AVTOMATLASHTIRISH ASOSIDA XARAJATLARNI HISOBNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Аннотация

Bugungi kunda xar bir xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun
xarajatlari hisobi muhim ahamiyatga ega boʻlib, uning oqilona tashkil etilishi bevosita
rivojlanish omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va raqamli
iqtisodiyot davrida ushbu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, raqamli
iqtisodiyotning oʻzagi boʻlgan avtomatlashtirish asosida xarajatlarni hisobni tashkil
etish xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni va
raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Shundan kelib chiqqan xolda biz ushbu maqolada
avtomatlashtirish orqali xarajatlarni hisobni takomillashtirish masalalari koʻrib
chiqdik. Hozirda buxgalteriya hisobi turli zamonaviy dasturlar, avtomatlashtirilgan
tizimlar yordamida amalga oshiriladi, bu qoʻyilgan masalaning naqadar dolzarbligini
belgilaydi chunki xarajatlar hisobi bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot narxining
aniqligini taʼminlaydi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
548-558
4

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Расулова S. (2025). AVTOMATLASHTIRISH ASOSIDA XARAJATLARNI HISOBNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Цифровая экономика, 7(7), 548–558. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/106970
Шахноза Расулова , Ферганский политехнический институт
Базовый докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda xar bir xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun
xarajatlari hisobi muhim ahamiyatga ega boʻlib, uning oqilona tashkil etilishi bevosita
rivojlanish omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va raqamli
iqtisodiyot davrida ushbu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, raqamli
iqtisodiyotning oʻzagi boʻlgan avtomatlashtirish asosida xarajatlarni hisobni tashkil
etish xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni va
raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Shundan kelib chiqqan xolda biz ushbu maqolada
avtomatlashtirish orqali xarajatlarni hisobni takomillashtirish masalalari koʻrib
chiqdik. Hozirda buxgalteriya hisobi turli zamonaviy dasturlar, avtomatlashtirilgan
tizimlar yordamida amalga oshiriladi, bu qoʻyilgan masalaning naqadar dolzarbligini
belgilaydi chunki xarajatlar hisobi bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot narxining
aniqligini taʼminlaydi.


background image

547

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

AVTOMATLASHTIRISH ASOSIDA XARAJATLARNI HISOBNI

TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Rasulova Shaxnoza Xatamovna

Fargʻona politexnika instituti

, tayanch doktoranti

rasulova.sh@ferpi.uz


Annotatsiya:

Bugungi kunda xar bir xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun

xarajatlari hisobi muhim ahamiyatga ega boʻlib, uning oqilona tashkil etilishi bevosita

rivojlanish omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va raqamli
iqtisodiyot davrida ushbu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, raqamli

iqtisodiyotning oʻzagi boʻlgan avtomatlashtirish asosida xarajatlarni hisobni tashkil

etish xoʻjalik yurituvchi subyekt

larning ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni va

raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Shundan kelib chiqqan xolda biz ushbu maqolada

avtomatlashtirish orqali xarajatlarni hisobni takomillashtirish masalalari koʻrib

chiqdik. Hozirda buxgalteriya hisobi turli zamonaviy dasturlar, avtomatlashtirilgan

tizimlar yordamida amalga oshiriladi, bu qoʻyilgan masalaning naqadar dolzarbligini

belgilaydi chunki xarajatlar hisobi bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot narxining

aniqligini taʼminlaydi.

Kalit soʻzlar:

xarajatlar hisobi, texnologiyalarni rivojlantirish, xarajatlarni

optimallashtirish, xarajatlar hisobini avtomatlashtirish, hisobini raqamlashtirish,
tahlil qilish tizimini avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, 1C: buxgalteriya.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ УЧЕТА ЗАТРАТ НА ОСНОВЕ

АВТОМАТИЗАЦИИ

Расулова Шахноза Хатамовна

Ферганский политехнический институт, базовый докторант

rasulova.sh@ferpi.uz

Аннотация:

Сегодня для каждого хозяйствующего субъекта важен учет

затрат, рациональная организация которого является непосредственным

фактором развития. В эпоху развития информационных технологий и цифровой

экономики этот вопрос приобретает все более актуальное значение. Ведь

организация учета затрат на основе автоматизации, являющейся ядром цифровой

экономики, обеспечивает повышение рентабельности производства и

конкурентоспособности хозяйствующих субъектов. Исходя из этого, в данной


background image

548

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

статье мы рассмотрели вопросы совершенствования учета затрат с помощью

автоматизации. В настоящее время бухгалтерский учет ведется с помощью

различных современных программ, автоматизированных систем, что

определяет, насколько актуален поставленный вопрос, поскольку учет затрат

непосредственно обеспечивает точность определения цены выпускаемой

продукции.

