Авторы

  • Odinaxon Omonjonova
    O`zbekiston davlat konservatoriyasi “Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi 1-bosqich magistrantii
  • Sh.E Ibragimova
    Ilmiy raxbar: O‘zDK “ Musiqa nazariyasi” kafedrasi kata o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.70211

Ключевые слова:

Raxmaninov orientalizm SHarqona ifoda vositalari lo`li musiqalari uslublari ijrochilik manerasi.

Аннотация

Ushbu maqolada Raxmaninov ijodining kuylaridagi sharqona ohanglar va ularning hususiyatlari, rus kompozitorlarining Sharq mamlakatlariga bo`lgan qiziqishi va rus kompozitorlari ijodida sharqona ohanglarning o`rni haqida qisqacha yoritilgan. Aynan Raxmaninov ijodida sharqona tamoyillar to`g`risida hamda kompozitorning asarlarida kelgan G`arb Sharqi  ijrochilik uslubi haqida so`z yuritilgan .


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

RAXMANINOV IJODIDA SHARQONA OHANG XUSUSIYATLARI.

Omonjonova Odinaxon Farruxjon qizi

O`zbekiston davlat konservatoriyasi

“Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish” kafedrasi

1-bosqich magistrantii

Sh.E Ibragimova

Ilmiy raxbar: O‘zDK “ Musiqa nazariyasi”

kafedrasi kata o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14987283

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Raxmaninov ijodining kuylaridagi

sharqona ohanglar va ularning hususiyatlari, rus kompozitorlarining Sharq
mamlakatlariga bo`lgan qiziqishi va rus kompozitorlari ijodida sharqona
ohanglarning o`rni haqida qisqacha yoritilgan. Aynan Raxmaninov ijodida
sharqona tamoyillar to`g`risida hamda kompozitorning asarlarida kelgan G`arb
Sharqi ijrochilik uslubi haqida so`z yuritilgan .

Аннотация

:

В данной статье кратко рассматриваются восточные

интонации и их особенности в мелодике творчества Рахманинова, интерес
русских композиторов к странам Востока и роль восточных мелодий в
творчестве русских композиторов. В произведениях Рахманинова идет
речь о восточных началах и западно-восточном стиле исполнения,
появившемся в творчестве композитора.

Abstract:

In this article, the oriental melodies and their characteristics in

the melodies of Rachmaninoff's work, the interest of Russian composers in
Eastern countries and the role of oriental melodies in the works of Russian
composers are briefly discussed. In Rachmaninov's works, there is talk about
oriental principles and the Western-Eastern style of performance that appeared
in the composer's works.

Kalit so`zlar :

Raxmaninov, orientalizm , SHarqona ifoda vositalari, lo`li

musiqalari uslublari, ijrochilik manerasi.

Ключевые слова

: Рахманинов, ориентализм, восточные средства

выразительности, цыганский музыкальный стиль, цыганская манера
исполнения.

Key words:

Rachmaninov, Orientalism, Eastern means of expression,

Gypsy music styles, performance style.

Musiqa san`atida betakror asarlar yaratish va musiqiy asarlarini ijrochi va

tinglovchilar qalbidan joy olishi kompozitordan yetuk qobiliyat va juda katta
mehnat talab qiladi. Mana shunday qobiliyat egalaridan biri, buyuk kompozitor,
mahoratli ijrochi va yirik dirijyor Sеrgеy Vasilеvich Raxmaninov butun jahon


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

8

musiqachilarining kontsеrt rеpеrtuaridan o‛rin olgan yorqin va hissiyotlarga boy
asarlarning muallifidir. Uning asarlari o`zining dramatizmi, musiqiy talqini va
o`zgacha xarakteri bilan ajralib turadi. Ko`plab janrlarda asarlar bastalagan
kompozitorning ijod namunalari turfa xil va rang baranglikka ega bo`lib, har
birida Vatan sog`inchi, milliylikni qadrlash g`oyalari ilgari suriladi.

Kompozitor turli janrlarda ijod qilganligini yana bir bor ta`kidlash joiz. U

opеra va simfoniyalar, vokal-simfonik, orkеstr, kamеr-cholg‛u va fortеpiano
uchun asarlar, romanslar va xorlar yozgan. Aynan kompozitorning ijodida sharq
ohanglari bilan ajralib turadigan asarlari ham mavjud.

