CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
42
O‘ZBEK TILIDA “NON/BREAD” KONSEPTI
VERBALIZATORLARINING STRUKTUR- SEMANTIK HAMDA
FUNKSIONAL JIHATLARI
Buzurkhanova Kamola Sanjarovna
Andijan State Institute of Foreign Languages
Independent Researcher
e-mail: kamolabu@gmail.com
tel:+998914958312
https://doi.org/10.5281/zenodo.16950129
Annotation
The “Non/Bread” concept in Uzbek is studied through lexical and
phraseological units. Concept verbalizers encompass semantic, structural, and
functional aspects. The non lexeme is polysemous, representing food, livelihood,
and wealth. Based on the non component, derived and compound words such as
novvoy, nonpaz, nonxo‘r, and nonko‘r are formed. Non-related phraseologisms
reflect Uzbek cultural and social life. The study illustrates combinatory
possibilities and phraseological patterns in speech. The non concept is
significant for both communicative and cognitive analysis.
Keywords:
Non, concept, lexical, phraseological, semantic, functional
Аннотация
В узбекском языке концепт «Хлеб/Non» исследуется через
лексические и фразеологические единицы. Вербализаторы концепта
включают семантические, структурные и функциональные аспекты.
Лексема «non» многозначна и включает семы еды, существования и
богатства. На основе компонента «non» образуются производные и
сложные слова: novvoy, nonpaz, nonxo‘r, nonko‘r. Фразеологизмы с «non»
отражают культурную и социальную жизнь узбекского народа.
Исследование демонстрирует синтаксические и фразеологические
возможности слова в речи. Концепт «non» важен с коммуникативной и
когнитивной точек зрения.
Ключевые слова:
Non, концепт, лексика, фразеология, семантика,
функциональность
Annotatsiya
O‘zbek tilida “Non/Bread” konsepti leksik va frazeologik birliklar orqali
o‘rganiladi. Konsept verbalizatorlari semantik, strukturaviy va funksional
jihatlarni o‘z ichiga oladi. Non leksemasi ko‘p ma’noli bo‘lib, taom, tirikchilik va
boylik kabi semalarga ega. Non komponenti asosida yasama va qo‘shma so‘zlar:
novvoy, nonpaz, nonxo‘r, nonko‘r kabi shakllar hosil bo‘ladi. Non
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
43
frazeologizmlari o‘zbek xalqining madaniy va ijtimoiy hayotini aks ettiradi.
Ushbu tadqiqot nutqdagi kombinatsion imkoniyatlar va frazeologik birikmalarni
ko‘rsatadi. Non konsepti kommunikativ va lingvokognitiv jihatdan muhim
hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
Non, konsept, leksik, frazeologiya, semantik, funksional
Konseptlarni o‘rganishning lingvokognitiv hamda modellashtirish
metodikasi konseptni obyektivlashtiruvchi lisoniy vositalar tahlilini talab etadi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, konsept mohiyatini ochib berish uni nomlovchi
lisoniy vositalarining semantik - struktur jihatlarini o‘rganish va olingan
natijalarni interpretatsiyalashdan boshlanadi.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida (O‘TIL) da non leksemasining etimologiyasi
forscha
نان
(non, oziq - ovqat) leksemasi bilan bog‘liqligi va uning ikki ma’nosi
qayd etilgan. 1. Hamirdan tayyorlanib, tandir, o‘choq, tova va sh.k.da.
pishiriladigan yegulik. Bug‘doy non, zog‘ora non. Shirmon non, bo‘lka non.
(Kampir) non yasab bo‘lguncha, tandir qizidi. Keyin bir chekkadan yopdim. 2.
Umuman, yegulik - ichgulik, yashash, tiriklik uchun zarur narsa. – Matqovul aka,
men non toparmikanman, deb qorin g‘amida maktab ochganim yo‘q, - dedi u
bosig‘lik bilan.
