476
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI HISOBGA OLISH VA UNING
TAHLILI
Rasulova Shaxnoza Xatamovna
Fargʻona politexnika instituti, tayanch doktoranti
rasulova.sh@ferpi.uz
Annotatsiya:
Biz ushbu maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va
uning tahlili haqida mulohaza yuritdik, zero, bugungi kunda har bir xoʻjalik yurituvchi
subyekt stabil daromad
manbalarini taʼminlash uchun xarajatlari hi
sobi muhim
ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu tadqiqot doirasida ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etishda xarajatlarni hisobini oqilona tashkil etilish, xoʻjalik
yurituvchi subyektlarning rentabelligini va raqobatbardoshligini taʼmi
nlash vositasi
sifatida tadqiq etildi. Bunda aynan amaliy misol bilan real ishlab chiqarish
korxonasining xarajatlarini hisobini tashkil etish va uning tahlili amalga oshirildi,
tadqiqot natijalari boʻyicha shu korxona misolida ishlab chiqarish korxonalari
uchun
amaliy takliflar tadqiqot soʻngida
shakllantirildi.
Kalit soʻzlar:
xarajatlar hisobi, mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish
faoliyati, rejalashtirilgan va haqiqiy xarajatlar, ishlab chiqarish tannarxi,
xarajatlarini hisobga olish texnologiyalarni, xarajatlarni optimallashtirish,
xarajatlarni tahlil qilish tizimi.
УЧЕТ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ЗАТРАТ И ИХ АНАЛИЗ
Расулова Шахноза Хатамовна
Ферганский политехнический институт, базовый докторант
rasulova.sh@ferpi.uz
Аннотация
:
В данной статье мы рассмотрели учет затрат на производство
и его анализ, ведь сегодня учет затрат каждого хозяйствующего субъекта
приобретает важное значение для обеспечения стабильных источников доходов.
Исходя из этого, в рамках настоящего исследования была исследована
рациональная организация учета затрат при организации производственного
процесса, как средства обеспечения рентабельности и конкурентоспособности
хозяйствующих субъектов, при которой на конкретном практическом примере
была проведена организация учета затрат реального производственного
предприятия и его анализ, в конце исследования были сформулированы
477
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
практические предложения для производственных предприятий на примере
данного предприятия по результатам исследования.
Ключевые слова:
учет
затрат,
производство
продукции,
производственная деятельность, плановые и фактические затраты,
себестоимость продукции, учет затрат технологии, оптимизация затрат,
система анализа затрат.
ACCOUNTING OF PRODUCTION COSTS AND THEIR ANALYSIS
Rasulova Shaxnoza Xatamovna
Fergana polytechnic institute, basic doctoral student
rasulova.sh@ferpi.uz
Abstract:
In this article, we have considered accounting for production costs
and its analysis, because today accounting for the costs of each business entity is
becoming important to ensure stable sources of income. Based on this, within the
framework of this study, the rational organization of cost accounting in the
organization of the production process was investigated as a means of ensuring the
profitability and competitiveness of economic entities, in which, on a specific practical
example, the organization of cost accounting of a real production enterprise and its
analysis was carried out, at the end of the study, practical proposals for production
enterprises were formulated on the example of this enterprise according to the results
of the study.
Keywords:
cost accounting, production, production activities, planned and
actual costs, cost of production, cost accounting technology, cost optimization, cost
analysis system.
KIRISH
Har qanday mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning faoliyati xoh iqtisodiy xoh
ishla
b chiqarish faoliyati boʻlsin u xom ashyo,
materiallar
, yoqilgʻi resurslari, energiya
isteʼmoli, ishchilarning ish haqini va ular boʻyicha soliqlar, amortizatsiya, shuningdek
boshqa bir qator zaruriy xarajatlar bilan bogʻliq boʻladi. Xoʻjalik faoliyati ayl
anish
jarayoni orqali ushbu xarajatlar doimiy ravishda korxonaning mahsulot (ishlar,
xizmatlar) sotishdan tushgan umumiy daromadidan qoplanadi, bu esa ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligini taʼminlaydi. Barcha xarajatlar miqdorini hisoblash uchun
kor
xonalar ularni pul koʻrinishida taqdim etgan holda yagona koʻrsatkichga keltiradilar
-
bu koʻrsatkich tannarx narxidir [6].
478
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot tannarxi korxonalarning ishlab chiqarish
va xoʻjalik faoliyatining eng muhim koʻrsatkichidir,
chunki bu koʻrsatkichni hisoblash
quyidagilar uchun zaruratdir:
-
bu koʻrsatkich boʻyicha korxona rejaning bajarilishini va uning dinamikasini
baholash mumkin;
-
alohida mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari boʻyicha ishlab chiqarish
rentabelligini aniqlash mumkin;
-
ishlab chiqarish ichidagi xarajatlarni hisobga olishni amalga oshirish mumkin;
-
ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish uchun mavjud zaxiralarni aniqlash
mumkin;
-
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ulgurji narxlarini
aniqlash mumkin;
-
iqtisodiy samaradorlikni hisoblash va yangi uskunalar, texnologiyalar, tashkiliy
va texnik tadbirlarni joriy etish mumkin;
-
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va eskirganlarini bekor qilish
toʻgʻrisidagi qarorlarni asoslash mumkin.
-
Odatda
korxona xarajatlari uchta tur boʻyicha hisobga olinadi hamda miqdori
koʻrsatkichlar boʻyicha farqlanadi:
-
bevosita ishlab chiqarish tannarxi, xususan mahsulot ishlab chiqarish bilan
toʻgʻridan
-
toʻgʻri bogʻliq moddiy xarajatlar: ishlab chiqarish uskuna, jiho
zlarining
amortizatsiyasi hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish
xarajatlari, asosiy ishlab chiqarish sexi ishchilarining ish haqi, ijtimoiy badallari va
boshqa umumiy bevosita ishlab chiqarish xarajatlari;
-
ishlab chiqarish tannarxi (
tayyor mahsulot tannarxi), doʻkon tannarxidan
tashqari, umumiy korxona xarajatlarini (maʼmuriy, boshqaruv va umumiy iqtisodiy
xarajatlar) va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini oʻz ichiga oladi;
-
umumiy xarajatlar yoki sotilgan (joʻnatilgan) mahsulotla
rning tannarxi
mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxi va uni sotish xarajatlarini
birlashtirgan koʻrsatkichdir.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitlar yuqoridagilardan tashqari, rejalashtirilgan va
haqiqiy xarajatlar oʻrtasida farqlarni vujudga kel
tirmoqda. Rejalashtirilgan xarajatlar
stavkalari va maʼlum davr uchun uning miqdoriy koʻrsatkichlar ushbu davr boshida
aniqlanadi. Haqiqiy tannarx koʻrsatkichlari esa hisobot davri oxirida haqiqiy ishlab
chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi buxgalteriya maʼ
lumotlari asosida aniqlanadi.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki mahsulot tannarxi ishlab chiqarish
samaradorligi koʻrsatkichlari bilan oʻzaro bogʻliqdir. Bu mahsulot tannarxining katta
qismini aks ettiradi hamda ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining oʻ
zgarishiga
bogʻliq hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy talablarga muvofiq xarajatlarni tahlil qilish,
479
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
odatda, ularni kamaytirish uchun ishlab chiqarish ichidagi zaxiralarni aniqlashni oʻz
ichiga oladi hamda bu hisobot yil davomida muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Korxonaning ishlab chiqarish tannarxini boshqarish - bu barcha mahsulotlarni
ishlab chiqarish xarajatlari va alohida mahsulotlar tannarxini shakllantirishning tizimli
jarayoni, mahsulot tannarxini pasaytirish boʻyicha topshiriqlarning bajarilishini
nazorat qilish, uni kamaytirish zaxiralarini aniqlashdir [4].
Korxona xarajatlarni hisobga olish uning samarali boshqarishning eng muhim
vositasidir. Iqtisodiy faoliyat shartlari murakkablashib, rentabellikka qoʻyiladigan
talablar oshgani sayin xarajatlarni hisobga olish zarurati ortadi. Iqtisodiy mustaqillikka
ega boʻlgan korxonalar har xil turdagi tayyor mahsulotlar, koʻrsatilayotgan
xizmatlarning qaytarilishi, qabul qilingan har bir qarorning samaradorligi va ularning
moliyaviy natijalarga, shuningdek xa
rajatlar miqdoriga taʼsiri toʻgʻrisida aniq
tushunchaga ega boʻlishi kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib oʻrganilayotgan mavzuning dolzarbligi shundaki
korxona faoliyatning muhim xususiyati boʻlgan
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning
ishlab chiqarishda xarajatlarni hisobi notoʻgʻri tashkil etilganligi korxona kelajagini
shubha
ostiga qoʻyadi va bu jiddiy halokatli oqibatlarga olib kelishi bilan izohlanadi.
Korxona xarajatlari asosiy daromad (foyda)mi cheklovchisi va shu bilan birga yetkazib
berish hajmiga taʼsir qiluvchi asosiy omil boʻlganligi sababli, korxona rahbariyati
mavjud ishlab chiqarish xarajatlari va ularning kelajak uchun qiymatini tahlil
qilmasdan qaror qabul qilishi mumkin emas.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda har qanday korxonaning
faoliyati asosi hisoblanadi, bunda samarali ishlab chiqarish omili sifatida uning
investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi: asbob-uskunalar, moddiy va mehnat
resurslarini sotib olish va boshqalar, bu albatta
korxonaning maʼlum xarajatlarga olib
keladi.
Shu oʻrinda koʻplab olimlar soha
mutaxassislari
korxona xarajatlari boʻyicha oʻz
tadqiqotlarini olib borganlar va fikr mulohazalar yuritgan, shulardan xarajatlar
toʻgʻrisida eng ken
g tarqalgan fikr bu “xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning
kamayishi yoxud majburiyatlarning koʻpayishidir” [2], ushbu taʼrif koʻplab mahalliy
adabiyotlarimizda uchratishimiz mumkin, chunki bu taʼrif
1-son BHMS “Hisob
siyosati va moliyaviy hisobot” da [1] berilgan, ushbu mulohaza korxonaning daromadi,
xarajati va foydasi
toʻgʻrisidagi
konsepsiyaga asoslanadi yaʼni “yalpi foyda amalda
sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oʻrtasidagi farq
sifatida namoyon boʻladi” [3].
480
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Yuqoridagiga asosan fikrimizcha “xarajatlar - bu korxona mahsulot ishlab
chiqarish va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan ishlab
chiqarish omillaridan foydalanishning iqtisodiy ifodasidir” [7] deb taʼriflasak boʻladi.
Xarajatlarni hisobini tashkil etish haqida fikr yuritganda biz albatta uning
boshqaruv
hisobi bilan bogʻliqligini kuzatishimiz mumkin, bu
boshqaruv hisobi,
xarajatlarni hisobiga asoslanishi uning paytda boʻlishiga sababchi ekanligi bilan
bogʻliqdir
ushbu fikrning isboti sifatida yurtimizning taniqli olimlari A.X. Pardayev va
Z.A. Pardayeva muallifligidagi
“Boshqaruv hisobi” darslikligida koʻrishimiz mumkin.
Boshqaruv hisobining vujudga kelishi, xarajatlar hisobini tashkil qilish va yuritish
bazasida yuzaga kelgan, shuning uchun uning asosiy tarkibiy qismini turli
yoʻnalishlardagi kelgusi va oʻtgan davrlar uchun ishlab chiqarish xarajatlari tashkil
etadi. Ushbu holat keyingi vaqtda milliy iqtisodiy adabiyotlarda paydo boʻlgan
“boshqaruv hisobi” tushunchasini aniqlashda, shuningdek buxgalteriya hisobini olib
borishda va boshqaruv faoliyatida uning maʼlumotlaridan foydalanishda muhim rol
oʻynaydi. Eʼtirof etish joizki, ana shu fikr
-mulohazalardan kelib chiqib, bir qator
olimlarimiz boshqaruv hisobini xarajatlar hisobi bilan bir yaxlitlikda talqin qilishadi”
[5].
