Том 1 № 1 (2022): СТАТЬИ ПО ЭКОНОМИЧЕСКИМ НАУКАМ
Статьи
Jizzax viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi tahlili
Ushbu maqolada Jizzax viloyatidagi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy salohiyatidagi o‘rni va aholi ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta’siri haqida so‘z boradi. Aholi turmush darajasini oshirishning eng muhim yo‘li kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir. Maqola mavzusini yoritishda xorijlik olimlarning ilmiy ishlaridan unumli foydalanildi.
Islamic financial services and banking in Uzbekistan and Central Asia
This article examines the problems related to Islamic banking and finance,working on the basis of Islamic law, and presents opportunities and obstacles of Islamic banking in Central Asia and Uzbekistan.
Respublikada biznes rivojlanish tendensiyalarining kelgusidagi prognoz ko‘rsatkichlari
Ushbu maqolada mamlakatimizda biznes sohasida olib borilayotgan ishlar va ularning tahlili, shuningdek, Respublikamizda biznesni rivojlantirishning yaqin yillarda kutilayotgan o‘zgarishlari turli usullar yordamida tahlil qilingan.
Yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri
Ushbu tezisda yashirin iqtisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning mamlakatimizda tutgan o‘rni, u keltiradigan zararlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan yashirin iqtisodiyot tadqiqotlari borasida ham mulohaza qilingan.
Ichki audit davlat moliyaviy nazoratining shakli sifatida: milliy va xalqaro jihatlar
Jahonda xalqaro munosabatlarning globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni o‘z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi moliyaviy holatni tushunish asosida amalga oshiriladi. Ushbu maqolada byudjet tizimi byudjetlari ijrosi hisobini takomillashtirishda Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlaridan foydalanishning ahamiyati hamda ilmiy uslubiy jihatlariga e’tibor qaratilgan.
The effective ways of combating monopoly in business sphere in condition of digitalization
In world practice, it is important to develop targeted strategies aimed at further improving the business environment, implementing active business projects to en sure sustainable economic development, pursuing economic policies that have a positive effect on business development, conducting research aimed at using blockchain technology as well as ensuring interest in business development by state and society. The issues of doing business after the global crisis caused by the pandemic, statistical observation, and forecasting issues, statistical assessment of the impact of the pandemic on business entities, and improving methods of statistical analysis of business development processes during and after the pandemic became important as never before. As a result of the conducted research, the authors have reached assessing quantitative and qualitative indicators of factors affecting business development processes has been developed, and software has been created that makes the accurate analyzes on the basis of blockchain of the data, a comprehensive analytical approach was developed based on statistical indicators characterizing business development trends in the country, in the SNA sectors, in the context of key industries and regions, multifactor empirical models were developed and forecast options for 2021-2026 were proposed using the scenario method. The theoretical approaches and the initial data used are taken from offcial sources, based on the data of business entities operating in Uzbekistan, proposals, and recommendations implemented in practice, statistical data of the State Committee on Statistics of the Republic of Uzbekistan, as well as primary data obtained during the study. The proposed blockchain stages in the busine process accurately evaluate the results that meet the requirements of digital economy.
MDH mamlakatlaridagi iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur miqdor ko‘rsatkichlari
Ushbu maqolada MDH mamlakatlarining iste’mol savatchasi va uni hisoblash uchun zarur bo‘lgan miqdor ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek MDH mamlakatlaridan Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus Respublikalarining tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida biznes jarayonlarini modellashtirish va prognozlash
Mazkur maqolada mamlakatimizda biznes tendensiyalarining modellari va prognoz natijalarini statistik baholanib, biznesning rivojlanish jarayonlarini modellashtirish va prognozlashga qaratilgan yondashuvlar bayon qilingan.
Kambag‘allik muammosi va uni bartaraf etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ushbu maqolada kambag‘allik tushunchasi, kambag‘allik muammosi va uni mamlakatda bartaraf etishning o‘zigaxos xususiyatlari yoritilgan.
