Авторы

  • Ziyoda Donaboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.134812

Ключевые слова:

innovatsiya taʼlim tizimiga innovatsiya innovatsion jarayonlar bilim ta’lim metodlari innovatsion metodlar innavatsion yondashuv metod aktiv metod passiv metod interaktiv metod pedagogik yangilik pedagogik faoliyat.

Аннотация

Maqolada innovatsiya va ta’limda innovatsiya, ularga berilgan xorijlik va O‘zbekistonlik olimlar tomonidan berilgan ta’riflar keltirilgan. Shuningdek, тa’lim berishda turli xil usullar ya’ni, metodlar mavjudligi, innavatsion yondashuv, dars mashg‘ulotlarida ta’lim metodlari va innovatsion metodlardan foydalash, innovatsion taraqqiyot yo‘lida kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligining har tomonlama qo‘llab - quvvatlash, xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takaomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bayon etilgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

169

SIFATLI TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUV

Donaboyeva Ziyoda Muxiddin qizi

ziyodadonaboyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16910630

Annotatsiya:

Maqolada innovatsiya va ta’limda innovatsiya, ularga berilgan

xorijlik va O‘zbekistonlik olimlar tomonidan berilgan ta’riflar keltirilgan.
Shuningdek, тa’lim berishda turli xil usullar ya’ni, metodlar mavjudligi,
innavatsion yondashuv, dars mashg‘ulotlarida ta’lim metodlari va innovatsion
metodlardan foydalash, innovatsion taraqqiyot yo‘lida kelajagimiz davomchilari
bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligining har tomonlama qo‘llab -
quvvatlash, xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash
tizimini takaomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

innovatsiya, taʼlim tizimiga innovatsiya, innovatsion

jarayonlar, bilim, ta’lim metodlari, innovatsion metodlar, innavatsion
yondashuv, metod, aktiv metod passiv metod, interaktiv metod, pedagogik
yangilik, pedagogik faoliyat.

Аннотация:

в статье представлены определения инновации и

инновации в образовании, данные им зарубежными и узбекскими
учеными. Также изложены мнения по вопросам совершенствования
системы оценки, основанной на зарубежном опыте, международных
критериях и требованиях, о наличии различных методов в обучении,
инновационных подходах, использовании образовательных методов и
инновационных методов на занятиях, всесторонней поддержке
творческих идей и творчества молодежи, являющихся преемниками
нашего будущего на пути инновационного развития.

Ключевые слова:

инновация, инновация в системе образования,

инновационные процессы, знания, методы обучения, инновационные
методы, инновационный подход, метод, активный метод пассивный метод,
интерактивный метод, педагогическая инновация, педагогическая
деятельность.

Abstract:

the article presents the definitions of innovation and innovation

in education given by foreign and Uzbek scientists. As well as the presence of
different methods in education, the presence of methodology, an innovative
approach, the use of pedagogical methods and innovative methods in the
classroom, creative ideas and creativity of young people who are the successors
of our future on the path of innovative development feedback on improving the
assessment system based on bilateral support, foreign experience, international
criteria and requirements.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

170

Key words:

innovation, innovation to the educational system, innovative

processes, knowledge, educational methods, innovative methods, innovative
approach, method, active method, passive method, interactive method,
pedagogical innovation, pedagogical activity.

Har bir davlatning ertangi kuni va kelajagi fuqarolarining intellektual

salohiyatiga, madaniyati, bunyodkorligiga va ta’limga boʻlgan e’tiboriga
tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib boʻlmagani kabi
mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita
bogʻliq hisoblanadi.

Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “

Bugun biz davlat va jamiyat

hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion
rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat
bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga,
innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.

Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni

bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion
yondashuv asosida boshlashimiz kerak.”

1

Shundan kelib chiqib aytish joizki, yangicha fikrlaydigan, zamonaviy

bilimlarni egalagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega boʻlish uchun
ta’lim-tarbiya tizimni tubdan oʻzgartirish, hozirgi davr talablari darajasida
rivojlantirish muhim ekanligini hayot taqozo etmoqda. Pedagog innovatsion
faoliyatining eng muhum va markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali va
sifatli tashkil etishdan iborat. Ta’limda innovatsiyani, shu jumladan, o‘qitishning
zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etilishi bugungi kunda
juda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili
ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga va bugungi kun
talablariga mos keladigan kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratib
kelmoqda. Olib borilayotgan amaliy harakatlar talabalarni yutuqlarga
erishishiga hamda olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga
keltirishi hamda ularning kasbiy qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga
e’tibor qaratilmoqda.