Umuman olganda biz tadqiqot mavzusidan qilib chiqib ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olish va uning tahlili haqida fikr yuritib mulohaza qilganda
maʼlum mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadigan korxonalar va
boshqa faoliyat bilan shugʻullanadigan korxonalar oʻrasida juda katta farq borligini
koʻrishimiz mumkin, zero, ishlab chiqarish faoliyati koʻproq taʼminot bilan bogʻliq
boʻlib uning asosiy xarajat nuqtalari ham shunga asoslanadi, boshqa misol uchun sotish
va savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar esa koʻproq
muomala xarajatlarini amalga oshiradi.
Fikrimizcha sodda qilib aytganda xarajatlar - bu yetkazib beruvchiga korxona
uchun daromad, qabul qiluvchi korxona uchun xarajat, biroq har ikkala tomon uchun
foyda olish manbaidir. Shunga asosan korxona iqtisodiyotining mohiyati xarajatlar va
koʻrsatkichlarni taqqoslashdan iborat, sh
uning uchun korxona samaradorligini faqat
xarajatlar va natijalarni oʻlchash orqali baholash mumkin.
METODOLOGIYA
Ushbu maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va uning tahlili etish
masalalari muhokama etiladi, bunda ilmiy abstraksiya, maʼlu
motlar qiyosiy tahlili,
natijalarni qayta ishlash, deduksiya va induksiya kabi usullardan foydalaniladi.
Shuningdek sohaga oid iqtisodiy adabiyotlar, ilmiy jurnallar va konferensiya
materiallari ushbu maqolaning axborot manbai hisoblanadi.
481
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Fikrimizcha koʻrib chiqilayotgan mavzu korxona uchun markaziy oʻrin
egallaydi, zero, ishlab chiqarish jarayoni korxonaning yuragi sanaladi, bu tayyor
mahsulotni yaratish va ishlarni bajarish bilan bogʻliq texnologik operatsiyalar
majmuini anglatadi.
Koʻplab
adabiyotlarda ishlab chiqarish jarayonini uchta asosiy
omil bilan bogʻlashadi
—
mehnat, mehnat vositalari va mehnat buyumlari, yaʼni ishlab
chiqarish jarayoni ushbu omilarning oʻzaro taʼsiridan kelib chiqadi.
Albatta ushbu
omillarning ishlab ch
iqarishdagi ishtiroki maʼlum xarajatlarni talab qiladi:
-
birinchidan, uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini taʼminlash uchun moddiy
resurslarni muntazam sotib olish zarur, buning natijasida kiruvchi xarajatlar
shakllanadi;
-
ikkinchidan, korxona mablagʻlari (xarajatlari) toʻgʻridan
-
toʻgʻri tovar
-moddiy
zaxiralarni qayta ishlash jarayonida ishtirok etadi bunda mahsulot ishlab chiqariladi va
sotish uchun sarflanadi — personalning ish haqi, mehnat buyumlarining qiymati,
ishlab chiqarishda band boʻlgan mehnat v
ositalarining amortizatsiyasi, ishlab
chiqarishga xizmat koʻrsatish va boshqarish (texnik xizmat koʻrsatish va boshqaruv
xodimlarining ish haqi, umumiy sanoat va umumiy iqtisodiy ehtiyojlar uchun
sarflangan mablagʻlari: isitish, yoritish, binolarni tozalas
h va boshqalar).
Bozor munosabatlari va mexanizmlari samarali ishlab chiqarish jarayonini
taʼminlash uchun muntazam ravishda real ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish
va nazorat qilishning aniq tizimini yaratishni, takomillashtirib borishni zarurati
vujudga keltiradi.
Fikrimizcha bunda asosi masala bu ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish
va uning tahlili qilishdir, zero, samarali tahlil xarajatlarini kamayishining omili
hisoblanadi. Shunday qilib biz, maʼlum korxonaning iqtisodiy faoliyati n
atijalari
toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun tahlil oʻtkazamiz. Buning uchun “BS TEXTILE
FARGONA” masʼuliyati cheklangan jamiyat maʼlumotlaridan
foydalanamiz bunda
xarajatlar elementlari boʻyicha tahlil 2 turda oʻtkaziladi.
Tahlil qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni masʼuliyati cheklangan jamiyat
balansidan olamiz. Hisob-
kitoblar uchun jamiyat tijorat sirini taʼminlash uchun
oʻzgartirib
koʻrsatilishi mumkinligini eʼtirof etishimiz zarur, shu bilan birgalikda
xarajatlar tahlil uchun 2021-
2022 yillar oraligʻidagi koʻrsatgichlar koʻrib chiqiladi.