XVIII va XIX asrda rus kompozitorlarining Sharq mamlakatlari

madaniyatiga bo`lgan juda katta qiziqishi tufayli, sharqona ohanglar rus klassik
musiqalarida namoyon bo`la boshladi. Dastlab, M.I Glinka, “Qudratli to`da” va
A.G.Rubinshteyn kabi rus kompozitorlari o`z kompozitsiyalarida musiqiy
tafakkurlaridan kelib chiqqan xolda sharqona kuylarni 3 xil yo`nalishda
kiritishgan:

1)

|Asarning sharqona nomlanishi orqali aks ettirish;

2)

Sharqona kuylarga hos bo`lgan ifodaviy vositalarni qo`llash orqali

sharq ohanglariga o`xshatma (bular kuy ichidagi harakati bilan namoyon
bo`ladi: pog`onasimonlik, asosiy tayanch tovushlarni atrofidagi tovushlar bilan
qurshab ijro qilinishi, melizmlar va yana bir yorqin vosita - orttirilgan sekunda
orqali);

3)

Sharq kuylari sitatalaridan foydalanish va o`zgacha uslubda

garmonizatsiya qilish;

Ushbu uch yo`nalish ko`pincha, birlashganini ko`rish mumkin. Xususan,

M.I. Glinka “Ruslan va Lyudmila” operasida “Forscha xor”, Rimskiy-
Korsakovning “Shaxrizoda” simfonik syuitasi, Balakirev “Islamey” va boshqa bir
qancha kompozitorlarning asarlarini misol keltirish mumkin.

Raxmaninov ijodida ham sharq ohanglari va melizmlarni seziladi va

kompozitorning ijodiy yo`li davomida sharqona hususiyatlar turli ko'rinishlarda
namoyon bo'ladi. Ahamiyatli tomoni shundan iboratki, Raxmaninovning rus
orientalizmi musiqa madaniyatida alohida sahifa deyilsa mubolag`a bo`lmaydi.
Raxmaninov Vena klassiklari (Gaydn, Motsart, Bethoven) va rus “Qudratli to`da”
vakillaridan farqli o`laroq Sharq musiqasi tamoyillariga ekzotik-etnografik yoki
illyuzor orientalistik nuqtai nazardan emas, balki, sharqona uslubning bevosita
ifodalari asosida izchil yondashgan. Butun ijodiy jarayonida mazkur uslubni
teran anglash va to`laqonli aks ettirishga astoydil intilgan. [1,18-bet]


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

Raxmaninov asarlarini tahlil qilganda, sharqonalik husuisyatlari, qanday

ifodalanganligiga e`tiborni qaratish lozim [4,77-bet]. Kompozitorning ijodidagi
Pushkin she`riga yozilgan “Не пой, красавица” (Kuylama sohibjamol)
romansida sharqona bo`yoqlar va Birinchi simfoniyada sharq ohanglarini
eslatuvchi kichik elementlar va motivlari uchraydi, shu bilan birga ikkinchi
fortepiano uchun konsertini birinchi qismi yondosh partiyasining mavzusida
ham sharqona ohanglar yangraydi. Bunda Raxmaninov uslubidagi sharq va rus
musiqasining qorishib ketganligi va yangi sharqiy jihatning namoyon bo`lishini
ko`rish mumkin.

Raxmaninov ijodida Sharq musiqasiga xos turfa xususiyatlar quyidagi

yo`nalishlarda namoyon bo`ladi:

1)

Asar nomining Sharqqa aloqadorligi - aniq ko`rsatilgan bevosita

bog`liqlik (misol uchun: “Sharq raqsi”, “Sharq eskizi”, “Tsigancha kaprichio”);

2)

Asarning Sharqqa aloqadorligi janran, shaklan yoki usluban

ta`kidlangan ramziy bog`liqlik ( “Vokaliz”, “Elegiya”) ;

3)

Yuqoridagi 2 xususiyatlarsiz, lekin, sharqona uslub (ritmik usul,

kuychanlik, bezaklarning tufa xilligi) ga ega bilvosita bog`liqlik.[1,19-bet]

Raxmaninovning sharqga bo'lgan qiziqishi ijodining butun davriga xosdir.

Umuman olganda, “rus musiqiy orientallik” kompozitorning turli janrdagi
asarlarida aks etadi: operalar, kontsertlar, romanslar va preludiyalarida ko`rish
mumkin. Raxmaninovning musiqiy orientalligi janr jihatidan aniqligi bilan
yaqqol seziladi:

1) raqs orqali ( “Vengercha raqs” , «Sharq raqsi”, "Aleko" operasining raqs

sahnalarida erkaklar raqsi va ayollar raqsi);

2) qo'shiq orqali (“Не пой, красавица" romansi, "Aleko" operasidan

Zemfira qo'shig'i "Старый муж грозный муж " va boshqalar;

3) Kamer va cholg`u asarlari orqali: (fortepiano uchun "Serenada" op. 3

№ 5, Etyud-manzara” op 39 №9, Prelyudiya op 23 №5). [3,291-bet]

Raxmaninovning fortepiano va orkestr uchun Ikkinchi konsertida

sharqona xususiyat va uslublar yaqqol seziladi. Ushbu kontsertda kompozitor
o'ziga xos mahorati va uslubini mujassamlashtirib, mavjud bo'lgan barcha ifoda
vositalari, shu jumladan, sharqona ifoda vositalariga murojaat qiladi.
Musiqashunos olim T.G`afurbekovning ta`kidlashicha: “Raxmaninov yangi
ijodiy jarayonni ayni sharqona fortepiano va orkestr uchun Ikkinchi konserti
bilan boshlagan”. Ijodining yetuk davrida kompozitor o`zining “Sharqona
dunyoqarashi”dan kelib chiqib yozgan kompzitsiyalari buning aniq dalili deyilsa
mubolag`a bo`lmaydi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

