CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
105
ELLINIZM DAVRI TEATRI YANGI ATTIKA KOMEDIYASI
Sultonov Dostonbek
O‘zDSMI FMF
“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich
talabasi
sultonovdoston07@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14015959
Annotatsiya
:
bu maqolada Ellinizim davri teatri, yangi attika komediyasi
haqida va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va
jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltrilgan.
Kalit so‘z
:
rejissyor, aktyor, spektakl, rassom, repertuar,
Klassik davr yunon teatri ellinizm davriga (e. av. IV—I asrlar) kelib,
dramaturgiya sohasida ham, aktyor ijrochiligi va teatr binosi me’morchiligi
sohasida ham jiddiy ravishda o‘zgardi. Bu o‘zgarishlar yangi tarixiy shart-
sharoitlar bilan bog‘liq edi. Ellinizm davri teatri demokratik Afina teatridan
keskin farq qiladi. E. av. V asrda Yunonistonda mavjud bo‘lgan siyosiy erkinlik
ellinistik monarxiyalarda bo‘la olmas edi, aksincha, siyosiy munosabatlar bobida
bu yerda Sharq istibdodiga xos belgilar kuzatiladi. Ellinizm davri teatrida,
avvalgidek, tragediyalar ham, komediyalar ham qo‘yiladi. Lekin e. av. IV asr
tragediyalaridan bizgacha faqat ayrim parchalari yetib kelgan. Chamasi, Ellinizm
tragediyasi yetarlicha badiiy qimmatga ega bo‘lmagan.
Komediya haqida ko‘proq ma’lumotlar mavjud, binobarin, o‘sha
zamonning eng yirik komediyanavisi Menandrning bitta to‘la asari hamda yana
boshqa pyesalaridan bir necha parchalar saqlanib qolgan. Ellinistik davr
komediyasini yangi Attika komediyasi deb ataydilar. E. av. IV asr o‘rtalarida
Yunoniston ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar bu komediyada
o‘ziga xos ravishda aks ettirilgan. Olam tartibotining ilohiyatga bog‘liqligi
haqidagi tasavvur hamda odillik tantanasiga ishonch o‘rnini tasodif qudratiga
ishonch egallaydi. lnsonning hayoti, uning shaxsiy baxti, jamiyatning ahvoli —
bularning hammasi tasodif irodasiga bog‘liqdir. Yangi Attika komediyasida
o‘zaro to‘qnashuvning tug‘ilishi ham hal etilishi ham tasodif bilan belgilangan.
Bu komediyaning vazifasi zamonaviy voqealikni oilaviy-maishiy turmush
doirasida tasvirlashdan iborat edi. Yangi komediyada sevgi-muhabbat ohangi
asosiy o‘rin tutadi. Yangi komediyada Yevripidning ta’siri sezilarli darajada
ko‘rinib turadi. Yangi komediya Yevripiddan uning ko‘pchilik qahramonlariga
xos hayotga yaqinlikni qabul qilgan edi. Yangi komediya o‘zining tuzilishiga
ko‘ra qadimgi siyosiy komediyadan tubdan farq qiladi. Bu yerda harakat rivojiga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
106
ko‘mak beruvchi xorni uchratmaymiz. Xor faqat tanaffus vaqtidagina chiqadi.
Shunga muvofiq ravishda parod ham, parabaza ham yo‘qoladi. Shuningdek,
agonga (musohaba, tortishuv) ham o‘rin qoldirilmaydi.
