Авторы

  • Fazilat Kalandarova
    University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, ADPI tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.108975

Ключевые слова:

boshlangʻich ta’lim pedagogik mahorat pedagogik mahorat fani oʻqitish usullari innavatsion ta’lim innavatsion oʻqitish usullari texnologiya innavatsion texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolamda boshlang'ich ta’lim talablarida pedagogik mahorat fanini innovatsion yondoshuv bilan oʻqitishni rivojlantirishga va shu bilan birga innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning samarasi haqida ma’lumot beriladi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

178

BOSHLANGʻICH TA’LIM TALABALARIDA PEDAGOGIK MAHORAT

FANINI OʻQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

Kalandarova Fazilat Toxirovna

University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, ADPI tadqiqotchisi

kalandarovafazilat3@gmail.com

Telefon raqami. +99893-692-32-76

https://doi.org/10.5281/zenodo.15704765

Annotatsiya:

Ushbu maqolamda boshlang'ich ta’lim talablarida pedagogik

mahorat fanini innovatsion yondoshuv bilan oʻqitishni rivojlantirishga va shu bilan
birga innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uning samarasi haqida
ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar:

boshlangʻich ta’lim, pedagogik mahorat , pedagogik mahorat

fani, oʻqitish usullari, innavatsion ta’lim, innavatsion oʻqitish usullari, texnologiya,
innavatsion texnologiyalar.

Annotation:

This article provides information on the development of

teaching pedagogical skills in primary education requirements with an innovative
approach, as well as the use of innovative technologies and their effectiveness.

Keywords:

primary education, pedagogical skills, pedagogical skills, teaching

methods, innovative education, innovative teaching methods, technology,
innovative technologies.

Bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida boʻlgani kabi ta’lim sohasida

xam katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida esa jamiyatda
oʻqituvchilik kasbini sharaflanishi va ulugʻlanishi ortidan insonlarda ta’limga
boʻlgan xurmat va ishonch shakllanib bormoqda. Oʻqituvchilik kasbi muhim
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, oʻqituvchi yosh qalblar kamolotining
me’moridir. Bugun u yoshlarni g ’oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib, tabiat,
jamiyat, tafakkur taraqqiyoti, qonuniyatlarini oʻrgatar ekan, avvalo , u yosh avlodni
kelajak mehnat faoliyatiga tayyorlashi, kasb - hunar egallashlariga koʻmaklashishi
va jamiyat uchun muhim boʻlgan ijtimoiy - iqtisodiy vazifani hal etishga
chogʻlanmogʻi darkor. Ana shu ma’suliyat oʻqituvchidan oʻz kasbining mohir ustasi
boʻlishni, oʻquvchi - yoshlarga tarbiyaviy taʻsir koʻrsatib, ularning qiziqishi,
qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy koʻnikmalarini har tomonlama
rivojlantirishning optimal yoʻllarini izlab topadigan kasb egasi boʻlishni talab etadi.
Buning uchun pedagogik mahorat fani oʻqituvchidan doimo kasbiy mahorati ustida
izlanish uchun, unga turli shart - sharoitlar yaratishi, kerakli moddiy va ilmiy-
metodik yordam koʻrsatishi hamda oʻqituvchining ijodiy tashabbuskorligini


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

179

oshirishiga koʻmaklashadi. Bu pedagogik mahorat fanining muhim vazifalaridan
biridir.

Jamiyatimizdagi zamonaviy taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan biri —

talabalarga sifatli bilim berishdir. Boshlangʻich taʼlimda pedagogik mahorat
fanining o‘qitilishi, kelajakdagi o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga
ega. Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim talablarida pedagogik mahorat fanini
o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qanday qilib samarali qo‘llash mumkinligi
haqida fikr yuritiladi.

Pedagogik mahorat fani, o‘qituvchilarning bilim oluvchilar bilan ishlash

ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu fanning asosiy vazifasi — talabalarni
zamonaviy taʼlim jarayoniga tayyorlashdir. O‘qituvchilarning pedagogik
mahoratini oshirish uchun innovatsion metodlarni qo‘llash zarur. Pedagog xar
jihatdan mukammal kasbiy qobilyatlarni oʻzlashtirgan xolda va oʻziga qoʻyilgan
talablarga toʻla javob bergan xolda faoliyatga kirishmogʻi lozim. Bu borada
pedagogik mahorat fani, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun asosiy
kasbiy koʻrsatmalar manbai boʻlib xizmat qiladi.

Innovatsion texnologiyalar — bu yangi usullar va vositalar orqali o‘rganish

jarayonini takomillashtirishga xizmat qiluvchi vositalardir. Yana xam chuqurroq
ta’riflaydigan boʻlsak, Innovatsion texnologiyalar – bu yangi g‘oyalar, metodlar va
mahsulotlarni ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonidir. Ular turli sohalarda,
jumladan, texnika, tibbiyot, ta'lim, moliya va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi.
Ular orasida interaktiv taʼlim platformalari, onlayn kurslar, elektron darsliklar va
dasturlar mavjud. Boshqa sohalarda boʻlgani kabi ta’limda xam, innavatsion
texnologiyalar oʻz amaliy ahamiyatiga egadir. Ayniqsa uzluksiz ta’limning barcha
boʻgʻinlarida uning barcha usul va turlaridan keng foydalanilmoqda.

- Interfaol o‘qitish: Talabalar innovatsion texnologiyalar yordamida faol

ishtirok etadilar, bu esa ularning qiziqishini oshiradi.

