ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№4 | 2021
34
Назаров Феруз Юсуфович
Ассистент кафедры пропедевтики внутренних болезней
Самаркандский государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан
Холтураев Абдугаффор Тожиевич
Ассистент кафедры пропедевтики внутренних болезней
Самаркандский государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан
НАРУШЕНИЕ МИНЕРАЛЬНОЙ ПЛОТНОСТИ КОСТНОЙ ТКАНИ ПРИ ЗАБОЛЕВАНИЯХ ЖЕЛУДКА И
ДВЕНАДЦАТИПЕРСНОЙ КИШКИ
For citation:
Nazarov F.Yu.,
Xolto`raev A.T. Violation of bone mineral density in diseases of the stomach and duodenum. Journal of
cardiorespiratory research. 2021, vol. 2, issue 4, pp. 34-37
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2021-4-7
АННОТАЦИЯ
Ряд ученых частично объяснили в литературе, что снижение минеральной плотности у больных с заболеваниями желудка и
двенадцатиперстной кишки происходит за счет антисекреторных и цитопротекторных препаратов. Однако при кислотозависимых
желудочно-кишечных заболеваниях, т. е. при хронических заболеваниях желудка и двенадцатиперстной кишки, практически отсутствуют
признаки нарушения минеральной плотности костной ткани. Поэтому в данном исследовании мы попытались определить, что связанные
с кислотой и НР-инфекцией заболевания желудочно-кишечного тракта, т. е. хронические гастриты и язвы, являются важными факторами
риска снижения минеральной плотности костной ткани. И мы ставим перед собой цель разработать методы профилактики и лечения
осложнений, развивающихся в костной ткани при этих заболеваниях.
Ключевые слова:
Остеопороз, Helicobacter pylori, корреляционная связь, плотность кости.
Nazarov Feruz Yusufovich
Assistant of the Department of Propedeutics of Internal Diseases
Samarkand State Medical Institute Samarkand, Uzbekistan
Xolto`raev Abdugaffor Tocjievich
Assistant of the Department of Propedeutics of Internal Diseases
Samarkand State Medical Institute Samarkand, Uzbekistan
VIOLATION OF BONE MINERAL DENSITY IN DISEASES OF THE STOMACH AND DUODENUM
ANNOTATION
Several scientists partially explained in the literature that the decrease in mineral density in patients with diseases of the stomach and duodenum
occurs due to antisecretory and cytoprotective drugs. However, with acid-dependent gastrointestinal diseases, i.e., with chronic diseases of the
stomach and duodenum, there are practically no signs of a violation of bone mineral density. Therefore, in this study, we attempted to determine
that acid- and HP-associated diseases of the gastrointestinal tract, i.e., chronic gastritis and ulcers, are important risk factors for low bone mineral
density. And we set ourselves the goal of developing methods for the prevention and treatment of complications that develop in the bone tissue in
these diseases.
Key words:
Osteoporosis, Helicobacter pylori, correlation, bone density.
Nazarov Feruz Yusufovich
Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistenti,
Samarqand, O`zbekiston
Xolto`raev Abdugaffor Tocjievich
Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi assistenti,
Samarqand, O`zbekiston
ME'DA VA O
'
N IKKI BARMOQ ICHAK YARA KASALLIKLARIDA SUYAKLAR MINERAL ZICHLIGINING BUZILISHI
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№4 | 2021
35
ANNOTATSIYA
Bir qator olimlar, me'da va o’n ikki barmoq ichak kasallilarida mineral zichlikning kamayishi antisekretor va sitoprotektor dorilar hisobiga OP
kelib chiqishi adabiyotlarda qisman yoritilgan. Biroq, kislotaga bog’liq me'da - ichak kasalliklarida, ya'ni me'da va o’n ikki barmoq ichakning
surunkali kasalliklarida suyaklar mineral zichligining buzilishi deyarli ko’rsatilmagan. Shu sababli, bu izlanishimizda, me'da - ichakning kislota va
HP - infeksiyaga bog’liq kasalliklari, ya'ni surunkali gastrit va yara kasalliklari suyaklar mineral zichligining kamayishida muhim xavfli omillar
ekanligini aniqlashga harakat qildik. Va bu kasalliklarda suyak to’qimasida rivojlanadigan asoratlarning oldini olish hamda davolash metodikalarini
ishlab chiqishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Kalit so’zi:
Osteoporoz, Helikobakter pilori, korrelyasion bog`liqlik, suyak to’qimasining zichligi.
Dolzarbligi.
Osteoporoz (OP) rivojlanishida asosiy xavfli
omillar: yosh, jins, irsiy va konstitusional omillar, alimentar omillar,
zararli odatlar va turmush tarzi hamda har xil kasalliklar, jumladan,
hazm trakti kasalliklari sanaladi. Adabiyotlarda asosan, birlamchi OP
(postmenapauza va senil) rivojlanishi va asoratlari haqida ta'kidlangan
[1, 4, 6]. Ikkilamchi OP haqida yetarlicha ko’rsatilmagan [5, 8, 9, 12].
Ammo, ikkilamchi OP, ya'ni revmatologik, onkologik, endokrinologik,
hazm trakti, o’pkaning surunkali kasalliklari va buyrak kasalliklari,
gipodinamiya, uzoq vaqt turli dori vositalari (glyukokortiksteroidlar,
immunodepressantlar, tireoid gormonlari va h.k.) qabul qilish ham
tibbiyotning o’ta jiddiy muammolaridan biri sanaladi [10, 13, 17].
Jumladan, hazm trakti kasalliklari (surunkali pankreatit va gepatitlar,
malabsorbsiya sindromi). Biroq, me'da - ichak kasalliklarida kelib
chiqadigan va rivojlanadigan OP haqida mavjud adabiyotlarda
ifodalanmagan. Bu muammo gastroenterologlar uchun ham yetarli
ahamiyatga egadir [13,14]. Negaki, me'da - ichakning maldegistiya va
malabsorbsiya (jigar kasalliklari, me'da rezeksiyasidan keyingi holatlar,
ingichka va yo’g'on ichak kasalliklari hamda yara kasalliklari) bilan
kechadigan va osteoporoz rivojlanishiga olib keladigan kasalliklari
keng tarqalgan [3, 4, 16]. Ammo, me'da - ichak kasalliklarida suyaklar
mineral zichligi o`zgarishi haqida qarama - qarshi fikrlar ham yo’q emas
[2, 7, 11, 19].
Ishning maqsadi:
Me'da va o’n ikki barmoqli ichak yara
kasalliklarida ikkilamchi osteoporoz va osteopeniyaning rivojlanish
mexanizmini o`rganish.
Izlanishlar o’tkazish uchun 55 ta bemor tekshirildi. Ularni 30
yoshdan 50 yoshgacha (17 ayol va 38 erkaklar) bo’lgan me'da va o’n
ikki barmoq ichak yara kasalligi bilan og`rigan bemorlar tashkil qildi.
Birlamchi osteoporozni istisno qilish uchun tekshirishimizga 45
yoshdan oshgan ayollar va qalqonsimon bez kasalligi bilan og`rigan
bemorlar kiritilmadi.
Me'da shirasi aniqlash mikroprosessorli asidogastrometrdan
"AGM-03" (Istok sistema, Rossiya) foydalanib, aniqlandi. Helikobakter
pilori (HP) infeksiyasini noinvaziv nafas testi "Xelik" (AMA, S.
Peterburg) yordamida aniqlandi. Biokimiyaviy tekshirishlar uchun qon
zardobida ishqoriy fosfataza (IF) aktivligi, biokimyoviy analizator
(HUMAN) da kalsiy, fosfor miqdori va osteopeniya markerlaridan:
osteokalcin, P - Th, b - cross laps immunoxemilyuminessent tahlil
("ELESIS - 2010", "ROCHE") qilinib aniqlandi. Shu bilan birga qon
zardobida yallig`lanish sitokinlari: IL-6, FNO-α immunoferment
usulida OOO "Sitokin" (Sankt Peterburg) firmasining reaktividan
foydalanib tahlil qilindi. Suyak to’qimasining zichligi ultratovush
densitometr usuli "Sunlight Medicals Ltd.Omnisense 8000S" bilan
aniqlandi. Kontrol guruh sifatida 10 ta amaliy sog`lom kishilar ham
tekshirildi.
Olingan natijalar Fisher-Styudent bo’yicha variatsion statistik
usul bilan o’rtacha kvadrat o’zgarishi, o’rtacha arifmetik xato (Mm),
ishonchlilik farqining mezoni (t) va ishonchlilik darajasi (R) ni aniqlash
orqali xisoblab chiqildi. Korrelyasion taxlil Pirson usuli buyicha
korrelyasion koefisent (r) ni aniqlash o’tkazildi. Statik tahlil esa
personal kompyuterda Stadia, Statgrafics va Excel - 2000
programmasida bajarildi.