So‘ng tarkibida non leksemasi bo‘lgan oltita frazeologizmlar va ularning
ma’nolari taqdim etilgan: non gadoyi, nonga zor, kambag‘al - qashshoq, non
yemoq. Biror narsadan foydalanib tirikchilik o‘tkazmoq, kun kechirmoq; non
sindirish (yoki ushatish) etn. Nikoh to‘yi marosimlarining bir qismi: qiz tomon,
ya’ni uning ota -onalari sovchi yuborgan tomonga o‘z roziligini bergach sovchilar
keltirgan dasturxon ochilib, shu rozichilik belgisi sifatida non sindirilishi va to‘y
bilan bog‘liq masalalarning belgilanishi, hal qilinishi, noni butun tirikchilik,
yashash uchun zarur narsalari but, muhayyo, hech narsadan kamchiligi yo‘q,
bekamu- ko‘st, to‘kis; noni yarimga biror sherik yoki raqobatchi tufayli topish -
tutishi kamaygan, yetishmay qolgan, nonni tuya qilmoq, birovga tegishli haqning
ma’lum qismini olmoq, o‘zlashtirmoq.
Mazkur lug‘atning 58-59-sahifalarda
non
komponenti yasama, qo‘shma so‘z
va birikma shaklidagi birliklar va ularning semantikasi misollar bilan berilgan:
Nonvoy ayn. novvoy nondon (
هبعج
نان
– non saqlagich, nontovoq) non turadigan
saqlanadigan quti, quti idish; Nonjiyda jiydaning yirik, sershira, go‘shtdor mevali
turi; nonko‘r (
ناننیب
yaxshilikni bilmaydigan, non ko‘r qiladigan).
Nonko‘rlik nonko‘r kishilarga xos hatti - harakat, ish; ko‘rnamaylik,
nontepkilik; non - namak (
نان
و
کمن
– non tuz; mehmondo‘stlik) 1. Rizq - ro‘z,
nasiba, ulush, hissa. 2. Yeyishlik- ichishlik narsa, ovqat; non - namak bo‘lmoq
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
44
suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga
bo‘lmoq; Non - nasiba ayn. Non - namak; Nonpaz (
یاونان
- non pishiruvchi)
novvoy; Nontepki ayn. Nonko‘r; nontepkilik ayn. Nonko‘rlik; nontopar non
topadigan, daromad keltiradigan; nonushta ertalabki non-choy; nonushta
qilmoq, ertalabki xo‘rakni yemoq- nonxo‘r (
روخنان
–
non yeyuvchi, boqimanda) 1.
Nonni yaxshi ko‘radigan, ko‘p non yeydigan. 2. Biror oila boshlig‘ining
ta’minotida, qaramog‘ida bo‘lgan kishi; xo‘randa, jon. 3. Ko‘chma nafr.
Tekintomoq, tekinxo‘r; Nonxo‘rak (
نانروخ
– non yeyish vaqti) tar eski usuldagi
maktabda tanaffus vaqti va shu vaqtdagi ovqatlanish; non - qatiq: non qatiq
bo‘lmoq ayn. Osh - qatiq bo‘lmoq. Non semantik maydoni arxisemasi
maqomidagi ushbu ma’no atrofida uning quyidagi semalari mavjud 2) tirikchilik
uchun zarur narsa (yoki, hunar, kasb): - Matqobul aka, men non toparmikanman,
deb qorin g‘amida ochganim yo‘q - dedi u Do‘ppido‘zlik mening nonim; 3) taom,
oziq – ovqat, yegulik (rizq): Men non bermasam, ular nima qilar edi?
1
Rizq , rizq-
nasiba, rizq – ro‘z: Yigit kishining noni ko‘chada; 4). To‘qchilik, farovonlik:
Nonim bor nima g‘amim bor, 5) pul: Duradgorlik orqasidan non topyapman; 6)
boylik: Shu uyni sotsak nonli bo‘lamiz, sotmasak tayyor nondan mahrum
bo‘lamiz, aka; 7) insonni yomon va zararli narsalardan saqlovchi (himoyalovchi)
narsa: Qo‘yningda non bo‘lsa, jin ham urmaydi; 8) aziz, qadrli ne’mat : Non yerda
yotadigan narsa emas; Nonni oyoq osti qilish gunoh, bolam.
