Авторы

  • Durdona Artikbayeva
    O’zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada san’ati instituti “Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar” kafedra o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53397

Ключевые слова:

milliy Estrada san’ati plagiatlik.

Аннотация

Mazkur maqolada o’zbek estrada san’atiga doir ilmiy tomondan o’rganilgan  musiqashunoslarning tadqiqodlari va ularning o‘zbek musiqiy estradasi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola, dissertatsiya, o‘quv qo‘llanma, to’plamlar haqida so’z boradi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

“O‘ZBEK MUSIQIY ESTRADASI” TADQIQODLARI XUSUSIDA.

Artikbayeva Durdona Alisherovna

O’zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi

Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada san’ati instituti

“Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar” kafedra o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12578118

Аnnotatsiya:

Mazkur maqolada o’zbek estrada san’atiga doir ilmiy

tomondan o’rganilgan musiqashunoslarning tadqiqodlari va ularning o‘zbek
musiqiy estradasi masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqola, dissertatsiya, o‘quv
qo‘llanma, to’plamlar haqida so’z boradi.

Аннотация:

В данной статье речь идет об исследованиях

музыковедов, научно изучавших различные вопросы, связанные с
узбекской эстрадой, и их научных статьях, диссертациях, учебниках,
сборниках, посвященных проблемам узбекской музыкальной эстрады.

Аnnotation:

In this article, there is a word about the researches of

musicologists who scientifically studied various issues related to Uzbek pop art
and their scientific articles, dissertations, textbooks, collections dedicated to the
issues of Uzbek musical pop. Goes

Kalit so’zlari:

milliy Estrada san’ati, plagiatlik.

Ключевые слова:

национальное эстрадное исскуство,

плагиат.

Keywords:

new technology of performance of national pop music,

plagiarism.

O‘zbek musiqiy estradasi va qo‘shiqchiligi masalalari hozirgi kunga qadar bir

qator musiqashunos olimlar tomonidan turli darajalarda o‘rganilgan. uning
shakllanish va rivojlanish tarixi, ohang qiyofasi va an’anaviy musiqa bilan
uyg‘unligi muammolari, “ko‘chirmachilik” (plagiatlik) salbiy holatlari v.h. k
tadqiq qilindi. Bu borada ayniqsa, L. Yusupov, S. Vohidov, T. G‘ofurbekov, D.
Mullajonov, O.Bekov, N.Amonova Yu, L Obidova, G. Tursunovalarning ilmiy
ishlari diqqatga sazovor bo‘lib, biz mazkur ishimizda ularning tadqiqotlarida
eriishilgan natijalarga asoslanamiz.

O‘zbek musiqiy estradasi

sohasi hozirgi kunga qadar turli avlod

musiqashunoslari tomonidan tadqiq qilinganligini ko‘ramiz. Masalan,
san’atshunoslik fanlar nomzodi S. Vohidovning “O‘zbek sovet qo‘shig‘i”
tadqiqotida o‘zbek estrada musiqasining XX asrda yuzaga kelishi asosan
kompozitorlik ijodi kesimida o‘rganiladi va bunda muallif asosiy e’tiborni
“ommaviy qo‘shiq” xususiyatini kasb etgan janr, uning ohang asosi hamda unda


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

10

milliy musiqa unsurlarini tutgan o‘rni kabilar haqida jiddiy mushohadalar
yuritadi.

1

L. Yusupovning nomzodlik dissertatsiyasida esa musiqiy estrada

masalalari turli ijodiy jamoalar va, eng avvalo, jaz guruhlari, O‘zbek estrada
simfonik orkestri (ESO)hamda vokal - cholg‘u ansambllari misolida tadqiq
qilinadi.

San’atshunoslik fanlari nomzodi O.Bekovning “Zamonaviy o‘zbek estrada

qo‘shig‘i O‘zbekiston musiqa madaniyati kesimida” nomli tadqiqotida “ estrada”
atamasi juda keng talqin qilinib, uning ma’nosida umuman sahnaviy san’at, ya’ni
katta va kichik (hatto ashula, maqom va b.) janrlarning asosan sahna bilan
bog‘liq namoyon bo‘lishi tushuniladi. Shu bilan birga muallif milliy estrada
qo‘shiqlarining kelib chiqish ildizlari to‘g‘risida ham qiziqarli fikr-mulohazalarni
bayon etgan. O.Bekov 1980-yillari o‘zbek musiqiy estradasida tamoyil kuchini
ola boshlagan ko‘r-ko‘rona taqlidchilik va “ko‘chirmachilik” holatlarini asosli
ravishda tanqid ostiga olganligi ham e’tiborlidir.