Ключевые слова:

учет затрат, разработка технологий, оптимизация

затрат, автоматизация учета затрат, цифровизация учета затрат,

автоматизация системы анализа, цифровые технологии, 1С: Бухгалтерия.

ISSUES OF IMPROVING COST ACCOUNTING BASED ON AUTOMATION

Rasulova Shaxnoza Xatamovna

Fergana polytechnic institute, basic doctoral student

rasulova.sh@ferpi.uz


Abstract:

Today, cost accounting is important for every business entity, the

rational organization of which is a direct factor in development. In the era of the
development of information technology and the digital economy, this issue is becoming
increasingly important. After all, the organization of cost accounting based on
automation, which is the core of the digital economy, ensures an increase in the
profitability of production and competitiveness of business entities. Based on this, in
this article we have considered the issues of improving cost accounting through
automation. Currently, accounting is conducted using various modern programs,
automated systems, which determines how relevant the question is, since cost
accounting directly ensures the accuracy of determining the price of products.

Keywords:

cost accounting, technology development, cost optimization, cost

accounting automation, cost accounting digitalization, analysis system automation,
digital technologies, 1C: Accounting.

KIRISH

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining shakllanishi va iqtisodiy

rivojlanishning zamonaviy sharoitlari buxgalteriya hisobini tashkil etishga yangi va
oldingiga nisbatan yuksak talab

lar qoʻymoqda. Hozirgi kundagi oʻzgaruvchan

sharoit

barcha ehtiyojlariga javob beruvchi buxgalteriya hisobi tashkil etishni va
takomillashtirish zarurati vujudga keltirmoqda. Shu bilan birgalikda u milliy va xalqaro
professional tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda

umum eʼtirof

etilgan

umum qabul qilingan tamoyillarga muvofiq rivojlanishi zarur.


background image

549

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Oʻzbekistoning zamonaviy sharoitida xarajatlarni tezkor va aniq hisobga olishni

tashkil etish hamda bu orqali samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga erishish

mumkin, bunda tegishli maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish, xarajatlarining

samarali tahlili, nazorat va monitoringi korxonaning raqobatbardoshligini oshirishning
muhim omili hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobi foydalanuvchilarning talablariga t

oʻliq javob beradigan

tashkiliy taʼsir vositalaridan biri boʻlib bu jarayonda xarajatlarining hisobi va tahlili

amalga oshiriladi. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobi ishlab chiqarish va mehnat
resurslaridan oqilona, tejamkor foydalanishni tashkil etishi, samarasiz xarajatlar va

yoʻqotishlarning oldini olishi, korxonaning moddiy boyliklarining saqlanishini

taʼminlashi zarur. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va sanoat kompleksidagi

iqtisodiy munosabatlarning tubdan qayta qurishi har bir korxonada buxgalteriya
hisobini oqilona tashkil etishni va uning ishlab chiqarishni boshqarishdagi rolini
oshirishni talab qiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda fikrimizcha, iqtisodiy rivojlanishning

zamonaviy sharoitlari korxonalarda xarajatlar hisobini tashkil etish va boshqarish
tizimiga quyidagi

asosiy talablarni qoʻyilishi mumkin:

1. Qoʻshimcha xarajatlarni aniq hisobga olish zarurati. Bugungi kunda koʻpgina

sohalarda mahsulot tannarxi tarkibida qoʻshimcha xarajatlar ulushining doimiy oʻsishi

kuzatilmoqda. Buning sababi texnologiyalarni rivojlantirish, boshqaruvning yangi

usullarini joriy etish, mijozlar bilan oʻzaro munosabatlar tizimlarini kengaytiris

h (bu,

oʻz navbatida, marketing xarajatlarining oshishiga olib keladi) va hokazo.