Shunday qilib xarajatlar dinamikasi va tuzilishini tahlil qilish uchun “BS TEXTILE
FARGONA” mas
ʼuliyati cheklangan jamiyat maʼlumotlaridan asosida
1-jadvalni
tuzamiz.
482
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-jadval
“BS TEXTILE FARGONA” MCHJning odatiy faoliyati dinamikasi va
xarajatlar tarkibi
Koʻrsatkichlar nomi
2021-yil
2022-yil
Yil davomida oʻzgarish
m
iqdor
i
fo
iz
m
iqdor
i
fo
iz
m
iqdor
i
O
ʻs
ish s
ur
ʼa
ti,
%
T
uz
il
is
hda
gi
ul
us
h, %
Xom ashyo uchun
xarajatlar
414475
71,61
469064
67,42
54589
13,17
4,19
Mehnatga haq toʻlash
xarajatlari
115769
20,00
124429
17,88
8660
7,48
2,12
Davlat
jamgʻarmalariga
toʻlovlar
23776
4,11
29694
4,27
5918
24,89
-0,16
Amortizatsiya
xarajatlari
5697
0,98
7249
1,04
1552
27,24
-0,06
Boshqa xarajatlar
19080
3,30
65338
9,39
46258
242,44
-6,09
Jami
578797
100
695774
100
116977
Yuqorida berilgan jadvalga koʻra, quyidagi bir qator xulosalar chiqarishimiz
mumkin. Xom ashyo uchun xarajatlar koʻpchilik ishlab chiqarish
korxonalari kabi
ustunlik qiladi, chunki ular umumiy xarajatlarning 67,42% ni tashkil etmoqda, bu
koʻrsatkichga asos
lanib, ishlab chiqarish moddiy intensiv degan xulosaga kelish
mumkin. Afsuski, biz jamiyatning daromadlari oʻsish surʼatlari (27,2), amortizatsiya
xarajatlarining keskin oʻsishini (242,4) va boshqa xarajatlarning ham koʻpayishini
(18,94) kuzatishimiz mumki
n. Lekin shu bilan birgalikda, boshqa barcha koʻrsatkichlar
normal
koʻrsatgichlar
diapazonini koʻrsatmoqda.
“BS TEXTILE FARGONA” masʼuliyati cheklangan jamiyatining asosiy
daromad manbai mahsulot sotishdan olingan foyda boʻlib, biz uni mutlaq farqlar usul
i
yordamida tahlil qilamiz. Shunisi eʼtiborliki bunda bir qator omillarning foydaga
taʼsirini yodda
tutish kerak:
- ishlab chiqarish hajmi miqdori;
- bir dona mahsulot uchun xarajatlari.
“BS TEXTILE FARGONA” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2021
-yilda
ma
hsulot sotishdan tushgan daromad 602193 ming soʻmni, 2022
-yilda esa 716238
ming soʻmni tashkil etdi, bundan koʻrinadiki
oʻsish surʼati 18,94% ni tashkil etmoqda.
1
Jadval muallif tomonidan “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
483
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Tadqiqot mavzusidan kelib chiqqan holda, xarajatlarning boshqarilishi
toʻgʻrisida xulosa chi
qarishga imkon beradigan xarajatlar koeffitsientlarini
hisoblaymiz va qiymatlarni 2-jadval
koʻrinishiga
keltiramiz.
2-jadval
“BS TEXTILE FARGONA” MCHJning resurs intensivligi koʻrsatkichlarini
tahlili
Koʻrsatkichlar nomi
2021-yil 2022-yil
Yil davomida
oʻzgarish
Moddiy isteʼmol
0,69
0,65
-0,03
Ish haqi intensivligi
0,23
0,22
-0,02
Amortizatsiya quvvati
0,01
0,01
0,00
Boshqa xarajatlar uchun resurslar intensivligi
0,03
0,09
0,06
Mahsulotlarning umumiy resurs isteʼmoli
0,96
0,97
0,01
Jadvalda
keltirilgan hisob kitoblarga asoslangan holda, shuni koʻrish mumkinki,
resurslar intensivligining deyarli barcha koʻrsatkichlari jamiyat uchun qulay
yoʻnalishda oʻzgarib bormoqda va faqat amortizatsiya va boshqa xarajatlar uchun
resurslar intensivligi oshib bormoqda.
