CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
143
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING HAYOTI VA SIYOSIY QARASHLARI
Egamberdiyeva Nafosat Jabborberganovnа
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi 2-sonli
Toshkent akademik litsey tarix fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15803977
Annotatsiya:
Jadid, jadidchilik harakati, milliy ziyoliylar, Behbudiyning
siyosiy va huquqiy qarashlari kengroq yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Jadid, jadidchilik harakati, “Sho‘royi Islomiya”, “Sho‘ryoi
Ulamo”, “Qo‘qon muxtoriyati”.
O‘zbekiston siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixini yaratishda jadidchilik
harakatini tadqiq qilish muhim ilmiy muammolardan biridir. Bu sohada oxirgi
vaqtda anchagina ilmiy va ommabop risola va maqolalar chop qilindi. Ularda
jadidchilikka berilgan bir tomonlama, xaqiqatga zid baholarni noto‘g‘ri
ekanligini isbotlovchi faktlar va izohlar berilgan. Hozir asosiy vazifa jadidchilik
harakatining ilmiy jihatdan xolisona va halol tadqiq qilishdan iboratdir.
Jadidizmning o‘rganishda qo‘lga kiritilgan boy materiallarni umumlashtirish,
unga yondoshishning nazariy masalalarini chuqurlashtirish, obyektiv ilmiy
haqiqatni aniqlashga mos keladigan tadqiqot yo‘llarini ishlab chiqish muhim
muammolardandir. Jadidizm Turkiston ma’rifatparvarlik harakatining yuqori
bosqichidir. Uning namoyondalari mamlakatni feodal qoloqlikdan chaqarish,
milliy mustaqillikka erishish uchun kurashdilar.
Jadidlar harakatida milliy ziyolilarning deyarli barcha ilg‘or vakillari
qatnashdi. Bular orasida Hamza, Avloniy, Xolmuhammad Axundiy, Ibroxim
Davron, Siddiqiy, Mirmuxsin Shermuxamedov, Nazir To‘raqulov va boshqalar
bor edi. Jadidizm namoyondalarining qarashlarida xilma-xillik, ba’zi masalalarda
jiddiy farq borligini inkor qilmagan holda, jadidizm mafkura, muayyan qarashlar
tizimi sifatida kapitalistik taraqqiyoti extiyojlarini ifodalardi.
Jadidlar harakatining sotsial ildizlari milliy burjuaziyaning vujudga kelishi
va uni milliy ozodlikka intilishiga bog‘liqdir. Turkistonda jadidchilik
harakatining shakllanishi va rivojlanishiga musulmonlarining milliy ozodlik
harakati Mafkurchilarini ta’siri ham katta bo‘ldi. Turkistonda Sharqda rivoj
topgan mustamlakachilik zulmiga qarshi qaratilgan mafkuraviy oqimlar
g‘oyalari ham kirib kelardi.
Jadidchilik harakatining diqqat markazida turgan masalalardan biri maorif
tizimini isloh qilishdan iborat edi. Milliy manfaatlarni himoya qila biladigan,
iqtisodiy va siyosiy qaramlik va qoloqlikdan chiqish muammolarini biladigan
zamonaviy bilimga ega savodli kadrlar zarurligini jadidlar yaxshi anglashardi.
Mana shuning uchun ham dunyoviy bilimlarni o‘rganish ishlari, maorif tizimini
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
144
isloh qilish masalasi XIX asr oxiri va XX asr boshlari Turkiston ijtimoiy fikrining
diqqat markazidagi siyosiy masala bo‘lib qoldi. “Biz dinimiz va mamlakatimizni
himoya qilishga qodir ishonarli va mustahkam vositaga ega bo‘lmog‘imiz shart.
Bu vosita maorifdir”, deb yozgan edi Behbudiy. Behbudiyning bu fikrlari o‘z
hamiyatini hozir ham yo‘qotgani yo‘q.
Jadidlar siyosiy dasturi Turkistonni mustaqilligi uchun kurashish
vazifasiga qaratilgan edi. Biroq jadidlar bu oliy maqsadni amalga oshirish chora
va vositalarini tanlashda konkret ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat bilan
hisoblashdilar.
Jadidlar harakatining yirik namoyondasi, uning nazariy asosichlaridan biri
Mahmudxo‘ja Behbudiydir(1879-1919). Behbudiy fikrlarining teranligi, siyosiy
ongining yuksakligi bilan jadidlar orasida ajralib turardi.
Behbudiy Rossiya siyosiy hayotidagi turli partiyalarga bo‘lgan
munosabatini ifodalab, qoraguruhlar partiyasi faoliyatini qoralaydi. Bu partiya,
deydi Behbudiy, podshoh bilan xalqning bir-biri bilan muloqotda bo‘lishiga
g‘ovdir. Xususan, biz musulmonlar o‘z talablarimizni, din va iqtisod sohasida
kamsitilishimizni podshohga arz qila olmaymiz, chunki Oliy Kengash a’zolari
bizning barcha arzlarimizni rad qilib podshohga yetkazmaydilar. Behbudiy
sotsialdemokratik va eserlar partiyalarining dasturlari va faoliyatini ham salbiy
baholaydi. Biz musulmonlar uchun, deydi Behbudiy, bu partiyalarga ko‘shilish
zararlidir. Ularning mulkchilik haqidagi talablari xato va shariatga mutloq ziddir.
Shaxs erkinligi, oila haqidagi fikrlari xam biz uchun mutloq to‘g‘ri kelmaydi.
Siyosiy partiyalar ichida biz uchun to‘g‘ri keladigan kadetlar partiyasidir, chunki
bu partiya podshohning xalq bilan muloqotda bo‘lishiga imkoniyat yaratuvchi
davlat dumasi tarafdoridir.
Behbudiy 1905-yilda tashkil
topgan
musulmonlar partiyasiga
xayrixohligini alohida ta’kidlaydi. Bu partiya, deydi Behbudiy, o‘zining umumiy
siyosiy talablari va e’tiqodi bilan kadetlar partiyasiga yaqin bo‘lsada, u
musulmonlarni manfaatlarini himoya qilish uchun tashkil qilingan. Shuning
uchun, biz Turkiston musulmonlari, siyosatda kadetlarni qo‘llasakda,
musulmonlar partiyasiga qo‘shilishimiz darkor. Bu partiyaga xizmat qilish, uni
tarafdori bo‘lish, dinimiz, vatanimiz va millatimizga xizmat qilish demakdir.
Musulmonlar partiyasi 1905-yil Nijniy Novgorod shahrida tashkil qilindi. Uning
siyosiy talablaridan asosiysi musulmonlarning dinlariga hukumat ma’muriyatini
aralashmasligini ta’minlash va mahalliy o‘zini-o‘zi idora qilish tizimini
o‘rnatishdan iborat edi. Buni faqat davlat dumasi orqali amalga oshirish
mumkindir, deb bildilar. Behbudiy Turkistonda musulmonlarnmng diniy va
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
145
fuqarolik ishlari bilan shug‘ullanadigan mahalliy boshqarma tuzish zarurligini
ta’kidlaydi. Turkiston mahalliy boshqarmasi qozilar sudi, vaqf mulkini
taqsimlash, maktab va madrasa masalalari va boshqa diniy va milliy
muammolarni o‘z qaramog‘iga olishi kerak. Biz Turkiston musulmonlari uchun,
deydi Behbudiy
1
, diniy fuqarolik boshqarmasi suv va non kabi zarurdir, chunki
busiz biz imonimizni yo‘qotamiz va falokatga giriftor bo‘lamiz. Behbudiy
maqolalari va isloh loyihalarida bayon qilingan g‘oyalar jadidlar harakatining
asosiy dastur hujjatlari, harakat qo‘llanmasi sifatida xizmat qildi. 1917-yil fevral
burjua demokratik inqilobi jadidlar tasavvurida dasturlarni amalga oshirish
uchun imkoniyat paydo bo‘lganligiga ishonch hosil qildi, milliy-ozodlik
tuyg‘ularining kuchayishiga olib keldi. O‘lkadagi tub aholining siyosiy ongida va
kurashida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lib, “Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo”
singari partiyalar tashkil topdi.