2. Xarajatlarni optimallashtirish bilan bogʻliq boshqaruv qarorlarini qabul qilish

uchun tegishli maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish. Bu eng muhim masala

-

samarasiz

xarajatlar, yaʼni ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qiymat qoʻshmaydigan

yoki resurslarning ortiqcha sarflanishi bilan bogʻliq xarajatlar haqidagi maʼlumotlarni

oʻz vaqtida vizual tarzda namoyish etishdir.

3. Xarajatlarni hisobga olish tizimining oʻzgaruvch

anligini hamda

moslashuvchanligini taʼminlash. Korxonaning tezkor moslashuvchanligini taʼminlash

talabi doimiy oʻzgarish sharoitida majburiy boʻlib qoladi. Shunga koʻra, sodir

boʻlayotgan oʻzgarishlarni aks ettirish uchun xarajatlarni hisobga olish va tahl

il qilish

protseduralari tezda amalga oshirilishi kerak.

Bizning fikrimizcha ushbu masalalarning eng samarali va oqilona yechimi bu

xarajatlar hisobini avtomatlashtirish asosida tashkil etish va takomillashtirishdir, bunda
kelib chiqadiki respublikamizdagi

xoʻjalik yurituvchi subyektlarida buxgalteriya

hisobini yangicha boshqarish sharoitlariga moslashishi va xalqaro moliyaviy

standartlarni muvaffaqiyatli oʻtishini taʼminlash zarur boʻladi.


background image

550

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdagi xarajatlar hi

sobini avtomatlashtirish masalasi

bevosita buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish masalasi bilan ham ohangdir, shundan
kelib chiqqan holda biz bu boradagi olimlar asarlarini olgandik va mutaxassislar
fikrlariga

eʼtibor

qaratdik.

Buxgalteriya hisobini raqamlashtirish va avtomatlashtirishning ahamiyati,

zamonaviy dasturlari ularning afzallik va kamchiliklari masalalariga B. Yoxansson,
T.Z Mat, R. Buxt, N. Negroponte, B. Yoxansson, B. Kaxin, L. Acevedo, M. Kastels,
F. Aribaba, T. Mezenburg, M. Skilton, R. Stou, R. Xiks, T. Onore, K. Shvab kabi
xorijiy olimlar izlanishlar olib borganlar, shuningdek rus olimlari L.D. Alekseyeva,
M.Ye., Vasilenko, O.A. Yuryeva, P.S. Ternova, P.B. Akmarov, D.V. Varlamova,
X.Sh. Nurmuxamedova, O.Ye. Yevsyukova, O.P. Knyazeva, P.A. Petrenko, E.D.
Abduraimova va boshqalarning ushbu

yoʻnalishda

ilmiy tadqiqot ishlarini koʻrish

mumkin.

Yurtimiz olimlari ham ushbu mavzuda oʻz izlanishlarini olib borishmoqda

xususan mamlakatimiz yetakchi soha olimlari A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, K.B.

Oʻrozov, D.E. Norbekov, Z.A. Muqumov, M.S. Tulayev, Sh.Sh. Rahmonov, B.O.

Bolibekov. AN. Musayev, B.B.Turabboyev va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari

buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishga bagʻishlangan.


background image

551

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-rasm. Buxgalteriya hisobini raqamlashtir

ish tushunchasiga berilgan taʼriflar

4

Bugungi kundagi biznes jarayonlarining raqamlashtirishga qaratilgan koʻplab

oʻrganishlardagi

sezilarli

natijalarga

qaramay,

“raqamlashtirish”

va

“avtomatlashtirish” tushunchalari oʻrtasidagi bogʻliqlik toʻgʻrisida

fikrlar turlicha,

baʼzi

olimlar bu tushunchaning sinonim sifatida ishlatsa,

baʼzilari

esa raqamli

texnologiyalarning buxgalteriya hisobiga joriy qilishda ikkala atamani ham qoʻllaydi.

Shu munosabati bilan biz yuqoridagi rasmda bir nechta olimlarning bu boradagi

fikrlarini keltirib oʻtdik.