Xarajatlarni nazorat qilish koʻrsatkichlarining oʻzgarishi boshlangʻich darajadan
10% dan oshmaydi, bu jamiyat xarajatlarining nazoratsiz oʻsishi ehtimoli pastligini
bildiradi va koʻrsatadi, shuning uchun bu foydaning salbiy oʻzgarishi ehtimoli
ni
anglatadi.
Yana shuni
taʼkidlashimiz
kerakki biz “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning
oddiy faoliyat xarajatlarini omil tahlilini oʻtkazdik, yaʼni mahsulot ishlab chiqarish
hajmining daromad miqdori taʼsir qiluvchi omillarni:
- inflyatsiya darajasi;
-
moddiy isteʼmol;
- ish haqi intensivligi;
- amortizatsiya quvvati;
- boshqa xarajatlar uchun resurs intensivligi.
Shunday qilib biz, “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning xarajatlari tahlilni
va ular boʻyicha hisob
-
kitoblarni amalga oshirib, aniqlangan maʼlu
motlarni 3-jadval
koʻrinishiga keltirdik.
2
Jadval muallif tomonidan “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
484
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
3-jadval
“BS TEXTILE FARGONA” MCHJ xarajatlarini tahlil qilish uchun dastlabki
maʼlumotlar
Koʻrsatkichlar nomi
2021-
yil
2022-
yil
Yil
davomida
oʻzgarish
2021-
yil
2022-
yil
Yil
davomida
oʻzgarish
summa
Resurs hajmi
Daromad miqdori
602193 716238
114045
Xom ashyo uchun xarajatlar
414475 469064
54589
0,688 0,655
-0,033
Mehnatga haq toʻlash xarajatlari va
davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar
139545 154123
14578
0,232 0,215
-0,017
Amortizatsiya xarajatlari
5697
7249
1552
0,009 0,010
0,001
Boshqa xarajatlar
19080
65338
46258
0,032 0,091
0,060
Ushbu 3-
jadvaldagi maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, resurslar intensivligining
deyarli barcha koʻrsatkichlari qulay yoʻnalishda oʻzgarib bormoqda va faqat
amortizatsiya hamda boshqa xarajatlar oshib bormoqda.
Yana biz “BS TEXTILE FARGONA” MCHJ xarajatlarni omillarni tahlil qilish
uchun oraliq hisob-kitoblarni amalga oshirdik:
-
hisobot yilidagi inflyatsiya darajasi yoki narxlarning oʻsish indeksi;
-
hisobot va oʻtgan yillar uchun tovarlarni sotishdan tushgan daromad;
- xarajatlar elementlari nuqtalari.
4-jadval
“BS TEXTILE FARGONA” MCHJ xarajatlarni omillarni tahlil qilish uchun
oraliq hisob-kitoblari
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Miqdori
Inflyatsiya darajasi, %
10,2
Taqqoslanadigan narxlarda daromad
699,451
Hajmi tufayli daromadning oʻsishi
97,258
Narx tufayli daromadning oʻsishi
16,787
Hisobot yilining taqqoslanadigan narxlardagi daromadi 699,451 ming soʻmni
tashkil etdi, hajm oʻzgarishi hisobiga daromadning oʻsishi 97,258 ming soʻmni,
narxlarning oʻzgarishi tufayli daromadning oʻsishi 16,787 ming soʻmni tashkil etdi.
