CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
122
SHIKASTE YOZUVI TARIXI
Sharipova Nargiza
Djabbarova Farangiz
Registon ansambli gid ekskursovodlari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14027846
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tez yoziluvchi va chiroyli xat uslubi
bo‘lganligi sababli, asta- sekin o‘z o‘rnini topib, yozuv turlari orasida munosib
o‘rin egallagan shikaste yozuvi tarixi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Qurma, shikaste, “shikastai ta’liq”, nasta’liq, Xattot Davriy,
Darvish Abdulmajid Taliqoniy.
O‘zbekiston bugungi kunda o‘z tarixi va madaniyati haqiqiy tarixiy qiymat
va ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy manbalari orqali chuqur tahlil
qilinadigan hamda epigrafik yodgorliklari miqdori va noyobligi jihatidan
Markaziy Osiyoda yetakchi mamlakat ekani aniq. Lekin ularning aksar qismi
oldin o‘rganilmagan. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati taraqqiyoti tarixiga bir nazar
solsak, VII–X asrlarda Arab xalifaligining markaziy shaharlari – Makka, Kufa va
Basrada yaratilib, keyinchalik xalifalikning boshqa hududlariga tarqalgan xat
turlaridan foydalangan holda Movarounnahr xattotlik maktabi vujudga kelganini
bilib olamiz.
Bir necha asr davomida amalda qo‘llanilgan arab yozuvining 100 dan ortiq
turi mavjud. Arab va Islom olamida eng ko‘p tarqalgan va mashhur bo‘lgan xatlar
bular: suls, nasx, ta’liq (nasta’liq, forsiy), diyvoniy, kufiy, riq’a, diyvoniy jaliy,
muhaqqaq, ijoza, tug‘ro, mag‘ribiy, rayhoniy, toj va shikaste. Shulardan Shikaste
xati Ta’liq xatidan hosil qilib olingan xat nomi fors tilidan olingan bo‘lib, “singan,
darz ketgan” ma’nolarni anglatadi. Turk yerlarida esa, bu xatni “Qurma ” xati deb
ataganlar. Bu xatdan keyin foydalangan o‘lkalar Eron, Pokiston va Afg‘oniston
hisoblangan. Manbalarda ta’kidlanishicha, bu xatning asoschisi Xattot Shafiy’
hisoblanib, bu xat orqali Qur’oni Karim oyatlari bitilmagan. Shu sabab ham bu
xatda yozuv va o‘qish jarayonida biroz kamchiliklar topilib, chigalliklar mavjud
bo‘lgan.
Bu xat keyinchalik ko‘p tadqiq qilinib, arab va turk xattotlari hamda Eron
xattotlarining bu xat borasida ko‘p ishlashiga undadi. Ular o‘zlarining ko‘plab
qo‘shgan qoidalari bilan biroz forsiy xati va ta’liq xatlari o‘xshash bo‘ldi. Aytish
lozimki, bu xat ayni u xatlarning o‘zi emas. Manbalar asosan shu xatlar asosida
bitilgan bo‘lib, xatlar xaqidagi manbalarning eng dastlabkilari tarjima qilinib
ma’lumotlar keltirildi. Bu esa, tadqiqotimizning yana bir yutug‘idir. Suls, nasx,
ta’liq, diyvoniy, kufiy va riq’a xatlari asosida rivojlangan yana ko‘plab xatlar ham
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
123
mavjud. Markaziy Osiyo me’moriy yodgorliklarida yozilgan tarixiy manbalar
ta’liq xati asosida yozilgan bo‘lib, xat kichik xajmda yozish imkoni bo‘lganligi va
kam o‘rin egallashi asosiy sabab bo‘lgan .
Ta’liq xati - nasta’liq, shikaste va shikaste amiyz xatlariga bo‘linadi. Quyida ta’liq
va shikastai ta’liq yozuv usullaridan misollar keltirishimiz mumkin: Shikastan
ta’liq. XIII-XIV asrlarda Xoja Tojiddin Isfahoniy va Xoja Abdulhay Munshiy
“shikastai ta’liq” yozuv usulini vujudga keltirdi. Bu xat yozuvi tez yozilishi va
chiroylilikda boshqa xatlardan ustun kelganligi sababli juda tez mashhur bo‘ldi.