Raqamlashtirish jarayoni qiyin va murakkab jarayondir buni amalga oshirish

davlat siyosati miqyosida

tashkil etilishi zarur, bu borada Oʻzbekistonda hozirgi kunda

4

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi

• Raqamli buxgalteriya hisobi-bu yangi

koʻrsatkichlar,

nafaqat

moliyaviy

maʼlumotlarni toʻplash

va qayta ishlash usullari, balki

uning biznesning boshqa jihatlari va tashqi muhit

toʻgʻrisidagi

maʼlumotlar

bilan integratsiyalashuvining yetarliligi asosida

buxgalteriya hisobini

oʻzgartirishdir

[2]

T.P. Karpova

• Buxgalteriya hisobida raqamli buxgalteriya hisobining yangi

konsepsiyasi paydo

boʻldi,

bu raqamli usullar va vositalar

yordamida

maʼlumotlarni

uzatuvchi

raqamli

buxgalteriya

jarayoni. Raqamli iqtisodiy

maʼlumotlarni

tizimlashtirishga

asoslangan

buxgalteriya

hisobini

nazorat

funksiyasidan

informatsion funksiyaga

yoʻnaltirish

mavjud [3]

T.I. Sushko

• Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayoni

buxgalteriya hisobining nazariy masalalari qayta

koʻrib

chiqish

zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Bu sharoitda buxgalteriya
hisobining

mavjud

modellarini,

obyekti

va

metodlarini

iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayoniga moslashtirish maqsadga
muvofiq. Shuningdek, buxgalteriya hisobini tashkil etish va
moliyaviy hisobot shakllarini moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga

uygʻunlashtirish

zarur. [4]

Z.N.
Kurbanov

• Yangi

texnologiyalarni

hisob

ishlarida

qoʻllash

oqibatida

tashkilotlarda

tarkibiy

oʻzgarishlar

kelib

chiqadi,

kompaniyalarning

xarajatlariga

taʼsir

qiladi

va

bozordagi

raqobatbardoshlikni

hisobga

olgan

holda

ishlab

chiqarish

jarayonlarini

oʻzgartiradi

[5]

T.Z Mat

• Agar

buxgalteriya

firmalarida

aloqa

tez

boʻlsa,

ular

samaradorlikni oshirishga yordam beradi, shuningdek, qaror
qabul qilishni yaxshilash va biznes

oʻsishiga

yordam beradi [6]

L. Acevedo


background image

552

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar fonida ham koʻrish mumkin, yurtimiz rahbari

prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev

taʼkidlaganidek

“raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat

iqtisodiyotining kelajagi yoʻq” [1]. Bu shuni anglatadiki iqtisodiyotni raqamlashtirish

barcha sohalarning ustuvor

yoʻnalishidir

. Bu borada iqtisodchilar, buxgalterlar, moliya

vakillari allaqachon raqamlashtirish jarayonini bugungi kun talabi deb bilishmoqda.

METODOLOGIYA

Ushbu maqolada avtomatlashtirish asosida xarajatlarni hisobni takomillashtirish

masalalari muhokama etilib, soha оlimlarining fikrlari va axborot vositalaridan olingan

maʼlumotlari qiyоsiy tahlil etildi. Umumiy holda ilmiy abstraksiya, deduksiya,

induksiya, tizimli yоndashish kabi usullardan fоydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida keltirilgan fikrlar va tahlil qilingan adabiyotlardan olingan xulosalarga

koʻra shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy iqtisodiy sharoitida va toʻlaqonli bozor

iqtisodiyotiga oʻtishda buxgalteriya hisobini yangi prinsiplarga, yaʼni korxonada

buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishga asoslangan holda optimallashtirish zarurati
mavjud [7].

Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, maʼlumotlarning aniqligi,

samaradorligi, oshirishga xizmat qiladi, bularning barchasi yurtimiz iqtisodiyotining
muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Shundan kelib
chiqqan holda, biz buxgalteriya hisobini raqamlashtirish deganda buxgalteriya
jarayoniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish va katta hajmdagi

maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish

, tizimlashtirish, tahlil qilish sifatini oshirish

maqsadida oʻzgartirilgan buxgalteriya usullari va vositalarini qoʻllash jarayoni

tushunilishi kerak. Avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimlarining shakllanishi, uning
tarkibiy qismlarining ishlash xususiyatlarini, shuningdek foydalanishning asosiy

yoʻnalishlarini, shu jumladan boshqaruv faoliyatini qayta koʻrib chiqishni

taqozo etadi.

