Авторы

  • Nasima Qodirova
    Buxoro davlat universiteti doktoranti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53629

Ключевые слова:

Buxoro adabiy muhiti Sodiqxoja Gulshaniy shoir tarixchi-geograf “Tarixi Humoyun” g‘azal ruboiy.

Аннотация

maqola Buxoro adabiy muhitida ijod qilgan shoir, tarixchi, geograf Mulla Muhammad Sodiqxoja Gulshaniy hayoti va ijodiga bag’ishlangan. Ijodkorning yashab ijod etgan davri, muhiti, davrdosh ijodkorlarining unga munosabati borasida mulohazalar yoritilgan. Gulshaniyning “Tarixi Humoyun” asariga doir ma’lumotlar berilgan, shuningdek, badiiy ijodiga ham to‘xtanilgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

104

MULLA MUHAMMAD SODIQXOJA VA UNING

ADABIY MЕROSI

1

Nasima Qodirova,

Buxoro davlat universiteti doktoranti,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13767328

Аnnotatsiya:

maqola Buxoro adabiy muhitida ijod qilgan shoir, tarixchi, geograf

Mulla Muhammad Sodiqxoja Gulshaniy hayoti va ijodiga bag’ishlangan.
Ijodkorning yashab ijod etgan davri, muhiti, davrdosh ijodkorlarining unga
munosabati borasida mulohazalar yoritilgan. Gulshaniyning “Tarixi Humoyun”
asariga doir ma’lumotlar berilgan, shuningdek, badiiy ijodiga ham to‘xtanilgan.

Kalit so‘zlar:

Buxoro adabiy muhiti, Sodiqxoja Gulshaniy, shoir, tarixchi-geograf,

“Tarixi Humoyun”, g‘azal, ruboiy.

Gulshaniy taxallusi bilan ijod etgan Mulla Muhammad Sodiqxoja 1861-yilda

Buxoroda Muhammad Mir Sayyid muftiy oilasida dunyoga kelgan. Uning hayoti
va ijodiga doir juda ko‘p ma’lumot saqlanmagn bo‘lsa-da, Buxoro amirligining
tarixiy geografiyasiga doir «Tarixi Humoyun» asarida o‘ziga doir bir qancha
ma’lumotlar keltirilgan. O‘zining ma’lumotlariga ko‘ra ajdodlari Mir Sayyid Ali
Hamadoniy bilan bog‘lanadi. Muhammad Sodiqxoja tarixnavis va shoirlikda
mashhur bo‘lgan.

Gulshaniy tahsilni Buxoroda madrasalarida oldi. Gulshaniy kamtarona hayot

kechirgan va bir muddat 1885-1910-yillarda hukmronlik qilgan amir
Abdulahadning qo‘l ostida bo‘lgan. Amir Abdulahad Buxoro davlat ishlarini
tartibga solishga harakat qilgan bo‘lsa-da, bu borada muvaffaqiyatsizlikka
uchradi va otasi Amir Muzaffar ilgari olib borgan siyosatni davom ettirdi. Natijada
Buxoro amirligi muhitini qamrab olgan salbiy ko‘rinishlar, xurofotlar keng
tarqaldi. Va mamlakatdagi mazkur holatlar Gulshaniy ijodiga tanqidiy ruh olib
kirdi.

XIX—XX-asr boshlaridagi adabiy-tarixiy manbalarda Gulshaniyning olimlik

fazilatlari, Ahmad Donish, Sadr Ziyo, Nazrullo Lutfiy, Yahyoxo‘ja, Mirzo Azim
Somiy, Abdullaxo‘jai Tahsin va boshqalar bilan adabiy to‘garaklardagi ishtiroki,
shuningdek, ijodkorlik mahorati xususidagi ma’lumotlar mavjud. Gulshaniyning
rus tilini yaxshi bilishi va til o‘rganishdagi ishtiyoqi borasidagi ma’lumotlar ham
bor. S.Ayniyning yozishicha, Gulshaniy Buxoro madrasalari talabalari orasida
birinchi bo‘lib “rus tilini puxta egallagan” shaxsdir. U “Sodiqxo‘ja ibtidoiy bo‘lsa-