3
Jadval muallif tomonidan “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
4
Jadval muallif tomonidan “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
485
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
5-jadval
“BS TEXTILE FARGONA” MCHJ xarajatlarni omil tahlilining natijalari
(ming soʻmda)
Omilar
Natijalar
Hajmi
93,480
Resurs narxlari
16 135
Moddiy isteʼmol
-23,905
Ish haqi miqdori
-11,849
Amortizatsiya
473
Boshqa xarajatlar uchun resurs intensivligi
42,645
Umumiy taʼsir
116,977
Hisoblangan maʼlumotlar bizning oldingi xulosalarimizni tasdiqladi, xususan:
xarajatlarning oʻsishi tashkilot faoliyatining kengayishi bilan bogʻliq (shu sababli
xarajatlarning oʻsishi qiymati 93,480 ming soʻm), resurslar
narxining oshishi (16,135
ming soʻm) va amortizatsiya va boshqa xarajatlarning nomutanosib oʻsishi (473 ming
soʻm va mos ravishda 42,645 ming soʻm), boshqa omillar xarajatlarga ijobiy taʼsir
koʻrsatdi, bu materiallar va ish haqi xarajatlari. 2021
-yilda xarajatlarning yakuniy
oʻsishi 2022
-
yilga nisbatan 116 977 ming soʻmni tashkil etdi.
Yuqorida takidlaganimizdek bozor iqtisodiyoti sharoitida real ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish muhim masalalardandir, aniq tizim yaratish
uni doimiy takomillashtirib borish zarurati har bir ishlab chiqarish korxonasi uchun
strategik vazifadir. Biz tadqiqotimiz mobaynida real korxona “BS TEXTILE
FARGONA” MCHJ xarajatlarni tahlillarini amalga oshirdik bu boradagi umumiy
quyida keltiramiz.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shunday
qilib, ishlab chiqarish xarajatlarni koʻrsatkichlari narx siyosati,
mahsulot va sotish strategiyalarini ishlab chiqish sohasidagi muhim qarorlarning
asosini tashkil etadi. Deyarli har bir korxona xarajatlarni oqilona darajada amalga
oshirishi hamda zaruriy zaxiralarga ega bo‘lishi darkor, bu esa iqtisodiy samaradorlikni
oshirishga va raqobatbardoshlikni oshirishga imkon beradi. Mahsulot birligini ishlab
chiqarish tannarxini pasaytirish kompaniyaga pastroq va moslashuvchan narxlarni
belgilash imkonini beradi, bu esa raqobatchilardan muhim ustunlik beradi. Shuning
uchun har bir korxona uchun yuqori iqtisodiy natijaga erishish uchun xarajatlarni tahlil
qilish va samarali boshqarish muhim ahamiyatga egadir.
5
Jadval muallif tomonidan “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
486
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Biz yuqorida Fargʻona viloyatida jo
ylashgan paxta tolasini tayyorlash va yigirish
yoʻnalishidagi
korxona “BS TEXTILE FARGONA” MCHJ xarajatlarning tahlillarini
oʻtkazdik bu boradagi umumiy xulosalarimiz
quyidagilardan iborat:
Birinchidan hisob kitoblardan shuni koʻrish mumkinki 2022
-yilda ishlab
chiqarish hajmining oshishi hisobiga xom ashyo va materiallarning tannarxi 28,3% ga,
yarim tayyor mahsulotlar 2% ga oshdi.
Ikkinchidan korxonaga tegishli texnik bazani yangilash oqibatida 2022-yilda
36,4 foizga texnik taʼmirlash xarajatlari qisqardi.
Buni yangi uskunalar sezilarli
darajada kamroq texnik koʻrikni va uni taʼmirlash ehtiyojini talab etishi bilan
izohlash
mumkin.
Uchinchidan 2022-
yilda elektr energiyasi uchun xarajatlarni 10,5 foizga oʻsishi
koʻrishimiz
mumkin bu elektr energiyasini isteʼmol qilish miqdori yuqori boʻlgan
yangi uskunalarni oʻrnatish hisobiga sodir boʻldi. Bu elektr energiyasi taʼriflari
oshmaganiga qaramay bu
koʻrsatgich
boʻyicha
xarajatlarni
oshishiga sabab boʻldi.
Toʻrtinchidan 2022
-yil
da bino va inshootlarni kapital taʼmirlash xarajatlari 44,8
foizga kamaydi, biroq transport xarajatlari 24,9 foizga oshdi. Amortizatsiya miqdori
ham 27,2% ga oshishi bu ushbu yilda asosiy vositalarni qayta baholash, shuningdek,
yangi qimmatbaho uskunalarni
olish hisobiga sodir boʻldi.