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida zikr etilgan semalarning dastlabki
uchtasidan tashqari
non
leksemasiga tegishli bo‘lgan semalar mavjud lug‘atlarda
o‘z aksini topmagan.
Mazkur ot leksemaning ma’nodoshi (sinonimi) yoki ma’nodoshlari
aniqlanmadi. Uning
nanna
varianti asosan bolalar nutqiga xos bo‘lib, u non va
ovqat ma’nolariga ega.
Non
polisemant leksemasining antonim va omonimlari
aniqlanmagani uning mazmun va ifoda plani simmetrik xususiyatga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Non
tub ot leksemasining tayanch modeli
N
dir.
Tahlillar non leksemasi uslubiy jihatdan betaraf (neytral) ekanligini ko‘rsatdi.
Boshqa so‘zlar bilan aytganda , u nutqning barcha funksional uslublariga xos
faolikka egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Endi non leksemasi asosida yuzaga kelgan yasama va qo‘shma so‘z
shaklidagi leksemalarning semik, struktur va boshqa xususiyatlari tahliliga
to‘xtalamiz:
Fors tilidan o‘zlashgan novvoy ot leksemasi non pishiruvchi, non sotuvchi
ma’nosini anglatadi. Novvoy o‘zbek tilidagi leksikografik ta’rifi “non yopish,
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
45
pishirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs”dir. U non ot leksemasi va boy
sifat leksemasi qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, u noni ko‘p, nonga boy
ma’nosini anglatadi. Novvoy
nonvoy
so‘zining so‘zlashuv uslubiga xos dialektal
varianti. Ushbu monosemant qo‘shma so‘zning tayanch modeli N + Adj=Ndir.
Nonvoyning ma’nodoshi
nonpaz
bo‘lib, u
non
va
paz
(fors tilida pishiruvchi)
o‘zak so‘zlar qo‘shiluvidan yasalgan. Ushbu qo‘shma ot so‘zning ikkinchi
komponenti “pishirmoq”, “pishmoq”, “kuydirmoq”, fe’llarining hozirgi zamon
shaklidan yasalgan. Asosan, taom nomlariga qo‘shilib, uni tayyorlash bilan
shug‘ullanuvchi kasb egasini bildiradi: mantipaz, oshpaz, xolvapaz, va boshqalar.
Ushbu qo‘shma so‘zning modeli: N+N=N: Yapasqi novvoy har kuni peshin
vaqtida ikkita shirmoy nonni boyga tashlab ketar edi.
2
Non yopish faoliyati bilan shug‘ullanish faoliyati yoki kasbi novvoylik deb
ataladi. Mazkur leksemaning ikkinchi ma’nosi non yopib sotiladigan joy,
maskanni anglatadi: Qalay, novvoylikdan bir nima ortadimi?
3
Ro‘molchani yelkaga solib, novvoylikka qarab yugurdim, - dedi Shum bola.
4
Novvoylik uya o‘zak so‘z (nov + voy va – lik suffiksi asosida yuzaga kelgan:
N+Adj+Suf=N.
Novvoylik o‘zining ikkinchi, non yopiladigan, pishiriladigan va sotiladigan
ma’nosiga ko‘ra novvoyxona, non markazi leksemalari bilan ma’nodosh
hisoblanadi. Novvoyxona va non markazi novvoylikga nisbatan qo‘llanish
chastotasi va uslubiy ko‘lami sezilarli darajada yuqori. Novvoylik tarixiy so‘z
shakli sifatida deyarli iste’moldan chiqib ulgurgan arxaik istorizmdir.
Novvoyxona va non markazi N+N+CN modeli asosida yuzaga kelgan: Qiyoslang:
U novvoyxonada ishlaydi/= U non marakazida ishlaydi. O‘zbek tilidagi
nondon,
nonjiyda, nonko‘r, non-namak, non-tuz, non- nasiba, nontepki, nonxo‘r, non xo‘rak,
non-qatiq
qo‘shma ot leksemalari ham asosan konkret va abstrakt otlar
qo‘shiluvidan N+N modeli asosida shakllanganiga guvoh bo‘ldik.