Bugungi kunda menejmentning jahonda tutgan o‘rni
Ushbu maqolada siz menejment haqida quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin.“ Menejment o‘zi nima?”, “Menejmentning maqsad va vazifalari”, “O‘zbekistonda menejmentni rivojlantirish yo‘llari”, shu yo‘nalishdagi muammolar. Bugungi kunda menejmentning nafaqat O‘zbekistonda, balki rivojlangan chet mamlakatlarda ham rivojlanish omillariga katta ta’sir ko‘rsatayotganligi va jamiyat hayotida muhim rol o‘ynayotganligi haqida bilib olasiz.
O‘zbekistonning ekoturizm salohiyati va uning samaradorligini oshirishda xorij tajribasini tatbiq etish
Mazkur maqolada O‘zbekistonning ekoturizm salohiyati va uning samaradorligini oshirishda xorij tajribasini tatbiq etish masalalari ilmiy tadqiq etilgan. Shu jumladan, ekologik turizm, ekomarkazlar, innovatsiyalar, «Yashil iqtisodiyot» innovatsion tur mahsulotlarni tatbiq etish hamda ekoturizm barqarorligini ta’minlash maqsadida elektron ekoturizm innovatsion platformalarni optimallashtirish masalalari tahlil qilingan.
Методологические аспекты моделирования современных платёжных систем
В данной статье отражены результаты исследования вопроса экономико-институционального моделирования современных платёжных систем. В ходе исследования было выявлено, что на эффективность модели платёжных систем в условиях цифровизации влияют ряд факторов, в частности, финансовое положение участников и их степень участия (частота и объём платежей) в платёжных процессах, развитость кредитного механизма по обеспечению ликвидности платёжных процессов деятельности платёжных систем, наличие системы управления рисков в деятельности платёжных систем, информационная и техническая обеспеченность платёжных систем и их участников.
The role and importance of information technologies in the development of New Uzbekistan
Today, the widespread introduction of computer technologies serves the development of the state and society, the development of the social sphere, and the sharp improvement of people’s lives.
Uzbekistan in the new and digital era: changes, priorities, achievements, and plans.
Describes new tasks to be performed in the future.
Investitsiyaning tijorat banklaridagi o‘rni
Ilmiy ishda O‘zbekiston tijorat banklarida samarali investitsion faoliyatni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilgan. Muallif investitsiyalarga taraqqiyot va farovonlikning muhim omili sifatida e’tibor bergan. Tijorat banklarining investitsion quyilmalari hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Tijorat banklaridagi investitsiya faoliyatini rivojlantirish maqsadida chet davlatlar tajribasidan foydalanish yo‘llari taklif etilgan.
O‘zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy hayotida fuqaro aviatsiyasining o‘rni
Maqolada dunyo bo‘ylab havo aloqalarining o‘rnatilishi va qatnov yo‘nalishlari doirasining kengayishi ishlab chiqaruvchilar uchun ham bir qator afzalliklar tug‘dirishi, birinchidan, ishlab chiqaruvchilarning chet ellik hamkorlar bilan uzviy aloqa o‘rnatishga, ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashga, tez-tez ko‘rishib, o‘zaro tajriba almashishlari uchun yo‘l ochilganligi, ikkinchidan, mahsulotlarni sifatini saqlagan holda, qisqa fursatlarda, istalgan manzillarga yetkazish imkoniyati yaratilganliigi, Shu bois, havo transportidan foydalanuvchilar soni yildan-yilga ortib borib, mijozlar orasida havo transportini afzal deb bilayotganlar soni ko‘payotganligi tahlil etilgan.
