Авторы

  • Eldorbek Hamrayev
    Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53528

Ключевые слова:

metodik prinsiplar mashq usuliyati muntazamlilik prinsipi mashq usuliyati.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘rta maxsus kasb-hunar, litseylar, umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlarini harakatga o‘rgatish va mashg‘ulotlarda jismoniy sifatlarning rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining prinsiplari haqida ma’lumot beriladi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

50

O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR, LITSEYLAR, UMUMTA’LIM
MAKTABLARINING O‘QUVCHI YOSHLARINI HARAKATGA

O‘RGATISH VA MASHG‘ULOTLARDA JISMONIY SIFATLARNING

RIVOJLANTIRISH, TA’LIM JARAYONLARINING PRINSIPLARI

Hamrayev Eldorbek Shomurod o‘g‘li

Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi

o‘qituvchisi hamrayeveldorbek@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13955257

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O‘rta maxsus kasb-hunar, litseylar, umumta’lim

maktablarining o‘quvchi yoshlarini harakatga o‘rgatish va mashg‘ulotlarda
jismoniy sifatlarning rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining prinsiplari haqida
ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar:

metodik prinsiplar, mashq usuliyati, muntazamlilik prinsipi,

mashq usuliyati.

ANNOTATION

This article provides information about the principles of training and

development of physical qualities and educational processes for students of
secondary special vocational, lyceums, general education schools.

Key words:

methodological principles, training method, principle of

regularity, training method.

Maktab yoshi harakatga o‘rgatish uchun eng qulay yoshdir. Xuddi mana

shu yillarda bolalar yuqori egiluvchanlikga, kuchli va tez nerv qo‘zg‘alishiga ega
bo‘ladilar va shunga ko‘ra harakatlarning shartli reflekslarini yengil hosil bo‘lishi
bilan ajralib turadilar. 14-15 yoshda harakat analizatorlarining rivojlanganligi
me’yoriga yetadi. Maktabni tugallash davriga kelib o‘quvchilar xilma- xil
darajadagi harakat malakalariga ega bo‘ladigan. Bu o‘z navbatida jismoniy
mashqlarni, mehnat faoliyatida va ijtimoiy hayotda turmushda, o‘zlarining
sog‘ligini mustahkamlashga, jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qo‘llay oladilar.
Harakat o‘rgatish shug‘ullanuvchini jismoniy rivojlanganligi va jismoniy
tayyorgarligi hamda jismoniy sifatlarini darajasiga qarab amalga oshiriladi.
Katta, o‘rta, kichik yoshdagi o‘quvchilarni harakatga o‘rgatishda umumiy
metodik prinsiplarni qo‘llashga alohida e’tibor beriladi.
Onglilik va faollilik prinsipiga muvofiqyildan yilga bolalar o‘rgatilgan harakat
faoliyati haqida bilimlarga ega bo‘la borishlari, bajarilgan harakat nimaga fakat
aynan shunday bajarilishi kerakligi, boshqacha bajarilsa kanday xato‘lar sodir
bo‘lishi mumkinligi haqida fikr yurita oladigan bo‘lishlari lozim. Bu bilan


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

51

ularning fikrlash doirasi kengayadi. Kichik yoshdagi jismlarni ko‘rish orqali
fikrlaydiganlarda xayotiy misollar bilan, jismoniy mashqning ahamiyati uni
kundalik turmushda qo‘llanilishi shug‘ullanuvchini sog‘ligi uchun ahamiyati va
boshqalar haqida hayotiy misollar keltirilsa bas. V- ІX sinf o‘quvchilariga
nisbatan kiyin harakat malakalari beriladi. Bu jarayon o‘rganilgan materiallarni
ko‘p marotaba qaytarish orqaligina amalga oshirilishi, shundagina yuqori
natijalar uchun ko‘p ter va og‘ir mashaqqatlar tortish kerakligi ularning ongiga
singdiriladi. Bu yoshdagilar psixikasiga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega.
Ular o‘rganilayotgan harakat faoliyatini tezdagina egallab olishga urinadilar. Bu
bilan ular xato‘larga yo‘l qo‘yadilar. Shuning uchun harakat texnikasi ustida
ishlash og‘ir ekanligini alohida tushuntirish muxim ahamiyatga ega. Ularni
harakatlarni o‘zlashtirishda bir- biridan xato‘lar topishga majbur qilish,
xato‘larni ko‘ra bilish, tahlilga o‘rgatish va bo‘lajak xato‘larni oldini olishga
zamin yaratadi. Qolaversa o‘qitilgan mavzularni qaytarishda ularni
guruxchalarga rahbarlik qilishga o‘rgatishni hayotiy ahamiyati katta. Mustaqil
fikrlashga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Yuqori sinf o‘quvchilariga yangi
adabiyotlar, sport taktikasi haqida tushunchalar, mustaqil shug‘ullanishlari
uchun maslahatlar berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bajarib ko‘rsatish prinsipi
o‘quvchilarda o‘sha harakatlar haqida aniq tushunchalar hosil qilishda muhim
rol o‘ynaydi. Kichik va o‘rta yoshdagilarda taqlid qilish refleksi juda rivojlangan
bo‘ladi. Ular ko‘rsatilgan harakatlarni aynan o‘zini, nusxasini, tezda va
butunligiga qaytara oladilar. Shuning uchun bu prinsipiga rioya qilish
o‘qituvchidan alohida e’tiborni hamda o‘quvchilar bajarayotgan mashqni
ahamiyatini mukammal tushuntirish lozimligi talabini qo‘yadi. Yuqori sinf
o‘quvchilari turli xil tayyorgarliklarni o‘tadilar, harakatlarni o‘zlari mustaqil
kuzatib baholay olib malakalariga ega bo‘lib qoladilar. Mashqlarni yaxshi
bajaradiganlarini, yaxshi namoyish qila oladiganlarini tarbiyalash maqsadga
muvofiq bo‘lib, ulardan o‘qituvchilar mashg‘ulotlar paytida yordamchi sifatida
foydalanishlari mumkin. Harakatni bo‘laklarga ajratish bilan o‘rgatish va
o‘qitishni individuallashtirish prinsipi- kichik maktab yoshdagilarga kullanganda
ayrim harakatlarni ajratib olish va uni aniq bajarishi qiyinrok kechadi. Ular tez
charchaydilar va tez tiklana oladilar. Ayniqsa bir xil harakatlar tez charchashni
tezlashtiradi. Bulardan tashqari tananing ayrim muskullarini ma’lum muddatga
ushlab turish (statik holatdagi) mashqlari tez to‘ldiradi va shuning uchun
bunday mashqlarni qo‘llashdan qochish lozim. Birinchi sinfdan boshlaboq
o‘quvchilardan ayrim mashqlarni bajarish uchun bor imkoniyatlarni sarflashini