1

Maqola AL-662204396 raqamli “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi boʻyicha elektron

platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etildi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

105

da, o‘z davri ilmini o‘rgangan, geografiya fanini juda sevgan” (2,22) deb alohida
ta'kidlagan. Sadri Ziyo ham Gulshaniyning ruslashuviga ishora qilib:

Bad-on poya donad zaboni rusi,
Bad-on poya donish tu kay rasi? deb yozadi.
Sadridin Ayniy Sharifjon-Maxdumning uyida xizmat qilgan vaqtida

Gulshaniy bilan yaqindan tanishgan. Uni o‘sha davrning fazilatli kishilaridan biri
sanagan. U shunday ta'kidlaydi: “Sharifjon maxdumning xonadoni ilgari shoirlar,
nosirlar va olimlar bilan to‘lar edi. Abdulvohid bilan birga xizmat qilgan men ham
shunday suhbatlarda doim mehmonxonada bo‘lib, adabiy suhbatlarda bemalol
ishtirok etar edim. Aytishim mumkinki, o‘zimning asosiy, muhim adabiy
manbalarimni o‘sha hovlidan yig‘ib olganman. O‘sha hovlida Mulla Nazrullo
Lutfiy, Abdumajid Zufunun, Yahyoxo‘ja, Sodiqxo‘ja Gulshaniy... va boshqalarni
uchratdim, ularning aksariyati shoir yoki nosir edi. Gulshaniy oppoq chehrali, ko‘z
qoshlari qora, kelishgan qomatli kishi edi. U kabi go‘zal suratli kishi kam uchraydi.
U qimmat emas, lekin juda ozada kiyinar edi. U hikoyachi, tarixchi va shirinso‘z
edi”. Sadri Ziyo ham Sodiqxo‘ja Gulshaniyning juda ozoda, kelishgan, kamtarin,
mehribon, xushmuomala, suhbatdosh bo‘lganligini ta'kidlaydi. Gulshaniy o‘zini
maqtashlarini va maqtanishni yoqtirmasligi va hatti-harakatlari va nutqi, ham
go‘zal bo‘lib, kiyimlari oddiy va nafis matodan tikilganini aytadi.

Gulshaniy qisqa, ammo samarali umr ko‘rdi. Ustoz S. Ayniy Gulshaniy vafot

etgan yilni ham aniqlab, shunday deydi: “Erkin va ma'rifatli hayotga o‘rgangan
Sodiqxo‘ja 1910-yilda vafot etadi” (2,22).

Gulshaniydan bir qancha lmiy-badiiy me’ros qolgan. Uning she’rlaridan

ba'zilari “Tarixi Humoyun”, Sadri Ziyoning “Tazkori ash'or”, S.Ayniyning “Tojik
adabiyoti namunalari” kitoblariga kiritilgan. Gulshaniy she’rlari sodda va nafis
uslubida yozilgan. Shuningdek, u “Tarixi Humoyun” nomli tarixiy-geografik risola
muallifi bo‘lib, uning yagona asl nusxasi Tojikiston Fanlar akademiyasining
Sharqiy qo‘lyozmalar xazinasida saqlanadi.

“Tarixi Humoyun” Mulla Muhammad Sodiq Gulshaniyning 1909-1910

yillarda tojik tilida yozilgan asaridir. Mazkur asar Buxoro amiri – Abdul Ahadxon
hukmronlik qilgan davrni nazarda tutadi. Asarda 19-asr oxirigacha Buxoro
amirligi va uning hududlari haqida qisqacha tarixiy, geografik va demografik
ma'lumotlar ham o‘rin olgan. “Tarixi Humoyun” sakkiz maqola (bob) va bitta
alohida bobdan iborat:

1.