Nondon
fors tilidan o‘zlashgan bo‘lib,
هبعج
نان
so‘zi non saqlagich, nontovoq
ma’nosida qo‘llangan. Nondan non quti, non tovoq, non idish ma’nodoshlariga
ega. Nondonning yaqin ma’nodoshi non idish bo‘lib, ular ma’lum ma’noda
mavhumiy xususiyatiga ega. Non quti, non tovoq leksemalari non saqlanadigan
va turadigan konkret narsani anglatadilar. Shu bois bo‘lsa kerak, nondon va
nonidish leksemalari kommunikatsiya jarayonida non turgun obyekt muloqot
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
46
uchun ahamiyatsiz bo‘lgan hollarda qo‘llanadi: Otam nondonni ochib, bor nonni
xurjuniga solib: Men shaharga ketdim, - degan holda uydan chiqdi.
5
Yana bir leksema
nonjiyda
bo‘lib, u jiydaning yirik, sershira, go‘shtdor,
mevali turini anglatadi. Bizningcha, ushbu leksema jiyda daraxti mevasining
etini yumshoq, qalin, oppoq, va to‘yimli nonga qiyoslash, o‘xshatish asosida
yuzga kelgan: Ona Egashboy ota bilan E’zozaxonni Botirali olib kelgan qora
bulka va yong‘oq, nonjiyda bilan siyladi.
6
Nonko‘rlik
qo‘shma yasama so‘z tarkibli leksema bo‘lib, nonko‘r kishilarga
xos hatti - harakat, ish; ko‘rnamaklik, nontepkilik, yaxshilikka yomonlik qilishlik,
tuzini yeb, tuzlig‘iga tupurish insonga xos salbiy ma’no ottenkalariga ega. Ushbu
ot leksema asosida nonko‘r sifat leksemasi turadi.
Nonko‘r
leksemasining etimologiyasi forscha
ناننیب
so‘ziga borib taqaladi.
Ushbu olinma so‘z
7
salbiy, ya’ni yaxshilikni bilmaydigan, nonko‘r qiladigan
konnotatsiyaga ega. Ot leksema N+Adj=Adj modeli asosida N+Adj+suf=CN
shaklida yuzaga kelgan.
Nonko‘rlik nontepkilik, ko‘rnamaklik kabi ma’nodosh leksemalarga sinonim
bo‘lsa, nonko‘r, nontepki va ko‘rnamak sinonimlariga ega. Nonko‘r va nontepki
salbiy subyektiv bahoga sabab bo‘luvchi hayotiy (ziddiyatli, janjalli) vaziyatlarga
tushgan insonlar so‘zlashuv nutqida va nasriy asarlar uslubida uchraydi. Boy
quturib baqirdi; - San nonko‘rsan, man sani tuqqanim, jigarim, dedim. Ovqat
berdim, kiyim berdim, bu – zulm emish!
8
Non - namak to‘g‘ri ma’noli polisemant leksema bo‘lib, uning ikki ma’nosi
farqlanadi va kelib chiqish asoslariga ko‘ra olinma so‘z hisoblanadi. U fors,
tilidagi
نان
و
کمن
– non tuz ma’nosini anglatadi: 1. Rizq - ro‘zi, nasiba, ulush, hissa;
2. Yeyishlik - ichishlik narsa, ovqat. Bu ma’nolar umumiy taom arxisemasining
nutqiy ko‘rinishlarini ifoda etadilar: U har gal shaharga tushganda, non - namak
olib, o‘sha yerga intilar, La’lining tuzalishidan umidvor bo‘lar....edi.
9
Shuni ta’kidlash lozimki, non - namak bo‘lmoq ko‘makchi fe’li bilan birikib,
turg‘un birikma maqomiga o‘tadi va frazeologik ma’no kasb etadi. Bu ham bo‘lsa,
suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga
bo‘lmoq: Sodiqjon aka bilan biz bir necha bor non - namak bo‘lganmiz; U kishi
davrning guli (Gazetadan). Gap mazmunidan ko‘rinib turibdiki, ushbu
frazemaning asl ma’nosi birgalikda ovqatlanmoqdir. Aynan shu nuqtai nazardan
tuz - namak bo‘lmoq frazemasi non - namak bo‘lmoqning sinonimi deb hisoblash
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
47
mumkin. Qiyoslang: Yo‘lni yashnatayotgan odamlar yonida bo‘lish ishtiyoqi uni
(yarani) cho‘lquvar bilan tuz - namak (yoki non = namak) bo‘lib yashashga
da’vat etdi.