Boshqa ko‘p idoraviy ishlar “shikastai ta’liq” xat usuli bilan yozardi. XV asrdan
boshlab nihoyatda chiroyli “nasta’liq” xat usuli paydo bo‘lishi munosabati bilan
“ta’liq” usul xati asta-sekin muomaladan chiqdi. Ta’liq va shikastay ta’liq usulida
harflar bir biriga ulangan holda yozilganligi sababli, ularni o‘qish bir oz qiyin edi.
Taxminan XVII asr o‘rtalaridan boshlab tez yozish uslubiga talab yanada
kuchaydi. Shu sababdan ham “shikastai ta’liq” usuli maydonga keldi. Bu usul
“ta’liq” qoidalarini ko‘proq o‘ziga asos sifatida qabul qilgan. XVII asrning birinchi
yarmidan boshlab tez yozish uslubiga talab yanada kuchaydi. Shu sababdan tez
yozarlikka muvofiq qilib, “ta’liq” xat usulidan “shikasta” usuli maydonga keldi.
Bu usul “ta’liq” qoidalarini ko‘proq o‘ziga asos sifatida qabul etgan.
Bu xat uslubining o‘ziga xos tomoni shundan iborat ediki, bu xususiyat boshqa
xat usullarida uchramaydi. Arab alifbosining ba’zi harflar, masalan, “alif”, “dol”,
"zol”, “ro”, “zo”, “je”, “vov” bu xat usulida o‘zidan keyin harflar bilan
qo‘shilmasligi o‘z me’yoriga ko‘ra aksincha qo‘shiladi. Biz bu xususiyatni “ta’liq”
va “shikasta” usullaridan bo‘lak boshqa xatlarda ko‘rmaymiz. Shikasta xati
usulini Murtazo qulixon Shomlu nomli xattot ma’lum qonun qoidaga kirgizgan.
Keyinroq uning shogirdi Mirzo Shafeo (vaf. 1671) ustozi ishini davom ettirib,
shikasta xatiga o‘zgartirish kiritdi: uzun “nun” yozuvi shaklini, “alif-lom” ulanishi
shaklini va xalqasimon “dol” harfi shaklini vujudga keltirdi.
Qayd etish kerakki, shikasta uslubi tez yozar va qog’ozda kam joyni olsa-da,
ammo uni o‘qish juda mushkul edi. Bu xatni yozish ko‘p diqqat va e’tibor talab
etar edi.
XIV asrda taniqli xattot Darvish Abdulmajid Toliqoniyning harakatlari samarasi
o‘laroq nasta’liq xatidan boshqa bir xat turi rivojlanib chiqdi. U “shekaste-ye
nasta’liq” (siniq nasta’liq”) nomi bilan tanilgan. ”Shekaste” Eron yozuvlaridan
biri bo‘lib, “ta’liq” va “nasta’liq” xatlarining qo‘sxilishidan hosil bo‘lgan. Biroq
unda qavslar va bog‘lanishlar soni ko‘proq. Uning soddaroq va ravonroq xili
“shekasteyye tahriri” (“kundalik yozuv shekastesi”) deya nomlanadi. Mir Emod
“nasta’liq” xatini kamoliga yetkazgani kabi “shekaste” xatini ham Abdulmajid
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
124
Toliqoniy oliy darajaga yetkazdi. Sa’diy Sheroziyning Uning eng qimmatli va
nafis xattotlik asari Sa’diy Sheroziyning “Kulliyot” qo‘lyozmasidir (undagi
ko‘psonli qog‘oz parchalaridagi yozuvlar va parokanda bitiklar bilan birga).
Shikastai nasta’liq xat turi namunasi
XVII asrgacha buyruq, maktublar asosan shikasta, ta’liq uslubida yozilar
edi. Shikastai ham tez yoziluvchi ham chiroyli xat uslubi bo‘lganligi sababli, asta-
sekin o‘z o‘rnini topdi yuqorida zikr etilgan yozuv turlari orasida munosib
o‘rnini egalladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, san’atkor xattotlarning yozgan xatlari
ma’no ifodalash barobarida, dillarni hayajonga solib, ularga estetik zavq bergan.
Kotib qalami bilan yozilgan har bir xat bebaho o‘lmas asar hisoblangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hoshim Muhammad Xattot. Qovaid al-xotti va al-arobiy. – Bag‘dod: Olam
kutub, 1986. – B. 68
2.
Valid A’zamiy. Tarojim xattotiyn Bag‘dad. – Bag‘dod: Olam kutub, 1956. –
B. 83.
3.
Ibn Nadiym. Al-Fixrist. – Livan: Dar va maktaba al-hilal, 1991. – B. 18.