Yozuv va uning shakllari ( Arab va o’zbek yozuvlari misolida )

Abstract

Maqolada yozuvning o’ziga xos turlari, uning tarixi, o’zbek va arab tilidagi yozuvning o’ziga xos xususiyatlari hamda ulaming kelib chiqishi, jamiyatdagi o’rni, rivojlanish bosqichlari, bir-biridan farqi va o'xshashlik tomonlari bundan tashqari yozuvning taraqqiyoti haqida bir qancha ma’lumotlar kcltirilgan.

CC BY f
93-97
179

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdukholikova, S. (2024). Yozuv va uning shakllari ( Arab va o’zbek yozuvlari misolida ) . Вопросы совершенствования базовых языковых навыков на основе коммуникативного подхода: теория и практика, 1(1), 93–97. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/communicative-language-skills/article/view/48423
Sh Abdukholikova, Uzbek State University of World Languages
student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada yozuvning o’ziga xos turlari, uning tarixi, o’zbek va arab tilidagi yozuvning o’ziga xos xususiyatlari hamda ulaming kelib chiqishi, jamiyatdagi o’rni, rivojlanish bosqichlari, bir-biridan farqi va o'xshashlik tomonlari bundan tashqari yozuvning taraqqiyoti haqida bir qancha ma’lumotlar kcltirilgan.


background image

Yozuv va uning shakllari

( Arab va o’zbek yozuvlari misolida )

Abduxoliqova Sh.Sh.

O‘zDJTU talabasi

Annotatsiya

: Maqolada yozuvning o’ziga xos turlari, uning tarixi, o’zbek va arab tilidagi

yozuvning o’ziga xos xususiyatlari hamda ularning kelib chiqishi, jamiyatdagi o’rni,
rivojlanish bosqichlari, bir-biridan farqi va o'xshashlik tomonlari bundan tashqari
yozuvning taraqqiyoti haqida bir qancha ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

piktografik, ideografik, ieroglif, muxaqqaq, riqo , suls, nasx, rayxoniy,

uyg‘ur, xorazm, O‘rxun - Enasoy.

Kirish

. Yozuv fikrning tashqi shakliy ifodasi. Yozuv orqali kishilar fikr almashadi,

insonlar bilan muloqatda bo‘ladi. Yozuv tufayli minglab yillar avvalgi insonlar, urf-
odatlar, voqealar va bundan tashqari ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Aslida esa bu
yozuv o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmagan. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon,
odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir o‘zgartirish kirita olmaydilar. Yozuv
haqida esa bunday deb bodmaydi. Xalqlar fonetik yozuvning turli - lotin, arman, gruzin,
slavyan, arab yozuvlari va ularning ayrim o‘zgargan turlari kabi shakllarini yaratganlar.

Bu yozuvlar asosan fonografik- xarf- tovush yozuvlaridan

iborat bo‘lgan. Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq narslarga
yozilgan. Til ramziy sistema ,yozuv esa ramzlarni ifodalovchi shakldir. Yozuv so‘zlarni
ifodalovchi har qanday an’anaviy belgilar tizimi sifatida ifodalanadi. Yozuv — muayyan
bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar
yoki tasvirlar tizimi. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini
kengaytiradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, yozuv ham shunchalik
bog‘liqdir. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq
izlangan.

Dastlabki yozuv piktografik yozuv bo‘lgan. Har bir narsa rasmlar orqali tasvirlangan. Har
bir rasm o‘ziga xos manoni ifodalagan. Yozuvning keyingi davri ideografik yozuv
bo‘lgan. Insonlar ongi rivojlangan sari ular mavhum bo’lgan tushunchalarni tushunarli
tarzda ifodalash uchun bu yozuv o’ziga xos tarzda paydo bo‘ldi. Bu yozuv turida bir yoki
bir guruh odamlar uchun tushunarli bo‘lgan ramziy simvolik shakl olingan. Piktografik va
ideografik yozuvi ancha murakkab bo‘lib, minglab shakllarni chizish va ular haqida bilish
va mazmunini tushunish ham talab etilgan. Piktogrammalar ko’pincha zamonaviy
madaniyatlarning aksariyati oddiy, tasv iriy va tasviriy belgilar sifatida ishlatiladi. leroglif
yozuvi - bu mayyalar, misrliklar va xetliklar kabi qadimgi sivilizatsiyalar tomonidan


background image

qo'llanilgan yozuv. Shunisi e'tiborga loyiqki, iyerogliflar chiziqlardan yoki ustunlardan,
chapdan o'ngga yoki aksincha yozilishi mumkin, belgilarning joylashuvi o'qiladigan
yo'nalishni belgilab beradi. Etimologik jihatdan, ieroglif atamasi tomonidan tashkil
etilgan yunoncha "Hieros" "muqaddas" degan ma'noni anglatadi va "Glifeyn" bu "yozish"
ni ifodalaydi. Arab tilining rivojlanishi,uning xalifalikka tobe bo‘lgan xududlarda keng
tarqalishi arab yozuvi va uning orfografiyasini takomillashtirish zaruratini keltirib
chiqaradi.
Nabatiy yozuvida 22 ta harf mavjud bo‘lgan. Bu harflar orasida 4 tasi shaklan o‘xshash
bo‘lgan. Keyinchalik 28 ta harfdan iborat arab tili harflari shakllangan. Arablarning
yozuv sistemasi VII asrga kelib to‘liq shakllangan. Xattotlar va qalam soxiblari orasi eng
keng tarqalgan xatlar quyidagilar:

1.

Suls, xatti suls — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublari dan biri.

Go‘zalligi tufayli “xatlar imomi”, deb atalgan. Kufiy xatidan keyin ixtiro qilingan
bo‘lib, ijodkori Ibn Muqla. Harflarning 4 qismi to‘g‘ri, ikki qismi egri chiziqlar
dan iborat (nomi ham shundan: Suls so‘zi bir narsaning 1/3 qismi yoki 3-qismi
degan ma’noni bildiradi). sulsda “alif”, “dol” va “lom” harflari gajakli bo‘ladi,
“dol”, “re” va “vov” harflari nafis buralma (shamra) bilan tugaydi; so‘z oxirida
“ho” harfi cho‘ziq yoziladi. Suls dastlab rasmiy hujjatlarni yozish, keyinroq Qur’on
ko‘chirishda qo‘llanilgan; kitoblardagi shams naqshi ichidagi yozuv, asar nomlari,
Yoqut Musta’simiy suls yozuvida maxsus (“Yoqut sulsi” yoki “Yoqut ta’riyqi” deb
ataluvchi) uslub yaratgan.

2.

Nasx (arabcha: bekor qilish) — Qur’on oyatlaridan ayrimlarining qiroati va
yozuvini o‘zgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq
etmaslik. Shu kabi oyat — “mansux” (bekor qilinuvchi), uni bekor qiluvchi oyat —
“nosix” deb ataladi. Islom tarixiga ko‘ra, Qur’on oyatlari yaxlit emas, balki vaqt-
vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga ko‘ra, 23 yil mobaynida nozil qilingan. Shuning
uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi
biri keyin nozil qilingan bo‘lsa, o‘shanisi nosix, oldin nozil qilingani esa,
mansuxdir.

3.

Uyg‘ur yozuvi — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan
harftovush yozuvi; sug‘d yozuvi asosida paydo bo‘lgan (sug’d yozuvi, o‘z
navbatida, qoz. Ilmiy taxminlarga kura, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib
taqaladi). Uyg‘ur yozuvi da xarflar vertikal chiziq bo‘ylab yuqoridan pastga qarab
yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan o‘ngga tomon joylashtirilgan. Harfning
so‘zdagi o‘rniga (boshi, o‘rtasi, oxiriga) qarab tegishli o‘rinlarda uning alohida


background image

shakllari qodlangan.

4.

O‘rxun-Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy
yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy
daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Shimoliy Kavkazda
XV asrda ham O‘rxun yozuvidan foydalanilgan. O‘zbekiston hududida (Farg‘ona,
Surxondaryo viloyati bo‘lgan joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi
yodgorliklari topilgan.Yirik O‘rxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq va
boshqa bu yozuvdagi yodnomalar adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va
dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732-yil Turk xoqonligi
(551—745)ning lashkarboshisi sharafiga o‘rnatilgan.Bitiktosh ikki qismdan:
Kichik va Ulug‘ bitikdan iborat.

Turkiy xalqlarning ota-bobolari 22 harfli oromiy yozuvidan foydalanib, o‘zlarining
26 harfli turk-run (sak tili va yozuvi)ni kashf etganlar.
1970- yilgacha turkiy yozuv eramizning VI-VII asrlarida paydo bo‘lgan, degan fikr
yetakchi edi. Unga nisbatan Urxun-Enasoy atamasini ishlatganlar. Turkiy yozuv
Urxun-Enasoy tomondan G‘arbga emas (chunki bunda 38 harfiy belgi bor),
Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) Sharq tomon tarqalgandir. O‘zbek
xalqi qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Asosiy yozuv tizimini
fonografik, ya'ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfabet tashkil etgan. O‘zbek
xalqi oromiy, yunon, sug‘d, xorazm, ko‘shon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun
(runik), uyg‘ur, arab, lotin, rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalangan.

Arab tili - Somiy tillar guruhining janubiy tarmog‘iga mansub til. Yaqin va

O‘rta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy
davlat tili hisoblanadi. Arab tilida 200 milliondan ortiq aholi gaplashadi (1997).
Qadimiy Arab tili miloddan avvalgi V - IV asrlarga taalluqli obidalar orqali
ma’lumdir. U mumtoz arab tilining paydo bo‘lishiga zamin bo‘lgan. Qur’oni
Karimning nozil bo'lishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada go‘zallashdi
va grammatik me’yorlari mukammallashdi. VIII- XIX-asrlarda mumtoz Arab tili
grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan odkalarda rasmiy va ilmiy til bo‘lib
qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda
yozganlar. Arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va
boshqa mo‘tabar manbalardir. Arab so‘zlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi,
fonetik va leksik jihatdan birbiriga o‘xshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq,
Mag‘rib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga
bo‘linadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga ko‘ra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy
tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil bo‘lgan Qur’oni Karim tili asos
bo‘lgan, zero o‘sha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi qabilalarning


background image

tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib
chiqishi arab bo‘lmagan xalqlardir. Ular islom ta’sirida arablashgan. Ularning
hozirgi so‘zlashuv tilida islomgacha mavjud bo‘lgan ona tillari unsurlarining
bo‘lishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi g‘arb istilochilari hukmronligi
ostida bo‘lganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan.

Xulosa

. Yozuv insoniyatning ilm-fan, texnika, madaniyat yutuqlarini o’rnatgan

eng buyuk ixtirosi bo’lib, u sivilizatsiya asosiga aylanadi. Bir paytlar amerikalik
tarixchi D.Brested shunday degan edi: “Yozuvning ixtirosi va qog‘ozga yozish
uchun qulay tizim insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun insoniyat tarixidagi
boshqa intellektual yutuqlardan ko‘ra muhimroq bo‘lgan”.Fan rivojida adabiyot ham
muhim rol o‘ynadi. Qadimgi bobilliklar osmon jismlarini o’rganishga ko’p vaqt
sarflaganlar. Astronomiya asrlar davomida rivojlandi, ma’lumotlar to’plandi,
takomillashtirildi, avloddan- avlodga o’tdi. Ular to’plagan ma’lumotlar yunonlarga
dunyoning birinchi ilmiy rasmini qurishga, tabiatshunoslik asoslarini qo’yishga
imkon berdi. Bularning hech biri yozuvsiz sodir bo’lishi mumkin emas edi. Ilm-fan,
avvalambor, muloqotdir, bir qadam tashlash uchun olim o’zidan oldingilarning
qilgan ishlariga asoslanishi kerak, shubhasiz, hamma narsani tanqidiy qayta ko’rib
chiqish sharti bilan. Shuning uchun yozish texnikaviy taraqqiyotning asosidir.Vaqt
va masofadan, johillik va yolg’ondan ozodlik, qaror qabul qilish, muloqot qilish,
ishonish, yaratish erkinligi. Yozuvning rivojlanish yo‘li esa erkinlik yo‘lidir.
Yaqinda, tarixiy me’yorlarga ko’ra, yozuv ezoterik xususiyatga ega edi va kitoblar
erishib bo’lmaydigan xazina edi. Bugun dunyo umumbashariy savodxonlik
ostonasida turibdi. Millionlab kitoblar, internet boyligi - hamma narsa ota-
bobolarining bebaho ne’mati - yozuvni qabul qilishga tayyor insonning ixtiyorida.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Alimov Usmonxon. Tafsiri Irfon. I-II Juz. -T.:Sharq, 2012. -B 50

2.

muslim.uz http://old.muslim.uz/

3.

arabic. uz https://arabic.uz/

4.

arxiv.uz http://arxiv.uz/

5.

Скубневская, Т. В., and М. С. Таджибаев. "ДИСТАНЦИОННОЕ

ОБУЧЕНИЕ

СТУДЕНТОВ

НЕЛИНГВИСТИЧЕСКОГО

ПРОФИЛЯ." Konferensiyalar| Conferences. Vol. 1. No. 10. 2024.

6.

Таджибаев, М. С. "ВООБРАЖЕНИЕ ТЕНЕЙ И ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКИЙ

ПРАГМАТИЗМ." Science and innovation 3.Special Issue 2 (2024): 156-162.

7.

Mukhammadieva, Mokhichekhra, and M. S. Tadjibayev. "NEW ASPECTS OF

TEACHING METHODS IN AMERICAN LITERATURE." Central Asian Academic
Journal of Scientific Research 2.1 (2022): 137-143.


background image

8.

Aliyevna, Sodikova Sevinch. "ANALYSIS OF BILINGUAL DICTIONARIES

AND GRAMMARS BASED ON ARABIC AND PERSIAN-TAJIK LANGUAGES."
European International Journal of Pedagogics 3.04 (2023): 29-32.

9.

Aliyevna,

Sodikova

Sevinch.

"PRINCIPLES

OF

CREATING

AN

IDEOFRAPHIC DICTIONARY OF MAKING UP THE SEMANTIC FIELD OF
LEXEMES “ORGANIC WORLD” AND “FOOTBALL” IN UZBEK, ENGLISH AND
RUSSIAN LANGAUGES." World Bulletin of Social Sciences 15 (2022): 31-33.

References

Alimov Usmonxon. Tafsiri Irfon. I-II Juz. -T.:Sharq, 2012. -B 50

muslim.uz http://old.muslim.uz/

arabic. uz https://arabic.uz/

arxiv.uz http://arxiv.uz/

Скубневская, T. B„ and M. С. Таджибаев. "ДИСТАНЦИОННОЕ ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ НЕЛИНГВИСТИЧЕСКОГО ПРОФИЛЯ." Konferensiyalar| Conferences. Vol. 1. No. 10. 2024.

Таджибаев, M. С. "ВООБРАЖЕНИЕ ТЕНЕЙ И ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКИЙ ПРАГМАТИЗМ." Science and innovation 3.Special Issue 2 (2024): 156-162.

Mukhammadieva, Mokhichekhra, and M. S. Tadjibayev. "NEW ASPECTS OF TEACHING METHODS IN AMERICAN LITERATURE." Central Asian Academic Journal of Scientific Research 2.1 (2022): 137-143.

Aliyevna, Sodikova Sevinch. "ANALYSIS OF BILINGUAL DICTIONARIES AND GRAMMARS BASED ON ARABIC AND PERSIAN-TAJIK LANGUAGES." European International Journal of Pedagogics 3.04 (2023): 29-32.

Aliyevna, Sodikova Sevinch. "PRINCIPLES OF CREATING AN IDEOFRAPHIC DICTIONARY OF MAKING UP THE SEMANTIC FIELD OF LEXEMES “ORGANIC WORLD” AND “FOOTBALL” IN UZBEK, ENGLISH AND RUSSIAN LANGAUGES." World Bulletin of Social Sciences 15 (2022): 31-33.