ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№1 | 2021
44
ORIGINAL MAQOLALAR/ОРИГИНАЛЬНЫЕ СТАТЬИ/ORIGINAL ARTICLES
УДК 616.46-005.4;616.156
Agababyan Irina Rubenovna
t.f.n., dotsent, SamDTI DKTF Ichki kasalliklar
kafedra mudiri. Samarkand, O’zbekistan
Ismoilova Yulduz Abduvoxidovna
SamDTI DKTF Ichki kasalliklar assistenti
Samarkand, O’zbekistan
Sadikova Shaxboza Shaxobiddinovna
SamDTI DKTF Ichki kasalliklar magistratura rezidenti
Samarkand, O’zbekistan
YURAK ISHEMIK KASALLIGINI TEMIR TANQISLIK ANEMIYASI TURLI OG’IRLIK DARAJALARI FONIDA
KECHISH XUSUSIYATLARI VA TUZALISH IMKONIYATLARI
For citation:
I.R.
Agababyan
, Y.A.
Ismoilova
, Sh.Sh.
Sadikova
Features of the course of ischemic heart disease on the background of iron
deficiency anemia of various degree of severity and correction possibilities.
Journal of cardiorespiratory research. 2021, vol.2, issue 1, pp.44-
46
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2021-1-7
ANNOTATSIYA
Hozirgi vaqtda komorbidlik ya’ni bir yoki bir nechta kasalliklarni birgalikda kelishi dolzarb muammolardan biridir. Xususan biz
yurak ishemik kasalligi (YUIK) stabil zo’riqish stenokardiya va anemiyaning turli og‘irlik darajalari haqida aytib o‘tamiz. Biz YUIK va turli
og‘irlik darajasidagi anemiyasi bor bo‘lgan 30 ta bemorga 3 valentli temir preparati Sufer (Yuriya-farm Ukraina) 5 ml vena ichiga 5 kun
mobaynida standart terapiya asosida quyamiz. Gemoglobin miqdorini normal ko‘rsatkichlarga kelishi, koronar qon tomirlarda qon aylanishni
oshiradi va yurak mushaklarini kislorodga bo’lgan talabini qondiradi. Bu esa yurakni nasos sifatida samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan
energiya muvozatini ta’minlaydi va jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilikni oshiradi. Ayni paytda stabil zo’riqish stenokardiya va anemiyaning
turli og‘irlikdagi darajalarini birgalikda kelishi komorbidlikni davolash va profilaktikasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.YUIKni
davolashda, aynan bizning hududda standart davolashga qo’shimcha ravishda unga hamroh bo‘lgan kasalliklarni davolash va muvozanatga
keltirish ulkan natijalarni beradi
Kalit so‘zlar:
yurak ishemik kasalligi, temir tanqislik kamqonligi, 3 valentli temir preparati Sufer.
Agababyan Irina Rubenovna
Candidate of Medical Sciences, Associate Professor,
Head of the Department of Internal Medicine, Faculty of
Postgraduate Education, Samarkand State Medical Institute
Samarkand, Uzbekistan
Ismoilova Yulduz Abduvoxidovna
Department of Internal Medicine, FOPE,
Samarkand State Medical Institute Assistant
Samarkand, Uzbekistan
Sadikova Shaxboza Shaxobiddinovna
Department of Internal Medicine, FOPE,
Samarkand State Medical Institute Master
Samarkand, Uzbekistan
FEATURES OF THE COURSE OF ISCHEMIC HEART DISEASE ON THE BACKGROUND OF IRON DEFICIENCY ANEMIA
OF VARIOUS DEGREE OF SEVERITY AND CORRECTION POSSIBILITIES
ANNO
T
A
T
ION
Сurrently comorbidity is relevant in the outcome of many diseases. In particular,we are talking about IHD,unstable angina and anemia
of varying severity. In 30 patients with coronary artery disease in combination with anemia, 3-valence iron was changed, the drug Sufer (Yuria-
Pharm Ukraine) at a dose of 5.0 ml intravenous for 5 days against the background of standard therapy. Normal hemoglobin levels increase
blood flow to the coronary arteries and meet the heart muscle's need for oxygen. This provides the energy balance needed for the heart to
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№1 | 2021
45
function effectively as a pump, and increases resistance to physical stress. At the same time, the combination of stable stress angina and varying
degrees of anemia is one of the most pressing issues in the treatment and prevention of comorbidities.
