CHET TILI O’QITISH JARAYONIDA YUZAGA KELUVCHI
MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Yormatova Dilnoza
Guruh : 2218
O'qituvchi :
Toshboyeva Munojot
UzSWLU
Kalit so'zlar
: o'quv muhiti , qaramlik , video va audio materiallar , pedagog , jiddiy
kirishish .
Bugungi tez jadallashib borayotgan zamonamizda dunyoning aksar ilg’or
davlatlarida chet tilini o’rganish va o’rgatish, faqatgina o’z davlat chegaralaridagina
emas, balki boshqa davlatlarning muomala madaniyatini yoki yashash tarzini va o’zaro
aloqador bo’lishini , uni samarali darajada tan olishi uchun ko’proq o’rganilishini
anglatadi . Xorijiy tillardan xususan Ingliz tilining chet tili sifatida samarali o’qitishning
metodlari ishlab chiqilgan bo’lsada, shunga qaramasdan talabalarda o’zlashtirishning
o’ziga xos muammolari mavjud bo’lib qolmoqda. Talaba bo’lganimdan keyin va dars
jarayonlarini ko’zatganishlarim davomida talabalarning mavzularni sust o’zlashtirishiga
bir necha omillar mavjudligini sanab o’tmoqchiman.
•
Cheklangan o’quv muhiti .
Birinchi bo’lib cheklangan o’quv muhiti haqida so’z yuritadigan bo’lsam, sinfxonalarda
kerak va qulay mebel jihozlari, o’quv jarayonida kerak bo’ladigan anjomlar yoki o’quv
markazining joylashish o’rni qulay yoki noqulayligi nazarda tutilmaydi. Ko’p hollarda
talabalar faqatgina sinfxonalarda, dars jarayonida yoki o’qituvchilarining oldida ingliz
tilida gaplashishga majbur bo’lishadi va shunga odatlanishgan. Bu esa ularning dars
qo’llanmalarini, ingliz tilidagi darsliklarni, ingliz tilidagi audio materiallarni tushunish
qobilyatlarini susaytiradi. Bundan tashqari, talabalarning tashqi muhitdagi muloqotlari
ham katta rol o’ynaydi. O'rganuvchilar uyda, do’konda, do’stlar orasida va turli xil
mashg’ulotlarda o’z ona tillaridan foydalanishadi. Bu esa ularni ingliz tilidagi
muloqotning yetishmovchiligiga olib keladi. Natijada ingliz tilini o’rganish yanada
qiyinlashadi .
Hozirda internet tarmoqlarida ingliz tilini o’rganishga yordam beradigan , turli xil
audio va video materiallar mavjud . Agar til o’rganuvchilar ularni kuzatib borsalar va
ular yordamida o’z ustilarida ishlashsa , bu albatta ularning til o’rganish jarayonlarini
osonlashtiradi va yanada mukammalshtiradi .
Shuni takidlash lozimki , bu turdagi turdagi videolar ularga ingliz tilidagi so’zlar va
jumlalarni qanday talaffuz qilishni va qay holda ishlatishni o’rganishga yordam beradi .
•
Jiddiy yondashmaslik .
Ta’kidlash lozimki , ko’p talabarning loqaydliglari va jiddiy yondashmasliklari ularning
eng katta xatolaridir va bu xato albatta o’z zararini ko’rsatishdan to’xtamaydi .
Til bilan bog’liq muammolar va gramatik qoidalarga butunlay bog’lanib qolish kabi
muammolar , ularning shahtlarini qaytaradi va jiddiy yondashmaslikga sabab bo’ladi .
Mening fikrimcha , aslida endi til o’rganishga qaror qilgan o’quvchilar muloqot paytida
ishlatilayotgan so’zlarning tuzilishi va ishlatilishi gramatik jihatdan yuz foiz to’g’ri
bo’lishi shart deb hisoblamayman .
Birinchidan , ko’p o’quvchilar muloqot paytlarida gramatik xato qilmaslikga harakat
qilishadi. Lekin shu bilan birga tildagi ravonlikni yo’qotib qo’yayotganliklarini sezmay
qolishadi .
Ikkinchidan esa, ko’pgina nofiologik o’quv dargohlarida o’quvchilar ingliz tilini
birinchi darajadagi fan sifatida emas , balki pas munosabat bildirishadi.
Afsuski , ko’p talabalar tilni faqat dars jarayonida o’rganishadi. Ammo tilni tez va
samarali o’rganish uchun darsdan so’ng o’z ustilarida ishlab, turli xil mashqlar
bajarishga yoki turli mavzularda esseylar yozishga harakat qilishlari lozim .
Eng ko’p ularning til o’rganishlariga tasir qiladigan narsa shuki , o’qituvchi tomonidan
ularning xatolari to’g’irlanganda o’zlarini bahonalar girdobiga qulatishadi. Ular ushbu
holatdan o’zlarini oqlab chiqishlari uchun o’sha iborani ishlatishadi , bu esa “ axir bu
mening ona tilim emasku”. Lekin har bir o’rganilayotgan bilim yuzaki emas , balki
mukammal tarzda o’rganilishi kerak.
Auditoriyada ona tilidan ortiqcha foydalanish ham zarardir. O’rganuvchilar qachonki
o’rganayotgan tilda muloqot qilishlariga majbur bo’lsalar, uni o’rganishga qattiy
kirishishadi va ana shu bosim ostidagi kuchli harakatlardan keyin quyidagi :
-
to’g’ri talaffuz qilish;
-
gapda grammatik yoki leksik xatolarsiz muloqot qilish;
-
tinglab tushunish;
-
ingliz tilidagi turli iboralarni bemalol qullay olish
-
yangi o’rgangan so’zlarni to’g’ri ishlata olish kabi ko’nikmalarni rivojlantirishi
oson kechadi
O’quvchilarning o’qituvchiga qaramligi .
O’rganuvchining o’z ustida ishlashi , har qanday muammolarni hal qilishda izlanishlari
qaysi sohadagi fan bo’lmasin , albatta qo’l keladi .O’quvchi har bir kichik muammo
yuzasidan o’qituvchiga murojat qilishi va o’qituvchi uni mustaqil o’rganishga
chaqirmasligi katta xato bo’lib , o’quvchining mustaqil ishlay olmasligiga va
o’qituvchiga butkul qaram bo’lib qolishiga olib keladi . Bu esa talabaning mustaqil o’z
ustida ishlash imkoniyatlarini yanada kamaytiradi .
Yechim qismi :
Yechim sifatida bir nechta qo’llanmalarni sanab o’tishga harakat qialaman.
Birinchidan , o’quvchi so’zlarni va iboralarni to’g’ri talaffuz qilish uchun audio va
video materiallardan ko’proq foydalanishi lozim . Mustaqil ravishda filmlar va qisqa
metrajli , maxsus til o’rganishga yordam beradigan videolarni ko’rib borishlari
maqsadga muvofiqdir .
Ikkinchidan , bilim o’rganishda o’qituvchilar ham katta rol o’ynashadi va ulardan
mashaqattli mehnat talab qilinadi . Har bir pedagog bolalarni darsga qiziqtira olishi va
ularning fikrini o’ziga torta olishi kerak . Ayniqsa , til o’rganishda turli xil
mativatsiyalar berishi lozim .
Undan tashqari , til o’rganishda turli xil metodlardan foydalanish lozim , bu
auditoriyani zerikib qolishini oldini oladi va o’quvchilarga mos sharoit yaratib
berishga va ularning o’quv muammolari bilan shug’ullanishga qulay vaziyat yaratib
beradi.
Adabiyotlar ro’yhati:
1.
TADJIBAYEV,
MUSAJAN
SABIROVICH.
"GRAMMATICAL
INTERPRETATION
SHADOW
THEORY
IN
HERMENEVIC
ANALYSIS." Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal 5.03
(2024): 357-365.
2.
Скубневская, Т. В., and М. С. Таджибаев. "ДИСТАНЦИОННОЕ
ОБУЧЕНИЕ
СТУДЕНТОВ
НЕЛИНГВИСТИЧЕСКОГО
ПРОФИЛЯ." Konferensiyalar| Conferences. Vol. 1. No. 10. 2024.
3.
Tadjibayev, Musajan S. "THE CONCEPT OF HERBARISM IN BABUR'S
CREATIVE HERITAGE." Mental Enlightenment Scientific-Methodological
Journal (2023): 216-222.
4.
Sadikova, Sevinch. "THEORETICAL AND PRACTICAL BASICS OF
CREATING MODERN ELECTRONIC DICTIONARIES." Theoretical aspects
in the formation of pedagogical sciences 2.20 (2023): 41-44.
