CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
59
XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA O’RTA OSIYODAGI
ERONLIKLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTI
Abdullayeva Zarnigor Xusanovna
O’zMU, Jahon tarix kafedrasi mustaqil izlanuvchi doktoronti
abdullayevazarnigoru1430@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15074248
Annotatsiya.
Mazkur maqola XIX asr oxiri XX asr boshlarida O’rta
Osiyodagi eronliklarning ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida bo’lib, unda asosan
eonliklarning O’rta Osiyoga ko’chib kelish tarixi va joylashishi haqida ayrim
tarixiy ma’lumotlar, hamda mahalliy aholi bilan o’zaro aloqalari keltirilgan.
Tayanch so’z va iboralar:
eroniy, forsiy, marvi/mavri, Movarounnahr,
Samarqand, Buxoro, sunniylar, shialar, Panjob
Аннотация.
Данная статья посвящена общественно-политическому
положению иранцев в Средней Азии в конце XIX - начале XX века, в
основном содержит некоторые исторические сведения об истории и
расселении эpонов в Средней Азии, а также взаимоотношениях местного
населения.
Опорные слова и выражения: ирани, перс, марви/маври, Мавераннахр,
Самарканд, Бухара, сунниты, шииты, Пенжаб.
Abstract.
This article is about the socio-political situation of Iranians in
Central Asia at the end of the 19th century and the beginning of the 20th
century, it mainly contains some historical information about the history and
settlement of the Eonians in Central Asia, as well as the mutual relations of the
local population.
Keywords and expressions:
Irani, Persian, Marvi/Mavri, Transoxiana,
Samarkand, Bukhara, sunnits, shiits, Pandjab.
XVI asrdan to XX asrning 20-yillarigacha Movarounnahrning sunniy
hukmdorlari va Eron shialari oʻrtasidagi diniy-gʻoyaviy raqobatlar sababli
yuzaga kelgan toʻqnashuvlar, Eron va unga chegaradosh boʻlgan
mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy va diniy vaziyatlar ta'sirida Oʻrta Osiyoga
shialik vakillari kelib oʻrnashgan. Shu sababli Oʻrta Osiyoda, xususan, hozirgi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida (eronlik yahudiylardan tashqari) ularni
eroniy (fors. “eronlik”) etnografik atamasi bilan ataydilar. Buxoro xonligi
shaharlari tarixi boʻyicha tadqiqot olib borgan O.A.Suxareva Buxoro shahrining
tojik tilida gaplashuvchi forslar tili va antropologik turiga koʻra Samarqandning
turkiy tilda gaplashuvchi, koʻchirib kelinishi amir Shohmurodga (1785–1800)
mansub deb bilingan qizilboshlilar avlodlaridan farq qilishini yozadi. Biz 2007
yil yanvar oyida Samarqand shahrida tadqiqot olib borib, eroniylarning Panjob
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
60
masjidi va uning atrofida istiqomat qiluvchi hamda ishlovchi eroniy aholi
soʻzlashuvida buning guvohi boʻlganmiz. Biz eroniylar deb bilgan
etnik(yoki“subetnik”) guruhga nisbatan O.A.Suxareva Buxoro xonligi shaharlari
tarixi boʻyicha nashr qilgan ishlarida fors, pers (fors) degan soʻzni ishlatib,
adabiyotlarga ushbu guruhning rasmiy nomi sifatida fors terminini kiritish
taklifi bilan chiqqan . Olima bunday fikrga kelishini 1910 yilda boʻlib oʻtgan
“shialar qirgʻini”dan soʻng, ya'ni Buxorodagi sunniy va shialar oʻrtasidagi
munosabatlar keskinlashganda, shialar oldingi eroniy, marvi soʻzlari tahqiromuz
va dushmanlik ruhida ishlatilgani uchun fors nomini qabul qilishganligi bilan
izohlaydi . Shialarning fors yoki eroniyga boʻlinishi haqida Pomirda tuman
fuqarolar komissari, professor I.I.Zarubin fikr bildirib, eroniy soʻzini Buxoro
amiri Shohmurod Marvdan koʻchirib keltirilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaydi.