Tadqiqot materiali va usullari:
Tekshirishlardan olingan
natijalar shuni ko’rsatdiki, umumiy tekshirilgan 26 ta me'da yara
kasalligidan 24 tasida va 29 ta o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligidan
26 ta bemorda HP - infeksiyaga o`tkazilgan test ijobiy natija berdi.
Tekshirish o`tkazilgan bemorlarning barchasida me'da sekresiyasi mos
ravishda o`zgarganligi aniqlandi (jadval 1). Unda me’da yara kasalligi
(MYAK)da 96% va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (O’BIYAK)
da esa 92% pH - kislotalikka o’zgargan. Suyakning osteopeniya
markerlaridan esa MYAK va O’BIYAK da osteokalsin ko`rsatkichi mos
ravishda 42,3% va 45,6% miqdorida sog`lom odamlarnikiga nisbatan
pasaygan. b - cross laps kursatkichi esa MYAK va O’BIYAK bilan
og`rigan bemorlarda deyarli ikki baravar oshgan. Osteopeniyaning P -
Th ko’rsatkichi O’BIYAKda ishonarli tarzda kamaygan. Bu ko’rsatkich
MYAK da statistik jihatdan ishonarsiz natija berdi. Shu bilan birga,
tekshirishlar qonda kalsiy, fosfor va ishqoriy fosfataza miqdori bu
kasallarda uzgarmagan (jadval 2).
Jadval 1
MYAK va O’BIYAK bilan o’grigan bemorlarning me'dasida kontrol
nuqtalarda Ph ning ozgarishi
Tekshiriladigan
nuqtalar-ning
joylashishi
"Ozerso"
Me'da
gumbazi
Me'da tanasi
va orka devori
Me'da tanasi,
oldingi devori
Me'daning
antral so-hasi,
kichik egrilik
Me'daning antral
so-hasi, katta
egrilik
Sog’lom
2,1+0, 02
3, 8 + 0, 4
1, 9+ 0,12
2, 1+ 0, 10
6, 0 + 0, 4
6, 5 + 0, 4
MYAK
1,2+ ,05*
0,9+0,05*
1,0+0,05*
0,8+0,05*
1, 9+0, 07*
1, 8+0, 06*
O’BIYAK
1,0+ ,05*
0,7+0,06*
0,9+0,06*
0,7+0,04*
1, 6+0, 07*
1, 3+0, 07*
Eslatma: bunda *- kontrol guruh ko`rsatkichlariga nisbatan ishonchlilik farqi (r< 0, 05)
Jadval 2
MYAK va O’BIYAK bilan og`rigan bemorlar suyaklar mineral zichligining
biokimyoviy ko`rsatkichlari
Ko`rsatkichlar
Sog’lom
Me'da yara
kasalligi
O`n ikki
barmoqli ichak yara kasalligi
Osteokalsin
17, 5+ 3,8
12,8+ 0, 5*
10, 2+ 0, 9*
b- cross
0, 2+ 0, 04
0, 4+ 0, 07*
0, 45+ 0, 05*
P-TH
35, 5+ 4, 3
28, 4+ 2, 5
22, 5+ 3, 4*
Kalsiy
2, 12+ 0, 35
2, 50+ 0, 50
2, 40+ 0, 60
Fosfor
1, 43+ 0, 40
1, 35+ 0, 35
1, 55+ 0, 30
IF yed/l
170, 5+ 14, 0
185, 5+ 18, 5
198, 0+ 16, 5
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№4 | 2021
36
Qonda yallig`lanish sitokinlarini tekshirishning ko`rsatishicha, MYAK va O’BIYAK bilan og`rigan bemorlarda IL - 6 miqdori sog`lom
odamlarga nisbatan 54,2% va 50,4% ga oshgan. Boshqa sitokin FNO - α miqdori esa MYAK va O’BIYAK bilan og`rigan bemorlarda 84,1% va
81,2% oshgan (jadval 3).
