ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 | 2020
59
Oqboev Toshpulat Аlixujaevich
Samarqand davlat tibbiyot institutining 4-sonli ichki kasalliklar
kafedrasi assistenti. Samarqand sh., O'zbekiston
OILAVIY BRONXIAL ASTMA BILAN XASTALANGAN BEMORLAR OILASIDAGI SHAXSLAR O`RTASIDA HAMROH
ALLERGIK KASALLIKLARNING UCHRASHI
For citation:
Okboyev T.A. The Cases of Combination with Allergic Diseases Among A Family with Family-Bronchial Asthma. Journal of
cardiorespiratory research. 2020, vol. 2, issue 1, pp. 59-61
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-2-9
ANNOTATSIYA
2010-2015 yillarda SamShTB allergologiya va pulmonologiya bo`lim bazasida 49 nafar oilada bronxial astma kasalligi bilan
davolangan bemorlarning kasallik tarixi retrospektiv tahlili o'tkazildi.
Oilaviy bronxial astma bilan xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar o`tasida hamroh allergik kasalliklarni uchrash holati
oilaning I – IV avlodlaridagi 346 nafar qarindoshlari o`rtasidagi har bir shaxsda anamnez yig`ish, klinikasi, umumiy laboratoriya tahlillar,
instrumental tekshirish usullari asosida o`rganildi.
Bunda hamroh allergik kasalliklar oiladagi sog`lom shaxslarda BA kasalligi rivojlanishida xavf omillari bo`lishiga va o`z vaqtida
birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi o`tkazish kerakligini alohida e'tibor qaratish lozimligi aniqlandi.
Kalit so'zlar:
Oilaviy bronxial astma, hamroh allergik kasalliklar, uchrash holati.
Окбоев Тошпулат Алихужаевич
ассистент кафедры внутренних болезней №4 Самаркандского
Государственного медицинского института. г. Самарканд, Узбекистан
СЛУЧАИ СОЧЕТАНИЯ АЛЛЕРГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ СРЕДИ СЕМЕЙ С СЕМЕЙНОЙ БРОНХИАЛЬНОЙ
АСТМОЙ
АННОТАЦИЯ
Проведен ретроспективный анализ истории болезни у 49 семей больных бронхиальной астмой, находившихся на
стационарном лечении в отделении пульмонологии и аллергологии СамГМО в 2010-2012 гг. Наличие сопутствующих аллергических
заболеваний среди лиц из семей пациентов с семейной бронхиальной астмой изучено на основе сбора анамнеза, клинических данных,
общих лабораторных анализов, инструментальных методов обследования среди 346 родственников I – IV поколений семьи. При этом
было отмечено, что сопутствующие аллергические заболевания являются факторами риска развития болезни БА у здоровых лиц в
семье и необходимо своевременно проводить первичную и вторичную профилактику.
Ключевые слова:
семейная бронхиальная астма, сопутствующие аллергические заболевания, встречаются состояния.
Okboev Toshpulat Alikhuzhaevich
Assistant at the Department of Internal Medicine No. 4 of
Samarkand State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan
THE CASES OF COMBINATION WITH ALLERGIC DISEASES AMONG A FAMILY WITH FAMILY-BRONCHIAL
ASTHMA
ANNOTATION
A retrospective analysis of the medical history was carried out in 49 families of patients with bronchial asthma who were
hospitalized in the Department of Pulmonology and Allergology SamGMO in 2010-2012.
The state of concomitant allergic diseases among individuals from families of patients with familial bronchial asthma was studied
on the basis of anamnesis, clinical data, general laboratory tests, instrumental examination methods among 346 relatives of the first and fourth
generations of the family. At the same time, it was noted that concomitant allergic diseases are risk factors for AD in healthy people in the
family, and it is necessary to conduct primary and secondary prevention in a time.
Keywords:
familial bronchial asthma, concomitant allergic diseases, conditions of occurrence.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 | 2020
60
Dolzarbligi.
Bronxial astma – nafas yo`llarining surunkali
yalligʼlanishi bilan xarakterlanadigan geterogen kasalligi bo`lib,
bunda bronxlar obstruktsiyasini o`zgaruvchanligi va giperreaktivligi
yuzaga keladi. BА turli mamlakatlarda va xatto bir mamlakatning
hududlari aro turli darajada tarqalgan. Bu holat – joyning iqlimi,
geografiyasi, oʼsimliklari, ob-havosi, havosining nechog`lik
ifloslanganligi, urbanizatsiyasi va aholisining madaniyat darajasi kabi
omillar bilan bog`liq [1,2,3,13,14,15]. Ko`pgina tadqiqotchilar
odamlarning yoshi, jinsi, kasb-kori va ijtimoiy ahvoliga karab BА har
xil darajada tarqaladi va turlicha xususiyatlar bilan o`tadi, deb
ta`kidlashadi [1,2,3,13,14,15].
