Все статьи

95 0

“DASTURLASH” O’QUV KURSI UCHUN ONLINE TIZIM YARATISH

A.A. Bobonazarov
Ushbu ishning asosiy maqsadi dasturlashni o‘rganuvchilar uchun kerakli bilimlarni online yetkazib berish, interaktiv muloqotni shakllantirib berish va o‘zbek tilidagi platformani yaratishdan iboratdir. Dasturlashni o‘rganuvchilarning bilim darajasini baholashni avtomatik tashkillashtirish va o’qituvchilar uchun statistik monitoringni olib borishni amalga oshirishdir.
192-196 74 0

“BUYUK IPAK YOʻLI” KARVON YOʻLININING PAYDO BOʻLISH TARIXI VA GEOGRAFIK RIVOJLANISHI

Mashrab Usmanov
Ushbu maqolada “Buyuk Ipak yoʻli”ning tarixiy geografik xususiyatlari, Buyuk
Ipak yoʻli dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi oʻrni, nemis olimi Ferdinand fon Rixtgofen
tamonidan Buyuk Ipak yoʻli haqida bergan ma’lumotlari, yurtimizdagi qadimiy katta savdo
yoʻlining oʻrni, “Buyuk Ipak yoʻli” mavqeiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
304-307 171 0

“BOBURNOMA”NING QOZOQCHA TARJIMASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR

Дилафрўз Муҳаммадиева
“Boburnoma” yaratilgan davrdan boshlab turli davrlarda yashab, turfa tillarda so‘zlashgan sharqshunoslar diqqatini o‘ziga tortib kelgan va bir necha asrlar davomida kitobxonlarning sevimli kitobiga aylanib ulgurgan. Boburshunoslikda bitta tadqiqotda “Boburnoma”ning turkiy tillardagi barcha tarjimalari o‘zbekcha nashr bilan qiyosiy o‘rganilgan ish yo‘q. Ammo bir qancha ilmiy ishlarda ayrim ma’lumotlar uchraydi. O‘zga tillarga qilingan tarjimalarning saviyasini aniqlash, ularni o‘zaro qiyoslab o‘rganish orqali ilmiy qimmatini belgilash o‘zbek xalqining jahondagi boshqa xalqlar bilan adabiy-madaniy aloqalarini o‘rganish nuqtayi-nazaridan ham muhimdir. Ushbu maqolada ana shu jihatga, “Boburnoma”ning sharq xalqlarida o‘rganilishi, ularning tarjimalaridagi o‘ziga xosliklar haqida so‘z yuritiladi. “Boburnoma”ning tarjimalari haqida yaxlit, mukammal tadqiqot olib borilmagan. Ammo bir necha tadqiqot ishlarida ayrim ma’lumotlar uchraydi. O‘zga tillarga qilingan tarjimalarning saviyasini aniqlash, ularni o‘zaro qiyoslab o‘rganish orqali asarning ilmiy qimmatini belgilash o‘zbek xalqining jahondagi boshqa xalqlar bilan adabiy-madaniy aloqalarini o‘rganish nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Zero, «Boburnoma» dunyo sharqshunoslari yakdillik bilan qayd etganlaridek, insoniyat madaniyatiga qo‘shilgan katta ulush hisoblanadi.
33-41 1628 0

“BOBURNOMA” TARIXIY – ADABIY MEMUAR ASAR

Chinnixol Boysunova
Ushbu maqolada “Boburnoma” asarining tarixiy va adabiy jihatlari tahlil qilinadi. Bobur Mirzo tomonidan yozilgan bu asar, nafaqat uning shaxsiy hayoti va siyosiy faoliyatini, balki oʻz davrining madaniy, ijtimoiy va siyosiy voqealarini ham yoritib beradi.
Maqolada asarning yozilish tarixi, uning adabiy xususiyatlari, tarixiy manba sifatidagi ahamiyati va madaniyatga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, maqola “Boburnoma”ning zamonaviy tadqiqotlarda qanday baholanishi va uning bugungi kunda oʻrganilishiga oid masalalarni koʻrib chiqadi. Asar, tarixchilar va adabiyotshunoslar uchun bebaho manba boʻlib, uning tahlili oʻzbek va jahon madaniyatiga qoʻshgan hissasini anglashda katta ahamiyatga ega.
287-294 383 0

“BOBURNOMA” LUG‘AT TARKIBIDA ARXAIZMLARNING O‘RNI

Ҳамидулла Дадабаев
Eski o‘zbek adabiy tilining taraqqiy etishida Alisher Navoiy va uning Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Yaqiniy, Haydar Xorazmiy singari salaflari qatori, izdoshi Boburning ham o‘rni o‘ta salmoqli. Bobur qalamiga mansub nasr hamda nazmda bitilgan asarlarda XV-XVI yuzyillik o‘zbek adabiy tilining barcha sathlariga xos ashyoviy materiallar o‘z aksini topgani bilan xarakterlanadi. Bobur ijodining cho‘qqisi hisoblanmish “Boburnoma” matnida qo‘llangan so‘z boylik nafaqat ma’no-mazmunan rang-barangligi, balki qadimgi turkiy til (VII-X) va Qoraxoniylar davri ilk eski turkiy til (X-XII)da bor bo‘lgan tub qatlamni o‘z ichiga qamrab olganligi bilan ajralib turadi.
Ajdodlar kundalik turmush tarzida iste’molda bo‘lgan ko‘hna so‘zlarning Bobur tomonidan istifoda etilishini uning Ona tiliga nisbatan cheksiz mehri hamda samimiy hurmatining belgisi sifatda baholamoq darkor. “Boburnoma”da ishlatilgan arxaizmlarning muayyan qismi davrning boshqa manbalarida qayd etilmasligi Bobur fenomenining buyukligidan dalolat beradi.
472-476 110 0

“BIRINCHI QALDIRG‘OCH ” SPEKTAKLIDA REJISSYOR VA AKTYORLARNING INNOVATSION YONDАSHUVLARI

Muhammadali Qahhorov
Ushbu maqolada O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining 110 yillik mavsumiga bag‘ishlanib sahnalashtirilgan, iste’dodli o‘zbek aktrisasi Ma’suma Qoriyevaning hayoti haqida so‘zlovchi “Birinchi qaldirg‘och” dramasining ayrim muhim taraflari yoritilgan.
Shu bilan birga spektaklni sahnalashtiruvchi bosh rejissyor hamda unda bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning rejissyorlik va aktyorlik san’atidagi innovatsion yondashuvlari haqida fikrlar yuritilgan.
809-824 445 0

“BINO VA INSHOOTLARNI XAVFSIZLIGI” FANINING ASOSIY MAZMUNI

Sirojiddin Muradov, Bohodir Karimov, Madinabonu Asatilla
Ushbu maqolada, bino va inshootlar xavfsizligi, mamuriy binolarning tuzilishi va ularga qo‘yilgan xavfsizlik talablari haqida mualliflarning nazariy, ummumlashtiruvchi fikrlari keltirilgan. Maqola mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yunalishlari talablari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik mutaxassislari hamda keng izlanuvchilar uchun muljallangan.
335-336 51 0

“AYOLLAR DAFTARI” RO‘YXATIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHLASH VA O‘ZINI O‘ZI BAND QILISH UCHUN KERAK BO‘LGAN ASBOB-USKUNA, MEHNAT QUROLLARI XARID QILISH UCHUN 10 MLN SO‘MGACHA SUBSIDIYA BERILADI

Abdulfayoz Tojiboyev
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.
328-329 49 0

“AYOLLAR DAFTARI” RO‘YXATIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLARGA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHLASH VA O‘ZINI O‘ZI BAND QILISH UCHUN KERAK BO‘LGAN ASBOB-USKUNA, MEHNAT QUROLLARI XARID QILISH UCHUN 10 MLN SO‘MGACHA SUBSIDIYA BERILADI

Abdulfayoz Tojiboyev
‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.
742-746 45 0

“AMUDARYODA OY PORLAYDI” ASARI HAQIDA SO‘Z

Luo Xin , Hebibullo Tursun
Ushbu maqolada tarixchi olim Luo Xinning O’rta Osiyo xususan O’zbekistonga tashrifi haqida yozilgan asarining izohi va qisqacha ma’lumoti keltirilgan. Asarda tarixiy va ilmiy manbalar asosida qadimdan rivojlanib kelgan millatlararo munosabat, madaniyat va san’at, savdo aloqalarining qay darajada umumlashib ketgani va bir-biriga ta’siri haqida so‘z boradi.
4-17 236 0

“Al-isloh” jurnalida ta’lim islohi masalasining yoritilishi

Кулдош Пардаев

Jadid ziyolilarining “Oyna”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg‘ona” kabi nufuzli nashrlaridan “Al-Isloh”(1915-1918) jurnalidagi ilm-ma’rifatga, ta’lim islohiga doir she’riy asarlar va publitsistik maqolalar tadqiq qilingan. Jurnaldagi yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, maktab va madrasalarda gi o‘qitish tizimi borasida jadid ziyolilarining bahs munozaralari tahlil qilinib, xolis mulohazalar yuritilgan. Jadidlarning Turkiston xalqi hayotidagi qoloqliklarni, ma’rifatsizlikni isloh qilish g‘oyasi bilin yo‘g‘rilgan publitsistik maqolalari ilk bor birlamchi manba asosida yoritilgan. Ma’rifat targ‘ibi, maktablar islohi masalasi Saidahmad Vasliy, Ziyovuddin qori, Abdulg‘afforxo‘ja, Xolmuhammad, To‘raquli, Mubashshirxon singari ziyolilar asarlari misolida tahlil qilinib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.

434-435 50 0

ӨРТ ҚӘЎИПСИЗЛИГИ ҚАҒЫЙДАЛАРЫНА ӘМЕЛ ҚЫЛАЙЫҚ

Ф Сабырбаев
Бул мақалада өрт қәўипсизлиги район ҳәкиминиң сол тикарынадғы баянламасы жәнеде өрттиң алдын алыўға қаратылған илажлар ҳаққында сөз етилген.
574-575 32 0

ӨРТ ҚАЎИПИНЕ ИТИБАРЛЫ БОЛАЙЫҚ

Д. Есимбетов, С Бекполатов
Бул мақалада өрт қәўипсизлиги бир айлығы ҳәм район аймағындағы жайласқан көп қабатлы ҳәм жеке меншик турақ жай обьектлеринде өрт қәўипсизлигин тәмийинлеў ҳәм айрықша жағдайлардың алдын алыў ҳаққында сөз етилген.
29-31 53 0

ӘЖИНИЯЗ ШЫҒАРМАЛАРЫ ТИЛИНДЕ ТАБУ ҲӘМ ЭВФЕМИЗМЛЕР

Г Карлыбаева, Г Жалғасбаева
Мақалада ққ классик шайыры Әжинияз (1824-1878) дөретпелери тилинде табу хәм эвфемизмлер үйренилген.
1730-1733 57 0

ҲӘЗИРГИ ҚАРАҚАЛПАҚ ТИЛИНДЕ БИРГЕЛКИЛИ ҚУРАМЛЫ ДӘНЕКЕРСИЗ ҚОСПА ГӘПЛЕРДИ ҮЙРЕНИЎДИҢ АЙЫРЫМ МӘСЕЛЕЛЕРИ

Тажетдин Халмуратов
Мақолада рус ва қорақалпоқ тилларида бир хил таркибли боғланмаган мураккаб гапларнинг айрим назарий масалалари мухокама қилинади
507-509 45 0

ҲУРМЕТЛИ ПУҚАРАЛАР! 15-НОЯБРЬДЕН 15-ДЕКАБРЬ АРАЛЫҒЫНДА «ӨРТ ҚАЎИПСИЗЛИГИ АЙЛЫҒЫ» НА БЕЛСЕНЕ ҚАТНАСАЙЫҚ

Р.Г. Худайбергенов
Бул мақалада өрт қәўипсизлиги бир айлығы ҳәм Кегейли районы Айрықша жағдайлар бөлими районда өрттиң алдын алыў бойынша алып барылып атырған профилактикалык ҳәм үгит-нәсият жумыслары ҳаққында сөз етилген.
126-129 51 0

ҲУЖАЙРАЛИ АВТОМАТЛАР (CELLULAR AUTOMATA) АСОСИДА ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАР ЮЗАГА КЕЛГАНДА ИНСОНЛАРНИ ЭВАКУАЦИЯ ҚИЛИШНИ БАҲОЛАШ

Бердах Султаниязов, Аллаяр Ахмедов
Ҳужайрали автоматлар (Cellular Automata) фавқулодда вазиятлар юзага келганда шахсий ёки оммавий эвакуация жараёнларида одамлар оқимини моделлаштириш учун ишлатилади. Ҳар бир ҳужайра алоҳида ҳаракат, жой ёки тўсиқни белгилайди. Ушбу модел одамларни тақсимлаш ва ҳаракат йўналишларини бошқариш имконини беради. Метро, автовокзал ва савдо марказларида одамлар оқимини таҳлил қилишда жуда самарали қўлланилади.
131-133 76 0

ҲУДУДДА ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ЖАРАЁНИНИ РАҚАМЛАШТИРИШ МУАММОЛАРИ

Н. Неъматов
Мазкур мақолада ҳудудда ишлаб чиқариш жараёнини рақамлаштиришнинг долзарб муаммолари ва имкониятлари таҳлил қилинган. Рақамли технологияларни жорий этишнинг асосий қийинчиликлари, инфратузилмавий муаммолар, кадрлар тайёрлаш масалалари ва бошқа тўсиқлар очиб берилган. Шунингдек, сўнгги йиллардаги рақамлаштириш жараёнларида эришилган натижалар таҳлил қилинган ва ҳудудларнинг рақамли иқтисодиётга ўтишини рағбатлантирувчи чора-тадбирлар таклиф қилинган.
610-613 132 0

Ҳибат ул-ҳақойиқ достонидаги арабча ўзлашмаларнинг тарихий-этимологик таҳлили

Лутфулла Синдоров
Мақолада Аҳмад Югнакийнинг «Ҳибат ул-ҳақойиқ» асаридаги баъзи арабча сўзларнинг семалари, этимологияси ѐритилган. «Ҳибат ул-ҳақойиқ»даги ўзлашма
қатламга оид лексик бирликлар қадимги туркий тил ва қорахонийлар даври ҳамда XIV аср манбаларида қўлланилган сўзлар билан қиѐсий таҳлил қилинган.
514-522 71 0

ҲАРБИЙ-МАЪМУРИЙ СЕКТОРНИНГ ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА ДОИР ХОРИЖ ТАЖРИБАСИ

Сарвар Холиқов
Мақолада Ўзбекистон Республикасида ҳарбий-маъмурий секторни ривожлантириш, бу борада хорижий давлатларнинг илғор тажрибалари, хусусан, Германя, Франция, Россия, Қозоғистон ва бошқа давлатларнинг ижобий ишлари кўрсатиб ўтилган.
392-398 60 0

ҲАРБИЙ-МАЪМУРИЙ СЕКТОРНИ ДАВЛАТ ҲАРБИЙ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДАГИ ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ

Сарвар Холиқов
Мақолада Ўзбекистон Республикасида ҳарбий-маъмурий секторни давлат ҳарбий хавфсизлигини таъминлашдаги ўрни ва аҳамияти, бу борадаги қонунчилик ҳужжатлари таҳлили ҳамда хавфсизликни таъминлаш билан боғлиқ масалалар ёритилган.
92 0

ҲАР ХИЛ ИНДИВИДУАЛ СТИЛДА ЖАНГ ОЛИБ БОРУВЧИ ЮҚОРИ МАЛАКАЛИ БОКСЧИЛАРНИНГ ЖАНГОВАР ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

В Анашов
Ushbu maqolada yuqori malakali bokschilarni tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish va ularning sport natijalarini oshirish muammolari batafsil tavsiflangan, ularning individual faoliyat uslubini belgilovchi omillar tahlil qilingan va bokschilarning raqobatbardosh faoliyati ishonchliligini oshirishning individual dasturlari keltirilgan. har xil xususiyatlarga ega bo'lganlar taklif etiladi.
63-65 74 0

Қўшма таълимда муҳандис технологларни қизиқишларини шакллантириш

Т Пиримов, Г Усенова

Олий таълим тизимида юқори малакали ва рақобатбардош кадрларни тайёрлаш бугунги куннинг энг муҳим вазифаларидан ҳисобланади. Мазкур вазифанинг нечоғлик самарали ҳал этилиши мамлакатимизда амалга ошириб борилаётган таълим соҳасидаги ислоҳотлар таълим-тарбия сифатининг юқори даражада бўлишини таъминлашга қаратилган бўлиб, Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Яна бир муаммони ҳал этиш ўта муҳим ҳисобланади: бу педагоглар ва профессор ўқитувчилар таркибининг профессионал даражаси, уларнинг махсус билимларидир. Бу борада таълим олиш, маънавий-маърифий камолот масалалари ва ҳақиқий қадриятларини шакллантириш жараёнларига фаол кўмак берадиган муҳитни яратиш зарур”. – деб айтган фикрларида акс этади. [3] Бўлажак муҳандисларнинг касбий компетентлигини ривожлантиришда муҳандислик ва компьютер графикаси фундаментал фан бўлиб, бу фан бўйича эгалланган билим ва малакалар асосида муҳандиснинг фазовий тасаввури, техник тафаккури ва ижодий қобилияти каби хислатлари ривожланади.

65-66 84 0

Қўшма таълим отм даги муаммолар ва уларни бартараф қилиш масалалалари

С Файзуллаев

Ҳозирги даврда ёш авлодларга таълим, хусусан олий таълим беришдаги энг мухим масалалардан бири- бу ўқув масканларини зомон талабларига жавоб бераолиш даражасига кўтариш ва АКТларнинг имкониятларидан тўлиқ фойдаланган холда, талабаларга фан асосларини етказишдан иборатдир. Шу борада Олий таълим тизими (ОТМ ) таркибидаги“ Қўшма таълим дастурлари асосида “ иш олиб бараёган бўлим ёки факультетлар бундан мустассно эмас. Ҳаммага маълумки, ҳар бир ОТМ республика миқёсидаги “ HEMIS” тизими билан боғланиб бормоқда, натижада муассасадаги барча жарраёнлар етарли даражада ойдинлашиб келмоқда. Айниқса бу борада Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Яна бир муаммони ҳал этиш ўта муҳим ҳисобланади: бу педагоглар ва профессор-ўқитувчилар таркибининг профессионал даражаси, уларнинг махсус билимларидир. Бу борада таълим олиш, маънавий-маърифий камолот масалалари ва ҳақиқий қадриятларини шакллантириш жараёнларига фаол кўмак берадиган муҳитни яратиш зарур”. – деб айтган фикрларида акс этади [1].

95-96 32 0

ҚЎШИЛГАН ПАТОЛОГИЯ ҲОЛАТЛАРИДА БРОНХ АНОМАЛИЯЛАРИНИНГ КОМПЛЕКС ТАҲЛИЛИ

Лиля Шевкетова, Н.Ж. Маҳкамов
Янги туғилган чақалоқларда туғма бронх аномалиялари (БА) нафас йўлларининг туғма нуқсонлари орасида нисбатан кам учраса-да, перинатал даврдаги ўсмирлар ва чақалоқлар ўлимида муҳим омил сифатида намоён бўлади. Ушбу аномалиялар кўп ҳолларда бошқа орган ва тизимларнинг туғма нуқсонлари (юрак, ўпка, диафрагма, марказий асаб тизими ва бошқалар) билан биргаликда учрайди. Қўшилган патологиялар мавжуд бўлган ҳолатларда клиник белгиларнинг ўзига хос бўлмаслиги, ташхис қўйишнинг кечикиши ва патоморфологик дифференциациянинг мураккаблиги, тўлиқ ва тизимли таҳлилни талаб қилади.