10
Funksional – uslubiy xususiyatlariga ko‘ra hozirda tuz - namak
bo‘lmoq non - namak bo‘lmoqqa nisbatan faoldir.
Non - namak, non - nasiba, osh - non, non - nasiba, tuz - nasib(a), tuz-namak
kabi leksik birliklar bilan sinonimik munosabatiga umumiy ovqat, taom integral
semasi orqali bir qatorga birlashadilar.
Yana bir fors tilidan o‘zlashgan nonxo‘rak (forscha
نانروخ
-non yeyish vaqti)
arxaik so‘z eski usuldagi maktabda tanaffus vaqti va shu vaqtdagi ovqatlanish
ma’nosini anglatadi. Ushbu so‘z forscha non va xo‘rak (ma’nosi ovqat, oziq,
yemish, ishtaxa) ot leksemalarining o‘zaro qovushuvi N+CW modeli asosida
hosil bo‘lgan. Bunday qovushuvi yuqoridagi yangi ma’noni paydo qilgan: Bugun
tushda nonxo‘rakka uyga kelmas ekan.
11
Ko‘rinib turibdiki, nonxo‘rlik so‘zi
badiiy asarlar matnida kam bo‘lsa - da uchrab turadi.
Nonxo‘r polisemant leksemasi etimologik jihatdan forscha
نانروخ
so‘ziga
bevosita aloqador bo‘lib, u non yeyuvchi, boqimanda ma’nosiga ega. Ushbu
qo‘shma so‘z non ot va sifat so‘zlar negizida yuzaga kelgan. 1. Nonni yaxshi
ko‘radigan, ko‘p yeydigan. 2. Biror oila boshlig‘ining ta’minotida, qarmog‘ida
bo‘lgan kishi, xo‘randa, jon, 3. Ko‘chma. nafar tekintomoq, tekinxo‘r. Masalan,
Non xo‘rga non, oshxo‘rga osh (Maqol); Oilam oltita nonxo‘rdan iborat; O‘z uyida
bir nonxo‘r ortishi, mahdumga, albatta yoqmas edi.
12
Misollar tahlili Nonxo‘rning birinchi va ikkinchi ma’nolari ijobiy uchinchi
ma’nosi esa salbiy konnotatsiyaga ega ekanligini ko‘rsatdi. Nonxo‘rning uchinchi
ma’nosi ikkilamchi, bog‘li ma’nodir. Tekintomoq, tekinxo‘r leksemalari aynan
shu sema asosida ma’nodoshdirlar.
Mazkur leksemaning birinchi ma’nosiga ko‘ra hali lug‘atlarda o‘z aksini
topmagan, lekin so‘zlashuv muloqotida uchraydigan nonqopi sifat so‘z
turkumiga mansub leksema bilan ma’nodoshlik munosabatida bo‘ladi.
Nonxo‘rning uchinchi semasiga ko‘ra nonqopi ot leksemasiga sinonim hisoblash
mumkin:. Haligi non -qopi bola qani?; Nonqopilar, tur o‘rningdan, ishla!
Non
konseptining leksik eksplikatorlari o‘zaro sintaktik munosabatiga
kirishadilar. Nutq jarayonida u yoki bu leksik lisoniy birlik tanlovi o‘zbek tilining
bugungi kunda amal qilayotgan ichki tuzilish qonuniyatlariga muvofiq ravishda
amalga oshadi. Bunday so‘zlarning gap va jumlalar voqelashuvi va boshqa so‘z
bilan kombinatsiyaga kirishishi xususyatini sintaktik valentlik deb tushunamiz.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
48
Leksemalar o‘rtasidagi turli sintagmatik munosabatlar chog‘ida semantik
valentlik ham ro‘y beradi. Buni non leksemasining o‘zbek tilidagi kombinatsion
imkoniyatari misolida ko‘ramiz.
