19
NIMA UCHUN BIZ INGLIZ TILINI IKKINCHI TIL SIFATIDA
O'RGANISHIMIZ KERAK?
Nishonova Farzona Hayotjon qizi,
2224-guruh talabasi
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
nishonoyafarzona2003@gmail.com
Ilmiy rahbar: Mamataliyeva Xulkaroy
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganishda zarur
bo’lgan tavsiyalar va ularning tasnifi, tinglab tushunish, muloqot qilish
ko’nikmalarini o’zlashtirishda tavsiyalar va biznes aloqalari hamda xalqaro
iqtisodiyot, ta’lim, sayohat, xalqaro huquq normalarida ingliz tilini o’rganishning
ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
smartfon, texnologiya, xalqaro biznes, diplomatik aloqalar, tezkor
internet, tinglash, so’zlashish, grammatika, lug’at, ko’nikmalar.
Dunyo turli xalqlar va millatlarga boyligi bilan birga ko'plab tillar va lahjalarga
ham egadir. Deyarli har bir milatning o'z tili mavjud. Ammo bugungi kundagi
globallashuv jarayonida ingliz tiliga bo'lgan e'tibor oshmoqda. Ingliz tili a'zolarini
jipslashtiradi va fikr almashish, ko'plab ma'lumotlar egasi bo'lish uchun ko'mak
beradi. Inliz tilini o'rganish uchum sabab qidirishda Studio Cambridge jurnalida
keltirilgan quyidagi jumla yaqqol misol bo'la oladi. “Dunyo bo'ylab taxminan 1.75
milliard odam ingliz tilida so'zlashadi va bu har to'rtdan bir kishidir. Ingliz tilida
so'zlasha olish bu faqat ingliz tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish emas. Agar
siz boshqa mamlakatdan kelgan odam bilan gaplashmoqchi bo'lsangiz, buni amalga
oshirish uchun ikkalangiz ham ingliz tilida gaplashishingiz mumkin”.
1
Demak, dunyo
chet tillarining orasida ingliz tili birinchi o'rinda turadi va allaqachon xalqaro
1
https://www.studiocambridge.co.uk/why-it-is-important-to-learn-english/
20
miqyosda o'zib ketgan hisoblanadi.
Har qanday insonda o'z kelajagining rivoji uchun o'ylagan orzu va niyatlari
mavjud desam yanglishmayman. Ammo bugungi kunnung zamonaviy yoshlarida bu
fikrning aksini ko'ramiz. Ular chet tiliga shunchaki ommalashgani yoki do'sti va
tengqurlari o'rganyotgani bois qiziqishadi. Aslida esa ingliz tilini ikkinchi til sifatida
o'rganish jarayonida ham qat'iy maqsad bo’lishi zarur. Misol uchun siz chiroyli
ko'rinishga ega bo'lish, ma'nan yetuk va jismonan sog'lom bo'lish kabi maqsadlarda
sport bilan shug'ullanasiz. Shuningdek, ingliz tilini o'rganishda ham aniq maqsad
bo'lishi zarur.
Biror chet tilini ikkinchi til sifatida o'rganish davomida bir qancha yo'nalishga
murojaat qilish mumkin. Misol uchun doimiy takrorlash. Chunki til asosini takrorlash
tashkil etadi. Biz kuniga 20 ta yoki 30talab yangi so'z o'rganishimiz mumkin. Lekin
bu so'zlarni takrorlamasak xotiramizning arxividan joy olishi aniq.
So'zlarni doimiy takrorlash uchun esa kichik qog’oz parchasiga yangi lug’atlarni
yozib, ko'zimiz ko'p tushadigan joylarga yopishtirib qo'yish kerak.
2
Yana bir samarali usullardan biri bu - tinglash. Ingliz tilini tez o'rganishni va
inglizcha talaffuzni tushunish uchun eng yaxshi yo'l. Siz eshitayotgan kundalik
qo'shiqlarni ingliz tilida tinglashga harakat qiling. Bu usul so'zlarni talaffuzni
o'rganishda va qulog’ingiz notanish so'zlarga moslashishida asqotadi. Qo'shiqni
tinglash davomida uning ma’nosiga tushunishga harakat qilasiz. Bu esa diqqatingizni
jamlashingizga, miya faoliyatingizga birdek ko'mak beradi.
O'rganish usullaridan yana biri bu - shu tilda muloqot qilishdir. Ko'pchilik til
o'rganuvchilar o'rganyotgan tilining grammatikasini chuqur o'zlashtirmasdan turib,
tezroq shu tilda gaplashishni istab qoladi. Buesa hech qachon o'z - o'zidan bo'lmaydi.
Bu jarayonda ingliz tilida so'zlarni qayerda va qanday ishlatishni bilish zarur.
Siz smartfoningiz orqali o'zingiz bilan o'zingiz muloqot qilsangiz ham bo'ladi.
2
https://kun.uz/uz/news/2020/03/08/ingliz-tilini-togri-organish-boyicha-12ta-
konikma
21
Bugungi texnologik zamonda bu juda oson. Ovoz yozish orqali nutqingizdagi xatolar
va kamchiliklarni tuzatishingiz mumkin. Agar sizning inglizzabon do'stingiz yoki
tanishingiz bo'lsa, bu undanda yaxshi imkoniyat. Ingliz tilida yaxshi gapirishni
o'rganishni hayotingizni mo'jizaviy tarzda o'zgartirib yuborishi mumkin.
Ingliz tili cheksiz imkoniyatlar kalito demakdir. Bu chet tili har yerda mavjud.
Misol uchun xalqaro biznesni rivojlantirishda, diplomatik aloqalarni kuchaytirishda,
sayohat, fan, tezkor internet, shuningdek ta'lim sohasida ham. Bugungi kunda
diplomatik aloqalrni rivojlantirish, xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiyotni muhofaza
qilishda ham ingliz tilining o'rni beqiyos. XXI asrning dolzarb masalalari - atrof-
muhitni himoya qilish, urush va tinchlik masalalarida ham ingliz tilida bahs va
munozara qilinadi, keng foydalaniladi.
Ilmsiz xalqning kelajagi bo'lmasligi bois, ta'lim sohasiga ham alohida e'tabor
berish lozim. Ingliz tilini bilgan holatda siz chet elning istalgan universitetlarida
o'qishingiz shu bilan bir qatorda xalqaro diplomga ega bo'lishingiz mumkin. Chunki
ingliz tilida sakkiz milliard aholi muloqat qilgani, o'n ikkita davlatning rasmiy ona
tili sifatida e'tirof etilgani sababli butun dunyo sizga minglab maktab va
universitetlarni taklif qiladi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.
http://uzbekimmigrant.com/2018/03/17/ingliz-tilini-tez-organish-
uchun-besh-maslahat/
2.
https://kun.uz/uz/news/2020/03/08/ingliz-tilini-to
gri-organish-
boyicha-12ta-konikma
3.
https://www.studiocambridge.co.uk/why-it-is-important-to-learn-
english/
4.
https://uzinfobiz.ru/ingliz-tili.html
5.
Тошбоева, Барно. "Особенности обучения произношению на
английском языке в начальных классах средней школы." (2018).
6.
Тошбоева, Б. "Проблемы употребления профессионализмов."
(2018).