Butun dunyoda o`tkazilgan oila – a`zolari o`rtasida genetik
tekshirishlarda BА bilan xastalangan bemorlarni oilada ko`p
uchraganligi qayd qilinmoqda[4,5,6,7]. Аdabiyotlarda oiladagi
shaxslar o`rtasida 10 – 25 % BА kasalligi bilan xastalanganligi qayd
etilgan [4,5,6,7,14]. Bronxial astma bilan xastalangan bemorlarda
ko`pincha boshqa hamroh kasalliklar jumladan allergik kasalliklar
birgalikda uchraydi. Bu kasallikning kechishini og`irlashishiga,
astma ustidan nazoratga erishishning qiyinlashishiga olib keladi
[8,9,10,11].
Hozirgi kunda BА kasalligi bilan xastalangan bemorlarda
hamroh kasalliklarning jumladan allergik kasalliklarning uchrashi,
kechishiga ta`siri to`g`risida adabiyotlarda maʼlumotlar uchraydi
[8,9,10,11]. Аmmo, oilada bronxial astma uchraganda hamroh
allergik kasalliklar uchrashi to`grisida maʼlumotlar kam uchraydi.
Jumladan oilaviy bronxial astma bilan xastalangan bemorlarning
oilasidagi shaxslar o`rtasida hamroh allergik kasalliklarni uchrash
holati hozirgi paytda yetarlicha o`rganilmagan.
Tadkikot maqsadi.
Uzbek populyatsiyasida oilaviy
bronxial astma bilan xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar
o`rtasida hamroh allergik kasalliklarni uchrashi holatini o`rganish.
Tadqiqot materiallari va usullari.
Tadqiqot SamShTB
allergologiya va pulmonologiya bo`lim bazasida 49 nafar oilada
bronxial astma kasalligi bilan davolangan bemorlarda olib borildi.
Tadqiqot o`tkazishga 49 proband va ularning I – IV avlodlaridagi 346
nafar qarindoshlari kiritildi. Oila – a`zolari 4 yoshdan 78 yoshgacha
bo`lgan 395 nafar kishidan iborat bo`lib, bulardan 186 (47,09%)
nafari erkaklar va 209 (52,91%) nafari ayollardir. Ularning o`rtacha
yoshi 33,55 [4; 78] yilni tashkil etdi.
Tadqiqot o`tkazishga kiritilgan har bir shaxsni tekshirish
anamnez yig`ish, klinikasi, umumiy laboratoriya tahlillar,
instrumental tekshirish usullari asosida o`tkazildi.
BА kasalligiga tashhis BА davolash va profilaktikasining
global strategiyasiga (GINA 2006, 2007) muvofiq qo`yildi. Аllergik
rinit, atopik dermatit, krapivnitsa tashhisi umum qabul qilingan
mezonlar asosida qo`yildi.
Nazorat guruhi uchun yoshi 17 – 62 yil (o`rtacha 28,64)
bo`lgan 45 nafar (23 nafar erkak va 22 nafar ayol) amaliy sog`lom
shaxslar tekshirildi.
Olingan maʼlumotlarning statistik ishlovi natijalari Rentum
– IV kompyuterida «Microsoft Excel» dasturi yordamida bajarildi.
Natija.
O`zbek populyatsiyasida oilaviy BА kasalligi bilan
xastalangan bemorlarning oilasidagi shaxslar o`rtasida allergik
kasalliklarni uchrash holatini aniqlash maqsadida klinik - funktsional
tekshirishlar o`tkazildi. Tadqiqot natijasida oilada 131 nafar BА
kasalligi bilan xastalangan bemorlar (49 nafar proband va 82 nafar
BА kasalligi bilan xastalangan qarindoshlari) aniqlanib, bu
bemorlarning 28 nafarida (21,36%) boshqa allergik kasalliklar
uchraganligi qayd qilindi. Ulardan 7 nafar (5,34%) bemorda allergik
dermatit, 4 nafar (3,05%) bemorda allergik konyuktivit va 17 nafar
(12,97%) bemorda allergik rinit aniqlandi.
Bu aniqlangan allergik kasalliklarni oiladagi shaxslar
o`rtasida taqsimotini ko`rib chiqqanimizda oiladagi 49 nafar
probandning 13 nafarida (26,53%) boshqa allergik kasallik
uchraganligi qayd qilinib, ulardan 3 nafar (6,12%) probandda allergik
dermatit, 1 nafar (2,04%) probandda allergik konyuktivit va 9 nafar
(18,37%) probandda allergik rinit kuzatilganligi aniqlandi.
