Yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri

CC BY f
193-196
15
9
Поделиться
Нажмиддинов, Д., & Абдурахимов, М. (2023). Yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 193–196. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp193-196
Дилшод Нажмиддинов, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

преподаватель

Маликжон Абдурахимов, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

студент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda yashirin iqtisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning mamlakatimizda tutgan o‘rni, u keltiradigan zararlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan yashirin iqtisodiyot tadqiqotlari borasida ham mulohaza qilingan.


background image

STARS International University

193

YASHIRIN
IQTISODIYOTNING
JAMIYATGA
TA’SIRI

NAJMIDDINOV DILSHOD
RAFIDDIN O‘G‘LI,

O‘zMUJF, o‘qituvchi.

ABDURAXIMOV MALIKJON
ABDUVOHID O‘G‘LI,

O‘zMUJF, talaba
malikjon9606@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu tezisda yashirin iqtisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning

mamlakatimizda tutgan o‘rni, u keltiradigan zararlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bun-
dan tashqari xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan yashirin iqtisodiyot tadqiqotlari borasida ham
mulohaza qilingan.

Kalit so‘zlar:

xufiyona iqtisodiyot, jinoiy iqtisodiy faoliyat, g‘ayriqonuniy, yashirin lob-

bizm, g‘ayriiqtisodiy, yashirin iqtisodiy aylanma, offshor zonalar.

Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab bo‘lmaydigan tovarlar va xizmatlarni

ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol jarayonlari – iqtisodiy mu-
nosabatlar bo‘lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari
yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.
Xufiyona iqtisodiyot – ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan,
davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar to‘lanmaydigan,
rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy
faoliyat turlaridir.

Yashirin iqtisodiyot – murakkab ko‘p bosqichli hodisa bo‘lib, uning turli xil shakl

va turlari bor:

1. Jinoiy iqtisodiy faoliyat.

Bu mutlaqo man qilingan, qonun yo‘li bilan ta’qib

etiladigan ishlar bilan shug‘ullanish, ya’ni narkobiznes, qurol biznesi va hokazolar.

2. G‘ayriqonuniy, g‘ayriiqtisodiy

usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab

o‘zlashtirib olish, ya’ni o‘g‘irlik, bosqinchilik, reket, poraxo‘rlik.

3. Ikkilamchi iqtisodiyot

– kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf be-

radigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan iqtisodiy
faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1-2 va 5-10 kishi band bo‘lgan yashirin kichik
korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmat ko‘rsatish, qurilish, savdo,
kiyim-kechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan.

4.

Rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qo‘shimcha ravishda yashirin ishlab

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp193-196


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

194

chiqarishga qo‘l urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qo‘shimcha ravishda hisob-
ga kirmagan mahsulot chiqarib, uni

yashirin sotish

.

5.

Mansabni suiiste’mol qilish

va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-hara-

katlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxo‘rlik, yashirin lobbizm, mansab-
dan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin.

6.

Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat

– bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos

bo‘lib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektori-
dagi qo‘shib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va shu turdagi
ishlardir.

Yashirin iqtisodiyot miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, ya’ni ruxsat etilma-

gan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Ay-
lanma xufiyona bo‘lganidan uning aniq hisob-kitobi bo‘lmaydi. Buning o‘rni-
ga uni taxminan baholash usuli qo‘llaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan
asr oxirlarida yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon
yalpi mahsulotining 27,5% ga teng bo‘lgan. Biroq yashirin iqtisodiyot miqyo-
si turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamla-
katlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi.1999-yil Misr va Nigeri-
yada yashirin iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning 70% ga teng bo‘ldi. Yashirin
iqtisodiyot hissasi eng kam bo‘lgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1–2%), G‘ar-
biy Yevropada Shveysariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida yashirin iqtisodi-
yot darajasi o‘rtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, masalan, AQSH
va Italiyada yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi tegishlicha
6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997). 21-asrga kelib iqtisodiyotning globallashuvi oqi-
batida yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib, xalqaro darajaga ko‘tarildi. Yas-
hirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi yashirin iqtisodiyot boshqa
mamlakatga ko‘chirilishida, nojo‘ya biznes ishlari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro fir-
malarning paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yas-
hirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor
zonalar orqali g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan topilgan pulni “halollab” olish kabilarni
ko‘rsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet
mamlakatga yashirin chiqarib “halollab” olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqa-
ro hamjamiyat maxsus tashkilot – Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil
etgan (36 mamlakat a’zo; 2000).

Yashirin iqtisodiyotni faqat salbiy taraflarini emas, aksincha uning jamiyatga

keltiradigan foydalarini ham yaxshilab o‘rganib chiqishimiz ustuvor vazifamizdir.
Yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga quyidagi yo‘llar bilan ularga
imkon berib, o‘z tadbirkorligini ochiq-oshkora amalga oshirishi mumkinligini ko‘rib
chiqamiz:

1. Yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qanchadur muddat eva-

ziga soliqlarni kamaytirish yoki soliqlardan ozod etish orqali,keyinchalik muddat
tugaganidan keyin esa ulardan soliq olish. Hozirgi kunda yashirin iqtisodiyot ham
xalqaro darajaga ko‘tarilgan. Shu tufayli ularda ham aylanma daromad ko‘paygan-
ligini tahmin qilishimiz mumkin. Tahmin qilishimizga sabab esa ishtirokchilar tomo-
nidan oshkora olib borilmasligi, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmasligi-
dur. Aylanma daromad ko‘p bo‘lganligi sababli ular to‘laydigan soliq ham shunga
yarasha ko‘p bo‘ladi, agar ular o‘z tadbirkorligini oshkora amalga oshirsa.


background image

STARS International University

195

2. Agar ular ishlab chiqargan mahsulot davlatga va insonlarga naf keltiradigan

bo‘lsa, ularga imtiyozlar va kreditlar berish orqali o‘z tadbirkorligini yanada rivoj-
lantirishi uchun yordam berib qo‘llab-quvvatlash.

3. Ortiqcha hujjatbozlikni kamaytirish orqali.
4. Jarimalarni kamaytirish orqali.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki yashirin iqtisodiyotni qisqartirish im-

konsiz emas. Buning uchun puxta o‘ylangan, bosqichma-bosqich amalga oshirila-
digan puxta strategiya kerak. Bunday strategiyaga erishishda albatta birinchi nav-
batda aholining iqtisodiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar
aholiga xufiyona iqtisodiyotning salbiy asoratlari muntazam ravishda tushuntirib
borilsa, bu orqali xufiyona iqtisodiyot ma’lum darajada bartaraf etishga erishilishi
mumkin.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi (2000–2005)
2. https://lex.uz
3. Akramovich N.A. The priority of using innovative technologies in the agricul-

tural education system // Journal of Academic Research and Trends in Educatio-
nal Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185–191.

4. Хакимов О.М., Курбанов З.Х., Мухаммедов Ф. Реализация возможностей

получения легких наполнителей на основе меньше пластиковых почв в нашей
республике // Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 176–181.

5. Мухтаров Б. А., Ортиков Ё. Ю. Культурное и экономическое развитие

туризма в Узбекистане // Молодой ученый. – 2016. – №. 14. – С. 375–378.

6. Rashidov U., Rashidov A. Assessment of Costs For the Quality of Logistics

Activities // International journal of business diplomacy and economy. – 2022. – Т.
1. – №. 3. – С. 39–43.

7. Ҳосилмуродов И., Султоналиева Г. Тафаккур услубининг фалсафий-

методологик таҳлили // Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb
muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. –
Т. 1. – №. 1. – С. 549–551.

8. Nodira T. Innovative management in the development of the higher educati-

on system // Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences.
– 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 346–351.

9. Ali o‘g‘li A.O. Statistical study of direct maintenance of small business activi-

ties in the regions // EPRA International Journal of Economic and Business Review
(JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 30–33.

10. Норбеков Х., & Туйчиева Н. (2022). Формирование конкурентных

преимуществ компании. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muam-
molari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 589–592. Ret-
rieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5351.

11. Nasirov B.U., Boltaeva M.J. Genesis and Transformation of the Public Cate-

ring System In Uzbekistan During The Soviet Period // Turkish Online Journal of
Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume. – Т. 12. – С. 5834–5841.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

196

12. Uchkun S., Dilshod N. Process of identifying the significant accounts in

the revenue cycle // Journal of marketing, business and management. – 2022. –
Т. 1. – №. 1. – С. 32–36.

13. Nodira T., Rashid X. Problems of innovation management in the higher edu-

cation system // Web of Scientist: International Scientific Research Journal. –
2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 155–164.

14. Abdusattarovich M.B. Calculating economic efficiency in the digital eco-

nomy in Uzbekistan // Web of Scientist: International Scientific Research Journal.
– 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 1189–1194.

15. Khakimov O. Social goals of students in higher education // Inter-

national Bulletin of Applied Science and Technology. – 2022. – Т. 2. –
№. 11. – С. 55–59.

16. Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational

Schools and Colleges for Technical Creative Activity // Psychology and education.
– 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470–1485.

17. Alimov N., Gulrukh F. Dependence of psychological maturity on the strength

of family relationships // Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. –
2022. – Т. 6. – С. 38-41.

18. Nosirovich A.N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational

Schools and Colleges for Technical Creative Activity // Psychology and education.
– 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470–1485.

19. www.wikipedia.org

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi (2000–2005)

https://lex.uz

Akramovich N.A. The priority of using innovative technologies in the agricultural education system // Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185–191.

Хакимов О.М., Курбанов З.Х., Мухаммедов Ф. Реализация возможностей получения легких наполнителей на основе меньше пластиковых почв в нашей республике // Science and Education. – 2021. – Т. 2. – №. 5. – С. 176–181.

Мухтаров Б. А., Ортиков Ё. Ю. Культурное и экономическое развитие туризма в Узбекистане // Молодой ученый. – 2016. – №. 14. – С. 375–378.

Rashidov U., Rashidov A. Assessment of Costs For the Quality of Logistics Activities // International journal of business diplomacy and economy. – 2022. – Т. 1. – №. 3. – С. 39–43.

Ҳосилмуродов И., Султоналиева Г. Тафаккур услубининг фалсафийметодологик таҳлили // Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 549–551.

Nodira T. Innovative management in the development of the higher education system // Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 346–351.

Ali o‘g‘li A.O. Statistical study of direct maintenance of small business activities in the regions // EPRA International Journal of Economic and Business Review (JEBR). – 2022. – Т. 10. – №. 6. – С. 30–33.

Норбеков Х., & Туйчиева Н. (2022). Формирование конкурентных преимуществ компании. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 589–592. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5351.

Nasirov B.U., Boltaeva M.J. Genesis and Transformation of the Public Catering System In Uzbekistan During The Soviet Period // Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume. – Т. 12. – С. 5834–5841.

Uchkun S., Dilshod N. Process of identifying the significant accounts in the revenue cycle // Journal of marketing, business and management. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 32–36.

Nodira T., Rashid X. Problems of innovation management in the higher education system // Web of Scientist: International = Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 11. – С. 155–164.

Abdusattarovich M.B. Calculating economic efficiency in the digital economy in Uzbekistan // Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 10. – С. 1189–1194.

Khakimov O. Social goals of students in higher education // International Bulletin of Applied Science and Technology. 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 55–59.

Nosirovich A. N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity // Psychology and education. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470–1485.

Alimov N., Gulrukh F. Dependence of psychological maturity on the strength of family relationships // Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. – 2022. – Т. 6. – С. 38-41.

Nosirovich A.N. The Methodology of Preparation of Students of Vocational Schools and Colleges for Technical Creative Activity // Psychology and education. – 2021. – Т. 58. – №. 2. – С. 1470–1485.

www.wikipedia.org

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов