Ushbu maqolada ommaviy tartibsizliklar va guruh bezoriligi jinoyatlarining jinoiy-huquqiy tabiati, ularning o‘zaro farqlari va o‘xshashliklari tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ommaviy tartibsizliklar va bezorilik uchun jinoiy javobgarliklarning jamoat tartibini saqlashga qaratilganligini ta’kidlaydi. Ommaviy tartibsizliklar asosan stixiyali sodir etilgan jinoyatlar bo‘lib, ularning tashkilotchilari boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin, bezorilik esa bir guruh tomonidan sodir etilgan holda barcha ishtirokchilar bajaruvchi sifatida ishtirok etadi. Jinoyatlarning obyektlariga qarab farqlanishi ham ularning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: ommaviy tartibsizliklar jamoat xavfsizligiga zarar etkazsa, guruh bezoriligi jamoat tartibini buzadi.