Buxoro sharif o‘lkalari

2.

O‘rtako‘l o‘lkalari

3.

Suv bo‘yi uezdlari


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

106

4.

Qarshi va G‘uzor tumanlar

5.

Shahrisabz tumanlari

6.

Hisor bekliklari

7.

Xutalon o‘lkalari

8.

Qorotegin o‘lkalari

Alohida bob - Darvaz hukumati.
Har bir bob mintaqaning geografik joylashuvi tavsifi bilan boshlanadi va

tabiiy resurslar manbalari, odamlarning faoliyati va mahalliy xo‘jalik haqida
muhim ma'lumotlarni beradi.

Gulshaniy “Tarixi Humoyun” asarida amirlikning har bir viloyatida nechta

shahar, qasaba, qishloq borligi, aholisi haqida yozadi. Macalan, Shahrisabz shahri
haqida shahar ikki qator devor bilan o‘ralgani, shahar devorining 3 darvozasi
(Kitob, Charmgaron, Qarshi) borligi, Qarshi darvozasi yana La’liston ham deb
atalishi, darvozadan bir yarim chaqirim yerda amirning La’liston deb ataluvchi
chorbog‘i bo‘lgani, shaharda 45 Madrasa, 64 masjid, 4 xonaqoh, ikki hammom, 15
karvonsaroy bo‘lganligi aytiladi. Har viloyat, shahar, qasaba aholisining soni va
ularning mashg‘uloti haqida ham ma’lumot beriladi.

Shuningdek, asarda muallif tomonidan voqealarni aks ettirish, qal'alar,

minoralar, obidalar va tarixiy obidalarni tilga olish munosabati bilan ko‘plab kishi
nomlari qo‘llangan. Ayrim afsonaviy va tarixiy va real shaxslarning ismlari,
taxalluslar va laqablar, nasl-nasab, joy nomlari va ular bilan bog‘lik kishilar
nomlari ham keltirilgan.

Shuni ham aytish lozimki, asarda keltirilgan barcha ma’lumotlarni aniq

tarixiy faktlarga mos keladi deya olmaymiz. Asarda uning qiziqarli bo‘lishi,
bundan tashqari muallifning ijtimoiy kayfiyati va jamiyatga munosabatini ifolash
uchun turli afsona va rivoyatlar, to‘qima va bo‘rttirilgan ma’lumotlar ham
uchraydi. Masalan, Odam Ato va Momo Havvoning jannatdan quvilishi bilan
bog‘lik rivoyat keltiriladi. Gulshaniy Odam alayhissalom Sarandebda, Hazrati
Havvo Jiddada qulaganlarida, ilon va tovus qaysidir falon shaharda va iblis
Rometanga qulagani va Rometan hududining issiq va quruq ekanligini yozadi.
Bizningcha, muallifning shaytonning Rometanga qulagani hech qanday diniy va
tarixiy asosga ega bo‘lmay, bu mulohazalardan maqsad uning bu davrda
insonlarning shaytoniy sifatlari – turli illatlaridan noroziligi ifodasidir.

Asar tili muallif yashagan davridagi va sayohatlari hududlaridagi til muhitini

aks ettiradi. Gulshaniy voqealarni tasvirlashda dari-tojik tilining lug‘at boyligidan
ko‘proq foydalanishga harakat qilgan, biroq asarda tilda keng tarqalgan arabcha


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

107

so‘zlar ham bor. Bu dari-tojik tiliga o‘zlashib qolgan ko‘plab arabcha so‘zlar o‘sha
davrda barcha uchun tushunarli edi.

