Авторы

  • Ma'rufjon Murodulloyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53509

Аннотация

Jismoniy rivojlanish – miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan gavda shaklining o‘zgarishi va uning funksiyalarini takomillashishi bilan kechadigan jarayonidir. Inson organizimining o‘sishi va rivojlanishi uzluksiz va notekis ravishda pubertat davri tugaguncha davom etadi. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘sib kelayotgan avlodning jismoniy tarbiyasi tamoyillari inson organizmi rivojlanishining  morfologik, biomexanik,fiziologik qonuniyatlariga asoslanishi kerak ekan.Jismoniy tarbiya jarayonida asosiy harakat sifatlarining me’yorlashi faqat individual yondoshuv tufayligina samarali bo‘ladi. Biroq bunday yondoshuvni ommaviy sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiyada amalga oshirib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda ilmiy asoslangan o‘sib boruvchi vositalar va usullarni qo‘llaydigan, barcha asosiy hayotiy tizimlardan kattiq tartiblashgan faoliyatini talab qiladigan yondoshuv eng maqbuli va istiqbollisi hisoblanadi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

72

O‘RTA VA O‘RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILARNI

JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARINING AHAMIYATI

Murodulloyev Ma'rufjon Fayzullo o'g'li

https://doi.org/10.5281/zenodo.13907305

Usullar va adabiyotlar tahlili

Jismoniy rivojlanish – miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan gavda

shaklining o‘zgarishi va uning funksiyalarini takomillashishi bilan kechadigan
jarayonidir. Inson organizimining o‘sishi va rivojlanishi uzluksiz va notekis
ravishda pubertat davri tugaguncha davom etadi. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar
tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘sib kelayotgan avlodning jismoniy tarbiyasi
tamoyillari inson organizmi rivojlanishining morfologik, biomexanik,fiziologik
qonuniyatlariga asoslanishi kerak ekan.Jismoniy tarbiya jarayonida asosiy
harakat sifatlarining me’yorlashi faqat individual yondoshuv tufayligina
samarali bo‘ladi. Biroq bunday yondoshuvni ommaviy sog‘lomlashtirishga
yo‘naltirilgan jismoniy tarbiyada amalga oshirib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda
ilmiy asoslangan o‘sib boruvchi vositalar va usullarni qo‘llaydigan, barcha
asosiy hayotiy tizimlardan kattiq tartiblashgan faoliyatini talab qiladigan
yondoshuv eng maqbuli va istiqbollisi hisoblanadi.

NATIJALAR

O‘rta va O‘rta va uzoq masofalarga yuguruvchilarni jismoniy rivojlanishi

ularni morfologiyasi muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa o‘rta va O‘rta va uzoq
masofalarga ni tana tuzilishi ko‘krak qafas kengligi yaxshi rivojlangan bo‘lishi
lozim. Chunki, mashg‘ulot jarayonlarida buning o‘ziga xos o‘rni bor. O‘rta va
uzoq masofalarga yuguruvchi 19-20 yoshli sportchilarda tana tuzilishi o‘rtacha
172-178 sm. sportchilarda tana uzunligi bo‘lishi lozim. Tana og‘irligi esa 58-65
kg. Ga teng bo‘lishi kerak. Ko‘krak nafas kengligi esa 90-92 sm ga teng bo‘lishi
lozim. Oyoq uzunligi esa 90-95 sm ni tashkil etadigan sportchilar yuqori
natijalariga erishishi mumkin ekan.

O‘rta va O‘rta va uzoq masofalarga uchun asosiy jismoniy holat sifatida

maxsus chidamlilikni ko‘rsatishi, bu fizologik xususiyatga egadir. Maxsus
chidamlilik ish qobiliyatini belgilashda uning yuqori natijaga erishishdagi
harakat malakasini boshqarishi va koordinasion mexanizmni takomillashtirishi
tufayli rivojlanadi. Jismoniy sifatlarni takomillashtirish funksional va
marofunksional o‘zgarishlarga bog‘liqdir. U yuqori tezlikda bajariladigan
jismoniy mashqlarni ijro etilganda rivojlanadi. Qisqa o‘rta va uzoq masofalarga
yugurish, uloqtirish, uzunlikka sakrash, sport o‘yinlari bilan shug‘ullanganda
jismoniy sifati rivojlanib boradi. O‘rta va uzoq masofalarga yugurishda sportchi


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

73

har bir soniyada 10 m. atrofida masofani bosib o‘tishi mumkin. Siklik xarakterli
dinamik ishlarning yuqori tezlik bilan bajarilishida antogonist mushaklari asab
markazlarida qo‘zg‘alishi va tormozlanish jarayonlarning o‘rin almashishi tezligi
zarur ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tgan. Harakat texnikasining sifati
ko‘tariladi, anaerob rejimda energiya beradigan manbalarning tez safarbar
etilishi va qayta tiklanishning biokimyoviy mexanizmi mushaklardagi energiya
zahiralari hamda ularning kimyoviy quvvatining safarbar etilishi tezligiga ayniqsa
ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.