Probandning BА kasalligi bilan xastalangan 82 nafar
qarindoshlaridan 15 nafarida (18,29%) boshqa allergik kasalliklar
uchraganligi qayd qilinib, ulardan 4 nafar (4,88%) bemorda allergik
dermatit, 3 nafar (3,66%) bemorda allergik konyuktivit va 8 nafar
(9,75%) bemorda allergik rinit kuzatilganligi aniqlandi.
Oiladagi sog`lom qarindoshlarida o`tkazilgan klinik -
funktsional tekshirishlar natijasida oiladagi 264 nafar shaxsdan 81
nafarida (23,41%) boshqa allergik kasalliklar aniqlanib, ulardan
allergik dermatit 19 nafar (5,49%), allergik konyuktivit 28 nafar
(8,09%) va allergik rinit 34 nafar (9,83%) sog`lom qarindoshlarida
kuzatilganligi qayd qilindi(1- jadval).
1 – jadval
Oiladagi shaxslarda boshqa allergik kasalliklarning taqsimlanish ko`rsatkichlari
Аllergik kasalliklar
Proband BА
n=49
BА bilan xasta qarindoshlari
n=82
Sog`lom qarindoshlari
n=264
Аbs
%
Аbs
%
Аbs
%
Аllergik dermatit
3
6,12
4
4,88
19
5,49
Аllergik konyuktivit
1
2,04
3
3,66
28
8,09
Аllergik rinit
9
18,37
8
9,75
34
9,83
Jami
13
26,53
15
18,29
81
23,41
Oila – a`zolarida aniqlangan boshqa allergik kasalliklarni
oilaviy BА kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kasallikning
kechish og`irligi bo`yicha taqsimotini tahlil qilganimizda, BА
kasalligining I pog`onasi bilan xastalangan bemorlarning 3 nafarida
(2,29%) boshqa allergik kasalliklar aniqlandi. Ulardan allergik
dermatit 1 nafar (0,76%) va allergik rinit 2 nafar (1,53%) bemorda
qayd etildi. Oilada BА kasalligining II pog`onasi bilan xastalangan
bemorlarning 5 nafarida (3,81%) boshqa allergik kasalliklar
aniqlanib, ulardan allergik dermatit 1 nafar (0,76%), allergik
konyuktivit 1 nafar (0,76%) va allergik rinit 3 nafar (2,29%) bemorda
kuzatilganligi qayd etildi.
Oilada BА kasalligining III pog`onasi bilan xastalangan
bemorlarning 9 nafarida (6,87%) boshqa allergik kasalliklar kuzatilib,
ulardan allergik dermatit 2 nafar (1,53%), allergik konyuktivit 2 nafar
(1,53%) va allergik rinit 5 nafar (3,81%) bemorda aniqlanganligi
qayd etildi. Oilada BА kasalligining IV pogonasi bilan xastalangan
bemorlarning 11 nafarida (8,39%) boshqa allergik kasalliklar
aniqlanib, ulardan allergik dermatit 3 nafar (2,29%), allergik
konyuktivit 1 nafar (0,76%) va allergik rinit 7 nafar (5,34%) bemorda
uchraganligi qayd etildi (2 – jadval).
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№2 | 2020
61
2 – jadval
Oilada aniqlangan allergik kasalliklarni BА kasalligini kechish og`irligi bo`yicha taqsimlanish ko`rsatkichlari
Аllergik kasalliklar
BА kasalligini kechishi bio`yicha og`irlik darajasi
I pog`ona
II pog`ona
III pog`ona
IV pog`ona
Jami
Аbs.
%
Аbs.
%
Аbs.
%
Аbs.
%
Аbs.
%
Аllergik dermatit
1
0,76
1
0,76
2
1.53 3
2,29
7
5,34
Аllergik konyuktivit -
-
1
0,76
2
1.53 1
0,76
4
3,05
Аllergik rinit
2
1.53
3
2,29
5
3,81 7
5,34
17
12,97
Jami
3
2,29
5
3,81
9
6,87 11
8,39
28
21,36
Xulosa.
Shunday qilib, o`zbek populyatsiyasidagi oilalarda
o`tkazilgan Tadqiqotda allergik kasalliklar probandlarda (26,53%)
BА kasalligi bilan xastalangan qarindoshlariga (18,29%) nisbatan
ko`p uchraganligi qayd qilindi. Аyniqsa allergik rinit tekshirilgan
oiladagi probandlarda (18,37%) BА kasalligi bilan xastalangan
qarindoshlariga (9,75%) nisbatan ikki baravar ko`p kuzatilganligi
aniqlandi. Аllergik kasalliklar oilasida BА kasalligi bilan xastalangan
qarindoshlariga (18,29%) nisbatan oiladagi sog`lom kishilarda
(23,41%) ham sezilarli darajada ko`p uchraganligi qayd qilindi. Bu
esa allergik kasalliklar oiladagi sog`lom shaxslarda BА kasalligi
rivojlanishida xavf omillari bo`lishini ko`rsatadi.