Zamonaviy raqamli texnologiyalarni buxgalteriya hisobining barcha vazifalarini

avtomatlashtirishga imkon beradi. Bu bizga n

afaqat ilgari qoʻlda bajargan ishlarni

oqilona bajarishga imkon beradi, balki dastlabki hujjatlarni toʻldirishning

murakkabligini pasaytiradi va qogʻoz vositalarini tayyorlash xarajatlarini kamaytiradi.

Fikrimizcha ishlab chiqarish xarajatlari hisobini va tahlil qilish tizimini
avtomatlashtirish quyidagi rasmda keltirilgan asosiy omilar orqali yanada samarali

tashkil etish mumkin boʻladi.


background image

553

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

2-rasm. Xarajatlari hisobini va tahlil qilish tizimini avtomatlashtirishning

asosiy omillari

5

Xar bir biznes

vakili yaʼni tadbirkor mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar

koʻrsatish bilan bogʻliq turli xarajatlar amalga oshiradi. Yuqoridagilardan kelib

chiqqan xolda aniq xarajatlarni aniqlash maqsadida korxonaning barcha xarajatlarini

aniqlashga qodir boʻlgan

xarajatlarni hisobga olishining avtomatlashtirish tizimini

qoʻllashi zarur.

Barcha mahsulotlar xom ashyo, uskunalar va energiya manbalaridan

foydalangan holda ishlab chiqariladi. Bizga maʼlumki bir mahsulot yoki xizmat uchun

barcha xarajatlarni hisoblab ch

iqqandan soʻng uning haqiqiy tannarxi aniqlashimiz

mumkin boʻladi.

Aniq raqamlarni bilish kompaniya rahbariga xarajatlarni kamaytirishga va iloji

boʻlsa, ularni minimallashtirishga imkon beradi. Zamonaviy ishlab chiqarish nazorat

5

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi

Korxonaning ishlab chiqarish jarayonlarini va buxgalteriya hisobi
operatsiyalarini hujjatlashtirish tizimini avtomatlashtirish;

Xarajatlarning eng muhim turlarini aniq tasnifini shakllantirish va
hisobga olishni tashkil etishda korxonaning xususiyatlaridan kelib
chiqqan xolda yondashish;

Jarayonlarning samarali boshqarishga qaratilgan xarajatlar hisobi va
tahlil qilish tizimi tizimini tashkil etish aniq modellashtirish

usullarini qoʻllash;

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni nisbatan hisoblangan

amortizatsiya miqdori, taʼmirlash xarajatlari, qayta baholash

xizmatlari toʻgʻrisida aniq maʼlumot olish;

Barcha yigʻilgan ishlab chiqarish xarajatlarini bitta hujjatda

umumlashtirish va mahsulotning haqiqiy tannarxini shakllantirishni
avtomatlashtirish;

Xarajatlarni hisoblash va tahlil qilish uchun korxonada samarali axborot

tizimini yaratishga qaratilgan buxgalteriya maʼlumotlar bazasini tashkil etish va

undan foydalanish.


background image

554

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

va hisobga olishning yangi usullarini talab qiladi va oxirgi foydalanuvchi uchun narxni

pasaytirish va oʻz biznesingiz samaradorligini oshirish uchun xom ashyo isteʼmolini

doimiy ravishda kuzatib borish kerak [8].

Buxgalteriya axborotlarini raqamli texnologiyalarga transformatsiya qilish,

yaʼni buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish

— bu tadbirkorlik va boshqa tashkilotlar

faoliyati toʻgʻrisida miqdoriy iqtisodiy maʼlumotlarni olish uchun maʼlumotlarni

doimiy ravishda qayd etish va tahlil qilish imkonini beruvchi dasturiy vositalar

toʻplami yordamida hisob ishlarini amalga oshirish va hisobotlarni tayyorlash

jarayonidir [9]. Oʻzbekistonda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun

moʻljallangan juda koʻp turli xil dasturlardan foydalaniladi, ular orasida eng

mashhurlari:

-

byudjet

tashkilotlar uchun moʻljallangan “UzASBO”;

-

xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻllanilayotgan “1 UZ

buxgalteriya”, “1C: buxgalteriya”.

