ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№SI-1 | 2020
37
УДК:616.9-036.21.11.24-002
Oslanov Absamat Abdurahimovich
Samarqand davlat tibbiyot institutining Diplomdan keyin ta’lim fakulteti
yuqumli kasalliklari kursi assistenti. Samarqand sh., O'zbekiston.
Yuldashev Soatboy Jiyanboevich
Samarqand davlat tibbiyot institutining farmakologiya va klinik farmakologiya
kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlar nomzodi. Samarqand sh., O'zbekiston
SAMARQAND VILOYATIDA KORONAVIRUSLI INFEKSIYA (COVID-19) KLINIK KECHISHINING AYRIM JIHATLARI
For citation:
Oslanov A.A., Yuldashev S.J. Some aspects of the clinical course of coronoviral infection (COVID-19) in Samarkand region.
Journal of cardiorespiratory research. 2020, Special Issue 1, pp.37-39
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-SI-1-8
ANNOTATSIYA
Koronavirusli (Covid-19) infeksiya diagnostikasi halqumdan yoki burundan olingan namunalarni polimerazali zanjir reaksiyasi
tahlili orqali indentifikatsiya qilishga asoslangan bo‘lib, bu koronavirusli infeksiyaning uchta klinik shakllari, yuqori nafas yo‘llarining yyengil
yallig‘lanish simptomlari bilan kechadigan o‘tkir respirator virusli infeksiya, hayotga xavf tug‘dirmaydigan o‘tkir pnevmoniya va o‘tkir
respirator distress-sindrom bilan kechadigan og‘ir pnevmoniyalarda bir xil musbat natija beradi. Koronavirusli (Covid-19) infeksiyaning biror
bir klinik simptomlarsiz subklinik shaklda kechayotganligi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar mavjud bo‘lib uni atroflicha o’rganish, tahlil qilish
nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan zo’riqishni yengillashtirishga balki ortiqcha vahimalarning barham berilishiga va iqtisodiy
tejamkorlikka olib keladi.
Kalit so‘zlar:
koronavirusli infeksiya, pandemiya, COVID-19, subklinik shakl, o‘tkir respirator virusli infeksiya, o‘tkir pnevmoniya.
Осланов Абсамат Абдурахимович
ассистент курса инфекционных болезней факультета последипломного
образования Самаркандского Государственного медицинского института. г. Самарканд, Узбекистан
Юлдашев Соатбой Жиянбоевич
кандидат медицинских наук, заведующий кафедрой фармакологии и клинической
фармакологии Самаркандского Государственного медицинского института. г. Самарканд, Узбекистан
НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ КЛИНИЧЕСКОГО ТЕЧЕНИЯ КОРОНОВИРУСНОЙ ИНФЕКЦИИ (COVID-19) В
САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ
АННОТАЦИЯ
Коронавирусная инфекция (COVID-19) – определяемая на основе идентификации анализа полимеразной цепной реакции
образцов взятых из носоглотки и носа, протекает тремя клиническими формами с одинаковым положительным результатом при
острой респираторно вирусной инфекцией с легкими воспалительными симтомами верхних дыхательных путей, острой пневмонией
не опасной для жизни и тяжелыми пневмониями с острым респираторным дистресс-синдромом. Углубленное изучение и анализ
имеющихся научных данных о течении клинической, бессимптомной и субклинической форм коронавирусной инфекции (COVID-
19) позволит не только облегчить нагрузку, падающую на систему здравоохранения, но и устранить лишнюю панику среди
населения, а также, впоследствии, приведет к экономической стабильности.
Ключевые слова:
коронавирусная инфекция, пандемия, COVID-19, субклиническая форма, острая респираторно вирусная
инфекция, острая пневмония
Oslanov Absamat Abdurahimovich
assistant of infectious diseases course of Faculty of Postgraduate
Education in Samarkand State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan
Yuldashev Soatboy Jiyanboevich
Head of the Department of farmacology and clinical farmacology of
the Samarkand State Medical Institute. Samarkand, Uzbekistan
SOME ASPECTS OF THE CLINICAL COURSE OF CORONOVIRAL INFECTION (COVID-19) IN SAMARKAND REGION
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№SI-1 | 2020
38
ANNOTATION
Coronavirus infection (COVID-19) – determined on the basis of identification of polymerase chain reaction analysis of samples
taken from the nasopharynx and nose, proceeds in three clinical forms with the same positive result: first form is acute respiratory viral infection
with mild inflammatory symptoms of the upper respiratory tract, second form is acute pneumonia, which is not dangerous for life and third
one is severe pneumonia with acute respiratory distress syndrome. In-depth study and analysis of available scientific data on the course of
clinical asymptomatic subclinical form of coronavirus infection (COVID-19) will not only ease the burden on the health system, but also
eliminate unnecessary panic among the population and, subsequently, lead to economic stability.
Keywords:
coronavirus infection, pandemic, COVID-19, subclinical form, acute respiratory viral infection, acute pneumonia
Koronavirusli (Covid-19) infeksiya populyasiyada kuchli
pandemiya berayotganligi, infeksiyalangan kishilar sonining tinimsiz
ortib (geometrik progress) borayotganligi, koronavirus bilan
infeksiyalanganlarning shifoxonalarga yotqizilishining ko‘payishi
hisobiga sog‘liqni saqlash tizimining zuriqib ishlashi, koronavirusli
infeksiyaga qarshi asosiy chora-tadbirlar koronavirusning tarqalish
tezligini sekinlashtirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan
zuriqishni engillashtirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Aholi orasida
etarlicha
jamoaviy
immunitet
hosil
bo‘lgan
taqdirdagina
pandemiyaning tuxtashi mumkinligi, kechiktirib bo‘lmaydigan
chora-tadbirlar kurish zarurligini talab qiladi.
Koronavirusli infeksiyaning engil, o‘rta og‘ir va og‘ir
darajalari haqida ilmiy ma’lumotlar mavjud. SHuningdek ayrim
tibbiy ilmiy adabiyotlarda koronavirusli infeksiyaning simptomsiz
shakli mavjudligi haqida ma’lumotlar berilgan [6]. Koronavirusli
infeksiyaning klinik simptomlarsiz kechishida ham virusning
odamdan odamga utishi mumkinligi haqida baxsli ilmiy ma’lumotlar
xam mavjud [3].
Koronavirusli infeksiyada klinik simtomlar paydo
bo‘lishining 4- kunida virusning tashqi muhitga ayniqsa ko‘p
miqdorda ajralishi, kasallik simptomlari tuxtagandan sung ham 8-20
kungacha virusning tashqi muhitga ajralib turishi, biroq virus RNK
sining PZR usuli orqali identifikatsiya qilinishi virus tirikligidan
dalolat bermasligi to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar mavjud [4].
Koronavirusli (Covid 19) infeksiyaning yashirin davri 1-14
kunni tashkil qilishi, kasallikning simptomsiz subklinik shaklda, engil
va o‘rta og‘ir darajada kechishi, kasallikni to‘liq klinik kurinishi
hozirgacha to‘liq ilmiy urganilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar
mavjud. Kasallikning ilk simptomlari virus yuqqandan sung o‘rtacha
5-6 kundan keyin boshlanishi [5] koronavirusli infeksiyaning engil
darajasi bilan kasallangan bemorlar bir hafta davomida sog‘ayishi
kuzatilgan.
Tadqiqotning maqsadi:
Samarqand viloyati misolida
Koronavirusli (Covid-19) infeksiya tasdiqlangan bemorlarda
kasallikning klinik shakllari kechishini urganish.
Tadqiqot materiali va usuli:
Samarqand viloyat yuqumli
kasalliklar klinik shifoxonasida 25.03.2020-yildan 01.06.2020-
yilgacha koronavirusli infeksiya diagnozi bilan davolanib chiqqan
110
nafar
bemorlarning
kasallik
tarixlari
(kasalxonadagi
bemorlarning tibbiy bayonnomalari) tahlil qilindi. Urganilayotgan
kasallik tarixidagi bemorlarning barchasida koronavirusli infeksiya
PZR usuli orqali ikki marta musbat natija berganligi aniqlandi.