E. av. IV asr o'rtasida Yunonistonda ilk bor professional aktyorlar paydo bo‘lib,
ular teatr shirkatlariga uyushadilar. Mazkur teatr 29 shirkatlariga faqat erkin
tug‘ilgan asl yunon erkaklarigina a’zo bo‘la olganlar. Ellinizm davrida aktyorlar
jamiyatda, avvalgidek, yuqori qadr-qimmatga ega bo‘lganlar: tomosha ko‘rsatish
uchun ular urush borayotgan chog‘larda o‘zga mamlakatlarga ham bemalol o‘ta
olganlar. «Dionis artistlari» harbiy majburiyatlardan ozod etilganlar. Yangi
Attika komediyasi kundalik turmushni aks ettirishga qaratilganidan unda
ijrochilik ham ko‘proq hayotiylik kasb etgan edi. Lekin xotin-qizlar rollarini,
awalgidek, erkaklar o'ynagan va niqob ham saqlanib qolavergan. Niqoblar soni
ko‘paygan. Bu qat’iy belgilangan asosiy personajlar turlarini ko‘paytirish
maqsadida tug‘ilgan edi. Yangi Attika komediyasi janri bo‘yicha juda ko‘p
dramaturglar faoliyat ko'rsatganlar. Menandr shular orasida eng mashhuri
bo‘lgan. Menandr (e. av 343—292) Afinada aslzoda, boy oilada dunyoga kelib,
yaxshi tahsil ko‘rgan, ayniqsa adabiyot, notiqlik va falsafa bobida keng
ma’lumotli bo‘lgan. Menandr 100 dan ortiq komediya yozgan, biroq 8 martagina
g‘alaba qozongan, xolos. Menandr yangi komediyaning ijodkori sifatida qadr
topdi va uning shuhrati Yunonistondan tashqarida ham yoyiladi. Rim
dramaturglaridan Plavt va Terensiy unga taqlid qiladilar yoki uning asarlarini
qayta ishlaydilar. «Odamovi» pyesasi Menandming bizgacha to‘liq yetib kelgan
yagona komediyasidir. Bu komediyaning matni 1956-yildagina topilgan. Pyesada
odamovi, to‘ng va xilvatparast kishining antiqa obrazi chizilgan. Bu — dehqon
Knemon: u odamlarni yoqtirmaydi va odamlar bilan muloqotda boimay,
tanholikda yashashni xush ko‘radi. Lekin Knemon oxiri fe’lining torligidan
tavbasiga tayanadi. U quduqqa tushib ketadi (sahna orqasida) va odamlar
yordamida arang o‘limdan qutuladi. Shunda, u odamlarning bir-biriga
muhtojligini payqaydi. Menandrni odamlarning xarakteri, fe’l-atvori va bularni
namoyon etish tarzi qiziqtirar edi. Pyesalarining nomlari ham shundan dalolat
beradi. «Odat»da aynan xarakter Menandr komediyalarida voqeani harakatga
keltiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. «Hakamlar sudi»dagi qahramonlardan biri,
qul Onisim tilida, u, inson taqdiri tangriga bog‘liq emas, balki o‘z shaxsiy
fe’latvoriga bog‘liq deydi. Dramaturg yangi Attika komediyasining shartli niqob
tipiga ko‘pgina o‘zgarishlar kiritadi va an’anaviy salbiy personajlarni qator ijobiy
fazilatlar bilan to‘ldiradi. Menandr har bir insonda sertakalluflik va badkirdorlik
jihatlarini bir-biriga zid qo‘yadi. Odamlar fe’l-atvorini yaxshilash, ulaming bir-
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
107
birlariga 30 mehr-shafqatli boiishlari — Menandr komediyalarining maqsadi
edi. Binobarin, bu adib ijodiga xos insonparvarlik va dilkusholik tamoyillari
haqida bemalol gapirish uchun asos bo‘la oladi. Yangi Attika komediyasi
Yunonistonda paydo bo‘lgan dramaturgiyaning so‘nggi janri edi. Muammoning
o‘tkirligi, jiddiy ijtimoiy-siyosiy masalalarni o‘rtaga qo‘yish bu komediya uchun
xos emas. Lekin xarakterlarni ishlash va xatti-harakatlarni keskinlashtirish
sohasida mazkur komediyada muayyan siljishlar qilindi. Undagi maishiy
personajlarning, sujetlarning Rim teatri va keyinchalik yangi davr teatriga
ko‘chib o‘tishi bejiz emas.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star
2.
poligraf. 2011.
3.
Salimov O. Kasbim rejissor. -T.: G‘.G‘ulom, 2009.
4.
Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.