Tahlillar non leksemasi til va nutqda quyidagi fe’llar bilan birikishi
mumkinligini ko‘rsatdi: yemoq, chaynamoq, tishlamoq, sindirmoq, ushatmoq,
kesmoq, yutmoq, olmoq, sotmoq, yopmoq, uzmoq, yasamoq, chekichlamoq,
suvlamoq, tarqatmoq, pishirmoq, yog‘lamoq, qovurmoq, to‘g‘ramoq, tanovul
qilmoq, yopishtirmoq, gullamoq, qaramoq, qizarmoq, kuymoq, pishmoq. Non va
fe’llar birikuvchi N+V va N ni +V so‘z birikmasi modellari asosida yuzaga
kelmoqda. Jumla tarkibida subyekt predmet yoki obyekt – predmet
munosabatlarini namoyon etadilar (Modeli S+P va O+P). Ko‘rinib turibdiki,
obyektlik ko‘rsatkichi bo‘lgan
– ni
shakl va ma’no ifodasi uchun obligator emas.
Lekin so‘nggi uchta fe’llar (gullamoq , kuymoq, pishmoq) hech qanday
morfologik ko‘rsatkichlarsiz ega - kesim munosabatlariga kirishadilar. Bunday
hollarda ko‘makchi fe’llar ham qo‘llanishi mumkin (gullab ketmoq kuyib ketmoq,
qizarib ketmoq, pishib qolmoq).
Non leksemasi unga qo‘shni o‘z toifasidagi va boshqa leksemalar bilan
atributiv aniqlovchi aniqlanmish munosabatiga kirishishi mumkin. Bu hol non
mahsulotlari turi (patir non, kulcha non, bulka non lavsh non), ingredimentlari
(qiymali non, do‘lta non, go‘shtli non, piyozli non, qoqili non, gijda non, obi non,
sutli non, yog‘li non, sedanali non, bug‘doy non, arpa non, jo‘xori non, jizzali non,
qiyomli non) shakli (katta, kichik, dumoloq, to‘rtburchak, uzun), sifati (ko‘pigan,
ko‘pimagan, kuygan, pishgan, pishmagan, xomsiq, quritilgan), tami (mazali, totli,
bemaza, sho‘r, tuzsiz, tuzli), rangi (oq non olmoq, qora non olmoq) kabi
leksemalar bilan sintagmatik aloqasida ko‘rinadi. Bundaylar Natr + N, Natr+li+N,
Vp1+gan/magan+ N, Pref+N+N; Natr + suf+N, Atr+N+V kabi modellar asosida
yuzaga keladi.
Non
leksemasi frazeoemalar tarkibida ham kelishi kuzatildi: non(i)ni tuya
qilmoq ( bo‘sh - bayovligidan foydalanib, aldab - suldab xaqini o‘zlashtirmoq),
non yemoq (biror narsadan foydalanib tirikchilik qilmoq, kun kechirmoq), non
sindirish (ushatish) (etn. nigoh to‘yi marosimlaridan bir qismi; sovchilar
keltirgan dasturxon ochilib shu rozilik belgisi sifatida non sindirilishi va to‘y
bilan bog‘liq tadbirlarni belgilanishi, hal qilinishi), noni butun (tirikchilik,
yashash uchun zarur narsalari but; muhayyo, hech narsadan kamchiligi yo‘q,
bekam - ko‘st, to‘kis), noni yarimta (biror sherik yoki raqobatchi tufayli topish -
tutishi kamaygan, yetishmay qolgan), osh - qatiq bo‘lmoq (biror shaxs bilan
bordi keldi qilmoq, yaqin munosabtda bo‘lmoq, non - namak bo‘lmoq (suhbatda
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
49
bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq, biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq) va
boshqalar.