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

52

talab qilish kerak bo‘ladi, chunki ularning jismoniy tayyorgarligi va nerv
faoliyatining tipologik xususiyatlariga katta e’tiborni talab kiladi.
Muntazamlilik prinsipi harakatga o‘rgatish rejalashtirilgan materialni qator
mashg‘ulotlarda ko‘proq qaytarish talabini qo‘yadi. Mavzu o‘zlashtirilgandan
so‘ngina boshqa vazifaga o‘tiladi. Kichik, o‘rta va katta maktab yoshdagilar bir
yoki bir necha darsni (yoki trenirovkani mashg‘ulotini) qo‘yib yuborishi, ularda
tizimli qatnashmasligi, ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘zlashtirish
jarayonini cho‘zilishiga sabab bo‘ladi.
Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish prinsipi harakatga o‘rgatishda
bajarilayotgan mashqni asta-sekinlik bilan kiyinlashtirish, yuklama me’yoriga
nisbatan kerak bo‘lgan koordinatsion talablarni qo‘yish, nerv-muskul jarayonida
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan bog‘liq qoidalarga rioya qilishni takazo etadi. I-
III sinflarda bajariladigan harakat turlarini tez-tez o‘zgartirish maqsadga
muvofikdir. Mashq bajarayotganda zo‘riqqan muskul navbatdagi muskullarga
nisbatan dam berishi amaliyotdan ma’lum. Muskullarni 5-8 sek oshiq zo‘riqqan
holda tarang ushlab turish bu yoshdagilar uchun tavsiya etilmaydi. Mashqni
bajarish va urinish oldidan o‘quvchini ko‘p kuttirish tavsiya qilinmaydi. Navbat
kutish tik turishdan iborat bo‘lmay asosiy harakatni bajarishda ishtirok
etmaydigan boshqa muskul guruhlari uchun zo‘riqish beradigan harakatlar bilan
almashtirilishi, qorin, ko‘krak, bel muskullarini rivojlantiradigan, normal nafas
olish malakasini shakllantiradigan mashqlarni bajarish tavsiya qilinishi ham
mumkin Mashq usuliyatini
o‘smirlarga qo‘llar ekanmiz diqqatni gavdani tugri tuta bilish, ratsional ritmda
nafas olish (ayniqsa yurish va yugurish mashqlari) ga karatishimiz zarur. V-
qobiliyatiga ega IX sinfdagilar ko‘rganini bilib bo‘ladilar. Har bir harakatini tez
o‘rganadilar. Ularda ayniqsa yengil atletika mashqlariga qiziqish katta bo‘ladi.
Mashqlarni bajarishda aynan o‘sha mashqni nimasiga kuch sarf qilish yoki
mashqdan so‘ng mashqni bajarish uchun zo‘riqqan muskulni bo‘shashtirishni
bilishga o‘rgatish, chiroyli, yuqori darajali kuch sarflagandagidek harakatlarni
bajarishga o‘rgatish kerak bo‘ladi. Yuqori sinfdagi bolalarda jismoniy mashqlarni
ko‘proq kuch talab kiluvchilarini, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarni
rivojlanishiga olib keladiganlarini berish tavsiya qilinadi.
Harakatga o‘rgatishning etaplari. Jismoniy tarbiya darsida jismoniy mashqlarga
o‘rgatish jarayoni harakatga o‘rgatishning asosini tashkil kiladi. Rasm, ashula va
boshqa darslarda bolalar diqqati juda aktiv bo‘ladi. Jismoniy tarbiya darslarida
ham mashqlarni o‘zlashtirishda bolalar diqqatini yuqorida kayd qilingan
darslardagidek bo‘lishiga erishish kerak. O‘rgatishning boshlang‘ich etapi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