Axborot texnologiyalarining kirib kelishi va iqtisodiy jarayonlarni

raqamlashtirish fonida anʼanaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish

yangi bozorlarni shakllantirish, shuningdek, tahlil, prognozlash va boshqaruv
qarorlarini qabul qilishd

a yangi yondashuvlar uchun asos yaratadi [10]. Koʻplab

xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya boʻlimining asosiy

vazifalarini bajarishda va moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda foydalanilayotgan

eng koʻp qoʻllaniladigan dastur “1C: buxg

alteriya” hisoblanadi. Shuning uchun biz

ushbu tadqiqotimizda buni batafsil koʻrib chiqishga urindik.

Bu buxgalteriya hisobi va soliq hisobini avtomatlashtirish, shu jumladan

majburiy hisobotlarni tayyorlash uchun universal dastur hisoblanadi. Ushbu dasturdan
yordamida va undan foydalanib, siz xom ashyo sotib olingan paytdan boshlab tayyor

mahsulotni chiqarishgacha boʻlgan ishlab chiqarish jarayonlarini hisobga olishingiz

mumkin boʻladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish operatsiyalari buxgalteriya hisobid

a

ham, soliq hisobida ham avtomatik ravishda namoyish etiladi. Oy davomida

korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar buxgalteriya hisobida

aks ettiriladi. “1C: buxgalteriya” tizimining asosiy afzalligi shundaki, sintetik
xarajatlar hisoblari uch yoki besh darajada tuzilishi mumkin. Bu ishlab chiqarish

xarajatlarini buyumlar va obyektlar boʻyicha batafsil bayon qilish imkonini beradi, bu

esa bilvosita xarajatlarni toʻliq taqsimlashga yordam beradi va bunday taqsimotni

amalga oshirishda arifmetik xatolardan qochadi.

Xarajatlari hisobini niqtay nazaridan “1C: buxgalteriya” dasturining asosiy

xususiyatlari, quyidagilardan iborat:

-

aniq miqdoriy va valyuta hisobini yuritish;

-

korxonaning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan sintetik va analitik

hisobni

yuritish;


background image

555

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

sintetik va analitik buxgalteriya hisobi, dastlabki hujjatlar va barcha zarur

hisobotlar uchun buxgalteriya registrlarini shakllantirish va chop etish;

-

xarajatlari boʻyicha hisoblar jadvalini oʻzgartirish va toʻldirish, joylashishini

tizimlashtirish;

-

analitik buxgalteriya sozlamalari, birlamchi hujjat shakllari va hisobotlarni

shakllantirish.

“1C: buxgalteriya” dasturi universal buxgalteriya dasturidir. Ushbu dastur

yordamida buxgalteriya boʻlimini oʻzi, xojalik yurituvchi subyektning oʻz

iga xos

xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilik va hisobot shakllaridagi har qanday

oʻzgarishlar uchun moslashtirishi mumkin. Dasturning universal imkoniyatlarini

oʻzlashtirgan buxgalter buxgalteriya hisobining turli boʻlimlarini mustaqil ravishda

avtomatlashtirishi mumkin: kassa, bank, materiallar, asosiy vositalar, qarzdorlar va
kreditorlar bilan hisob-kitoblar va boshqalar [11]. “1C: buxgalteriya” dasturi

hisobining moslashuvchan konfiguratsiyasi tufayli u oʻz

-

oʻzini hisobga olish

korxonalari va

tashkilotlarida ham, byudjet muassasalarida ham qoʻllanilishi mumkin.

Shunday qilib, buxgalteriya hisobida xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni

avtomatlashtirishni tahlil qilib, buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish kompyuter
texnologiyalarining zamonaviy rivojlanishi uchun zarur shart va iqtisodiy

maʼlumotlarni samarali qayta ishlashning asosiy vositasi deb aytishimiz mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xarajatlari deganda ular tomonidan ishlab

chiqarilayotgan mahsulotlar yoki xizmat

koʻrsatish

bilan bogʻliq xarajatlar tushuniladi.

Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish-

bu korxonaning oʻz

mahsulotlarini yaratishda sarflanadigan xarajatlarini hisobga olishdir. Xarajatlarni
hisobga olish xodimlarga haq

toʻlash xarajatlarini, moddiy xarajatlarni (asbob

-

uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish, xom ashyo sotib olish), ijtimoiy ehtiyojlar uchun

toʻlovni hisoblashni oʻz ichiga oladi [12]. Ishlab chiqarish xarajatlarini

avtomatlashtirilgan hisobga olish yordamida u xarajatlarni prognozlash, mahsulot
tannarxini aniq aniqlash, ishlab chiqarish tannarxi qismlarini tahlil qilish va ularni
kamaytirish yolarini izlash, tashkilot faoliyati, uning daromadlari va xarajatlarini

nazorat qilish boʻyicha boshqaruv qarorlari k

abi sohalarni samarali rivojlantiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, biz korxonalarda xarajatlar hisobi va

tahlil qilish tizimini yaratish samaradorligini oshirish boʻyicha

quyidagi tavsiyalar

ishlab chiqdik:

-

samarali boshqaruv uchun eng asosiy xarajatlar turlariga eʼtibor qaratish

lozim. Bunda avtomatlashtirish eng oqilona yoʻldir, qaysi xarajatni qancha foizga

kamaytirish, qancha daromad, foydani oʻsishiga olib keladi bu borada

avtomatlashtirilgan xarajatlar modelini yaratish zarur. Bu iqtisodiy va sanoatdagi


background image

556

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

muhiti sharoitlarining oʻzgarishini tezkor qayta ishlash va boshqarishni tashkil etish

imkoniyatini taʼminlaydi;

-

korxonalarda mavjud sharoitlar har doim ham jarayonga yoʻnaltirilgan

xarajatlarni hisobga o

lish tizimini yaratish uchun axborot bazasi boʻlib xizmat qila

olmasligini hisobga olish kerak. Korxonada qabul qilingan biznes-jarayonlarning

tasnifi ham oʻzgarishlarni talab qilishi mumkin. Jarayonga yoʻnaltirilgan buxgalteriya

tizimini yaratish doirasida shakllangan biznes-jarayonlarning tavsiflari ushbu biznes
jarayonlarini tashkil etuvchi harakatlarni amalga oshirishda turli xil resurslardan

foydalanishning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettirishi kerak;

-

xarajatlarni hisoblash va tahlil qilish uchun korxonaning turli xil axborot

tizimlari doirasida yaratilgan maʼlumotlardan foydalanish kerak. Ushbu

maʼlumotlardan foydalanish bizga xarajatlarni hisoblash tartib

-qoidalarini

avtomatlashtirish va hisob maʼlumotlarini yigʻish boʻyicha qoʻshimcha ishlarni

kamaytirishga imkonini beradi.

Korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish xatolarni

minimallashtirish va moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini

oshirishga imkon beradi. Zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish vaqt va
resurslardan oqilona foydalanishga imkon beradi, biznes-jarayonlar ustidan nazoratni

tiklash va xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sifatini yaxshilash uchun xizmat

qiladi. Boshqaruv organi korxona holatini obyektiv baholash va rejalashtirish bilan
bog

ʻliq

boʻlgan aniq maʼlumotlarni hisob olish imkoniyatiga ega boʻladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020

-yil

22-sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni

joriy qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi materiallarida. 22.09.2020 yil.

https://president.uz/oz/lists/view/3848

.

2.

Бухгалтерский финансовый учет: учебник и практикум для вузов / О.Л.

Островская, Л.Л. Покровская, М.А. Осипов; под редакцией Т. П. Карповой.

— 3-

е изд., перераб. и доп.

Москва: Издательство Юрайт, 2024.

432 с.

3.

Бухгалтерский финансовый учет в промышленности: учебник / Т. И.

Сушко.

Минск: Вышэйшая школа, 2020.

451 с.

4.

Курбанов, З. (2023). РАҚАМЛИ МОЛИЯВИЙ АКТИВЛАРНИНГ

БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(4), 157

-163.

5.

Scott, W. (2012, August). The impact technology is having on the accounting

profession. In World conference on higher education. Recuperado em (Vol. 15).

6.

Rincón-Torres, A. F., Cortés-Cataño, C. F., & Acevedo-Pabón, O. L. (2022).

APLICACIÓN DEL WEB SCRAPING Y EL ANÁLISIS AUTOMATIZADO A LOS


background image

557

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MERCADOS DE DIVISAS Y DE ACCIONES. Encuentros con semilleros, 3(1 (3)),
8-17.

7.