- Shaxsiylashtirilgan taʼlim: Har bir talabaga individual yondoshuv

imkoniyatini beradi, ya'ni har bir talabaning ehtiyoji va qobiliyatlariga qarab
darslarni modellashtirish mumkin.

- Keng resurslardan foydalanish: Internet orqali turli manbalar va

materiallarga erishish imkoniyatlari kengayadi.

- Oson baholash: Talabalarning bilim darajasini baholash uchun zamonaviy

dasturlar va platformalar yordamida tezkor tahlil qilish imkoniyati mavjud.

Pedagogik mahorat fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalarni qanday

qo'llash kerak?


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

180

- Interaktiv darslar: Dars davomida PowerPoint yoki boshqa prezentatsiya

dasturlari yordamida vizual materiallardan foydalanish.

- Onlayn platformalarda faoliyat: Moodle yoki Google Classroom kabi

platformalarda kurs yaratib, talabalarga masofaviy rivojlanish imkoniyatlarini
taqdim etish.

- Simulasyon va virtual realistikalarni qo'llash: Talabalarni amaliy ko'nikmalar

bilan tanishtirish uchun simulyatorlardan foydalanish (masalan, virtual sinflarda
dars o'tkazish).

- Guruh ishlari va muhokama sessiyalari: Onlayn forumlar yoki chat xonalari

orqali guruh ishlarini tashkil etishga yordam beradigan vositalar.

Boshlangʻich ta'lim talabalarida innovatsion yondashuvli o'qitishni amalga

oshirish jarayonida, an’anaviy ta'lim metodlaridan farqli oʻlaroq, zamonaviy
texnologiyalar va pedagogik usullarni qo'llagan holda o'quv jarayonini yanada
samarali qilishga qaratilgan yondashuvdir. Bu jarayonda bir nechta asosiy
elementlar mavjud:

1. Texnologiya: Ta'limda raqamli vositalar, masofaviy ta'lim platformalari va

interaktiv dasturlarni qo'llash orqali o'quvchilarning bilim olish jarayonini
qiziqarli va samarali qilish mumkin.

2. Interaktivlik: O'qitish jarayonida o'quvchilar faol ishtirok etishi uchun turli

xil interaktiv metodlar (muhokama, guruh ishlari, loyiha asosida o'qitish)
qo'llaniladi.

3. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv: Har bir o'quvchining individual

ehtiyojlari va qobiliyatlariga mos ravishda ta'lim berish; bu orqali har bir talaba o'z
imkoniyatlarini maksimal darajada rivojlantirishga erishadi.

4. Kreativlik va innovatsiya: O'qitishda yangi g'oyalar va usullarni izlash,

shuningdek, talabalarning ijodkorligini oshirishga qaratilgan faoliyatlarni amalga
oshirish.

5. Tadqiqot va tahlil: O'qitish jarayonini doimiy ravishda tahlil qilib borish,

natijalarni baholash va kerak bo'lgan holatlarda takomillashtirish.

6. Hamkorlik: O'qituvchi va talaba orasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

maslahat berish va fikr almashishga asoslangan muhit yaratish.

Innovatsion yondashuvli ta'lim nafaqat bilim berishni, balki shaxs sifatida

talabalarning rivojlanishini ham ko'zda tutadi. Bu esa ularning kelajakdagi
muvaffaqiyatlariga katta ta'sir ko'rsatadi.
Innovatsion texnologiyalarni pedagogik mahorat fanini o'qitishda qo'llash,
boshlang'ich ta'lim talabalarining ta'lim jarayoniga bo'lgan qiziqishini oshiradi
hamda ularga sifatli bilim berishda muhim rol o'ynaydi. O'qituvchilar ushbu


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

181

texnologiyalarni samarali yo'naltira olishsa, ular nafaqat bilim beruvchi sifatida
balki motivator sifatida ham muvaffaqiyatli bo'lishlari mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kalandarova, Fazilat Toxirovna Umumiy pedagogika /o‘quv qo‘llanma/

Kalandarova Fazilat Toxirovna. – Namangan: «SUNRISE-PRO», 2025. – 176 bet.
2.

Toxirovna, K. F. (2024). O‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik

Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.
3.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV

BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK
KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.
https://www.iupr.ru/5-120-2024
4.

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV

QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan
Davlat Universiteti.
5.

Toxirovna,K.F BO‘AJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING

DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI
OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo‘rayevna pfd, professor. O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON
DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI, 120.
6.

Kalandarova Fazilat Tokhirovna. (2025). Improving the Deontological

Competence of Primary Teachers on The Basis of Educational Technologies.
International

Journal

of

Pedagogics,

5(05),

42–45.

https://doi.org/10.37547/ijp/Volume05Issue05-11

Библиографические ссылки

Kalandarova, Fazilat Toxirovna Umumiy pedagogika /o‘quv qo‘llanma/ Kalandarova Fazilat Toxirovna. – Namangan: «SUNRISE-PRO», 2025. – 176 bet.

Toxirovna, K. F. (2024). O‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА. https://www.iupr.ru/5-120-2024

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

Toxirovna,K.F BO‘AJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo‘rayevna pfd, professor. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI, 120.

Kalandarova Fazilat Tokhirovna. (2025). Improving the Deontological Competence of Primary Teachers on The Basis of Educational Technologies. International Journal of Pedagogics, 5(05), 42–45. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume05Issue05-11