Zamonaviy tashkilot va korxonalarda kadrlar menejmentini tashkil etish xususiyatlari
Ushbu maqolada zamonaviy tashkilot va korxonalarda kadrlar menejmentini tashkil qilishning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berilgan. Maqolada ko‘tarilgan muammoni yoritishga muallif bu boradagi ilg‘or chet el tajribasidan, xususan, yapon tajribasidan kelib chiqqan holda yondashgan. Samarali kadrlar menejmentining korxonalardagi innovatsion faollikni oshirishdagi roli tasvirlab berilgan.
Biznes subyektlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar to‘plash uslubiyati
Ushbu maqolada biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash, kuzatish usullari orqali statistik tahlillar, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tasniflash, jadvallar tuzish, shuningdek, biznesni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini, jumladan, iqtisodiyotni shakllantirishda xususiy sektorni takomillashtirish yo‘llari, shuningdek, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish istiqbollari, dinamik o‘zgarishlarni, taqqoslash va prognozlash ma’lumotlarini taqdim etishda tez-tez foydalaniladigan diagramma va grafiklar keltirilgan.
The importance of agricultural products in the development of logistics infrastructure and innovative economy in the Republic of Uzbekistan
This article reviews scientifically the issues of developing logistical infrastructure of agricultural products in the countries in conditions of globalization of the economy,the importance of improving its innovative economy and creating logistics centers, and the analysis and capabilities of the development of this area.
Formation of consolidated financial statements at enterprises ways of evolution
This article discusses the proposals and challenges of theoretical foundations of consolidated financial reporting in business entities.
O‘zbekistondagi cho‘llanishning iqtisodiy oqibatlari va qarshi kurashishning istiqbolli rejalari
O‘zbekistonda yerlarning samarodorligini oshirish va ekologiyani saqlab qolish. Tahlil asosida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ayrim takliflar ishlab chiqilgan.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o‘rni
Ushbu tezisda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va unga qaratilgan innovatsion g‘oyalar haqida, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning tadbirkorlar uchun qulayliklarini yoritib berishga harakat qilingan.
Improving the transportation system with ai-based technologies
As with many other fields where the involvement of intelligent systems with the help of Artificial Intelligence is prevalent, transportation system cannot be ignored when it comes to incorporating AI and automation in order to improve the current transportation system by using new advanced technologies. There have been a lot of new tech nologies have been implemented in transportation systems especially in public transportation, making it convenient to use for commuters and other users. Having said that, de spite the fact that new technologies have been used to tackle some of the existing issues,there are some problems that are still persisting. For instance, traffc jams can be seen even in developed cities around the world, making specialists think deeply and push the boundaries of technology to come up with innovative solutions to cure existing hurdles in transportation. In terms of easing the heavy traffc flow, intelligent traffc lights powered with AI have their own role to play and huge progress can be seen in this area of research.Some of the technologies that are used in smart traffc lights are induction loops, microwave radar, and video detection. What has been done in this work is quite different from previous technologies and methods and proposes a new methodology to be used in traffic lights and with help of this method, traffc jams can be reduced significantly. Precisely, an algorithm based on a convolutional neural network is used to detect vehicles, and depending on the traffc density determined by live video footage, traffc lights make a smart decision about which road should be opened more while other another road should be closed for less time. From the environmental and economic perspective, this technology with the proposed methodology reduces greatly gasoline use by cars, thus reducing carbon dioxide emissions and saving the time passengers waste when stuck in traffc jams.
Mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish
Ushbu maqolada mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish yo‘llari, monopol faoliyatni oldini olish hamda O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
New business models and forecasts of economic growth in Uzbekistan
This article addresses the issues of improving ways to effectively use the domestic potential of the textile and clothing industry. It also covers the development of the textile and clothing industry and the effective use of domestic resources. In addition, indicators have been proposed to identify the internal potential of the textile and clothing industry, and research has been conducted on their evaluation practices. The main indicators of the structure of production capacity and the level of utilization of the internal capacity of industrial enterprises have been developed. In addition, the export potential of the industrial sector of the Republic of Uzbekistan was analyzed and the export potential of the Samarkand region was assessed. Conclusions and recommendations have been developed to improve the effective use of the domestic potential of the textile and clothing industry.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida qulay ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish masalalari
Maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida qulay ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishni tashkil etishning dolzarb masalalari va takliflari o‘rganilgan. Jumladan, iqtisodiyotni raqamlashtirish va qulay ishbilarmonlik muhi tiga ta’sir etuvchi masalalar tadqiq etilgan.
Buxgalteriya hisobi va auditorlik xizmatlarining xalqaro standartlar asosida takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Maqolada buxgalteriya hisobi va auditorlik xizmatlarining xalqaro standartlar asosida takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Jumladan, buxgalteriya hisobi va auditorlik xizmatlarining farqli jihatlari tadqiq etilgan.
Respublikada biznesva uni rivojlantirishning ayrim masalalari
Maqolada biznes rivojlanishining statistik tahlili ko'rib chiqildi, shuningdek, O'zbekistonda biznes muhitini yaxshilash maqsadida zarur tavsiyalar berildi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot auditini takomillashtirish
Odatda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining auditorlik tashkilotining aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish maqsadidamoliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmasligi salbiy. Texnologik sohadagi o‘sish moliyaviy ma’lumotlarni qayta ishlashni kengaytirdi. Kompyuterga oid asosiy suiiste’molliklar quyidagi shartsharoitlar mavjud bo‘lganda yuz berishi mumkin:
– kompyuterga yoki terminalga bevosita kirish;
– ma’lumot fayllariga kirish;
– vositalardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi;
– tizimiy axborotning qulayligi;
– kompyuter dasturlariga kirish imkoniyati.
Auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning hisoboti to‘g‘risidagi fikrni ifoda etish va shu fikr asosida tuzilgan auditorlik xulosasi uchun to‘liq javobgardir.
Raqamli iqtisodiyotning bugungi kundagi o‘rni
Bu maqolada siz raqamli iqtisodiyot haqida quyidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin. “Raqamli iqtisodiyot haqida qisqacha ma’lumot”, “Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari”, “Raqamli iqtisodiyotning salbiy tomonlari”, “Rivojlangan davlatlar asosida raqamli iqtisodiyot”, “O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari”.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqaruv faoliyatini raqamli taransformatsiyalashning afzalliklari
Ushbu ilmiy tezisda mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqaruv faoliyatini raqamli taransformatsiyalashning afzalliklari va o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.
O‘zbekiston iqtisodiyoti istiqbollari va xavf-xatarlar
Ushbu maqolada mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy islohotlar,o‘zgarishlar, iqtisodiyotning istiqbollari va xavf-xatarlar, pul oqimlari, mamlakat inflyatsiya ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar berilgan. Mamlakat iqtisodiyotining yanada rivojlanishi uchun yana qanday chora-tadbirlar qilinishi kerakligi to‘g‘risida taklif va tavsiyalar berilgan.
Globallashuv sharoitida iqtisodiy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari
Mazkur maqolada bugungi kunda jahonda yuz berayotgan iqtisodiy globallashuv jarayonlari, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv, dunyo bo‘ylab iqtisodiyotning jadal o‘sishi tendensiyalari tahlil qilingan. Xalqaro savdo, kapital, mehnat va bilimlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o‘sish sur’atlari jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari asosida iqtisodiy globallashuv sodir bo‘lishi ilmiy asoslangan.
Forecasting indicators of business development in Uzbekistan
The article is devoted to econometric modeling and forecasting of business development using correlation and regression analysis. Also, a model for the development of GDP business is given, taking into account the indicators of the share of business in the number of employees in the volume of agricultural production, exports of the Republic of Uzbekistan, and the forecast value of the share of business in GDP by 2021–2025.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning muammo va istiqbollari
Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida konsolidatsiyalashgan holda tuzishning nazariy, tashkiliy hamda uslubiy jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, konsolidatsiyalashgan shaklda moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot, konsolidatsiyalashgan foyda va zararlar hamda jami daromad to‘g‘risidagi hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzish asoslangan.
Small business in Uzbekistan: order of introduction
This article refers to the theoretical and practical aspects of business, its development paths and strategy selection in the Uzbek economy, the statistical analyses through methods of observation, collection of statistical data, classification, and tabulation; and also diagrams and graphs frequently used in presenting data, dynamic changes, comparison and prognosis of indicators of the development of business, including the ways of improvement of the private sector in the formation of the economy as well as the perspectives of development of business in Uzbekistan.
O‘zbekistonda biznesning rivoj lanish tendensiyalari va biznes jarayonlariga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish zaruriyati
Mazkur maqolada mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan biznesning rivojlanish jarayonlarini statistik tahlil qilish usullarini takomillashtirish, yangi biznes tendensiyalari modellari va prognoz natijalarini statistik baholash, biznesning rivojlanish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish va prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini takomillashtirish
Maqolada qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobining xususiyatlari ochib berilib, ta’mirlash xarajatlari hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish istiqbollari
Maqolada O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish sabablari, imkoniyatlari va istiqbollari yoritilgan. “Yashil iqtisodiyot”ning mazmuni, rivojlantirish mexanizmlari, muammolari va xususiy jihatlari o‘rganilgan. Yangi energiya manbalariga asoslangan ilg‘or sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar tahlil qilingan.
Hududiy biznes rivojlanishining asosiy tamoyillari, tashkiliy-huquqiy asoslari va jahon tajribasi
Ushbu maqola biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan biznes subyektlari haqida, biznesning ulushlari va ular haqida ma’lumotlar yig‘ish, bizne
Avtotransport korxonasida xarajatlarni boshqarishni ta’minlash bo‘yicha buxgalteriya hisobi va tahliliy ma’lumotlarni takomillashtirish
Ushbu maqolada avtotransport korxonalarida xarajatlar hisobini yuritish tartibi o‘rganildi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlar hisobini boshqarish uchun boshqaruvning turli darajalarida joriy qarorlarni qabul qilish kerakligi ma’lum bo‘ldi. Avtotransport korxonasida transport turib xizmatlar xajmi hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar soniga qarab, ko‘rsatilgan xizmatlar narxini belgilash vazifasi aniqlandi. Shuningdek avtotransport korxonalarida xarajatlarni hisobga olishning bir nechta metodlari ko‘rib chiqildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning bugungi kundagi dolzarbligi
Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining, ijtimoi yiqtisodiy tizimdagi o‘rni muhokama qilinadi. Korxonadan oldingi talqinlarni umumlashtirishga asoslanib, iqtisod bilan bir qatorda, uning ijtimoiy tarkibi, ayniqsa rivojlanayotgan bozorlarga ega mamlakatlar uchun ham ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. Ayniqsa, kichik tadbirkorlik rivojlanishida, iqtisodiy o‘sish va siyosiy barqarorlikka chiqishida bajaraladigan funksiyalar va ommaviy innovatsiyalarning o‘ta muhimligi ko‘rsatildi.
The role and importance of islamic securities in innovative development in the countries of the world
This article provides information on the essence of Islamic securities, which are taking their place as a new financial instrument, their place in the economy, and their importance in the economy of the world countries. Also, information on the volume of issuance of Islamic securities, annual growth trends, and volume is presented. In particular,the analysis of the actual situation of Islamic securities – sukuk issued in times when the population was Muslim, but also non-muslim, is given. A scientific conclusion is presented on the introduction of Islamic securities and the effciency that can be achieved through it.
Buxgalteriya balansi: turlari, tarkibiy tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar
Ushbu maqolada buxgalteriya balansida korxonaning moliya xo‘jalik faoliyati to‘g‘ risida katta hajmdagi ma’lumotlar: korxonaning mulkiy holati, moliyaviy resurslarning mavjudligi, ularning taqsimlanishi va foydalanilishi, moliyaviy natijalar(foyda) ning kapitalizatsiyasi, o‘z va qarz mablag‘lari, pul mablag‘larining mavjudligi va holati,debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning holati va o‘zgarishi va shu kabilar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Ishsizlikni kamaytirish va yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari va istiqbollari
Ushbu maqolada iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida mamlakatlardagi yoshlar, hududlardagi o‘zgaruvchan jarayonlar, iqtisodiy o‘sish va yoshlarning bandligini oshirishning ahamiyati hamda ushbu sohaning rivojlanishi tahlili va imkoniyatlari ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish ko‘rsatkichlari
Mazkur maqolada biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash, kuzatish usullari orqali statistik tahlillar, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tasniflash, jadvallar tuzish; shuningdek, biznesni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini, jumladan, iqtisodiyotni shakllantirishda xususiy sektorni takomillashtirish yo‘llari, shuningdek, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish istiqbollarini dinamik o‘zgarishlarni, taqqoslash va prognozlash ma’lumotlarini taqdim etishda tez-tez foydalaniladigan diagramma va grafiklar o‘rganilgan.
Buxgalteriyada pestel tahlilining ahamiyati
Maqola PESTEL atamasi kelib chiqishi, bu nima uchun kerakligi, PASTEL tahlili tarkibi va Pestel tahlili natijalari haqida yozilgan.
Korxona brending faoliyatida raqamli marketing strategiyalaridan foydalanish
Bu maqolada raqamli media an’anaviy va ommaviy axborot vositalarini auditoriya bilan ta’minlash, hamda yangi komunikasiya jihozlari bilan ta’minlash, global va mahalliy brendlar uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan raqamli media vositaga aylangan.Internet, reklama kanallari, axborot vositalari, gazeta jurnallarga kata e’tibor qaratiladi. Raqamli media muhitining o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. Maqola ilmiy izlanishlarga hamda, reklama tajribalariga asoslanadi.
The significance of artificial intelligence system in socio-economic development of Uzbekistan
This article describes the prospects for introduction of “artificial intelligence”in the Republic of Uzbekistan and its importance.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va uni jamiyatga tatbiq etish hozirgi kunda biz uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini anglash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish dunyo miyosida jadal tus olganligi haqida so‘z boradi. Maqolaning maqsadi raqamli iqtisodiyotni tubdan rivojlantirish, yangiliklar kiritish, jamiyat a’zolarini raqamli iqtisodiyot haqida tanishtirish orqali ularning dasturiy savodxonligini oshirishdir
Apple kompaniyasi tarixi va rivojlanish bosqichlari
Maqolada Apple kompaniyasi tarixi va rivojlanish bosqichlari o‘rganilgan.Jumladan, IT-mahsulotlar, telekommunikatsiya vositalari, Hi-tech kompaniyalar xususi yatlari tadqiq etilgan.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari
Ushbu maqolada: Butun dunyoda oziq – ovqat muammosi va O‘zbekiston xalqi o‘zini o‘zi oziq – ovqat bilan ta’minlashi va boshqa davlatlarga eksport qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maqolaning asl mohiyati shundan iboratki, tashlandiq yerlardan qancha unumni foydalanish va u yerlardan foyda olish oziq – ovqat bilan ta’minlash kerakligi aytib o‘tilgan.
O‘zbekistonda ta’lim dasturlari orqali islom moliyasi, xususan, sukukni chuqur o‘rganish zaruriyati
Ushbu maqolada O‘zbekistonda juda katta potensial talabga ega bo‘lgan soha – Islom moliyasi xizmat turlaridan biri hisoblangan SUKUKNI keng joriy qilishning iqtisodiy ahamiyati va ta’lim dasturlarida o‘rganishning muhim kadrlar yetishtirishda zarurligi ochib berilgan.
Maqolada sukukning keng joriy etilishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori (fond bozori), davlat va xususiy kompaniyalar uchun tashqi va ichki investorlarni jalb qilishda yangi moliyaviy vositalarni taqdim etishi bilan birga O‘zbekistondagi aholi va ko‘pgina biznes vakillari o‘z bo‘sh mablag‘larini qadriyatlariga mos ravishda ko‘paytirishiga imkon yaratilishi bo‘yicha dolzarb muammolarni hal etishga xizmat qilishi va Islom moliyasining barcha xizmat turlaridan keng qo‘llashga zaruriyat borligi asoslangan. Shuningdek,O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorida an’anaviy aksiyalar va obligatsiyalar bilan birgalikda Islom moliyasi mahsulotlaridan biri hisoblangan SUKUKNI ham qo‘llash mumkinligi, buni dunyodagi yetakchi davlatlar ham amalda muvaffaqiyatli qo‘llayotganlari va O‘zbekistondagi sukuk bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqishga birinchi qadam qo‘yilgani, shuningdek, SUKUKNI ta’limga kiritish dolzarbligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda SUKUKNI keng joriy qilish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar taqdim etilgan.
Turizmni rivojlantirish yangi kelajak sari yo‘l
Mazkur maqola O‘zbekistondagi turizmning rivojlanish darajasi, potensiali va sohaning kelajakdagi istiqbollari xususidadir. Bu sohadagi muammolar va ularning yechimlari ham ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, hozirgi kundagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarning hayotga tatbiq etilishi darajasi ham o‘rganib chiqillgan.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar asosida konsolidatsiyalash jarayonlarini tashkil etish
Maqola Buxgalteriya xisobi xalqaro qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xisobotning xalqaro standartlarining moxiyati, ularning tarkibi va tasnifi kiritilgan.Shuningdek, moliyaviy xisobotning xalqaro standartlariga jaddalashtirish orqali xorijiy investorlar, zarur axborot muxiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlari kengayadi.
Moliyaviy xisobotning xalqaro standart bo‘yicha konsolidatsiyalashgan xisobot moliyaviy xisobotning – tarkibiy qismi xisoblanadi. Kalit so‘zi. Xalqaro moliyaviy xisobot, buxgalteriya xisobi, Xisobotning xalqaro standartlari, konsolidatsiyalashgan moliyaviy xisobot.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida gudvill hisobi
Ushbu maqolada korxonalarning birlashishi vaqtida “gudvill” nomoddiy aktiv yoki “manfiy gudvill” nomli kechiktirilgan daromad hisobini moliyaviy hisobotda bux galteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHHS)ga muvofiq hisoblanish tartibi o‘rganib chiqilgan.
Bundan tashqari, nomoddiy aktivlarga kiruvchi gudvillga berilgan ta’riflar, gudvillni hisobga olish 7-sonli BHMS “Nomoddiy aktivlar” nomli standartida aks ettirilishi, gudvillning boshlang‘ich hisobi va hisob-kitobi 3-sonli IFRS “Bizneslarni birlashtirish” standarti bilan tartibga solinishi, gudvill – bu amortizatsiya qilinmaydigan aktiv ekanligi 36 sonli IAS “Aktivlarni birlashtirish” standartida belgilanganligi va gudvill har yili qadrsizlanishi yuzasidan sinovdan o‘tkazilishi lozimligi tushuntirib o‘tilgan.
Accounting balance sheet: types, composition and requirements
This article provides information on how to use reporting data on the analysis of financial activity and situation of the enterprise in the acounting balance, to study their structural structure and requirements for them.
Tijorat bank biznesini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirish
Ushbu maqolada bugungi kunda tijorat bank faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar hamda raqamli marketing, shuningdek, tijorat banklarida yangicha yondashuvni talab qiladigan texnologiyalarning ahamiyati yoritib berilgan.
The economy
The economy is the one and only system by which money, industry, and trade are organized, nevertheless, the economy is the part of our life. When someone asks from us to image what is the economy, we simply think about money or how money works, but when they ask about money, we think about notes, coins, bills, or credit cards. So when and why money was created? What is the economy, is it money or the system? Why do we need аn economy? Although, we know the answer for these questions, we always misunderstand the actual meaning of these statements.
Важность энергетического сектора в экономике и его влияние на глобальное потепление
В текущее время неопределенности и волатильности мирового рынка, энергетическая безопасность страны является необходимостью для поддержки экономического и социального прогресса и повышения качества жизни, особенно в развивающихся странах. Но использование этой энергии по всему миру подразумевает ответственность и приверженность к рациональному использованию ограниченных природных ресурсов. Не стремясь защищать окружающую среду, стимули- ровать рост использования альтернативных источников энергии, а наоборот, иметь приверженность к злоупотреблению природными ресурсами с целью получить краткосрочную сверхприбыль, следует считать недопустимой в современном мире и такая практика должна быть пересмотрена c целью недопущения экологических катаклизмов. В этой статье рассматривается значимость энергетического сектора для развития экономики страны вместе с последствиями злоупотребления использова- ния традиционных источников.
Samarqand shahrining M-39 avtomobil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi yechimi
Samarqand shahrining asosiy Panjikent ko‘chasining M-39 avtomobil yo‘lining chiqish yo‘li chorrahasi uchun taklif qilinayotgan chorraha yechimi loyihasi bo‘lishiga qaramasdan, unda svetofor yo‘q, transportlar harakati uzluksiz, ya’ni taklifloyiha shunday loyihalashtirilganki, transportlarning hamma tomonga harakati svetoforsiz ham ta’minlangan; mavjud qurilgan binolarni buzib, orqaroqqa surishning hojati yo‘qyo‘lning mavjud gabaritidan maksimal darajada foydalanilgan; taklif qilinayotgan loyiha ni va bajarilgan ishlarni nafaqat Samarqand viloyatida, balki Respublikamizning boshqa aholisi zich, tirband ko‘chalarida loyihalash va ularni amalda qo‘llash maqsadida yuqoridagi amaliy tavsiyalarni hayotga tadbiq etish mumkin.
Ziyorat turizmini rivojlantirishda zamonaviy mehmonxona tuzilmalarining ahamiyati
Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida turizm sektoriningo‘rni va ahamiyati, ziyorat turizmi sohasi taraqqiyotida joylashtirish vositalari va infratuzilmaning aloqadorligi, bugungi kunda mamlakatimizda ushbu sohani strategik tarmoq sifatida rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlar tahlil etilgan. Ushbu yo‘nalishda boy tajriba ega rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi tadqiq qilindi hamda shu asosda yurtimizda ziyorat turizm sohasini va uning xizmatlari diversifikatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorining ahamiyati
Ushbu maqolada bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlari o‘tkazish va bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorining xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishi ko‘rib chiqilgan. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bozorining alohida elementlarining o‘zaro bog‘liqlik sxemasi ishlab chiqilgan.
To‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati
Sanoat iqtisodiyotning byudjetni shakllantiruvchi asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham ushbu maqolada O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining rivo jlanishi, shu jumladan, jahon bozorlaridagi mahalliy korxonalarimizda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining hajmini ko‘paytirish va to‘qimachilik sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rnining ortishida hukumat tomonidan amalga oshirilgan choratadbirlar, jumladan, Prezidentimizning to‘qimachilik sanoatiga doir Farmoni, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tarkibida To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilishi va uning ahamiyati, shuningdek, Jizzax viloyatida joriy yilning birinchi yarmida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va ba’zi iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Xalqaro standartlarga muvofiq pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
Ushbu tezisda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etiladigan Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish bo‘yicha nazariy fikrlar ilgari surilgan.