Pedagogik nuqtai nazardan esa, zamonaviy ta’lim tizimida amalga

oshirilayotgan innovatsion jarayonlar, avvalo, inson faoliyatining barcha
sohalarida raqamli texnologiyalaridan faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi
navbatda ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Shu
munosabat bilan talabalarning kasbiy innovatsion faoliyati tubdan boshqacha
ma’no kasb etadi. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni shundan
iboratki, talabalar uchun ta’lim sohasidagi har qanday yangilik o‘qituvchi


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

171

tomonidan amalga oshirilgandagini yuzaga chiqadi. Ya’ni, ta’lim jarayonida
talabalarni ob’ektdan sub’ektga aylantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining
kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir.

Ta’lim berishda turli xil usullar ya’ni, metodlar mavjud. O‘qituvchi qay

uslubda dars bermasin maqsadiga yetish imkonini izlaydi, bu borada, ta’lim
metodlari va innovatsion metodlardan foydalanadi. Ta’lim metodlari shu vaqtga
qadar o‘zining samarasini ko‘rsatib kelmoqda va dars mashg‘ulotlar yangicha
uslublarda olib borilishi yanada yaxshi natijalarga erishish uchun izlanishlar,
yangilanishlar davom etmoqda. Ma’lumki innovatsion faoliyatda pedagogik
yangiliklar: o‘qitishning yangi usul va metodlarining yaratilishi, qo‘llanishi
o‘quv jarayonining samarali va sifatli tashkil etilishini yaratib beradi. Pedagogik
yangilik- pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan
o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini
boyitish va uni rivojlantiruvchi omilidir. Shuningdek, zamonaviy pedagogik
texnologiyalar ta’lim jarayonining samarasini oshiradi, pedagoglarning erkin
fikrlash jarayonini shakllantiradi, ularda bilim olishga ishtiyoqi va zavqini
oshiradi, bilimlarini mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda mustaqil
foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Ma’lumki, hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʼnalish - innovatsion

faoliyatni maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos
boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida Gʼarbiy yevropa va AQShda paydo
boʼlgan. Dastlabki tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor
pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan bo‘lsa
keyinchalik innovatsion taraqqiyotlarni boshqarish, taʼlimdagi oʼzgarishlarni
tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart-
sharoitlar masalalari tahlil qilingan.

“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion

kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi
o‘zgarishlar

natijasida

XX-asrning

boshida

Avstriyalik

iqtisodchi

Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda
ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan hisoblanadi.
Innovatsiya – tadbirkorlik ruhi bilan motivatsiyalangan ishlab chiqarish
omillarining o‘zgarishi (yangi kombinatsiyalar). Maqsad – yangi tovar turlari,
yangi ishlab chiqarish usullari, yangi xomashyo manbalari joriy qilish va
foydalanish, yangi bozorlar va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi
shakllarini o‘zlashtirish (monopolizatsiya maqsadida qayta tashkil qilish). U


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

172

o‘zining “ijodiy halokat” nazariyasi asosida innovatsion jarayonlarni o‘rganib
chiqdi va tadbirkorlarning faoliyatini yangi mahsulot va xizmatlarni yaratishda
mavjud narsalardan foydalanishni boshqa zamonaviy usullar sifatida ko‘rib
chiqishni taklif qildi.

2

Umuman innovatsiya tushunchasiga olimlar turlicha fikr bildirganligi

uning keng tushuncha ekanligini ko‘rsatadi. Jumladan, “Innovatsiya – bu aniq
vaziyatda mutlaqo yangi narsa, biz buni anglaganimizda foydalanishimiz
mumkin”

3

, “Innovatsiya – bu innovatsion, ishlab chiqarish, institutsional

moliyaviy, ilmiy- texnik va boshqa sohalardagi yangilikdir”

4

, “Innovatsiya-

kapitalni yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil qilish,
mehnat, xizmat ko‘rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan,
yangicha nazorat va hisob shakllari, rejalashtirish va tahlil usullariga
kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir”

5

, “Innovatsiya – g‘oyalar va

ixtirolardan amaliy foydalanish orqali o‘z xislatlari bo‘yicha eng yaxshi bo‘lgan
mahsulot va texnologiyalar yaratishga olib keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon;
innovatsiya iqtisodiy foydaga yo‘altirilgan holda uning bozorda paydo bo‘lishi
qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin.”

