264
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
IQTISODIY QAROR
QABUL QILISHDA EGALIK SAMARASINING OʻRNI
Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
eldorbekovg01@mail.ru
Annotatsiya:
Mikroiqtisodiyot nazariyasiga koʻra, iqtisodiy agentlar doimo
ratsional qaror qabul qilishadi. Lekin, bir qancha psixologlar va iqtisodchilar
oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, iqtisodiy agent oʻzi egalik qilgan ne’matni teng
qiymatga ega alternativ ne’matga almashtirishida iqtisodiy postulatlarga amal
qilmaydi. Bu esa iqtisodiyot nazariyasiga xos boʻlgan oʻz naflilik darajasini
maksimallashtirmoqchi boʻlgan ratsional agent xatti
-harakatiga qarshi hisoblanadi.
Ushbu maqolada, xulq-
atvor iqtisodiyotida oʻzgar
ishga yuz tutgan befarqlik egri
chizigʻi nazariyasi va iqtisodiy agentlarda yuzaga keluvchi egalik samarasi
xususiyatlari haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar:
xulq-atvor iqtisodiyoti, mikroiqtisodiyot, egalik samarasi,
befarqlik egri chizigʻi, qiymat nazariy
asi, naflilik, bozor muvozanati, marketing.
РОЛЬ ЭФФЕКТА ВЛАДЕНИЯ В ПРИНЯТИИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ
РЕШЕНИЙ
Элдарбеков Гафурбек Искандарбек угли
Магистрант Ташкентского государственного экономического университета
eldorbekovg01@mail.ru
Аннотация:
Согласно теории микроэкономики, экономические агенты
всегда принимают рациональные решения. Однако, согласно исследованиям
ряда психологов и экономистов, экономический агент не следует
экономическим постулатам при замене имеющегося у него блага
альтернативным товаром равной стоимости. Это противоречит поведению
рационального агента, который хочет максимизировать уровень полезности,
что характерно для экономической теории. В данной статье говорится о теории
кривой безразличия, которая изменилась в поведенческой экономике, и
характеристиках эффекта собственности, возникающего у экономических
агентов.
265
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ключевые слова
:
поведенческая экономика, микроэкономика, эффект
владения, кривая безразличия, теория перспектив, полезность, рыночное
равновесие, маркетинг.
THE ROLE OF THE ENDOWMENT EFFECT IN ECONOMIC DECISION
MAKING
Eldorbekov Gofurbek Iskandarbek ugli
Graduate student of Tashkent State University of Economics
eldorbekovg01@mail.ru
Abstract:
According to the theory of microeconomics, economic agents
always make rational decisions. However, according to research by a number of
psychologists and economists, an economic agent does not follow economic
postulates when replacing an existing good with an alternative product of equal value.
This is contrary to the behavior of a rational agent who wants to maximize the level
of utility, which is characteristic of economic theory. This article talks about the
indifference curve theory, which has changed in behavioral economics, and the
characteristics of the property effect that arises among economic agents.
Keywords:
behavioral economics, microeconomics, endowment effect,
indifference curve, prospect theory, utility, market equilibrium, marketing.
KIRISH
Iqtisodiyot nazariyasidan ma’lumki, iqtisodiy agentlar qaror qabul qilishda
ratsionallikka tayanishadi. Ya’ni, ular mavjud axborot va imkoniyatlardan maksimal
foydalanishadi, hissiyotlarga berilishmaydi va qat’iy hisob-kitobga rioya qilishadi
[1]. Neoklassik iqtisodchilar fikricha, ushbu holat iste’molchining nafliligini
maksimallashtirish va iqtisodiy ne’matlarni tanlash jarayonida ham vujudga keladi.
Aslida esa, empirik tadqiqotlarga koʻra, qat’iy neoklassik nazariya barcha holatlarda
ham amalga oshmaydi. Hatto, deyarli barcha iqtisodiy qonunlar aniqlangan XXI
asrdagi “Dotkomlar inqirozi” va “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi”ning yuzaga
kelishi bunga asos boʻla oladi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil
“chetlanishlar”ni yuzaga keltiruvchi hodisalaridan biri – egalik samarasining
xususiyatlarini aniqlash va shu orqali jamiyat farovonligini maksimallashtirish
muhim hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Iqtisodiyot nazariyasidagi klassik qonunlarni aniqlash uchun Z.T.
Gaibnazarova va Sh.A. Isamuxametovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi” kitobidan
266
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
foydalanildi. Iste’molchining
oʻ
z nafliligini maksimallashtirish va samarali tanlovini
amalga oshirish qoidalarini aka ettirish uchun B.T.Salimovning “Mikroiqtisodiyot”
kitobiga murojaat etildi.