“Sho‘royi Islomiya” partiyasining rahbarlari - Munavvarqori, Mustafo
Choqayev, Behbudiy va boshqalar Turkistonda Muxtoriyat ta’sis etilishini,
moliya, adliya, boshqaruv, maorif va boshqa sohalarda mustaqillikni, matbuot
erkinligini talab qildilar. Behbudiy Turkiston muxtoriyati qanday bo‘lishini
shunday tushuntiradi: “Muxtoriyat, biz Turkiston musulmonlari istaymizkim,
Rossiya mamlakatiga yopishib turib, xorijiy va ishlarga aning ila bir bo‘lib turib,
ishlar va tirikchiliklarimizni o‘zimiz idora etsak. Besh viloyatdan iborat
Turkistonning har bir shahar va uezdidan bir necha nafardan kishi saylanib
Toshkentda katta markaz bir majlisimiz bo‘lurki, barcha olur soliq va minbad
joriy bo‘laturgan qonun va nizomnomalarni alar tuzib Turkistonda joriy
qiladilar. Rusiya hukumati ila musulmonlar orasinda shul majlis vosita bulur.
O‘zimizning muhofazatimiz uchun milliy jandarma, askarimmiz bulur.
Mamlakat xazinasidan boshqa milliy va madaniy ishlarimizning masrafi
uchun o‘zimmizning alohida xazinamiz bo‘lur. Maktab va madrasalarimiz , vaqf
va doril kazolarimiz o‘z qaramog‘imizda bulur. Xulosa kalom davlat va siyosat
ishlaridan boshqa barcha ishlarimiz o‘z ixtiyorimizda bulur va buning uchun
zamonaviy va madaniy nizomnoma va qonunnomalarni tahrir etmoq lozimdur.
Turkistonda rus, yahudiy, armani va boshqalar bo‘lib, alar ila muomalamiz
to‘g‘risida yana yangi va zamonaviy qonunlar kerakdur”
2
.1917-yil avgust
oyida “Kengash” gazetasida muxtoriyat loyihasi e’lon qilindi, Bu loyihani
tuzishda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonovlar faol
ishtirok qildilar. 1917-yil sentabrida “Markaziy Sho‘royi-Islomiya” ning
1
Samarqand, “Hurriyat” g., 1918- yil, 26- yanvar
2
“Samarqand” gazetasi 1913- yil 30- iyul
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
146
tashabbusi bilan chiqarilgan, o‘lka musulmonlari s’ezdi bo‘lib o‘tdi. S’ezd qabul
qilgan qarorda yoziladi: “S’ezd hokimiyat ishchi, soldat va krestyanlar
Sovetlariga o‘tishiga qarshi chiqadi. Hokimiyat koalitsion bo‘lishi va
mamlakatning hamma kuchlariga tayanishi kerak, bu degani umumxalq
hokmmiyati bo‘lishi kerak”. Shunga qaramasdan bolsheviklar butun hokimiyat
Sovetlarga berilishini talab qilib chiqishdi. Mana shu vaziyatda Behbudiy,
Munavvar qori, “Sho‘royi Islomiya” bilan “Sho‘roi Ulamo” partiyalarining
birgalikda harakat qilishga da’vat qildilar. Bu da’vat 1917-yil 17-20-sentabr
chaqirilgan umummusulmon s’ezdi qarorlarida o‘z ifodasini topdi. Unda
“Sho‘royi Islomiya”, “Turon”, “Sho‘royi Ulamo” partiyalar birgalashib, yagona
kuch sifatida ish ko‘rish vaqti kelgani alohida ta’kidlandi. S’ezd ishida 500 kishi
ishtirok qildi. Ular orasida Urol va To‘rg‘ay viloyatlarining vakillari ham bor edi.
