIY TIL OʻRGANISH JARAYONIDAGI

YOSH AHAMIYATI

Tojiboyeva Rayhona

Guliston davlat pedagogika instituti

tojiboyevarayhona300@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16965011

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 11

th

August 2025

Accepted: 12

th

August 2025

Published: 27

th

August 2025

Ushbu maqola qoʻshimcha yoki ikkinchi tillarni oʻrganish

uchun bolalarda eng qulay yosh chegarasi, bu yoshda

oʻrganishning foyda va afzalliklarini, shuningdek, qanday

taʼsir oʻtkazilishini koʻrsatib oʻtadi. Shuning bilan birga, til

oʻrganishdagi

bosqichlar,

til

oʻrganish

boʻyicha

muhokamalar, til oʻrganishning bir qancha usul va

metodlari koʻrib chiqiladi va bular haqida asosiy

savollarga javob topiladi. Qoʻshimcha ravishda shu

sohadagi ayrim ziddiyatli vaziyatlar hamda muammoli

holatlar koʻzdan kechirilib, ularning asosiy sabablari

tadqiq etiladi.

KEYWORDS

yosh chegarasi, ikkinchi til,

xorijiy

til,

til

oʻrganish,

muammoli

vaziyatlar,

tilshunoslik, nazariya, metod,

tadqiqot,

taʼlim

jarayoni,

logoped, pedagog.

Kirish

Bolalarda tilni oʻzlashtirish juda muhim va ijtimoiy jarayon hisoblanib, kichik yoshligidan

oʻrganishi bolaning muloqot koʻnikmalari va miyaning rivojlanishi asosida sodir boʻladi. “Shu

oʻrinda necha yoshdan xorijiy tilni oʻrgatish maʼqul?”, degan savol paydo boʻlishi mumkin. Bu

kabi savollarga bir qancha olimlar oʻzlarining tadqiqotlarida oʻrganib chiqib, keng ommaga

namoyish etishgan.
Quyida olimlar oʻzlarining turlicha ilmiy yondashuvlarini keltirib oʻtish mumkin. Bolalarda

qoʻshimcha til oʻrganish va oʻrgatishda juda koʻp tadqiqotlari bilan Noam Chomskiy alohida

oʻrin tutishini aytib oʻtish joizdir. Uning tadqiqotlari til nazariyasiga asos solgan hisoblanadi.

“Tilning tabiiyligi” deb nomlangan nazariyasini ilgari surgan va bu nazariya til oʻrganishda

biologik asoslarni koʻrsatib oʻtgan. Shuningdek, “Umumiy grammatika” gʻoyasi ham muhim

ahamiyatga ega boʻlib, bolalarning til oʻrganish qobiliyatini tushuntiradi. Til oʻrganish

oldindan berilgan biologik tugʻma qobiliyat boʻlib, inson bunga “sozlab” qoʻyilgan. U bolalar

qanday qilib qiyin strukturalarni va grammatik qoidalarni tez va osonlik bilan oʻrganishini

tahlil qilgan.
Jeyn Piaget esa Noam Chomskiydan farqli oʻlaroq, bolalarning psixologik va kognitiv

rivojlanishi ustida ish olib borgan. U bolalarning tillarni oʻzlashtirish jarayonini oʻzgacha

tushuntirgan va alohida nazariya asosida tadqiqot oʻtkazgan. Uning fikricha, bolalarda til

oʻrganish jarayoni kognitiv rivojlanish nazariyasiga asoslanadi va tilning oʻzlashtirilishi aqliy

salohiyat bilan bogʻliq. Tilni anglab yetishda bosqichma-bosqich jarayonlarni keltirib oʻtadi:

sensor-motor, preoperatsion, aniq operatsiyalar va formal operatsiyalar bosqichlari.
Rus psixologi Lev Vigotskiy til oʻrganishni ijtimoiy hodisa sifatida izohlaydi. Uning “Ijtimoiy-

madaniy” nazariyasiga koʻra, bolalar atrofdagi ijtimoiy muhitni oʻrganadi, tahlil qiladi va bu til

oʻrganishga kuchli turtki boʻladi. U “YaQZ” (yaqin rivojlanish zonasi) konsepsiyasini kiritib,

bolalarning bilimlarini oshirish uchun muntazam ijtimoiy yordam zarurligini taʼkidlaydi.


background image

Page 79

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 8, August 2025

www.in-academy.uz

Psixologik va biologik yondashuvlardan tashqari, til oʻrganishda “konditsionlash” hodisasi

ham muhim oʻrin tutadi. Bu yondashuv B. F. Skinner tomonidan ilgari surilgan boʻlib,

bolalarning tilni asta-sekin ovoz va soʻzlarni takrorlash orqali oʻzlashtirishini tushuntiradi.
Shuningdek, Stiven Pinker ham til oʻzlashtirish jarayonida muhim tadqiqotlar olib borgan.

Uning “Til instinktlari” asarida til insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyot sifatida taʼriflanadi

va uning biologik asoslari yoritiladi.
Mutaxassislarning fikricha, xorijiy tilni oʻrganish uchun eng qulay va samarali yosh turlicha

tasniflanadi:
0–6 yosh oraligʻida til juda samarali oʻrganiladi. Til oʻrganishni 3 yoshdan boshlash tavsiya

etiladi, chunki bolalar turli usullarda oʻrganishlari mumkin. Masalan, oʻyin faoliyati, muloqot

jarayoni hamda vizual materiallar bunda qoʻl keladi. Har bir bola individual xarakter va

xususiyatga ega boʻlganligi bois, xorijiy tilni oʻrgatish uchun tanlangan metodlar yoki usullar

uning qiziqishlaridan kelib chiqishi lozim.
0–3 yoshda til passiv oʻrganiladi: bolalar soʻzlarni eshitadi, bir-biridan ajratadi, ularni tushuna

boshlaydi. 3–6 yosh oraligʻida esa tilni faol oʻzlashtirishga oʻtadi. Bu davrda bolalar

murakkabroq gaplarni tuzishni boshlaydi, tilni oʻqish va yozish asoslari ham oʻrgatilishi

mumkin.