Keywords
: coronary heart disease, iron-deficiency anemia, the drug 3x valence iron Sufer.
Агабабян Ирина Рубеновна
к.м.н., доцент, заведующий кафедрой внутренних
болезней ФПДО, СамМИ. Самарканд, Узбекистан
Исмоилова Юлдуз Абдувохидовна
Ассистент кафедры внутренних
болезней ФПДО, СамМИ
Самарканд, Узбекистан
Садыкова Шахбоза Шаксобиддиновна
Магистр кафедры внутренних
болезней ФПДО, СамМИ
Самарканд, Узбекистан
ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНИ СЕРДЦА НА ФОНЕ ЖЕЛЕЗОДЕФИЦИТНОЙ АНЕМИИ
РАЗЛИЧНОЙ СТЕПЕНИ ТЯЖЕСТИ
И ВОЗМОЖНОСТИ КОРРЕКЦИИ
АННОТАЦИЯ
Коморбидность в настоящее время имеет актуальное значение в исходе многих заболеваний. В частности речь идет об ИБС,
нестабильной стенокардии и анемиях различной степени тяжести.
У 30 больных ИБС в сочетании с анемией пременяли 3х валентное
железо, препарат Суфер (Юрия-фарм Украина) в дозе 5.0мл в/в в течение 5 дней на фоне стандартной терапии.
Нормальный уровень
гемоглобина увеличивает приток крови к коронарным артериям и удовлетворяет потребность сердечной мышцы в кислороде. Это
обеспечивает энергетический баланс, необходимый сердцу для эффективной работы в качестве насоса, и повышает
сопротивляемость физическому стрессу. В то же время сочетание стабильной стрессовой стенокардии и анемии разной степени
является одним из наиболее актуальных вопросов лечения и профилактики сопутствующих заболеваний.
Ключевые слова:
ишемическая болезнь сердца, железодефицитная анемия,
препарат 3х валентного железа Суфер.
Yurak ishemik kasalligi (YUIK) butun dunyoda,
jumladan, O‘zbekistonda ham aholi orasida keng tarqalgan va
o‘limga olib keluvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
O‘tkazilgan kuzatuvlar 22-44 yoshdagi erkaklarning 5-8 %, 45-69
yoshdagilarning esa 18-24,5% YUIK borligini ko‘rsatgan. Katta
yoshdagi ayollar orasida bu ko’rsatkich 13-15% ni tashkil etadi.
Yevropa kardiologlar jamiyati ma’lumoglariga ko‘ra, har 1 mln. aholi
orasida YUIK 30-40 ming odamda kuzatiladi. AQSH da YUIK bilan
og‘rigan 11 mln odamdan xar yili 500000 dan ko’prog’i olamdan ko‘z
yumadi [4, 5, 6].
Yurak mushaklarini kislorodga bo‘lgan talabi va toj
tomirlaridagi qon aylanish orasidagi muvozanatning o‘tkir yoki
surunkali buzilishi YUIKning asosiy patogenetik rivojlanish sababi
xisoblanadi [7].
Komorbidlik dolzarb muammolardan biri hisoblanib,
bemorda bir nechta kasalliklarni qo’shilib kelishi sanaladi,ularni
ichida anemiya eng ahamiyatlisidir. Surunkali kasalliklar va ularning
qo‘shilib kelish chastotasining oshishi kasallikka o`z vaqtida tashhis
qo’yish va to‘gri davolashda qiyinchilik tug‘diradi[14,15].
Yurak mushaklarini kislorod bilan ta’minlanishida
qondagi gemoglobin miqdori va uni tashilish xususiyati hamda toj
tomirlardagi qon aylanish darajasi muhim ahamiyatga ega Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, sog‘lom odamda miokardning kislorodga
bo‘lgan talabi va uni ta’minlanishi orasida muvozanat mavjud. Uni
kislorodga bo`lgan talabi oshganda toj tomirlar kengayadi, ulardagi
qarshilik kamayadi, koronar qon aylanishi sezilarli darajada
ko‘payadi (toj tomirlar zaxirasi ko‘payadi) va miokardga ko‘proq qon
oqib kelib, uni yetarli darajada kislorod bilan ta’minlaydi.
