Авторы

  • Ruxshona Oybekova
    Qo’qon davlat pedagogika intituti biologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53485

Ключевые слова:

Qumanjir ”Tun malikasi” opunsiya bloomsfeldi syeryeus mamillyariya epifillyum ripsalis.

Аннотация

Ushbu keng qamrovli maqola Kaktus(Cactoceae)larning biomorfologiyasi hamda ekologiyasi haqida yozilgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

101

KAKTUS (CACTOCEAE)LARNING BIOMORFOLOGIYASI VA

EKOLOGIYASI

Oybekova Ruxshona Ulug’bek qizi

Qo’qon davlat pedagogika intituti biologiya

ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14015892

Annotatsiya

Ushbu keng qamrovli maqola Kaktus(Cactoceae)larning biomorfologiyasi

hamda ekologiyasi haqida yozilgan.

Kalit so’zlar:

Qumanjir, ”Tun malikasi”, opunsiya, bloomsfeldi, syeryeus,

mamillyariya, epifillyum, ripsalis.

Kaktus yoki Qumanjir-kaktusdoshlarga mansub ko’p yillik yo’g’on poyali

,manzarali o’simlik.”Kaktus”yunoncha “kaktos”so’zidan olingan. Qadimgi
yunonlar tikonli o’simliklarning barchasini shunday atashgan. Kaktuslar yer
yuzida ilk bor 30-35 million yil oldin paydo bo’lgan. Kaktuslar Shimoliy va
Janubiy Amerika,Meksiya,G’arbiy Hindistondan kelib chiqqan bo’lib,ko’plab
turlari Madakaskar ,Afrika va Shrilankadan topilgan. Kaktuslarning asl vatani-
Meksika . Qadimda Indoneyslar kaktuslarni muqaddas o’simlik deb bilishgan.
Kaktuslar Yevropaga ilk bor Kolumbning Amerikaga birinchi sahoyatidan so’ng
dunyoning yangi mo’jizasi sifatida keltirilgan. Kolumb o’sha davrda Amerika
qit’asida yashovchi yovvoyi odamlar kaktus bilan oziqlanishiga guvoh bo’lgan.
Yovvoyi holda tropik va subtropik cho’llarda ,dengiz bo’ylarida hamda
savannalarda o’sadi. Janubiy mintaqalarda manzarali o’simlik,shimoliy
mintaqalarda esa xona o’simligi sifatida uchraydi.
Kaktuslar quruq iqlimga yaxshi moslashgan. Ularning barglari tikan,tuk va qil
kabi bo’lib,bargalarga o’xshab namlikni ko’p bug’lantirib yubormaydi.S huning
uchun kaktuslar juda issiq paytlarda ham tanasida namlikni yaxshi saqlab
,sersuv bo’lib turadi. Ba’zi kaktuslarning tanasida 3 ming litrgacha suv saqlanadi.
Kaktuslar sahrolardagi birdan –bir suv saqlovchi manba hisoblanadi. Ular
ko’pincha sayyohlarning hayotini saqlab qoladi. Tikani esa kaktuslarni yirik
hayvonlardan himoya qiladi. Kaktuslarning 85 ga yaqin ayrim manbalarga ko’ra
50-220 turkumi,2000 dan ortiq turi mavjud. Kaktuslarning tuzilishi ham turlicha
bo’lib,ularning daraxtsimon , butasimon hamda lianasimon shakllari bor. Ba’zi
bir kaktuslarning turlari shakli tipratikanga o’xshaydi,boshqa bir turdagi
kaktuslar qovoqqa,yana boshqa turlari shamdonga o’xshaydi. Ularning ichida 1
cm li mittisi ham,25 metrli ulkanlari ham bor. Dunyodagi eng baland
kaktuslarning bo’yi 24 metr keladi. Yoshi esa 150 yilga teng. Ma’lumotlarga ko’ra


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

102

bu kaktus hali ham o’sishda davom etmoqda. Dunyodagi eng kichik kaktuslar-
bloomsfeldidir. Ularning kattaligi 3 cm dan oshmaydi. Kaktuslarning mittilari bir
necha gramm kelsa,ulkanlari bir necha tonnagacha ham boradi. Kaliforniyada
o’sadigan sereus kaktuslarining bo’yi 20 metrgacha yetadi. Bu kaktuslarning har
bir bargida 2 tonnadan suv saqlangan bo’ladi. Kakturlarning tanasi namlik
bilann to’liq to’yingan bo’ladi. Ba’zi turlari havo orqali namlikni to’plab,ildizlarini
rivojlantiradi. Qavatidagi saqlangan namlik miqdori 96% ni tashkil etadi.
Hattoki,qurg’oqchilikda ham namlik miqdori 60% dan past bo’lmaydi. Ko’pgina
turlari chiroyli gullaydi. Gullashi ham turli vaqtlarda sodir bo’ladi,ayrim turlari
tunda

gullaydi,ayrimlari

esa

faqat

kunduzi

gullaydi.

Gullarini

asalarilar,kapalaklar va kolibrilar changlatadi. Kaktuslar erta bahordan
kuzgacha ,ayrim turlari xattoki qishda ham gullaydi. Kaktus gullarining hidli va
hidsiz turlari ham bor. Kaktuslar turli xil shakllarda va ranglarda o’sadi.
Kaktuslarning oq ,qizil,sariq,pushti,binafsharang hamda qizg’ish ranglari
mavjud.Kaktuslarning gullari ham turlicha. Gullarining kattaligi bir necha mm
dan 40 cm gacha bo’ladi.”Tun malikasi”deb nomlanuvchi kaktusning eng noyob
bu turida gul barglarining har biri 14 cm gacha bo’ladi. Poyasining ranglari och
yoki to’q yashil,kulrang,sarg’ish,kulrang –yashil,jigarrang,o’tsimon yashil,xattoki
qizil poyali kaktuslar ham uchraydi.

1-rasm.”Tun malikasi”



Kaktuslar bir necha guruhlarga bo’linadi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

103

Opunsiyalar-dumaloq yoki ovalsimon yassi,bir-biriga birikib o’sgan

tanadan iborat sersuv kaktus.

Syeryeuslar-tanasi yo’g’on ,ustunsimon va etdor kaktus.
Mamillyariyalar-so’rg’ichsimon bo’ib ular chiroyli gullaydi.
Epifillyumlar-poyasi tasmasimon yassi,yirik tishsimon.
Ripsalislar-juda sershox,xivchinsimon yoki bargsimon ko’rinishdagi buta.

Meksikaliklar kaktus mevasidan marmelad tayyorlaydilar. Meksika shakarlari
tarkibidagi ma’lum turdagi kaktuslarning bo’laklari mashhur delikates
hisoblanadi. Ba’zi kaktuslar poyasini iste’mol ham qilishadi. Kaktus
mevasi,poyasi va eti ovqatga ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan sharbatlar
foydali bo’lib ,meksikaliklar uchun mazali ichimlik hisoblanadi. Tikanini tozalab
chorva mollarga ozuqa yem uchun beriladigan kaktus turlari ham bor. Meksika
fermerlari o’z qoramollarini kaktus-opunsiya deb nomlangan alohida kaktus
bilan oziqlantiradi,chunki bu sut mahsuldorligini oshirishga yordam beradi.
Kaktuslarning bu turi tarkibida boshqalarinikiga nisbatan suv miqdori ancha
ko’p. Shu sababli ham ulardan ichimliklar,sovunlar tayyorlanadi. Kaktuslardan
hom ashyo sifatida keng qo’llaniladi. Ulkan kaktus daraxti yog’ochidan uylar
quriladi,mebel va boshqa chiroyli buyumlar yasaladi. Argentinada cholg’u
asboblaribi yasashda kaktus tanasidan foydalaniladi. An’anaviy Argentina
barabanlari kaktus poyasidan yasaladi. Janubiy Amerikadagi yovvoyi
odamlardan iborat qabilalar uzoq vaqtgacha kaktus tikanlaridan jarrohlik
maqsadlarida foydalanib kelishgan. Tikanlarini igna o’rnida ishlatgan holda
jarohatlarni tikishda foydalanilgan. Boliviya va Paragvayda kaktuslarning ayrim
turlari aholining tinimsiz iste’mol qilishi tufayli hozirda yo’qolib ketgan.
Dunyodagi yagona ochiq osmon ostidagi kaktus bog’i Monako ko’rfazida
joylashgan. Yevropaning birinchi kaktuslar to’plami 16–asrda Londonda tashkil
etilgan. Bizning mamlakatimizda kaktuslarni botanika bog’larida va ishqibozlar
kolleksiyasida uchratish mumkin.
Kaktuslar o’zining shifobaxsh xususiyatlari bilan uzoq vaqtdan beri mashhur
bo’lib, u turli xil kasalliklardan halos bo’lishga yordam beradi. Bunga yaqqol
misol sifatida “Nok” deb ataladigan kaktusni keltirish mumkin. Ushbu kaktus
turli diabet belgilarini yengillashtirish xususiyatiga egadir. Tikanli nok mevalari
yoki ektraktlarini iste’mol qilish qondagi qand miqdorini tartibga solishga va
insulin sezgirligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu kaktusda
yallig’lanish bilan kurashish va surunkali kasalliklarning oldini olishga yordam
beradigan yuqori darajadagi antioksidiantlar mavjud. Yana bir mashhur dorivor


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

104

kaktus- Peru olma kaktusi, Cereus repandus nomi bilan ham tanilgan. Uning
ajdaho mevasi yoki ajdaho mevasi sifatida tanilgan mevasi yorqin pushti rangga
ega va bir qator sog’liq uchun foydalarga ega. Kaktuslar nafaqat shifobaxsh
xususiyatlarga ega , balki ular turli xil oziq –ovqat va kosmetika mahsulotlari
tarkibiga ham kiradi.
Xulosa qilib aytganda , kaktuslar nafaqat hayratlanarli ko’rinishi uchun,balki
ko’p jihatdan qimmatbaholigi bilan qadrlanadi. Bu o’simliklar bir qator dorivor
va shifobaxsh xususiyatlarga ega. Shu bilan bir qatorda kosmetika,parfyumeriya,
oziq –ovqat uchun ham amaliy ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.O’ZME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.
2.Узбекско-русский словарь,Ташкент,1941-г
3.Комнатные растения и екология жилища.СС Артыков,МР Халимова,ДС
Ташпулатова ,Молодежь и наука :ШАГ К УСПЕХУ,138-140
4.Pajout f, Valnichek 3., Shubin R., Kaktusi. Per.s cheshek. Praga,1963. Olimjon
Alimov.

Библиографические ссылки

O’ZME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.

Узбекско-русский словарь,Ташкент,1941-г

Комнатные растения и екология жилища.СС Артыков,МР Халимова,ДС Ташпулатова ,Молодежь и наука :ШАГ К УСПЕХУ,138-140

Pajout f, Valnichek 3., Shubin R., Kaktusi. Per.s cheshek. Praga,1963. Olimjon Alimov.