Jadval 3
MYaK va O’BIYaK bilan ogrigan bemorlar qon zardobida
sitokinlar ko’rsatkichi
Sitokinlar
Sog’lom
O’BIYAK
MYAK
IL 6 (pg/ml)
31, 20+ 2,20
46,60+ 3,50*
48,80+ 3,70*
FNO-α (pg/ml)
3,20+ 0,45
5,80+ 0,40*
6,40+ 0,46*
Instrumental tekshirishda, ya'ni barcha bemorlar bilak suyagining distal
qismini ultratovush densitometr yordamida tekshirilganda MYAK bilan
og`rigan bemorlarning 22 tasida T - indeksi 2,6 yed.ga va O’BIYAK
bilan og`rigan 24 ta bemorda T - indeksi 2,5 yed.ga pasayganligi
aniqlandi.
Tadqiqot natijalari:
O`tkazilgan rang korrelyasion tahlili natijasida
olingan ma'lumotlar shuni ko`rsatdiki, MYAK va O’BIYAK bilan
og`rigan bemorlarda bevosita korrelyasion bog`liqlik qo`yidagi
ko`rsatkichlar orasida kuzatildi: HP - infeksiyaga nisbatan ijobiy HP-
test va b-cross laps (r= 0,6), 5 yildan uzoq kechuvchi anamnez va b-
cross laps (r= 0,7). Salbiy korrelyasion o’zaro bog`liqlik esa quyidagi
parametrlar orasida aniqlandi: IL - 6 va osteokalsin (r = -0,6), HP -
infeksiyaga nisbatan ijobiy HP-test va osteokalsin (r= -0, 5), IL - 6 va
T-indeks (r= -0, 5), 5 yildan uzoq kechuvchi anamnez va T-indeks (r= -
0, 5) (rasm 1).
MYAK va O’BIYAK bilan og’rigan bemorlarda T - indeks va boshqa
parametrlari orasida korrelyasion bog’liqlik quyidagicha:
Rasm 1.
MYAK va O’BIYAK bilan og’rigan bemorlarda T - indeks va boshqa
parametrlari orasida korrelyasion bog’liqlik.
Shunday qilib, o’tkazilgan izlanishlar natijasiga ko’ra, hazm
traktining uzoq kechuvchi va HP-assosirlashgan kasalliklari, ya'ni
MYAK va O’BIYAKda osteopeniya rivojlanib boradi. Kasallik kechish
davomiyligi ortib borgan sari, suyak to’qimasining mineral zichligi
kamayib boradi. Bu HP - infeksiyaning organizmga salbiy ta'siri hamda
yallig’lanish mediatrlari sintezining oshib ketishi tufayli ham kelib
chiqishi qayd qilindi. Ular ko`pincha o`zaro bir - biriga bog`lik ravishda
osteopeniyaning rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, shuni ham
hisobga olish kerakki, MYAK va O’BIYAK ni davolashda
qo`llaniladigan tarkibida alyuminiy saqlaydigan antasidlar va
sitoprotektorlarni (sukralfat, venter, alyumag, maoloks va b.q.) uzoq
qo’llash ham osteopeniya rivojlanishiga olib keladi. Bu dori
vositalarining
nojo’ya
ta'sirlaridan
biri
suyak
to’qimasidagi
osteodistrofik o’zgarishlarga sabab bo`lishidir.
Xulosalar.
1. Uzoq kechgan (3-5 yildan ortiq) va HP-infeksiyasi
bor me'da va o’n ikki barmoq ichak yara kasallarida osteopeniya
rivojlanishi kuzatiladi.
2. Me'da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligida suyak
to’qimasining zichligini, ya'ni osteopeniyani aniqlashda suyak
markerlari: ostekalsin, b - cross laps va ultratovush densitometriyada T-
indeksi asosiy ko’rsatkichlar sanaladi.
References / Список литературы /
Adabiyotlar ro'yxati
1.
Беляева Е. А. Остеопороз в клинической практике: от своевременного диагноза к рациональной терапии // Consilium medicum. -
2009. - Т. 11. № 2. - С. 88-94.
Т-
Kriteriy
НР
r=-0,6*
рН
r=-0,7*
Anamnez >
5 лет
r=-0,6*
Osteokalsin
r=-0,3
IL 6
r=-0,7*
FNO
-
α r=-
0,5*
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№4 | 2021
37
2.
Верткин Л. А., Наумов А. В., Моргунов Л. Ю., Горулева Е. И., Журавлева О. С. Остеопороз в практике семейного врача: что мы
умеем? // Справочник поликлинического врача. -2016. - Т. 4. № 3.
3.