Miokardning kislorodga bo‘lgan talabi oshgan vaqtda toj tomirlarda
qon aylanishi yetarli darajada bo‘lmasa, unda ishemiya jarayoni
rivojlanadi. Miokardning kislorodga bo‘lgan talabi va uni
qondirishdagi toj tomirlarning imkoniyati orasidagi muvozanat
buzilishida quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega:
Qon bioximik tahlilidagi o‘zgarishlari (maxsus kardiofermentlar
miqdori), koronar qon tomirlari funksional holati, yurakning nasos
faoliyati va qizil qon tahlili ko‘rsatkichlariga juda kam darajada
ahamiyat beriladi-gemoglobin Hb, gematokrit Ht, zardobdagi temir
miqdorining kamayishi hayot sifatini yomonlashishiga olib keladi va
kasallikni prognozini og‘irlashtiradi [8, 9, 13].
Yuqorida aytilganlarning barchasi YUIK va turli darajadagi
anemiyalarning kombinatsiyasi muammoning dolzarbligini bildirib,
patologiyaning
birgalikda
rivojlanishing
patofiziologik
mexanizmlarini o‘rganish, diagnostika va profilaktika choralarini
takomillashtirish uchun antianemik terapiya zarrurligini ko`rsatadi
[11, 12, 10].
Tadqiqot maqsadi.
Statsionar sharoitda standart davolash bilan bir qatorda 3
valentli temir preparati Sufer(Yuriya-farm Ukraina)ni qo’llash orqali
stabil zo’riqish stenokardiyani har xil darajadagi temir tanqislik
anemiyasi bor bemorlarda kechish xususiyatlarini o‘rganish.
Tadqiqotning materiali va metodi
Kuzatuvga 2018 yil dekabr oyidan 2019 yil fevral oyigacha yurak
ishemik kasalligi (YUIK) stabil zo’riqish stenokardiyasi (III-IV
funksional sinf) va temir tanqislik kamqonligi bo‘lgan 30 ta bemor
olindi.
Kuzatayotgan kasallarimizdan 18 ayol o‘rtacha 56 yoshni tashkil
qiladi, 12 erkak o‘rtacha yosh 60 ga teng va temir tanqislik
kamqonligi bilan xasta.
Bulardan onkologik va surunkali buyrak kasalliklari bo‘lgan
bemorlar istisno.
Stenokardiyani funksional sinflari (FS) quyidagi yuklamali testlar
orqali aniqlanadi: Yurak sohasida noxushlik sezmasdan 6 minut
ichida bosib o‘tilgan masofa. Anemiya darajalari qondagi
gemoglobin miqdori(Hb<120 g/l)ga ko‘ra qo‘yiladi
Davo muolajalarini olguncha qondagi o‘rtacha gemoglobin
miqdori ayollarda 70,4±2,9 g/l erkaklarda-80.9±2.5; zardobdagi temir
miqdori o‘rtacha: 5,45±1,45mmol/l: ayollarda-5,4±1,3 mmol/l,
erkaklarda-5.5±1,6 mmol/l; temir bilan to‘yingan transferrin miqdori
o‘rtacha13,2±1,5%.
Qondagi gemoglobin miqdori kamayganligiga qarab anemiyani 3
darajaga ajratamiz: 1- yengil daraja - 90-109 g/l (gipoxromiya i
mikrotsitozsiz); 2-o‘rta og‘ir daraja 70-89 g/l (mikrotsitoz,
gipoxromiya); 3-og‘ir daraja -<70 g/l (tuqima gipoksiyasi).
Tadqiqot nattijasi.
Biz tekshiriruvga olgan YUIK bilan temir
tanqislik kamqonligi og‘ir darajasi bo‘lgan 8 bemorda Hb70 g/ldan
past o‘rtacha 60,8±2,1 g/l; o‘rta og‘irlikdagi temir tanqislik
kamqonligi bo‘lgan 15 bemorda Hb o‘rtacha- 80,1±2,6 g/l; 7 bemorda
yengil darajali anemiya Hb- 90,0±2,1 g/l.