Gulshaniy she'rlari ifoda jihatidan sodda va ravon. U mumtoz fors-tojik

shoirlari, xususan, Sa'diy va Hofiz uslubi va an’analarining izdoshi edi. Quyidagi
misralar bu fikrning dalilidir:

Ba otash afkanad la’li labat la’li Badaxshonro,
Qadi sarvi tu binshonad zi po sarvi xiromonro.
Maro savdoi zulfayni tu oxir kard savdoi,
Pareshonxotiram, to didam on zulfi pareshonro.
Mahi aflok har shab az ruxi mohi tu megardad,
Ba tab afkanda xurshedi ruxat xurshedi tobonro.
Shavad mushki Xito nochiz peshi zulfi mushkinat,
Kunad xomo‘sh sham’i orazat sham’i shabistonro.
Na tanho Gulshani az hachrat, ey gul, dog‘ dar gulshan,
Ba rangi lola az ishqi tu didam lolaro‘yonro.
(O‘zbek tilidagi nasriy bayoni: La’l kabi la’bing Badaxshon la’lini ovovga

otadi, sarv daraxri sening qaddiningni ko‘rib oyog‘ingga yiqiladi. Zulfing meni
oxiri telba qildi, o‘sha parishon zulfingni ko‘rganimdan buyon men ham parishon
bo‘ldim. Osmondagi oy har kech oy yuzing uchun keladi, ko‘ngling quyoshi
osmondagi quyoshdan-da issiq. Zulfing mushni oldida Xito mushki xijolatda,
tunlari yuzing yorug‘ligidan sha’m xomushdir. Ishqing gulshanida hajringdan
bag‘ri dog‘ bo‘lgan faqat Gushaniy emas, sevgingdan lolalar rangida qon bo‘lgan
lolayuzlarni ko‘rdim.)

Mazkur g‘azalda ma’shuqaning go‘zalligi a’anaviy tashbehlarda ifodalangan.

Tashbeh, tashxis, husni ta’lil, mubolag‘a, ishtiqoq sa’antlarini qo‘llash orqali go‘zal
baddiy ifodalar yaratilgan. Ma’shuqa shu darajada go‘zalki, uning labi la’ldan ham
qizil, qomati sarvdan ham adil, hatto har kecha osmonda oyning ko‘rinisha ham
yor husni bilan bog‘liq, ya’ni oy ma’shuqani ko‘rish uchun har kech sayrga chiqadi.
Eng xushbo‘y deb qaraladigan Xito mushki yor sochidan taraladigan
xushbo‘ylikka tenglasha olmaydi. Ko‘rinadiki, oshiq uchun ma’shuqa tengsiz
go‘zallik timsoli. G‘azal aruzning hazaji musammani solim (V---/V---/V---/V---)
vaznida yozilgan.

Xulosa qilib aytganda, Mulla Muhammad Sodiqxoja Gulshaniy qisqa umni

davomida o‘zidan ko‘plab badiiy, tarixiy-georgafik meros qoldirdi. Uning asarlari
o‘z davri uchun ham, bugungi kun uchun ham ahamiyatli bo‘lib, ularni o‘rganish,
tadqiq etish adabiyotshunosligimizning muhim vazifalaridan biridir.

References:

1.

Айни С. Куллиёт. Ҷ.12. /С.Айнӣ.–Душанбе: Ирфон,1976.–С.124-150.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

108

2.

Гулшанӣ, Муҳаммад Сиддиқ. Таърихи ҳумоюн. – Душанбе: Пайванд,

2011. -168 с.
3.

Намунаи адабиёти тоҷик // Муҳит — Плеханов. — Д.:СИЭСТ, 1984.

Библиографические ссылки

Айни С. Куллиёт. Ҷ.12. /С.Айнӣ.–Душанбе: Ирфон,1976.–С.124-150.

Гулшанӣ, Муҳаммад Сиддиқ. Таърихи ҳумоюн. – Душанбе: Пайванд, 2011. -168 с.

Намунаи адабиёти тоҷик // Муҳит — Плеханов. — Д.:СИЭСТ, 1984.