Egalik s
amarasi nazariyasining asosiy gʻoyasi va nazariy asosini oʻ
rganish
uchun Nobel laureatlari Daniel Kaneman va Richard Taler maqolalaridan
foydalanildi. Nazariyani aniq iqtisodiy holatlar orqali aks ettirish uchun Daniel
Kanemanning “Thinking, fast and slow” va Richard Talerning “Misbehaving: the
making of behavioral economics” kitoblaridan foydalanildi. Shuningdek, xulq-atvor
iqtisodiyotidagi samaralarni aniqroq ifodalashda A.Kasimovning “Xulq-atvor
iqtisodiyoti”
nomli oʻquv qoʻllanmasi
asos qilib olindi.
METODOLOGIYA
Iqtisodiy qaror qabul qilish, ularga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash
uchun analiz va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi. Iqtisodiy
qarorlarning iste’molchining naflilik funksiyasini shakllantirishdagi ta’sirini aniqlash
uchun iqtisodiy oʻlchov metodi ishlatildi. Psixologik samaralarni iqtisodiy agentlarga
ta’sirini aniqlash taqqoslash usuli yordamida amalga oshirildi. Ma’lumotlarni aniqroq
koʻrsatish uchun grafik va matematik formulalardan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mikroiqtisodiyotda iste’molchining tovarlarni tanlash jarayoni befarqlik egri
chizigʻi orqali amalga oshiradi. Befarqlik egri chizigʻi
– bu iste’molchi uchun bir xil
naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi [2]. Nazariyaga koʻra,
befarqlik
egri chizigʻida yotuvchi istalgan kombinatsiya bir xil hajmdagi naflilikni beradi.
Lekin, ushbu holat har doim ham amalga oshavermaydi. Tasavvur qiling, bir xil did,
lavozim va boshlangʻich daromadga ega egizaklar mavjud. Ularning yillik ish haq
i va
dam olish kunlari 1-rasmdagi 1-
nuqtada belgilangan. Vaqt oʻtganidan soʻng ularning
lavozimlari oshdi. Firma ularga 2 xil lavozimni taklif etdi: qoʻshimcha yillik 10
000
dollar beruvchi (A nuqta) yoki yiliga qoʻshimcha 12 kun dam olish imkonini
beruvchi lavozim (B nuqta).
267
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-
rasm. Befarqlik egri chizigʻi kartasi
Ushbu 2 nuqta ham bir befarqlik egri chizigʻida yotganligi uchun egizaklar
uchun qaysi variantni tanlashlarining ahamiyati yoʻq. Ma’lum vaqt oʻtganidan soʻng,
egizaklar oʻz lavozimlariga koʻnikishdi va endi firma agar ularga istashsa oʻz
lavozimlarini almashtirishni taklif qildi. Klassik iqtisodiy nazariyaga koʻra, egizaklar
hech qanday stimullarsiz (yoki juda kam stimullar bilan) ham oʻz
lavozimlarini
oʻzgartirishlari kerak. Lekin, egalik samarasiga koʻra, ular oʻz lavozimlarini
oʻzgartirishmaydi. Ya’ni har bir egizak oʻzi yoʻqotuvchi 10
000 dollar (yoki
qoʻshimcha 12 dam olish kuni) alternativ variantdan koʻra qadrliroq hisoblanadi [3].
Egalik samarasi (inglizcha, endowment effect) –
inson oʻzi egalik qilishi
mumkin boʻlgan ne’matdan koʻra, oʻzi egalik qiluvchi ne’matni afzal koʻrishi. Ushbu
nazariya iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari Richard Taler va Daniel
Kaneman tomonidan 1970-yillarda amalga oshirgan tadqiqotlarda tasdiqlangan [4].
Kaneman quyidagicha misol keltiradi: “Bir kishi mashhur guruhning ashaddiy
ishqibozi va guruhning konsertiga kirish uchun 200 dollar sarfladi. U ushbu chiptani
sotib olish uchun 500 dollardan
koʻproq berishga tayyor emas edi. Muxlis chiptani
sotib olganidan soʻng unga 3000 dollarga chiptani sotib olishni taklif qilishdi, lekin
muxlis buni rad etdi. Demak, ushbu guruh konserti uchun chiptaning minimal sotuv
narxi – 3000 dollardan yuqori, xarid narxi esa maksimum 500 dollar. Ushbu holat bir
qarashda irratsional boʻlib, iqtisodiyot nazariyasi tomonidan tushuntirib berila
olmaydi”. Shunday holatda qiymat funksiyasi (prospect theory) grafigi ushbu holatni
tushuntirib bera oladi.
Is
h ha
q
i m
iqdo
ri
Dam olish kunlari
268
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2-rasm. Qiymat funksiyasi grafigi (prospect theory) [5]
Qiymatlar funksiyasiga koʻra, kishi absolyut qiymati bir xil boʻlgan sharoitda,
yutuqda qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan naflilikdan koʻra, yoʻqotishlarda koʻproq
naflilik pasayishiga duch keladi [6].