Urganilayotgan bemorlar 5 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan
bemorlar bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi
(
M
v
=(x
1
+x
2
+…..+x
n
)/n )
36,5±10 yoshni tashkil qiladi. SHundan erkak kishilar - 51 nafar,
ayollar-59 nafarni tashkil etadi.
Koronavirusli infeksiyaga chalingan bemorlarning kasallik
tarixlari kasallikning asoslangan klinik diagnozlaridagi og‘irlik
darajalariga qarab uch guruhga; engil (89 nafar), o‘rta og‘ir (21 nafar)
va og‘ir darajalarga (o) ajratib u
rganildi.
Koronavirusli infeksiyaga chalingan engil darajadagi 89
nafar bemorlarning kasallik tarixlari urganilganda, bemorlarning 69
nafarida (77,5%) kasallik biror bir klinik simptomlarsiz kechganligi
aniqlandi. Ushbu bemorlarda tana haroratining kutarilishi biror marta
qayd etilmagan. Bemorlar o‘zlarini qoniqarli his qilishganliklari,
bemorlar tomonidan biror bir shikoyatlar qayd etilmaganligi
aniqlandi. Qon va siydikning umumiy tahlillari, qonning bioximik
tahlillari, qonning ivish tizimi urganilganda laborator kursatgichlar
me’yorning yuqori va pastki chegarasi oralig‘ida bo‘lganligi
aniqlandi.
Ushbu
guruh
bemorlari
kukrak
qafasining
rentgenografiyasida ulardan faqat 2 nafarida o‘tkir pnevmoniya
belgilari borligi aniqlandi. Boshqa bemorlar kukrak qafasining
rentgenografiyasida biror bir o‘zgarishlar kuzatilmaganligi aniqlandi.
Ushbu bemorlar kasallik tarixlarini koronavirusli infeksiya klinik
kechishi engil shakli qatoridan kasallikning klinik kechishi subklinik
shakli degan alohida guruhga ajratib olindi.
Koronavirusli infeksiyaga chalingan engil darajadagi 89
nafar bemorlarning 20 nafarida (22,4%) engil subfibrilitet (37,2°C-
37,.8°C) biroz darmonsizlik, tomoq og‘rig‘i, kuzatilgaligi va 2 -3
kunda bu belgilar yo‘qolganligi aniqlandi. Bu guruhdagi bemorlar
qon va siydigi umumiy tahlillari, qonning bioximik tahlillari, qonning
ivish tizimi laborator kursatgichlarida patologik o‘zgarishlar
kuzatilmaganligi
aniqlandi.
Bemorning
kukrak
qafasi
rentgenografiyasida biror bir patologik o‘zgarishlar kuzatilmaganligi
aniqlandi. Bu guruhdagi bemorlarning koronavirusli infeksiya klinik
kechishi engil o‘tkir respirator virusli infeksiya klinik shakliga ajratib
olindi.
Koronavirusli infeksiya klinik kechishining o‘rta og‘ir
darajasi deb ajratilgan 21 nafar bemorlarning kasallik tarixlari
urganilib tahlil qilinganda ulardan 18 nafarida (85,7%) tana
haroratining (38°C-38.5°C) kutarilishi, yutal, holsizlik, yuqori nafas
yo‘llarining
engil
yallig‘lanishi
kuzatilganligi
aniqlandi.
Kasallikning barcha klinik simptomlari 5-7 kunda yo‘qolganligi
aniqlandi. Qon va siydikning umumiy tahlillarida, qonning bioximik
tahlillarida, qonning ivish tizimida o‘zgarishlar kuzatilmaganligi
aniqlandi. Bu guruhdagi bemorlarda ham kukrak qafasi
rentgenografiyasida patologik o‘zgarishlar kuzatilmaganligi
aniqlandi.
Koronavirusli infeksiyaga chalingan o‘rta og‘ir darajadagi
21 nafar bemorlarning 3 nafarining kasallik tarixi urganilganda
(14,2%) ularda isitmalash (38,2°C-38,8°C) yutal, holsizlik, charchash
va engil nafas qisilishi kuzatilgan. Qonning umumiy tahlillarida
leykopeniya, eozinopeniya kuzatilganligi aniqlandi. Qonning
bioximik tahlillari va ivish tizimida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Ushbu
guruhdagi
2
nafar
bemorning
kukrak
qafasi
rengenografiyasida ung upkaning pastki bo‘lagida o‘tkir pnevmoniya
alomatlari kuzatilganligi bittasida ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya
kuzatilganligi aniqlandi.
Koronavirusli infeksiyaga chalingan bemorlarning kasallik
tarixlarini urganish, tahlil qilish, ularda kasallikning klinik kechishi
quyidagi 1- jadvalda keltirilgan shaklda kechayotganligi aniqlandi.
Jadval 1.
№
Kasallikning klinik shakli
Kasallikni og‘irlik darajasi
Bemorlar
soni
%
1
Covid- 19 subklinik shakli
69
62,7
2
Covid- 19 o‘tkir respirator infeksiya
Engil daraja
38
34,5
3
Covid- 19 pnevmoniya
O‘rta og‘ir daraja
3
2,7
4
Covid- 19 og‘ir pnevmoniya o‘tkir respirator distress -
sindrom
Og‘ir daraja
-
-
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№SI-1 | 2020
39
Xulosalar:
1. Samarkand viloyatida koronavirusli infeksiyaga chalingan
bemorlarda kasallik 62,7% holatlarda subklinik shaklda, 34,5 %
holatlarda engil o‘tkir respirator virusli infeksiya shaklida
kasallikning 2,7% da o‘rta og‘ir darajadagi o‘tkir pnevmoniya
shaklida kechayotganligi aniqlandi.
2. Koronavirusli infeksiya klinik kechishi subklinik shakliga
chalingan ayrim bemorlarda o‘tkir pnevmoniyaga xos rentgenologik
belgilar kuzatilganligi aniqlandi.
Tavsiyalar:
1. Aholi o‘rtasida koronavirusli infeksiyaga qarshi kollektiv
immunitet hosil bo‘lganligi (immunoglobulin M va G) masalasini
(resurslarni hisobga olib) ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish.
2. Koronavirusli infeksiya klinik kechishi subklinik shakliga
chalingan bemorlarni uy sharoitida ambulator kuzatish masalasini
kurib chiqish.
3. Koronavirusli infeksiya klinik kechishining subklinik
shaklini ilmiy jihatdan atroflicha tahlil qilish.
Список литературы/ Iqtiboslar/References
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Covid-19 bo‘yicha milliy qo‘llanma. T.,
2020.
2. Kоронавирус. Всемирная организация здравоохранения (Общая информация о коронавирусах от ВОЗ.)
3. Camilla Rothe, Mirjam Schunk, Peter Sothmann, Gisela Bretzel, Guenter Froeschl.Transmission of 2019-nCoV Infection from an
Asymptomatic Contact in Germany// New England Journal of Medicine. -2020. -30January. - ISSN 0028-4793.- doi:10.
1056/NEJMc2001468
4. Nicholas J. Beeching, Tom E. Fletcher, Robert Fowler. COVID-19. BMJ Best Practices. BMJ Publishing Group.
5. Report of the WHO-China Joint Mission on Coronavirus Disease 2019 (COVID-19).World Health Organization.
6. Xingfei Pan, Dexiong Chen, Yong Xia, Xinwei Wu, Tangsheng Li.Asymptomatic cases in a family cluster with SARS-CoV-2
infection//The
Lancet
Infectious
Diseases.- Elsevier,
2020.-19
February.- ISSN 1474-4457
1473-3099,
1474-
4457. - doi:10.1016/S1473-3099(20)30114-6.