Qudbiyev, N. T., Haydarov, U. S. O., & Kurbonova, S. A. (2022). Harajatlar

hisobning zamonaviy usullari. Scientific progress, 3(1), 442-448.

8.

Qudbiyev, N. T. (2023). KORXONALARNING INNOVATSION

STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI: KORXONALARNING
INNOVATSION STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI.

9.

Rasulova, S. X. (2021). ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI

KAMAYTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA UNI TOʻGʻRI HISOBGA

OLISH ZARURIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences, 1(10), 713-718.

10.

Раззакова, Д. (2022). Системы Автоматизации Бухгалтерского Учета

-

Основа Эффективного Управления Экономикой. Central Asian Journal of

Theoretical and Applied Science, 3(5), 62-67.

11.

Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., &

Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress,
3(1), 927-933.

12.

Kurbonova, S. A. (2021). Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv

hisobini takomillashtirish masalalari. Scientific progress, 2(8), 603-607.

13.

Расулова, Ш. Х. (2023). Важность данных о движении затрат для

повышения эффективности управления предприятием.

14.

Курбонова, Ш. (2024). ИҚТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА

ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛНИНГ

ТУТГАН ЎРНИ. Iqtisodiyot va

taʼlim, 25(2), 397

-402.

15.

Кудбиев,

Д.,

&

Мамарасулов,

Д.

(2024).

ВОПРОСЫ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

УЧЕТА

ОСНОВНЫХ

СРЕДСТВ

В

СООТВЕТСТВИИ

С

МЕЖДУНАРОДНЫМИ

СТАНДАРТАМИ

ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ. Nashrlar, 81

-84.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil

-sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni

joriy qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi materiallarida. 22.09.2020 yil.

https://president.uz/oz/lists/view/3848.

Бухгалтерский финансовый учет: учебник и практикум для вузов / О.Л.

Островская, Л.Л. Покровская, М.А. Осипов; под редакцией Т. П. Карповой. — 3-

е изд., перераб. и доп. — Москва: Издательство Юрайт, 2024. — 432 с.

Бухгалтерский финансовый учет в промышленности: учебник / Т. И.

Сушко. — Минск: Вышэйшая школа, 2020. — 451 с.

Курбанов, З. (2023). РАҚАМЛИ МОЛИЯВИЙ АКТИВЛАРНИНГ

БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(4), 157-163.

Scott, W. (2012, August). The impact technology is having on the accounting

profession. In World conference on higher education. Recuperado em (Vol. 15).

Rincón-Torres, A. F., Cortés-Cataño, C. F., & Acevedo-Pabón, O. L. (2022).

APLICACIÓN DEL WEB SCRAPING Y EL ANÁLISIS AUTOMATIZADO A LOS

MERCADOS DE DIVISAS Y DE ACCIONES. Encuentros con semilleros, 3(1 (3)),

-17.

Qudbiyev, N. T., Haydarov, U. S. O., & Kurbonova, S. A. (2022). Harajatlar

hisobning zamonaviy usullari. Scientific progress, 3(1), 442-448.

Qudbiyev, N. T. (2023). KORXONALARNING INNOVATSION

STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI: KORXONALARNING

INNOVATSION STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI.

Rasulova, S. X. (2021). ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI

KAMAYTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA UNI TOʻGʻRI HISOBGA

OLISH ZARURIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and

social sciences, 1(10), 713-718.

Раззакова, Д. (2022). Системы Автоматизации Бухгалтерского УчетаОснова Эффективного Управления Экономикой. Central Asian Journal of

Theoretical and Applied Science, 3(5), 62-67.

Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., &

Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress,

(1), 927-933.

Kurbonova, S. A. (2021). Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv

hisobini takomillashtirish masalalari. Scientific progress, 2(8), 603-607.

Расулова, Ш. Х. (2023). Важность данных о движении затрат для

повышения эффективности управления предприятием.

Курбонова, Ш. (2024). ИҚТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА

ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛНИНГ

ТУТГАН ЎРНИ. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(2), 397-402.

Кудбиев, Д., & Мамарасулов, Д. (2024). ВОПРОСЫ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ В

СООТВЕТСТВИИ С МЕЖДУНАРОДНЫМИ СТАНДАРТАМИ

ФИНАНСОВОЙ ОТЧЕТНОСТИ. Nashrlar, 81-84.