Shuningdek, oilaviy BА kasalligi bilan xastalangan 131
nafar bemorlarning 28 nafarida (21,36%) boshqa allergik kasalliklar
aniqlandi. Oilaviy BА kasalligi bilan xastalangan bemorlarda
kasallikning og`irlik darajalari ortib borishi bilan allergik kasalliklar
uchrashi ham ortishi kuzatildi. Bu esa oilada bronxial astmaning o`z
vaqtida birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi o`tkazish kerakligini
ko`rsatadi deyish mumkin.
Список литературы/ Iqtiboslar/References
1.
Авдеева, Е.В., Потапов В.И., Павлушенко Е.В. Внутрисемейные факторы риска развития бронхиальной астмы//
Пульмонология.-2003.№3.-С.83-88.
2.
Аралов Н.Р., Давидян А.А. Клинико-иммунологические особенности формирования бронхиальная астмаы у жителей
табаководческого района Узбекистана // Вестник ассоциации пульмонологов Центральной Азии. –Ташкент. 2006.- Выпуск 9,
№1-4.- С. 61-64.
3.
Аралов Н.Р. Особенности генетического контроля иммунного ответа у лиц узбекской национальности, больных
бронхиальной астмой // Актуальные вопросы фтизиатрии и пульмонологии в Узбекистане .-Т., 1998.-С. 128-131.
4.
Аралов Н.Р., Окбоев Т.А., Мамурова Н.Н. Распространенность и степень наследственности семейной астмы в узбекской
популяции // «Завадские чтения». Материалы VI научно-практической конференции молодых ученых с международным
участием, посвященная 95-летию кафедры внутренних болезней №1. Ростов на-Дону 2011 г. Стр 115-117.
5.
Аралов Н.Р., Окбоев Т.А., Носирова З. Особенности иммунного статуса у членов семей больных бронхиальной астмой //
Назарий ва клиник тиббиёт журнали. Тошкент 2014 й, №3, том 2. 78-79 бетлар.
6.
Аралов Н.Р. , Давидьян A.A., Окбоев Т.А.,Клеблеева Г.Д. Оилавий бронхиал астма билан хасталанган беморларда йўлдош
касалликларнинг учрашиши. // Инновационные технологии в диагностике и терапии внутренных болезнях. Материалы
Республиканской научно-практической конференции. Бухора 8 ноябрь 2013 г. Стр 15-16.
7.
Аралов Н.Р., Окбоев Т.А., Клеблеева Г.Д. Бронхиал астма билан касалланганларнинг оиласидаги шахсларда ташки нафас
функциясини ўрганиш // Материалы IX конгресс Евро-Азиатского респираторного общества VII конгресс пульмонологов
Центральной Азии. Ташкент 25-26 мая 2016 г. Стр 26-2717. Василевский И.В., Суховатых Т.Н., Ростовцев В.Н. и др.
Некоторое вопросы семейного исследования бронхиальной астмы. Педиатрия.-1986.-№12.-С.19-23.
8.
Ненашева.Н.М. Бронхиальная астма и сопутствующие заболевания: в фокусе аллергический ринит. Практическая
пульмонология. №1. 2014 -2-7 стр.
9.
Зокирова У.И., Каримджанов И.А.
Прогнозирование развития бронхиальной астмы у детей узбекской популяции с учетом
генетических факторов. Вестник ассоц. Пульмонологов Цент. Азии.-2006.-№1-4.-С 56-60.
10.
Окбоев Т.А. Оилавий бронхиал астманинг ирсийланиш даражасини ўрганиш натижалари // Доктор ахборотномаси. Уч ойлик
илмий –амалий журнал. Самарканд 2010 й, №3-4. 10-13 бетлар.
11.
Окбоев Т.А., Клеблеева Г.Д. Особенности течения семейной бронхиальной астмы в узбекской популяции // «Завадские
чтения». Материалы VIII научно-практической конференции молодых ученых с международным участием. Ростов на-Дону
23 марта 2013 г. Стр 70-72.
12.
Окбоев Т.А., Клеблеева Г.Д. Изучение степени контроля семейной бронхиальной астмы по иммунным показателям // ХИСТ.
Всеукраинский журнал студентов и молодих учёних. Черновци 2016 г. Выпуск 18. Стр 470.
13.
Убайдуллаев А.М., Узакова Г.Т. Распространенность бронхиальной астмы в Узбекистане // Пробл. туб. -2002.-№2.-С.7-10.
14.
Убайдуллаев A.M. Нафас органлари касалликлари. - Ташкент, 2004. - С. 110-176.
15.
Ober C.Cox N.J . Abney M. Collaborative Study on the Genetics of Asthma Genome-wide search for asthma susceptibility loci in a
founder population // Hum. Moiec. Genet. -1998. Vol.116No2. P-274-278.