YUIK ni davolashda standart antianginal preparatlardan
foydalanildi
(ta’siri
uzaytirilgan
nitratlar,kardioselektiv
β-
adrenoblokatorlar, kal¬siy antagonistlari,diuretiklar) bulardan aspirin
va AAFi mustasno, turli mualliflar ma’lumotiga ko‘ra bu preparatlar
buyrakda eritropoetin sintezini ingibirlaydi va suyak ko‘migida
eritropoezni bloklaydi.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№1 | 2021
46
Temir tanqislik kamqonligini davolashda 3 valentli temir
saqlovchi
preparat
Sufer
(Yuriya-farm
Ukraina)
dan
foydalanamiz.Doza:5,0ml vena ichiga (v/i) ertalab va kechga 5 kun
mobaynida.
Og‘ir darajali anemiyasi bo‘lgan 8 bemorni davolashni vena
ichiga Sufer–Fe
+3
ertalab kechga quyishdan boshlaymiz. Per os Gino-
tardiferon Fe
+2
(Per Fabr Fransiya) ni ham qo‘shamiz. Qolgan 22
bemor statsionarda 5 kun mobaynida ertalab kechga 5,0ml v/i Sufer
preparati qabul kildi.
O‘tkazilgan davo muolajalaridan so‘ng Temir tanqislik
kamqonligi bo‘lgan bemorlar qondagi Hb miqdori 26% ga (70,4±2,9
g/l dan110,2±4,0 g/l,gacha), zardobdagi Fe konsentratsiyasi 50%ga
(5,45±1,45 mmol/l dan10,5±1,5 mmol/l gacha), temir bilan to‘yingan
transferin miqdori (13,2±1,5% dan 26,4±3,0% gacha,) oshdi. Bir
vaqtning o‘zida gemoglobin miqdorining 26%ga oshishiga mos
ravishda gemotakrit (Ht) 15%ga oshdi, buning natijasida eritropoez
jarayonlari yaxshilandi. Zardobdagi temir va Hb miqdori oshganligi
fonida yurakning nasos faoliyati yaxshilandi: jumladan yurak
fraksiyasi 25,5%: 40,4±3,6%dan (davolanishgacha) 54,2±3,5%gacha
(davolanish sungida), jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilik 33% ga
(330,2±26,5 m/6 min dan 480,4±20,0 m/6 mingacha, oshdi.
№1 жадвал. Temir tanqislik anemiyasi bo‘lgan 30 bemorni davolanishdan oldingi va keyingi natijalarini quyidagi jadvalda
keltirdik:
Ko‘rsatkichlar
Davodan oldin
Davodan so‘ng
Normal ko‘rsatkichlar
Hb
70,4±2,9 g/l
110,2±4,0 g/l
Ayollarda: 120-140g/l;
erkaklarda 130-160g/l.
Ht
20,2±1,6%
24,85±2,8%
31-49%
Zardobdagi Fe
5,45±1,45mmol/l
10,5±1,5 mmol/l
Ayollarda: 9-30mkmol/l;
erkaklarda: 12-31mkmol/l
Temir bilan to‘yingan transferrin
13,2±1,5%
26,4±3,0%
30-40%
FV
40,4±3,6%
54,2±3,5%
55-70%
6 minli yuklama testi
330,2±26,5 m/6 min
480,4±20,0 m/6 min
Ayollarda: 500m;
erkaklarda: 600m
Jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilik jihatidan bunday ijobiy
dinamika
stenokardiya
FS
o‘zgartirishga
imkon
berdi:
davolanishgacha stenokardiya III va IV FS bo‘lgan (30 bemor),
davolanishdan keyin- I FS- 10 ta (33,3%), II FS – 13 ta (43,3%,1%)
va III FS – faqatgina 7 ta (23,3%) bo’lgan bemorlarni tashkil
qildi.Kasallik klinik kechishini baholaydigan bo‘lsak (yurak
sohasidagi og‘rik huruji) davolanishgacha o‘rtacha bir kunda 11
hurujni tashkil qilgan bo‘lsa, davolanishdan so‘ng bu ko’rsatkich bir
kunda 5 yurak xurujini tashkil qildi, 6 bemor butunlay nitroglitserin
qabulini to’xtatdi. Davolanishgacha b-adrenoblokatorlar o‘rtacha
kunlik dozasi 10,0±2,5 mg bo’lsa, davolanishdan so’ng - 5,5±1,5
mgni tashkil qildi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, gemoglobin miqdorini
normal ko‘rsatkichlarga kelishi, koronar qon tomirlarda qon
aylanishni oshiradi va yurak mushaklarini kislorodga bo’lgan talabini
qondiradi. Bu esa yurakni nasos sifatida samarali ishlashi uchun zarur
bo‘lgan energiya muvozatini ta’minlaydi va jismoniy zo‘riqishlarga
chidamlilikni oshiradi. Ayni paytda stabil zo’riqish stenokardiya va
anemiyaning turli og‘irlikdagi darajalarini birgalikda kelishi
komorbidlikni davolash va profilaktikasi dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.YUIKni davolashda, aynan bizning hududda standart
davolashga qo’shimcha ravishda unga hamroh bo‘lgan kasalliklarni
davolash va muvozanatga keltirish ulkan natijalarni beradi.