53

Mashqni bajarilishini boshlanishi bilanoq tushuntirishga, diqqat bilan eshitishga
erishish, bajarilayotganni to‘la tasavvur qilish, ijroni tahlili va uni bajarishga zo‘r
ishtiyokni, intilishni paydo qilish lozimligi ta’limning birlamchi etapini asosiy
mazmunini tashkil etadi. Kichik yoshdagilarga iloji boricha o‘yin tarzidagi
harakatlarni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish o‘qitishning boshlangich etapni asosiy
vazifasidir. Bolalarda o‘sha faoliyatga kerak bo‘lgan harakatni bajarmaslikka olib
keladigan sabablarni ko’ra bilish, o‘rgatishning samarali boshlanishiga ijobiy
ta’sir kursatadi va o‘qitishda yaxshi natija beradi. O’smirlarga mashg‘ulotlar
paytida eng dastlabki bajarish ular uchun tanish sharoitda, tashqi
qo‘zg‘atuvchisiz, chalg‘ituvchilarsiz amalga oshirilishi muhim. Professor
Kasyanovning yozishicha tajriba maktabining darsiga tajriba o‘rgangani bir
guruh nazoratchilar kelgan. Uni ko‘rgan o‘qituvchi, bolalar yaxshi ko‘rgan sport
jihozlarida, bolalar uchun tanish bo‘lgan mashqlardan foydalanib mashg‘ulot
o‘tkazgan. Ajablanarlisi shu bo‘lganki, o‘quvchilar o‘zlari duppa-durust avval
bajargan mashqlarini bajarishda ham ancha kiyinlashgan. Darsda
qatnashayotgan nazoratchilar o‘quvchilar uchun ko‘shimcha qo‘zg‘atuvchi
bo‘lgan, bu bilan o‘quvchilarning bosh miya yarim sharlari pustlog‘ida yangi
qo‘zg‘alish uchogi vujudga kelib mavjud shartli harakat reflekslarini normal
utishiga to‘siq yuzaga kelganligi kuzatilgan. Yuqori sinfdagilar harakatlarni
birinchi ko‘rishdanok yaxshi bajarishlari mumkin. Bunga sabab ularning
jismoniy tayyorgarligining yuqoriligi va uddalash qobiliyatlarini yetarliligi sabab
bo‘lishi mumkin. Harakatga o‘rgatishda, o‘rganilishi lozim bo‘lgan mashqni
dastlab muskul kuchni oz sarflab, harakatlarni sekinlashtirilib bajarish bilan
o‘rgatilsa material oson o‘zlashtiriladi. Bir xil harakatni uzoq takrorlash
harakatga o‘rgatish samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun o‘sha harakatga
monand, bajarish texnikasi o‘zlashtirilayotgan mashqga yakin jismoniy mashqlar
yoki harakatli o‘yinlardan foydalanishning samarasi katta. Amaliy materiallarni
o‘zlashtirish o‘z navbatida yangisini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Uzunlikga
sakrash, masofada tez yugurishni osonlashtiradi. Ammo mashg‘ulotlar davomida
bir mashg‘ulotda, darsdan bir xil jismoniy sifatni rivojlantiruvchi mashqlarni
tanlash bolalarda darsga qiziqishni so‘ndiradi. Yuqori natijalarga erishish uchun
ayrim mashqlarni ko‘p marotalab takrorlash zarur. Amaliyot shuni isbotladiki
60 m ga sek 11,4 natijasidan 0,9 sekundga IX sinf o‘quvchisi tushuntirguncha 2
yilda maxsus mashqlar bilan qo‘shganda 26 km yugurishi kerak ekan.
Mustahkamlash va takomillashtirish etapi harakatga o‘rgatish jarayonida muhim
ahamiyatga ega va bu jarayon o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari bilan bog‘liq.
O‘zlashtirilgan harakat malakasi yarim sharlar po’stlog‘ida hali chukur iz


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

54

qoldirmagan bo‘ladi hamda takomillashtirish uni chuqurlashishi mustahkamlash
etapida me’yoriga yetadi. Hosil bo‘lgan «iz» ma’lum davr o‘tgandan so‘ng ham
eski malakani qaytadan tiklanishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi,

“Sharq” nashriyoti-matbaa konserni bosh tahriryati. Toshkent, 1999
2.

F. Xo’jayev, T. Usmonxo’jayev Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya,

o’quv qo’llanma. T., “O’qituvchi”
3.

A. Abdullayev, Sh. Xonkeldiyev Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati,

Toshkent.

Библиографические ссылки

Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi, “Sharq” nashriyoti-matbaa konserni bosh tahriryati. Toshkent, 1999

F. Xo’jayev, T. Usmonxo’jayev Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya, o’quv qo’llanma. T., “O’qituvchi”

A. Abdullayev, Sh. Xonkeldiyev Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati, Toshkent.