6

deb ta’riflar berilganligi buning

dalilidir. Bu fikrlardan anglash mumkinki bugungi kunda ta’lim tizimida
innovatsiya kiritib borish zaruriyati mavjud.

N.Kuzmina, E Rodjers va D.Forilar o‘z asarlarida innavatsiya va ta’limga

innavatsion yondashuvga nisbatan o‘z fikir mulohazalarini keng doirada
mulohaza qilib o‘tganlar. Inavatsion talimdan foydalangan holda o‘qituvchilar
va o‘quvchilar jamoalarini qulay ta’lim berish va qabul qilish muhitini yarata
olishga alohida urg‘u berib o‘tishgan.

N.V.Kuzminaning fikricha “O‘qituvchi o‘quvchilarga innavatsion usullardan

foydalanib.

Talabalarning shaxsiy rivojlanishi uchun metod va vositalardan

faodalanishda o‘quvchilar bilan hamkorlikni o‘rnatsa va o‘rnata olsa har ikki
tomonda ham o‘zaro yordam, tushunish, o‘zaro hurmat va o‘zaro qo‘llab
quvvatlash muhiti yuzaga keladi.”

7

Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovatik olimlardan

biri E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni
qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka boʼlgan munosabatini,
uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.

-talaba shaxsiga qaratilgan yondoshuv.
Talabalarning shaxsiy rivojlanishga qaratilgan yondashuv.
-Bilimlarni egallashda talabalar faoliyatini tashkil eta olish yondashuv.

8

Innovatsion imkoniyatlar - bu muntazam ravishda kombinatsiyalashgan


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

173

bilimlarni kashf qilish, ulardan foydalanish demakdir. Bunda

kombinatsiyalashgan jarayonlarda asosiy e’tibor beriladigan jihat – bu
bilimdir.”

9

Inovatsiya va innovatsion metodlar to‘g‘risida o‘zbek olimlari ham ilmiy

izlanishlar olib borib o‘z fikr mulohazalarnini bildirib o‘tishgan. Jumladan,
S.Turg‘unov “Innovatsiya - maqsadga, yo‘naltirilgan o‘zgartirishlar bo‘lib,
ma’lum bir ijtimoiy birlikka - muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi,
nisbatan barqaror bo‘lgan elementlarni, umumiy holda xalqning ma’naviy-
madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan
uzviy bog‘lik bo‘lgan yangiliklarni kiritishdir”

10

deb ta’kidlagan bo‘lsa,

N.Mamadov o‘zining

«Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish» deb nomlangan

tadqiqotida innovatsiya - bu boshqaruv ob’ektini o‘zgartirish hamda yuqori
darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralarni qo‘lga kiritish
maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi
ekanligini qayd etib o‘tadi.

11

M.Jumaniyozovaning fikricha “Innovatsiya -

rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti ko‘rinishida
namoyon bo‘ladigan ijodiy mehnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning
muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy- madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga
yo‘naltirilgan ijtimoiy sub’ektlarning xarakat tizimi, ayni vaqtda u
boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar mexanizmi bo‘lib
xisoblanadi.”

12

Natijalar.

Yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib,

taʼlim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga eʼtibor yanada
kuchaydi. Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda boshqa sohalarga qaraganda
birinchilardan boʼlib taʼlim tizimiga innovatsiya kirib keldi va uni taʼlim
jarayonida qanday oʼz aksini topganligini quyidagilarda kuzatishimiz mumkin.
Ta’lim tizimida innovatsiyaning kirib kelishini pedagogika fanlari misolida ham
ko‘rish mumkin. Ular: a) gendr pedagogikasi; b) evristik pedagogika; v)
majburiy pedagogika; g) androgogik pedagogika kabi fanlarning kirib kelishi
bilan belgilandi. Oʼqitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini oʼqitish
metodlarida, dars shakli, oʼqitish turlari, oʼqitish vositalarida aks etsa, taʼlim
mazmuniga esa innovatsiya anʼanaviy, noanʼanaviy va masofaviy oʼqitish
turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi.

Oʼqitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining

mavjud bo‘lib, Aktiv metodni qoʼllash talabalarni dars jarayonidagi faolligini


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

174

oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha
berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi
(oʼqituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi. Dars shakliga
innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari
misolida koʼrishimiz mumkin.

Muhokama.

1. Aktiv metod. Bu metod ni dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir

holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-muloxaza yuritishga undaydi. 2. Passiv
metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda oʼrganilayotgan mavzu boʼyicha
bir tomonlama tushuncha hosil boʼlishiga olib keladi. 3. Interaktiv metod. Bu
metodni maqsadi dars jarayonida oʼqituvchi va talabalarni birgalikdagi faol
xatti-harakatlariga asoslanadi. Dars shaklidagi innovatsiyani quyidagi shaklda
koʼrishimiz mumkin. A) standart dars – dars ichidagi struktura oʼzgarmaydi.
B) nostandart dars – dars ichidagi struktura oʼzgaradi. V) vertual dars – yani
masofadan oʼqitish. Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy
oʼrin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subʼektiv
yangilikka qiziqish uygʼotadi. Xususiy yangilik zamonaviylashtirishda muayyan
tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni koʼzda tutadi. Murakkab va
progressiv yangilanishga olib keluvchi maʼlum unsurlarning yigʼindisi shartli
yangilik hisoblanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika,
texnologiya va boshqalar. V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga taʼrif berib,
pedagogikadagi yangi bu faqatgina gʼoya emas, balki hali foydalanilmagan
yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning
unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari boʼlib, oʼzgarib turuvchi
sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning
ilgʼor boshlanmalarini oʼzida aks ettiradi.

R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka oʼqitish va tarbiya berishda avval

maʼlum boʼlmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi
nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning oʼzgarib turishi mumkin
boʼlgan mazmuni sifatida qaraydi.

Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan

tizimdan iborat boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari,
rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari,
boshqa¬rish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish oliy oʼquv yurti
oʼquv oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari
yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

175

borayotgan bir davirda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy
g‘oyalari va ijodkorligining har tomonlama qo‘llab -quvvatlash, ularning bilim,
ko‘nikma va malakalarining shakillantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar,
xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takaomillashtirish, ilmiy
tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish hozirgi kunda muhum
ahamiyat kasb etadigan jarayondir.

XULOSA.

Zamonaviy ta’limning dolzarb muammosi “ijtimoiy raqobatbardoshlik”dir.

Bu tushuncha o‘zida kasbiy etuklikni, malaka oshirish imkoniyatiga egalikni,
shaxsning ta’lim olganlik darajasi, innovatsiyalarni qabul qila olish qobiliyati,
kasbiy faoliyat sharoitini qiyinchiliklarsiz o‘zgartira olish va mehnatning yanada
foydaliroq turiga o‘ta olish qobiliyatini, ijtimoiy mavqeyini va bilim darajasi
bilan belgilanuvchi ijtimoiy mobilligini o‘zida mujassamlashtiradi. Ya’ni,
zamonaviy sharoitlarda raqobatbardosh mutuxassisni shakllanishi faqatgina
ta’lim jarayoniga muammoli va metodikyo‘naltirilgan, umumiy innovatsion
jarayonlarning talablariga javob beradigan, dastur va konsepsiyalar bilan
asoslangan innovatsiyalarni jalb etish orqaligina amalga oshiriladi.

ta’limda dars

jarayonida pedagog inavatsiyon metodikalardan foydalanish o‘quvchilarda
hamkorlik qilish kompetensiyasini ham shakillantiradi. O‘quvchilarda nazariy
ma’lumotlarni yetarlicha o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarda odiy dars shakli va
tushuntirishdan ko‘ra o‘quvchi tassavurida nazariy ma’lumotlar ossonlik bilan
qabul qilinadi. Dars jarayonida inavatsiyon metodikalar orqali mavzuni
mustaxkamlashda bazan bir necha xattokiy butun auditoriyani ma’lumatlarni
qabul qilish va mustaxkamlash jarayoniga qiziqarli tarzda jalb qila olish
xususyati bilan hozirgi kunda o‘z axamiyatliligi va ko‘lamini tezlik bilan
kengaytirmoqda. Shu bilan birgalikda dars jarayonida innovatsion
metodikalardan samarali foydalanish o‘qituvchining dars jarayonini
o‘quvchilarga yetkazib berish jarayonini samarasini oshirish bilan birgalikda
o‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyatini rang baran qilishda, balki o‘quvjarayonini
jaddalashtirish, bilim olish amaliyotini faollashtirish, o‘quvchilar ishtiyoqini
kuchaytirish va jaddalshtirishtirishga samarali xizmat qiladi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Prezident Shavkat

Mirziyoevning

Oliy Majlisga murojaatnomasi.

https://www.xabar.uz/siyosat/prezident-shavkat-mirziyoyevning-oliy-
majlisga- murojaatnomasi
2.

Балабанов И. Инновационный менежмент. Санкт-Петербург, 2001.

3.

Жуманиёзова М. Инновацион фаолият - таъли м сифатининг

кафолатидир. // j.Uzluksiz ta’lim. - Т., 2004 - № 6 – Б.89


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

176

4.

Инновации: теория, механизм, государственное регулирование:

Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковца. – М.: РАГС, 2000.
5.

Инновации: теория, механизм, государственное регулирование:

Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковца. – М.: РАГС, 2000.
6.

Кулагин А. Оценка и самооценка научной организации.

Инновационная экономика. 2011 г. Ст. 54-55
7.

Мамадов Н.С. Умумий таъ лим мактаблаини инновацион бошкариш.

Педагогика фанлари номзоди дисс. - Т ., 2009. - Б.17.
8.

Санто Б. Инновация и глобальный интеллектуализм // Инновации.

2006.— № 9; 5.
9.

Хамрокулова, Ш. Э. (2021). Экологик тарбия механизмларини

такомиллаштиришда инновацион технологияларнинг аҳамияти. Academic
research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 286-289.
10.

Шумпетер Й. Теория экономического развития. М., Директ-Медиа,

2007. 4
11.

Karl Rojers Shaxs bo’yicha muofiqlashtirilgan tadqiqotlar. 1949 y.

12.

Kuzmina. N.T Ilg’or pedagogic texnalogiyalar. T. 1999 y.

13.

Turg'unov S.T. Ta’Iim muassasalarini boshqarishda innovatsion faoliyat. //

j.Uzluksiz ta’lim. - Т., 2006. - № 4. - Б.4.

Библиографические ссылки

Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. https://www.xabar.uz/siyosat/prezident-shavkat-mirziyoyevning-oliy-majlisga- murojaatnomasi

Балабанов И. Инновационный менежмент. Санкт-Петербург, 2001.

Жуманиёзова М. Инновацион фаолият - таъли м сифатининг кафолатидир. // j.Uzluksiz ta’lim. - Т., 2004 - № 6 – Б.89

Инновации: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковца. – М.: РАГС, 2000.

Инновации: теория, механизм, государственное регулирование: Учебн. пособие /Под ред. Ю.В. Яковца. – М.: РАГС, 2000.

Кулагин А. Оценка и самооценка научной организации. Инновационная экономика. 2011 г. Ст. 54-55

Мамадов Н.С. Умумий таъ лим мактаблаини инновацион бошкариш. Педагогика фанлари номзоди дисс. - Т ., 2009. - Б.17.

Санто Б. Инновация и глобальный интеллектуализм // Инновации. 2006.— № 9; 5.

Хамрокулова, Ш. Э. (2021). Экологик тарбия механизмларини такомиллаштиришда инновацион технологияларнинг аҳамияти. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 286-289.

Шумпетер Й. Теория экономического развития. М., Директ-Медиа, 2007. 4

Karl Rojers Shaxs bo’yicha muofiqlashtirilgan tadqiqotlar. 1949 y.

Kuzmina. N.T Ilg’or pedagogic texnalogiyalar. T. 1999 y.

Turg'unov S.T. Ta’Iim muassasalarini boshqarishda innovatsion faoliyat. // j.Uzluksiz ta’lim. - Т., 2006. - № 4. - Б.4.