13
Non
komponentli frazeoemalar ham lug‘aviy birlik sanaladi. Frazeoema
tashqi ifoda plani va leksik tarkibiga ko‘ra erkin so‘z birikma yoki gapga teng
bo‘lish mumkin. Patir ushatish (unashish, unashtirish marosimi), hamir (ning)
uchidan patir(katta narsaning, ishning boshla(n) masi, dastlabki kichik bir qismi,
ulushi), nonni nanna demoq (katta bo‘lgani bilan yosh bolalarcha fikrlaydigan),
nonimni tuya qilishdi (gap frazeoema) va boshqalar. Bunday frazeoemalar yaxlit
holda ko‘chma ma’no ifoda etmoqdalar. Bunday o‘zbek xalqi va tiliga xos
birliklarni lakuna frazemalar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday non komponentli frazeologizmlar o‘zbek xalqi umumiy leksik
fondidan qadim qadimlardan zamonlardayoq o‘rin olib ulgurgan va hozirda ham
qo‘llanib kelayotgan birliklardir. Shu bois ularning tarkibidagi leksik birliklarni
va strukturasini o‘zgartirish mumkin emas. Biroq, shuni aytish lozimki, badiiy
asarlar matnida jonli so‘zlashuv nutqida ifodalilikni, obrazlilikni ta’minlash
maqsadida bunday talablardan chetlatish kuzatiladi. Shuni aytish lozimki,
bunday frazemalarning asl mazmuni o‘zgarmaydi. Qiyoslang: Pulni pul chaqiradi
– noni non chaqiradi.
O‘zbek tilidagi non tarkibli FB lar kishilarning moddiy ahvoli, miqdor,
harakat, belgi kabi ma’nolarini farqlaymiz. Masalan, non tarkibli FB lar miqdor
(narsa - buyumning miqdor belgisi)ni ifodalaydi: hamir uchidan patir: Yoki noni
butun, noni yarimta kishilarning moddiy ahvoli darajasini ifodalaydilar; Non
ursin! Qarg‘ish, qasam ma’nosida, non namak bo‘lmoq frazeologizmli
mehmondorchilik ma’nosida qo‘llanadigan frazemlardir.
14
FB lar tarkibini tashkillovchi non va boshqa leksik birliklar o‘rtasidagi
aloqalar modelining uch turini farqladik:
1.
Non (km)+BLB(tm)
2.
Non (km) + BLB (km)
3.
Non (xm) + BLB (xm)
Tahlillarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, non konsepti
nominativ maydonini tashkillovchi uzvlar til tizimining turli sathlariga
mansubligi, ularning semantik mundarijasi miqyosi keng va turli - tuman
ekanligi, nominativ birliklar strukturasi va miqdori ko‘p ekanligi uning o‘zbeklar
uchun kommunikativ jihatdan relevantligidan dalolatdir.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
50
Adabiyotlar ro`yhati:
1.
Akbariy S. U hayotni sevadi / Sirojiddin Akbariy. – Toshkent: Yosh
gvardiya, 1977. – 72 b.
2.
G‘ulom H. Mash’al / Hamid G‘ulom. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – 240 b.
3.
Ismoyiliy M. Farg‘ona tong otguncha. – Toshkent: Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1983. – 432 b.
4.
Qodiriy A. Mehrobdan chayon / Abdulla Qodiriy. – Toshkent: G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. – 128 b.
5.
Nurmatov A. Tanlangan asarlar. III jild / Abdulla Nurmatov. – Toshkent:
Akademnashr, 2012. – 160 b.
6.
Oybek. Bolalik / Oybek. – Toshkent: O‘qituvchi, 1972. – 64 b.
7.
Oybek. Qutlug‘ qon / tuplovchi va nashrga tayyorlovchi T. Qudratov. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1975. – 132 b.
8.
Oybek. Tanlangan asarlar. 6 jildlik. 1-jild / nashrga tayyorlovchilar: G‘.
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. – Toshkent: G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006. – 456 b.
9.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. To‘rtinchi jild: E. – Toshkent: “O‘zbekiston
milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2020. – 57 b.
10.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. To‘rtinchi jild: E. – Toshkent: “O‘zbekiston
milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2020. – 57–59 b.
11.
https://ru.wikipedia.org
12.
https://uzbaza.uz/til-haqida-maqollar