Ular,ya'ni Marvdan koʻchirib keltirilganlar (bizningcha,qul qilinib, Buxoro
xonligining qulbozorlarida sotilgan barcha shialik vakillari– Sh.T.) oʻzlarini
eroniy deb ataydilar, tojiklar bilan aralashmaydilar, lekin ulardan tili va dini
bilan farq qilishiga qaramay, kiyinishlari va hayot tarzlari tojiklarnikidek – deb
yozadi . Eroniylardan tashqari, Kaspiy orti viloyati shaharlarida yashovchi
forslar haqida alohida gapiradi. Masalan, 1926 yil roʻyxatga olish boʻyicha
keltirilgan ma'lumotlarda I.I.Zarubin Samarqand viloyati boʻyicha eroniylar
sonini 11282, forslar sonini 654 nafar deb keltiradi . Ya'ni bu erda biz nazarda
tutgan shialik vakillari ikki–eroniy va fors–etnik nomlar bilan atalmoqda Bu
haqidagi ma'lumotlarni biz boshqa adabiyotlarda ham uchratishimiz mumkin.
Masalan, O.Ata-Mirzaev, V.Gentshke, R.Murtazayevalarning “Узбекистан
многонационален: историко-демографический аспект” kitobida 1926 yilda
boshlangan roʻyxatga olishda Oʻzbekistonning milliy tarkibida eroniylar 9,2
ming, forslar 9,8 ming kishini tashkil etganini koʻrish mumkin. Keyingi,1939 va
1959 yillarda oʻtkazilgan hisob-kitobda eroniylar ham forslar ham alohida elat
qilib koʻrsatilmagani sabab ularning sonini bilish qiyin. Ammo 1970,1979
va1989 yillarda hisobga olinganlar orasida faqatgina forslar nomi uchraydi. Bu
oldingi roʻyxatga olingan davrlarga qaranganda ikki baravarga koʻpayganini
koʻrsatadi. Masalan,1970 yilda15,5 ming fors roʻyxatga olingan boʻlsa ,1979
va1989 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda 20 ming fors roʻyxatga olingan. Eroniy
etnik guruhi boʻyicha tadqiqot olib brogan F.D.Lyushkevich(1926yilda
oʻtkazilgan roʻyxatga olishda keltirilgani kabi) hamda I.I.Zarubin forslar deb
kimlarga nisbatan ishlatganini aniq aytmaydilar. Lekin I.I.Zarubin ham,1926
yilda roʻyxatga olganlar ham persi/forslar soʻzini XX asrning boshlarida Oʻrta
Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududiga boshpana va daromadli ish izlab kelgan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
61
Eron fuqarolariga nisbatan ishlatganlar. Bugun O‘zbekistonda, ayniqsa,
Samarqand va Buxoroda yashab kelayotgan eroniylarning asosiy qismi Eronning
Xuroson viloyati va uning atroflaridan ko‘chib kelgan. Ularning avlodi asli turkiy
bo‘lib, orasida kichik kurd va fors guruhlari ham bor. Bularning barchasini
birlashtiruvchi omil – bu ularning shialikning Ja’fariy mazhabiga e’tiqod
qilishidir. Eroniylarning kelib chiqishi har xil bo‘lib, ularni kelib chiqishiga ko‘ra
uch guruhga ajratish mumkin:
1) XVIII asrning oxirlarida Buxoro amiri Shohmurod (1775-1800)
tomonidan Buxoro va Samarqandga ko‘chirilgan Marv shahri aholisining
avlodlari;
2) 1860-1880 yıllarda Chor Rossiyasi bosqinidan keyin Buxoro amirligi va
Rossiya o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra ozodlikka erishgan Xurosonning turli
o‘lkalaridan va Shimoliy Afg‘onistondan keltirilgan qullarning avlodlari;
3) turli paytlarda o‘z istagi bilan Erondan O‘zbekiston hududiga ko‘chib
kelganlarning avlodlari.