Asosiy qism

Xorijiy tillarni oʻrganish nafaqat bolalarda, balki kattalarda ham muammolarni yuzaga

keltiradi. Bolalarda duch kelinadigan muammolar quyidagilardir:
Tugʻma qobiliyatlarning pastligi, atrof-muhitning yetarli emasligi, kognitiv rivojlanishdagi

cheklovlar, tilning murakkabligi, emotsional va psixologik toʻsiqlar, maxsus ehtiyojlar,

madaniy farqlar, oʻqituvchining oʻrni.
Ushbu muammolarni yengish uchun ijtimoiy muhitni toʻgʻri shakllantirish, turli metod va

interfaol usullardan foydalanish, mantiqiy oʻyinlar va xotira mashqlarini qoʻllash, psixologik

qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat bilan bogʻliq elementlarni oʻrgatish zarur.

Shuningdek, ota-onalarning va oʻqituvchilarning toʻgʻri yondashuvi til oʻrganish natijasini

belgilab beradi.
Innovatsion texnologiyalar, mobil ilovalar, smart taʼlim vositalari ham samaradorlikni

oshiradi. Oʻqituvchilar bir nechta metodlardan foydalanib, taʼlimni olib borishi lozim. Samarali

metodlar qatoriga kommunikativ metod, grammatik-tarjima metodi, audio-tilshunoslik

metodi, tajribaviy oʻqitish, loyiha asosidagi oʻqitish va aralash taʼlim usullari kiradi.

Xulosa

Barcha nuqtai nazardan shuni xulosa qilish mumkinki, insonlar qanchalik erta til oʻrganishni

boshlasalar, bu bilimlar ulardan hech qachon yoʻqolmaydi. Bolalar tildagi qoidalarni koʻr-

koʻrona va tez oʻzlashtiradi, chunki ularning xotirasi kuchli boʻladi va erkin ifoda qilish

qobiliyati rivojlangan boʻladi. Ayniqsa, amaliy topshiriqlar va oʻyinlar orqali oʻrgatilgan bilim

uzoq vaqt xotirada saqlanadi. Yosh bolalarda tashqi toʻsiqlar boʻlmasa, ularda ichki va tashqi

motivatsiya kuchli boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Liang Xu, The Age Effect in Second Language Acquisition and its Study Design Method, 2023.
T. Scovel, A critical review of the critical period research. Annual Review of Applied

Linguistics, 20 (2000).


background image

Page 80

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY

RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

Volume 2, Issue 8, August 2025

www.in-academy.uz

J. S. Ma, Some Problems in the Hypothesis of the Critical Period of Language Acquisition and

Foreign Language Teaching. Henan Social Sciences.
Harley, B. (1986). Age in Second Language Acquisition. Clevedon: Multilingual Matters.
Moon, J. & M. Nikolov. (2000). Research into Teaching English to Young Learners. Pecs:

University Press Pecs.
Snow, C. & H. Marian. (1978). The critical age for SLA: evidence from second language learning.

Child Development.
Snow, C. (2002). Second language learners and understanding the brain. In A. M. Galaburda, S.

M. Kosslyn, & Y. Christen (eds.), The Language of the Brain. Cambridge, MA: Harvard

University Press.
Lenneberg, E. H. (1967). Biological Foundations of Language. New York: Wiley.
Johnson, J. & E. Newport. (1989). Critical effects in second language learning: the influence of

maturational state on the acquisition of ESL. Cognitive Psychology.
Morford, J. & R. Mayberry. (2000). A reexamination of “early exposure” and its implications for

language acquisition by eye. In C. Chamberlain, J. Morford & R. Mayberry (eds.), Language

Acquisition by Eye. Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum.

Библиографические ссылки

Liang Xu, The Age Effect in Second Language Acquisition and its Study Design Method, 2023.

T. Scovel, A critical review of the critical period research. Annual Review of Applied Linguistics, 20 (2000).

J. S. Ma, Some Problems in the Hypothesis of the Critical Period of Language Acquisition and Foreign Language Teaching. Henan Social Sciences.

Harley, B. (1986). Age in Second Language Acquisition. Clevedon: Multilingual Matters.

Moon, J. & M. Nikolov. (2000). Research into Teaching English to Young Learners. Pecs: University Press Pecs.

Snow, C. & H. Marian. (1978). The critical age for SLA: evidence from second language learning. Child Development.

Snow, C. (2002). Second language learners and understanding the brain. In A. M. Galaburda, S. M. Kosslyn, & Y. Christen (eds.), The Language of the Brain. Cambridge, MA: Harvard University Press.

Lenneberg, E. H. (1967). Biological Foundations of Language. New York: Wiley.

Johnson, J. & E. Newport. (1989). Critical effects in second language learning: the influence of maturational state on the acquisition of ESL. Cognitive Psychology.

Morford, J. & R. Mayberry. (2000). A reexamination of “early exposure” and its implications for language acquisition by eye. In C. Chamberlain, J. Morford & R. Mayberry (eds.), Language Acquisition by Eye. Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum.