Авторы

  • Амирбек Ниязмурадов
    Государственное учреждение «Научно-исследовательский центр цифровой экономики»

Биография автора

  • Амирбек Ниязмурадов, Государственное учреждение «Научно-исследовательский центр цифровой экономики»
    Начальник отдела

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dialogue-science.132625

Ключевые слова:

прогнозирование тенденции цифровая экономика индекс развития рейтинг электронное правительство управление

Аннотация

O'zbekiston Respublikasida "Elektron hukumat" tizimi 2013-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilib, bugungi kunga kelib my.gov.uz, EPIGU, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) kabi platformalar orqali yuzlab xizmatlar ko'rsatilmoqda. 2024-yil yakunlariga ko'ra, mamlakatda 400 dan ortiq elektron davlat xizmati joriy etilgan bo'lib, ularning 70% dan ortig'i onlayn tarzda to'liq amalga oshiriladi.

background image

«Междисциплинарный диалог науки и общества

в эпоху экологических перемен»

177

RAQAMLI HUKUMATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Niyazmuradov Amirbek Tolibovich

“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat muassasasi” bo‘lim boshlig‘i

Toshkent, O‘zbekiston

O‘zbekiston Respublikasida

“Elektron hukumat”

tizimi 2013-yildan

boshlab bosqichma-bosqich joriy etilib, bugungi kunga kelib

my.gov.uz

,

EPIGU

,

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)

kabi platformalar orqali

yuzlab xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 202

4-

yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda

400

dan ortiq elektron davlat xizmati

joriy etilgan bo‘lib, ularning 70% dan ortig‘i

onlayn tarzda to‘liq amalga oshiriladi.

Biroq,

2024-

yil Davlat statistika qo‘mitasi

ma’lumotlariga ko‘ra,

aholining atigi

37

40%

qismi elektron davlat xizmatlaridan faol foydalanmoqda,

qolgan qismi esa an’anaviy usul (qog‘oz hujjatlar va oflayn murojaatlar) orqali

murojaat qilishni afzal ko‘radi. Ushbu tafovut

raqamli tafovut (digital divide)

muammosini kuchaytiradi.

Shu sababli, elektron davlat xizmatlarining

samaradorligini baholash

tizimi

ni yaratish va natijalarga asoslangan optimallashtirish ishlari orqali

foydalanuvchilar sonini keskin oshirish zarur.

Jahon tajribasi

Estoniya

elektron hukumatning eng muvaffaqiyatli namunasi. 99%

davlat xizmatlari onlayn, yiliga 200 mln soat mehnat tejaladi. Xizmatlar

samaradorligi foydalanish chastotasi, xizmat ko‘rsatish vaqti va foydalanuvchi

qoniqishi bo‘yicha o‘lchanadi.

Janubiy Koreya

e-hukumat indeksida 1-

o‘rinda. Xizmatlar samaradorligi

foydalanuvchi fikr-mulohazalariga asoslangan ball tizimi orqali baholanadi.

Singapur

“Smart Nation” konsepsiyasi doirasida real vaqt monitoring

tizimi joriy etilgan, xizmatdan foydalanish darajasi 95%.

O‘zbekiston —

BMT e-hukumat reytingida 2022-yilda 69-

o‘r

inda, lekin

xizmatlardan foydalanish darajasi past (40%).

Foydalanmaslik sabablari (O‘zbekiston sharoitida)

2024-

yil Sog‘liqni saqlash va raqamlashtirish agentligi so‘rovi:

35%

internet tezligi va texnik imkoniyatlar yetarli emas;

27%

xizmatlardan qanday foydalanishni bilmaydi (raqamli savodxonlik

past);

19%

xizmat interfeysi murakkab yoki noqulay;

12%

onlayn to‘lov tizimlariga ishonchsizlik;

7%

boshqa sabablarga ko‘ra (tanish

-bilish orqali ish bitirish odati).

Samaradorlikni baholash tizimi modeli


background image

«Междисциплинарный диалог науки и общества

в эпоху экологических перемен»

178

Asosiy ko‘rsatkichlar (KPI):

Xizmatdan foydalanish darajasi

yiliga / oyiga foydalanuvchilar soni, ming

aholiga nisbatan.

Xizmat ko‘rsatish vaqti —

ariza topshirishdan natijani olishgacha o‘tgan

vaqt (soat yoki kunlarda).

Texnik uzilishlar chastotasi

1000 soat ishlashga nisbatan xatoliklar soni.

Foydalanuvchi qoniqishi

1

–5 ballik reyting asosida o‘rtacha baho.

Qayta murojaat darajasi

bir foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qayta

foydalanish chastotasi.

Baholash mexanizmi:
Har bir xizmat uchun avtomatik monitoring moduli;

Foydalanuvchilarga SMS / mobil ilova orqali qisqa so‘rov yuborish;

Har chorakda tahliliy hisobot tayyorlash va ochiq e’lon qilish.

Elektron davlat xizmatlarining samaradorligini baholash tizimi nafaqat

foydalanuvchi tajribasini yaxshi

laydi, balki davlat organlari uchun o‘lchab

bo‘ladigan natijalar asosida boshqaruv imkonini beradi. Estoniya va Koreya

tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali monitoring tizimi joriy etilsa, qisqa

muddatda ham aholining xizmatlardan foydalanish odati keskin

o‘zgaradi.

O‘zbekiston sharoitida ham shunday tizimni tatbiq etish orqali raqamli

hukumatga o‘tish jarayoni tezlashadi, byurokratiya kamayadi va fuqarolarning

davlatga bo‘lgan ishonchi oshadi.