Ushbu uch guruhdan eroniylarning asosiy qismini «Marviy» (Buxoroda
ko‘proq «Mavriy» deb talaffuz qilinadi) nomi bilan mashhur va Amir Shohmurod
tarafidan Marvdan ko‘chirilganlarning avlodlari tashkil etadi. Ma’lumki, 1786
yilda Buxoro amiri Shohmurod Marv shahrini bosib olib, Marv hokimi bo‘lgan
Bayram Alixon Qojorni qatl ettirgan va Marv aholisini Buxoro amirligining
Buxoro, Samarqand va boshqa joylariga ko‘chirtirgan. A.Grebyonkining fikriga
ko‘ra, Marv aholisi juda yaxshi dehqon, askar va hunarmand bo‘lgani sababli
Amir Shohmurod ularni boshqa shialar kabi qulga aylantirmay, shaharlarga
joylashtirdi, ularga mulk sifatida unumdor yerlar va bo‘sh turgan uylarni berdi.
Demak, eroniylarning «Marviy» nomli guruhining kelib chiqishi Marv
shahridandir. Ammo shu yerda bir savol o‘rinli, XVIII asrda Marv aholisi
kimlardan edi, ularning kelib chiqishi qanday? Shoh Ismoil I Safaviy (1501-
1524) zamonida nufuzli turkiy qabilalardan biri bo‘lgan afshorlarning bir qismi
Xuroson chegaralari yaqinlariga – Daragaz, Kalot, Serahs, Abivard va Marvga
ko‘chib, joylashganligi tarixdan ma’lum. Shu bilan birga, Safaviylar zamonida
Xurosonga boshqa turkiy qabilalar ham kelib o‘rnashganlar. Xususan, Shoh
Abbos I (1524-1587) hozirgi Ozarbayjonning Ganja o‘lkasidan Marv shahriga
qojor qabilasini ko‘chirtirgan. Shoh Abbos II (1632-1667) zamonida esa
qojorlarning ahmadlu yoki qojor ahmadlu qabilasi ham Marvda yashaganligi
manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari, 1600 yildan 1786 yilgacha Marv
shahri qojor qabilasidan bo‘lgan hokimlar tarafidan boshqarilgan va uning
so‘nggi hokimi Bayram Alixon qojor bo‘lgan . Herman Vamberi «O‘rta Osiyoga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
62
sayohat» nomli asarida Marviylar haqida shunday deb yozgan «Marvliklar bular
taxminan 1810 yilning atroflarida amir Sa’idxon tomonidan Marvni qo‘lga
kiritgandan keyin Sariqlar (Turkman qabilasi – A.K.) yordami bilan Buxoroga
ko‘chirtirilgan o‘sha 40 ming forsning avlodlaridir. Kelib chiqishiga qaralsa,
aslida bular Nodir Shoh tomonidan eski ona yurtlaridan Marvga keltirilgan
Ozarbayjon va Qorabog‘ turklaridir» . Turli hisob-kitoblarga koʻra, Oʻrta osiyolik
eronliklarning soni 50 dan 60 ming kishigacha yetadi. Oʻrta Osiyo eroniylarining
etnogenezi eroniy xalqlarning turkiy xalqlar, shuningdek, ayrimlari oʻrta
asrlarda forslashgan Oʻrta Osiyo arablari bilan birga yashashi va aralashib
yashashining yorqin namunasidir. XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoda boʻlgan
eronliklarning katta qismini Janubiy Ozarbayjon, Xuroson va Shimoliy-Sharqiy
Eronning boshqa viloyatlaridagi vayron boʻlgan dehqonlar, hunarmandlar va
ishchilar tashkil etgan, ular oʻz vatanlarini ish izlab tark etgan. Oʻrta Osiyoda
eroniylar yuk koʻtaruvchi, farrosh, uy xizmatkori, zavodlarda, temir yoʻllarda,
qurilish maydonlarida, neft konlarida, qishloq xoʻjaligida ishchi boʻlib ishlagan.
Asrlar davomida mahalliy aholi bilan muloqotda boʻlgan Oʻrta osiyolik eronliklar
mahalliy aholiga ancha yaqin boʻldilar, biroq konfessiyaviy toʻsiqlar ular bilan
aralashishga toʻsqinlik qildi. Umuman olganda, eronliklarning mahalliy sunniy
aholi bilan birga yashashi tinch edi, garchi vaqti-vaqti bilan diniy sabablar,
xususan, 1910-yildagi sunniy-shia qirgʻini boʻlgan. Oktabr inqilobigacha
eronliklar va mahalliy tojiklar va oʻzbeklar oʻrtasidagi asosiy etnik toʻsiq
Markaziy Osiyoga xos sunniy islomga qarshi boʻlgan birinchi isnaashariy shia
dini edi. 1920-yillarda Sovet hukumati Oʻrta Osiyo eroniylarining milliy
rivojlanishini ragʻbatlantirdi. Samarqandda Eron viloyati tashkil etildi, Eron
teatri va fors tilida oʻqitiladigan milliy maktablar ochildi, Eron kolxozlari tashkil
etildi. Bu dastur 1930-yillarning boshlarida, yaʼni Oʻrta osiyolik eronliklar
„oʻzbeklar“ deb tan olinsa, umuman olganda qisqartirildi. Buxoro amirligi va
Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mulklarida hukmron boʻlgan turkiy lahjalarni
(oʻzbek tili) Oʻrta Osiyo eroniylari tomonidan dastlab ikkinchi til sifatida
oʻzlashtirilishi diasporaning butun tarixi davomida sodir boʻlgan. Uzoq vaqt
davomida Xuroson bilan aloqalar, shuningdek, Oʻrta Osiyoda tojiklarning ona tili
boʻlgan fors tilining hukmron mavqeyi fors tilining saqlanishiga xizmat qildi.
Markaziy Osiyo eroniylarining aksariyati turkiy tilda gaplashgan. 1970-yilda
Oʻzbekistondagi 15 ming eronlikdan 12 ming nafari bu tilni ona tili deb atagan.
Sovet davrida, ateizmni ragʻbatlantirish siyosati davrida eronliklarning
konfessiyaviy oʻziga xosligi ham eroziyaga uchragan edi, bu esa atrofdagi
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
63
oʻzbeklar va tojiklar bilan millatlararo nikohlarning tuzilishiga, shuningdek, koʻp
eronliklar va oʻzbeklarning oʻziga xosligini anglashiga yordam berdi .
Xulosa o‘rnida, shuni aytish joizki, O‘zbekiston eroniylarining aksariyatini
Safaviylar va Nodir Shoh zamonida Ozarbayjon, Qorabog‘, Onado‘lu (Anatoliya)
va boshqa o‘lkalardan Xurosonga ko‘chirtirilgan turkiy qabilalar va mahalliy
turkiy qabilalar (qaroyi, tatar, chig‘atoy, arlot, gerayli va boshqalar) qorishuvi
natijasida shakllangan Xuroson turklarining, xususan, afshor va qojor kabi
qabilalar vakillarining avlodlari ekanligini ayta olamiz
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
Тохтиев Ш. Происхождение среднеазиатских шиитов и их
характеристика // Восточный факел. – 2017. – Т. 3. – №. 3-4. – С. 99-104.
2.
Самарқанд эронийлари мозоридаги эпиграфик ёзувларни тадқиқ
этган Б. М. Бобожонов маълумотлари. Яна батафсил қаранг: Babadžanov B.
M. On the history of the naqšbandīya muğaddīya. – P. 385–413;
3.
Сухарева О. А. К истории городов Бухарского ханства. – Т.: Изд. АН
УзССР, 1958. – С. 83.
4.
Зарубин И. И. Население Самаркандской области. – Л., 1926. – С. 24.
5.
Алиева Ф. Самаркандские иранцы. centr-asia.narod.ru/iran 20.06.2006-
09:46 AM
6.
Люшкевич Ф. Д. Этнографическая группа ирони // Занятия и быт
народов Средней Азии. – Л., 1971. – С. 39.
7.
Toxtiyev Sh.R. Markaziy Osiyoda shia jamoalarining shakllanishi va oʻziga
xos xususiyatlari: Tar. fan. fals. dok. (PhD) … dis. – Toshkent, 2021. – 2 b.