Yugurish turlarida tezkorlik va chidamlilik sifati harakat texnikasi

rivojlanishiga va ayrim mushaklarning kuchlanish darajasiga hamda ularni
qo‘shilishiga bog‘liq bo‘ladi. Mashq bajarishning asosiy usuli maksimal
kuchlanishda bo‘lib, unda yugurgandagi qarshilik musobaqadagi yugurishdan
10% ko‘p farq qilmasligi kerak. Bunday sharoitlarda mushaklararo uyg‘unlik eng
ko‘p darajada rivojlanadi, bu maksimal ham minimal ham bo‘lmagan
kuchlanishdagi uyg‘unlashgan harakatlar rivojlanishiga mos bo‘ladi. Energiya
hosil bo‘lishining har xil yo‘llari, ish muddatining ortishi aerob rejimda energiya
hosil bo‘lishining ahamiyati bilan ifodalanadi. Uzoq mudatli shiddatli ish
bajarilganda glikogen va uglevodlar almashinuvi muhim ahamiyatga ega, biroq
bu bilan birga ko‘p miqdorda yog‘lar ham oksidlanadi. Organizmni aerob
reaksiyalari deganda kislorod ishtirokida o‘tadigan oziq moddalarining
parchalanishi reaksiyalari hisobiga energiya hosil bo‘lishini ta’kidlab o‘tishgan.

TAHLIL VA MUHOKAMALAR

Mutaxasislarning fikricha: aerob jarayonida rivojlanishi asta-sekin
boshlanib, maksimal darajaga ko‘tarilishi uchun odatda shiddatli ish
boshlanganidan keyin 2-5 daqiqa kerak bo‘lar ekan. Sportchi organizmida
glyukoza va yog‘larning to‘plamining ancha ko‘p bo‘lishi va atmasferadan
kislorod o‘zlashtirishi tufayli aerob energiya manbalari organizmning uzoq vaqt
davomida ish bajarishga imkon berishi mumkinligini aytib o‘tgan. Energiya hosil
bo‘lishining har xil yo‘llari, ish muddatining ortishi aerob rejimda energiya hosil
bo‘lishining ahamiyati bilan ifodalanadi. Uzoq muddatli shiddatli ish bajarganda
glikogen va uglevodlarni almashinuvi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida
ko‘rsatadi.

XULOSALAR

O‘rta va uzoq masofalarga yugurishda yuguruvchilarning maxsus chidamligi
yetakchi hisoblanadi, turli xil tezlikda hamda vaqt ichida yugurish esa uni
rivojlantirishning asosiy vositasidir. Tayyorgarlik davri o‘ziga xos to‘lqinsimon
bo‘lib,uning har bir to‘lqini tebranish sportchi holatining yangi darajasi bilan


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

74

tavsiflanadi. Sportchi holatining yangi darajasiga erishish uchun mashg‘ulot
jarayonini tashkil qilishda yangi yondashishlar talab etiladi. Boshqacha qilib
aytganda, ko‘p yillik tayyorgarlikda malakali yengil atletikachining mashg‘uloti
buyillik mashg‘ulot sikli tarkibidan bashoratlar rejalashtirilgan vositalar
uslublar mashg‘ulot yuklamalari musobaqa faoliyati sportdagi ish qobiliyatini
tiklash usullarini permanent tuzatib borish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.Olimov M .Sport pedagogik mahoratini oshirish. – T. avto nashriyoti. 2017y
243b.
2.Qudrаtоv R.Q., G’аniboyev I.D., Sоliyev I.R., Bаrаtоv А.M. Yengil
atletikаchilаrning mахsus mаshqlаri. O‘quv qo’l-mа. T., O‘zDJTI, 2011.-64 b.
3. Rafiyev H.Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi. Darslik. 2012.
4. Safarova. D. J. Sport morfologiyasi. – T. 2015.
5. Salomov R,Aripov Y .Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya uslubiyati.-T.
Moliya. 2011.
6. To‘ychiboev M.U. “Sportda biokimyoviY nazorat” (uslubiy qo‘llanma) T;
2011Y.

Библиографические ссылки

Olimov M .Sport pedagogik mahoratini oshirish. – T. avto nashriyoti. 2017y 243b.

Qudrаtоv R.Q., G’аniboyev I.D., Sоliyev I.R., Bаrаtоv А.M. Yengil atletikаchilаrning mахsus mаshqlаri. O‘quv qo’l-mа. T., O‘zDJTI, 2011.-64 b.

Rafiyev H.Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi. Darslik. 2012.

Safarova. D. J. Sport morfologiyasi. – T. 2015.

Salomov R,Aripov Y .Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya uslubiyati.-T. Moliya. 2011.

To‘ychiboev M.U. “Sportda biokimyoviY nazorat” (uslubiy qo‘llanma) T; 2011Y.