Ершкова А.Б. Диагностика и лечение деминерализации костной ткани как осложнения хронических воспалительных заболеваний
кишечника: автореф. … канд. мед. наук. — М., 2016. — 22 с.
4.
Коррекция недостаточности витамина D / И. Н. Захарова, С. В. Васильева, Ю. А. Дмитриева и др. // Эффективная фармакотерапия.
- 2014. - № 3. - С. 38-45.
5.
Новикова В. П., Гузеева О. В., Кузьмина Д. А. Хронический гастрит и патология костной ткани у детей // Врач-аспирант. - 2011. -
№ 4.1. - С. 248-254.
6.
Кадырова Ф. Ш. и др. Развитие осложнений инфаркта миокарда в зависимости от срока госпитализации больных в стационар
//Актуальные вопросы современной медицинской науки и здравоохранения: сборник статей IV Международной научно-
практической конференции молодых учёных и студентов, IV Всероссийского форума медицинских и фармацевтических вузов «За
качественное образование»,(Екатеринбург, 10-12 апреля 2019): в 3-х т.-Екатеринбург: УГМУ, CD-ROM. – Федеральное
государственное бюджетное образовательное учреждение высшего образования «Уральский государственный медицинский
университет» Министерства здравоохранения Российской Федерации, 2019.
7.
Турбина М. В., Белоусова Е. А. Нарушение минеральной плотности костной ткани и дефицит витамина D при воспалительных
заболеваниях кишечника // Фарматека. -2012. - № 20.
8.
Хаустова Г. Г., Банина Т. В., Мухина Ю. Г., Щеплягина Л. С. Дефицит кальция и витамина Д при хронических заболеваниях
желудка и тонкой кишки // Доктор. ру: электронный журнал. - 2008. - № 1. - С. 14-18.
9.
Хусаинова М. А., Холтураев А. Т. Изменение маркеров костной ткани у больных язвенной болезни желудка и двенадцатиперстной
кишки //Национальная Ассоциация Ученых. – 2016. – №. 1. – С. 19-19.
10.
Franke Yu., Runge G. Osteoporoz. - M.: Medisina, 2005. - 300 s.
11.
Harpavat, Manisha; Keljo et. al. Metabolic Bone Disease in Inflammatory Bowel Disease // Journal of Clinical Gastroenterology. — 2014.
— V. 38. — P. 218-224.
12.
Kawamoto R, Murase C. //Relationship between bone metabolism and effects of lifestyles after gastrectomy. J UOEH. 2005 Mar 1;27(1):73-
87.
13.
Kadyrova F. et al. Поширенiсть бессимптомно гiперурикемii серед хворих з iшемiчною хворобою //Здобутки клінічної і
експериментальної медицини. – 2017. – №. 2.
14.
Miheller P., Lorinczy K., Lakatos P. Clinical relevance of changes in bone metabolism in inflammatory bowel disease // World J.
Gastroenterol. — 2010. — Vol. 16. — P. 5526-5542.
15.
Sawicki A, Regula A, Godwod K, Debinski A.//Peptic ulcer disease and calcium intake as risk factors of osteoporosis in women. Osteoporos
Int. 2003 Dec;14(12):983-6. Epub 2013 Oct3.
16.
Simmerman Ya.S. Gastroduodenalnaya patologiya i Helicobacter pylori: tochka zreniya. Klin. farmakol. i ter. 2006; 2: 37-40.
17.
Simmerman Ya.S. yazvennaya bolezn i Helicobacter pylori - infeksiya: novie fakti, razmishleniya, predpolojeniya. Klin, med. 2005; 4: 67-
70.
18.
Sydney Lou Bonnik. Bone densitometry in clinical practice // Human. press. - 2014. - P. 411.
19.
Tauseef Ali, David Lam, Michael S. et. al. Osteoporosis in Inflammatory Bowel Disease // The American journal of medicine. — 2009. —
Vol. 122, № 7. — Р. 599-604.
20.
Thomson A. B. R., Siminoski K., Fried M., Saenz R., Cohen H., Elewaut A., Thomsen O., Krabshuis J. Остеопороз и заболевания
желудочно-кишечного тракта: Руководство Всемирной гастроэнтерологической организации (OMGE) // Фарматека. - 2007. - № 6.
- С. 67-71.
21.
Xilova K. "Sistemniy osteoporoz i poteri kostnix struktur zubochelyustnoy sistemi". Slovakofarma revyu. 2008. №4 S. 99-101.