Beshinchidan xodimlarning ish haqqini oshirilishi bu
koʻrsatgich boʻyicha
xarajatlarni oshishiga, shu bilan birgalikda bu
yoʻnalishdagi
soliqlar va boshqa
toʻlovlarni
oshishiga olib keldi.
Umuman olganda, “BS TEXTILE FARGONA” MCHJning 2022-yildagi 17,5%
xarajatlarning oʻsish surʼati 18,94% mahsulot sotishdan tushgan daromadning oʻsish
surʼatlaridan oshmaydi, bu shuni anglatadiki jamiyat sanoat va iqtisodiy rivojlanish
bosqichida.
Shundan qilib umumiy xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olish va uning tahlili, har bir xo‘jalik yurituvchi
subyektning farovon kelajagini
taʼminlaydi
, hamda bu boradagi tadqiqotlar ushbu
omilning yanada samarali foydalanishga olin kelishiga ishonamiz.
F
OYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti “1
-sonli
BHMS
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 1998-yil 14-avgustda 474-
son bilan davlat roʻyxatida
n
2.
M.Yu.Raximov, O.T.Astanakulov, N.N.Kalandarova. Iqtisodiyot subyektlari
moliyaviy holatining tahlili. (Darslik). – T.: “Nihol print” OK, 2022. – 484 bet.
3.
D.Q.Usmanova
Buxgalteriya hisobi. Oʻquv qoʻllanma.
– Samarqand,
SamDU, 2020. -388 bet.
487
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON
WWW.INFOCOM.UZ
4.
Ивашкевич, В. Б. Бухгалтерский управленческий учет: Учебник / В.Б.
Ивашкевич.
— 3-
e изд., перераб. и доп.
—
М.: Магистр: НИЦ ИНФРА
-
М, 2019.
—
448 с.
5.
Boshqaruv hisobi: Darslik / A.X. Pardayev, Z.A. Pardayeva; – T.: “Iqtisod-
Moliya”, 2019. – 556 b.
6.
Khatamovna, R. S. THE ECONOMIC IMPORTANCE OF COST
CLASSIFICATION IN ENTERPRISES. GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY,
193.
7.
Khatamovna, R. S. (2024). The Importance of Effective Organization of
Accounting for the Cost of Production in the Context of Economic Modernization.
Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(5), 6-12.
8.
Kudbiev, D., Qudbiyev, N. T., & Imomova, Z. T. Q. (2022). Moliyaviy
Hisobotlardan Moliyaviy Menejmentda Foydalanish Masallalari. Scientific progress,
3(4), 1030-1037.
9.
Khatamovna, R. S. (2024). The Importance of Effective Organization of
Accounting for the Cost of Production in the Context of Economic Modernization.
Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(5), 6-12.
10.
Расулова, Ш. Х. (2023). Важность данных о движении затрат для
повышения эффективности управления предприятием.
11.
Qudbiyev, N. T. (2023). Korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab
chiqish xususiyatlari: korxonalarning innovatsion strategiyasini ishlab chiqish
xususiyatlari.
12.
Курбонова, Ш. (2024). ИҚТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА
ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(2), 397
-402.
13.
Абдурахманова, Ш. Р., & Закирова, З. Р. (2024). САНОАТ
КОРХОНАЛАРИДА
РАҚОБАТБАРДОШЛИКНИ
БОШҚАРИШ
СТРАТЕГИЯСИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. Scientific Journal of
Actuarial Finance and Accounting, 4(05), 26-31.
14.
Kurbonova, S. A. (2021). Mahsulot tannarxi hisobiga olishda boshqaruv
hisobini takomillashtirish masalalari. Scientific progress, 2(8), 603-607.
15.
Qudbiyev, N. T., Ulug’Bek Erkinjon, O. G. L., & Mominov, I. L. O. (2022).
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA ICHKI NAZORATNING SAMARALI
TIZIMI SIFATIDA ICHKI AUDITNING OʻRNI VA AHAMIYATI. Scientific
progress, 3(1), 449-457.
16.
Zokirovna, I.Z. (2024). KORXONALARIDA BOSHQARUV
HISOBINING AXBOROT BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH. Scientific Journal
of Actuarial Finance and Accounting, 4 (Maxsus son), 65-70.