10

Fortepiano va orekstr uchun ikkinchi konsert (d moll) ning Birinchi

qism yondosh partiyasini qisqacha tahlil qilib misol sifatida ko`rib chiqamiz.
Mavzudagi harakat va kuyning yuqori tomonga intervallar orqali ko`tarilishi
nafis melodiyani hosil qiladi. Kuy ifodaviylik jihatidan keng nafasli yorqin
mavzu sifatida keladi. Kuydagi pog`onasimonlik va tovushlarning alteratsion
o`zgarishi, ritmik xususiyatdan oddiylik va shu bilan birga murakkablik
(sinkopalarning ishlatilishi) ham mavjud. Yuqorida ta`kidlanib o`tilgan
xususiyatlarning sintezlashish jihatini sezish mumkin. Ya`ni, o`zining musiqiy
orientalizmini kuydagi bilvosita ifoda vositalari orqali ko`rsatib bergan.

Kompozitorning bir necha asarlarida G`arb Sharqi musiqalari

shuningdek, ispan, venger va lo`li xalq musiqalarining ayrim hususiyatlari
borligini sezish mumkin. Ko`p olimlarning fikricha Raxmaninovning musiqiy
tafakkurida Sharqonalik va G`arb Sharqi ohanglari borligini aniq ta`kidlab
o`tadi. D.V.Jitomirskiy o`zining 1945 yilda yozgan "Rahmaninovning
fortepiano asarlari" ilmiy maqolasida Raxmaninov Vatan sog`inchini
tasvrlashda tsigan musiqalariga xos bo`lgan ekspressivlik, emotsionallikka boy
harakat va garmoniya orqali tasvirlaydi [5,88-bet].

Kompozitorning bir necha romanslarida ,xususan, lo`lilarning qo`shiq

uslubi va ulardagi xis tuyg`ulik, ekspressivlik, pastki registrarda yo`g`on va yopiq
ovozda ijro qilinishi, fortepiano cholg`usidagi jo`r ovozlikning imkoniyati juda
keng va chegarasizligi mavjud. Bunda so`zlar rus tilida lekin kuylash doimiy rus
romanslari

ijrochiligidan

yiroqdaligi

yaqqol

seziladi.

Masalan,

D.Merejkovskiyning so'zlariga “О, нет,молю неуходи” (Yo'q, iltimos, ketmang)
"op. 4 №1, A.Apuxtina so`zlariga “О, не грусти…” (Oh, xafa bo'lmang) op. 14
№ 8 yozilgan romanslari va boshqa ko`plab romans qo`shiqlarida aynan tsigan
ijrochiligi maneralarini ko`rish mumkin. Ushbu romanslar Moskva tsigan
qo`shiqchisi A.Aleksandrova va uning singlisiga bag`ishlanib yozilgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

11

Raxmaninovning pianinochi sifatida ijro etish uslubida tadqiqotchilar his-
tuyg'ularning ozodligini ta'kidlaydilar (hissiy ekspressivlik va his-tuyg'ularning
ochiq ifodasi, temp va dinamikada keskin kontrastlar) [4,292-bet].
Xulosa qilib aytish mumkinki, Raxmaninov o`zining betakror asarlarida
ishlatgan sharq ohanglariga xos bo`lgan hususiyatlar o`zining ichki ovozi va qalb
tubidan chiqqan ohanglardir. Kompozitorning juda ko`plab asarlarida aynan
sharqonalik tamoyillari qanday yoritilishi juda ko`p olimlar tomonidan
o`rganilib kelinmoqda. Har bir kompozitorning o`z uslubi bor, asarlarining
fakturaviy jihatdan, garmoniya va kuy jihatdan bayon etish uslublari bo`ladi va
aynan Raxmaninovning orientalizmi va Sharq kuylari tamoyillariga bo`lgan
murojaati ham o`z uslubining asosiy poydevori bo`lgan deb ishonch bilan ayta
olish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

T.G`ofurbekov “Musiqa – mening borlig`im” , T., - 2015

2.

Воспоминания о Рахманинове. М., - 1967

3.

Д. Рахимова “Об ориентальных особенностях музыки С.В.

Рахманинова”, https://lib.herzen.spb.ru, 2008
4.

Даниил Топилин статья «С. В. Рахманинов — гармония Запада и

Востока» // www.cyberleninka.ru, 2021
5.

Д.В. Житомирский «Фортепианное творчество Рахманинова»,

Журнал “Советская музыка” – 1945.

Библиографические ссылки

T.G`ofurbekov “Musiqa – mening borlig`im” , T., - 2015

Воспоминания о Рахманинове. М., - 1967

Д. Рахимова “Об ориентальных особенностях музыки С.В. Рахманинова”, https://lib.herzen.spb.ru, 2008

Даниил Топилин статья «С. В. Рахманинов — гармония Запада и Востока» // www.cyberleninka.ru, 2021

Д.В. Житомирский «Фортепианное творчество Рахманинова», Журнал “Советская музыка” – 1945.