S’ezd qabul qilgan hujjatlarda Turkistonning kelajak ijtimoiy-smyosiy tuzumi
qonun chiqaruvchi oliy organ parlamentga ega bo‘lgan respublika bo‘lishi
ifodalanadi. Bu parlament «umumiy, to‘g‘ridan to‘gri, teng va yashirin ovoz
berish yo‘li bilan besh yil muddatga Turkistonda yashab turgan barcha
millatlarning teng vakillari asosida saylanmog‘i lozim edi. Turkiston
parlamentining qonun chiqaruvchilik vazifalari Rossiya respublikasining asosiy
qonunlari va shariat talablariga mos bo‘lmog‘i zarur deb topildi. Bunda
Turkiston federatsiyasi o‘z puli, o‘z militsiyasiga ega bo‘lishi, tinch vaqtlarda
chet davlatlar bilan o‘z chegarasini qo‘riqlash uchun saqlash mumkin bo‘lardi.
Musulmonlar qurultoylarida Turkistonga muxtor jumhuriyati maqomi berish
to‘g‘risidagi qabul qilingan qarorlar bolsheviklar tomonidan inkor qilindi.
1917-yil 15-noyabr kuni Toshkentda soldat, ishchi va krestyanlar
deputatlari Sovetining o‘lka s’ezdi hokimiyat shu Sovet qo‘liga o‘tganligini bayon
qildi. O‘lka Soveti tuzgan hukumat tarkibida mahalliy aholi vakilladan bir kishi
ham yo‘q edi. S’ezd qabul qilgan dekloratsiyada bayon etilishicha “Hozirgi
vaqtda musulmonlarni o‘lka inqilobiy hokimiyatining oliy tashkilotiga kiritish
maqsadga muvofiq emas, chunki mahalliy aholining soldat, ishchi va krestyanlar
Sovetlari hokimiyatiga munosabatlari noaniq, shuningdek, mahalliy aholi
orasida proletar sinfiy tashkilotlari bo‘lmagani tufayli ular o‘lkaning oliy
hokimiyatida vakolat tashkil etib, fraksiyaning madadiga tayana olmaydilar”
35
.
1917-yil 12-15-noyabrida “Sho‘rai Ulamo” rahbarlaridan Sherali Lapinning
tashabbusi bilan o‘tgan “Turli musulmon guruhlarining birlashgan majlisi”
“Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida” gi masalani muhokama qildi
va Sovetlar hokimiyatiga munosabatini bayon qildi. Qabul qilingan qarorda
“Hokimiyatning mahalliy aholi manfaati uchun deyarli zid bo‘lgan begona va
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
147
o‘tkinchi, tasodifiy kishilar guruhi harbiylar, ishchilar va krestyanlar
tashkilotlari ko‘lida bo‘lishi demokratik qoidalar talabiga javob bermaydi va
mahalliy aholiga xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash asosida to‘g‘ri hayot
ko‘rishga kafolat bermaydi, Turkiston milliy madaniy muxtoriyat huquqiga
ziddir”
36
, deb topildi. 1917-yil, 27-noyabr IV o‘lka musulmonlari favqulodda
s’ezdi o‘tkazildi. S’ezd O‘zbekistonning yangi tarixi I, II, III kitoblar. - T.: Sharq,
2000 O‘zbekistonning yangi tarixi I, II, III kitoblar. - T.: Sharq, 2000 “Qo‘qon
muxtoriyati” ni e’lon qildi. Bu Turkiston mustaqilligini tiklashga qaratilgan
kurashning dastlabki ifodasi edi.
Xulosa qilib, jadidlar Turkistonda milliy-ozodlik harakatining kuchayishiga
va uning mafkurasinni yaratish ishiga o‘zlarinnng munosib hissasini qo‘shdilar.
Jadidlar harakati milliy o‘zligimizning his qilish jarayonini o‘sishga ko‘maklashdi,
milliy zulmdan qutilish muammolariga jamoatchilik diqqatini jalb qildi.