References / Список литературы /Iqriboslar
1. Agababyan I.R.,Iskandarova F.I.,Axrorova Z.V.,Ismoilova Yu.A.Otsenka effektivnosti primeneniye preparata Sufer u patsiyentov s
nestabilnoy stenokardiyey i jelezodefitsitnoy anemiyey.//Jurnal “Uzbekiston terapiya axborotnomasi”№3 Tashkent2018.S10.
2. IskandarovaF.I., AxrorovaZ.V., IsmoilovaYu.A.Primeneniye preparatov jeleza v kompleksnom lechenii bolnix nestabilnoy stenokardiyey i
anemiyey.//Jurnal “Biologiya va tibbiyet muammolari”№1Samarkand 2019.S.145
3. Gorodetskiy V.V., Godulyan O.V. Jelezodefitsitnie sostoyaniya i jelezodefitsitnaya anemiya: diagnostika i lecheniye. // Metodicheskiye
rekomendatsii. Medpraktika M Moskva 2004g.
4. Dvoretskiy L.I. Klinicheskiye rekomendatsii po lecheniyu bolnix jelezodefitsitnoy anemiyey. // Russkiy meditsinskiy jurnal. 2004, t. 12,
№14, S. 893-897.
5.KarpovYu.A.,MerkulovaA.G.,XakimovA.G.,SamarenkoM.B.Sutochnoye
monitorirovaniye.EKG
u
bolnix
nestabilnoy
stenokardiyey.//Kardiologiya.-2016.- №7.-S.67-72
6.KalyutaT.Yu. Klinika i prognoz pri ostrom infarkte miokarda i nestabilnoy stenokardii u bolnix s anemicheskim sindromom.,
Avtoref.diss.kand.med.nauk, 2004g.
7.StrenevF.V.Ob izmeneniyax serdsa,sentralnoy gemodinamiki i fizicheskoy rabotosposobnosti pod vliyaniyem jelezodefitsitnoy anemii
legkoy i sredney stepeney tyajesti (kliniko-funksionalnoye issledovaniye):Avtoref. kand.med.naukStrenev F.V.- Sverdlovsk2009.S29.
8.Sudakov K.V.Funksionalnaya sistema, opredelyayushaya optimalniy uroven eritrotsitov v organizme.Klinicheskaya meditsina.//2002.№4.-
S.4-11.
9.SurkinaI.D.,Stepura O.B.,Pak L.S.Immunointerferonovaya sistema i serdechno-sosudistie zabolevaniya.//Kardiologiya.-2005.-№4.-S.59-62.
10.Suxova N.D.,Belasheva I.I.,Puzirev V.P.Populyatsionno-geneticheskoye issledovaniye parametrov eritropoeza jelezodefitsitnix sostoyaniy
u korennogo naseleniya Obskogo severa.//Lab.delo.-2016.-№4.-S.18-21.
11.Shilov A.M.,OsiyaA.O.Osobennosti lecheniya ishemicheskoy bolezni serdsa na fone anemii razlichnogo geneza.//Jurnal “Trudniy
patsiyent”№12 Tom 9 Moskva 2011.
S.10-14
12. Anker S.D., Sharma R., Frakis D. and al. Anemia and survival in 3044 patients with Chronic Heart Failure (CHF) in the ELITE II Study
(abstract). Circulation. 2002; 106 9suppl.):233SA.
13. Felker G.M., Gattis W.A., Leimberger J.O. et al. Usefulness of anemia as a predictor of death and rehospitalization in patients with
decompensated heart failure // Am. J. Cardiol. 2003. – Vol. 92. – p. 625-628.
14.London G. Pathophysiology of cardiovascular damage in the early renal population. Nephrol Dial Transplant. 2001: 16 (suppl 2): 3-6.