2

Shuni aytish kerakki, yuqorida zikr etilgan S.Vohidov, L.Yusupov va

O.Bekovlarning ilmiy ishlari asosan sovet davri o‘zbek musiqiy estradasi
masalalariga bag‘ishlangan edi. 1990-yillardan boshlangan yangi davr o‘zbek
musiqiy estradasida yuzaga kelgan yangi tamoyillar va ular bilan bog‘liq qator
ilmiy-ijodiy muammolar ifodasini T.G‘ofurbekov, N. Yanov-Yanovskaya,
D.Mullajonov, D.Omonullaeva va N.Omonovalar tomonidan turli janrlar(ilmiy
maqola, dissertatsiya, o‘quv qo‘llanma)da bajarilgan ishlarda ko‘rishimiz
mumkin.

San’atshunoslik fanlar doktori, professor T.B. G‘ofurbekovning

“Estraditsiya” uzbekskogo folklora” maqolasida estrada sohasining musiqiy
folklorga ta’siri haqida jiddiy fikrlar o‘rtaga tashlanib, bu borada erishilgan
yutuq va muammoli holatlar tilga olinadi. Masalan, shu asosda o‘zbek estrada
qo‘shiqchiligida yangi fakturali garmonik hamda lado – ritmik sifatlar yuzaga
kelgani ma’lum natija, albatta. Muallif Larisa Moskalyova, Sevara Nazarxon
hamda “Nola” guruhi misolida o‘zbek estrada musiqasiga ijobiy
uyg‘unlashayotgan xorij (jaz va b.) musiqasi an’analarini teran tahlil qiladi.
Ammo shu bilan birga, estrada qo‘shiqchiligida “ko‘chirmachilik” (plagiatlik)

1

Вахидов С. Узбекская советская песня. – Т.; ГИЛИ им. Г. Гуляма, 1976. (с12 – 17)

2

Беков О.

Современная узбекская эстрадная песня в контексте музiкальной культурi Узбекистана.,

Т.; СИТИ. М (м) Б – 42 № 931. 1994.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

11

salbiy holatlari tobora ortib borayotganligi tashvishlidir. kuchli tamoyil sifatida
hozirlab kelayotgan keskin tanqid qilingan.

San’atshunoslik fanlar doktori, professor N.S.Yanov-Yanovskayaning

“O‘zbek musiqa madaniyatining hozirgi davr rivojlanish bosqichi haqida” (“O
sovremennom etape razvitiya uzbekskoy muzikalnoy kulturi”) nomli
maqolasida kompozitor va musiqiy estrada munosabatlari xususida e’tiborli
fikr-mulohazalar yuritiladi. Muallif musiqiy estradaning bugungi kunda jadal
rivojlanib borayotganligini e’tirof qilarkan, shu munosabat bilan quyidagi o‘ta
jiddiy muammoni o‘rtaga tashlaydi: “Endilikda kompozitorlik san’ati ommaviy
musiqa bosimiga bardosh berishi lozim. San’atni “ ruhning jiddiy mehnati”dan
ko‘ra ko‘ngilhushlik domiga tortayotgan pop – madaniyatning hujumi ayniqsa
musiqaning ma’naviy kuchiga tayangan Sharq hududlari uchun dolzarb
muammo bo‘lib qoldi”

3

.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy

estrada san’ati instituti “ Musiqa nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi dotsenti,
s.f.n. N.Amonovaning musiqiy estradaga doir ilmiy maqolalari hamda
D.Omonullaeva bilan hamkorlikda yozgan “Jaz va estrada musiqasi tarixi”

4

o‘quv

qo‘llanmasida shu jabhada yuzaga kelgan turli uslub va yo‘nalishlar haqida zarur
ma’lumotlar beriladi. Bu o‘rinda quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tishni
maqsadga muvofiq ko‘rdik.

O‘rganilayotgan mavzu kesimida san’atshunoslik fanlari nomzodi

D.Mullajonovning ilmiy izlanishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki muallif
“1990-yillar o‘zbek musiqiy estradasida ohang muammosi” mavzuida
nomzodlik dissertatsiyasini bajargan hamda shu asosda bir qator ilmiy
maqolalarini matbuotda e’lon qilgan edi. Shu bois D.Mullajonov erishgan ilmiy
natijalar haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tishni lozim ko‘rdik.

Lola Abidova “ Jaz tarixi va zamonaviy estrada musiqiy uslublari” kitobi

akademik litsey va mutahassis kollejlar uchun qo‘llanma bo‘lib, unda estrada
musiqasi 3 qatlamga bo‘linib o‘rganiladi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “ Musiqa tarixi va tanqidi” kafedrasi

dotsenti, s.f.n. Gulshanoy Tursunova o‘zining “O‘zbekistonda estrada san’atini
shakllanish va rivojlanish bosqichlari” nomli tadqiqodlarida X.X. Niyoziy
davridan boshlab hozirga qadar O‘zbekistonda estrada san’atining shakllanish

3

Янов – Яновская . О современном этапе развития узбекской музiкальной культурi. / / Ж. Общесивеннiе науки

в Узбекистане. 1992. № 5 – 6.

4

Амануллаева Д., Аманова Н. История джаза и эстрадной музiки. Т.: Санъат, 2010; Аманова Н.

Основнiе этапi развития узбекской эстрадной музiки………………..


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

12

va rivojlanish jarayonida o‘z hissalarini qo‘shgan ijodkor va ijrochilarning ijodiy
faoliyatlari haqida batavsil tavsilotlar beradilar. “Karim Zokirov va uning
sulolasi – XX asr O’zbekiston musiqa madaniyati kesimida” (2021y) kitobida
atoqli xonanda va iste’dodli san’atkor Karim Zokirovning nomi, uning ko’p
qirrali ijodiy faoliyati xaqida va uning sulolasi, ijodiy yo’lining davomchilari
xususida so’z boradi.
Bu yo’sindagi ilmiy ishlar o’zbek estrada musiqasini kengroq ko’lamda
o’rganishka zamin yaratdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxat:

1.

Amanullaeva D., Amanova N. Istoriya djaza i estradnoy muziki. T.: San’at,

2010.
2.

Amanova N. Osnovnie etapi razvitiya uzbekskoy estradnoy muziki. V sb:

O‘zbekiston san’ati makon va zamon talqinida Toshkent, 2011
3.

Bekov O., Mullajonov D. Milliy estrada san’ati. // O‘zbekiston san’ati (1991

– 2001yillar). – T.; “Sharq” nashriyot - matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2001.
4.

Vaxidov S. Estradnaya pesnya // Uzbekskaya muzika na sovremennom

etape. T.; GILI im. G. Gulyama. 1977. – 123 – 139s.
5.

Vaxidov S. Uzbekskaya sovetskaya pesnya. – T.; GILI im. G. Gulyama, 1976.

6.

Gafurbekov T. “Estraditsiya” uzbekskogo folklora: PRO E CONRA //

“An’anaviy madaniyatni saqlash muammolari” Boysun bahori xalqaro ilmiy
konferensiya materiallari. Boysun.2003. -23 – 24 s.
7.

San’atshunoslik masalalari. Imiy maqolalar to‘plami. – T. San’at, 1998.

8.

Karomatov F. Osnovnie cherti muzikalnogo stroeniya uzbekskix narodnix

pesen // Voprosi muzikalnoy kulturi Uzbekistana. T. Izdatelstvo xudojestvennoy
kulturi UzSSR. - 1961.
9.

Omonullaeva D. Estrada xonandaligi. // Oliy ta’lim muassasalar uchun

o‘quv qo‘llanma. T. O‘zbekdavkons. tahrir - nashriyot bo‘limi. 2007.

Библиографические ссылки

Amanullaeva D., Amanova N. Istoriya djaza i estradnoy muziki. T.: San’at, 2010.

Amanova N. Osnovnie etapi razvitiya uzbekskoy estradnoy muziki. V sb: O‘zbekiston san’ati makon va zamon talqinida Toshkent, 2011

Bekov O., Mullajonov D. Milliy estrada san’ati. // O‘zbekiston san’ati (1991 – 2001yillar). – T.; “Sharq” nashriyot - matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2001.

Vaxidov S. Estradnaya pesnya // Uzbekskaya muzika na sovremennom etape. T.; GILI im. G. Gulyama. 1977. – 123 – 139s.

Vaxidov S. Uzbekskaya sovetskaya pesnya. – T.; GILI im. G. Gulyama, 1976.

Gafurbekov T. “Estraditsiya” uzbekskogo folklora: PRO E CONRA // “An’anaviy madaniyatni saqlash muammolari” Boysun bahori xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. Boysun.2003. -23 – 24 s.

San’atshunoslik masalalari. Imiy maqolalar to‘plami. – T. San’at, 1998.

Karomatov F. Osnovnie cherti muzikalnogo stroeniya uzbekskix narodnix pesen // Voprosi muzikalnoy kulturi Uzbekistana. T. Izdatelstvo xudojestvennoy kulturi UzSSR. - 1961.

Omonullaeva D. Estrada xonandaligi. // Oliy ta’lim muassasalar uchun o‘quv qo‘llanma. T. O‘zbekdavkons. tahrir - nashriyot bo‘limi. 2007.