Masalan, inson boshqa oʻzgarmas sharoitlarda
100 dollar topib olganida taxminan 2 yutilga ega boʻlsa, u 100 dollar yoʻqotib
qoʻyganida 6 yutil yoʻqotadi.
Iqtisodchi Richard Talerning qayd etishicha, uning ustozi professor Richard
Rozett auksionda xarid qilgan bir shisha vinoni kamida 100 dollarga sotgan.
Vaholanki, Rozett auksionlarda xuddi shu sifatga ega vino uchun 35 dollardan
koʻproq toʻlamagan. Hatto, transaksion xarajatlarni hisobga olganda ham ushbu holat
iqtisodiy postulatga qarshi edi [7]. Bu holat
ni naflilik funksiyasi misolida koʻrib
chiqish mumkin. Aytaylik, bir shisha vinodan olinuvchi naflilik uning bozor narxi va
vino saqlangan muddat koʻpaytmasiga teng boʻlsin:
𝑼𝑼
=
𝒙𝒙 ∗ 𝒚𝒚
Bu yerda, U –
yutil darajasi (naflilik oʻlchovi), x
– bir shisha vinoning bozor
narxi, y – vino saqlangan muddat.
Shunday holatda, bir shisha vinoning bozor narxi 35 dollar, saqlanish muddati
20 yilga teng boʻlsa, vinodan olinuvchi naflilik 700 yutilga teng boʻladi. Rozett
uchun xuddi shunday xususiyatlarga ega vinoni sotishning minimal narxi esa 100
dollar. Formulaga koʻra ushbu holatda, naflilik 2
000 yutilni tashkil etadi. Ushbu
xarid va sotuv nafliliklari orasidagi nisbat esa
20
7
ga, taxminan 2,86 ga teng.
Vaholanki, neoklassik iqtisodiy qonunlarga koʻra
, ushbu qiymat 1 ga teng yoki unga
juda yaqin boʻlishi kerak edi. Demak, professor ushbu vinoni sotish orqali naq 2
000
yutil naflilikni yoʻqotmoqda va ushbu yoʻqotishni qoplash uchun unga kamida 100
dollar taklif etishlari kerak.
269
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Qaror qabul qilishdagi ushbu chetlanishlar (bias) marketing loyihalarida keng
foydalaniladi. Masalan, avtomobil sotib olishdagi test-drayv, pullik dasturiy
ta’minotlardan dastlabki foydalanish uchun taqdim etiluvchi bepul muddat va Apple
doʻkonlarida smartfon imkoniyatlaridan sha
xsan foydalanish imkoniyati bunga misol
boʻladi. Yuqoridagi holatlar nafaqat sotib olishga ikkilanib turgan mijozni tovarni
xarid qilishga, balki tovarni xarid qilishga tayyor mijozni unga qoʻshimcha
hisoblanuvchi toʻldiruvchi tovarlarni ham sotib olishga turtki boʻlishi mumkin.
Yana bir muhim qoidalardan biri egalik samarasining universal
hisoblanmasligidir. Agar sizdan 20 ming soʻmlik kupyurani 4 ta 5 mingtalik
kupyuraga almashtirib berishni soʻrashsa, siz hech qanday yoʻqotishni sezmaysiz.
Xuddi shunday
tarzda bozorda oyoq kiyim sotuvchisi ham oʻz tovarini sotganida
naflilik yoʻqotishlariga duch kelmaydi. Chunki, ushbu holatda doʻkon egasi oʻz
tovarlarini faqat sotuv uchun olib kelgan boʻlib, ularni faqat pul ekvivalenti sifatida
koʻradi. Lekin, sevimli futbol jamoasining oʻyinini koʻrish uchun kelgan muxlis oʻz
chiptasini 5 barobar qimmatroqqa sotmasligi real holat hisoblanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtisodiyot nazariyasidagi barcha qonuniyatlar ham real hayotda aks etmaydi.
Shu sababli, egalik samarasi yuzaga kelgan holatlar sababli, bozorda muvozanat narx
va miqdorga erishish muddatlari choʻzilib ketishi, iste’molchi yutugʻi va jamiyat
farovonligi koʻrsatkichlari pasayishi mumkin. Shu sababli, bozor munosabatlarini
tashkil etishda maksimal samaradorlikka erishish uchun quyidagi takliflar beriladi:
1. Mamlakatdagi turli sohalarda shartnomalar tuzishni erkinlashtirish va ushbu
jarayonni soddalashtirish.
2. Axborot asimmetriyasini minimallashtirish. Qachonki, iqtisodiy agentlar
bozordagi dinamik oʻzgarishlar haqida aktual axborotga ega boʻlishmasa, bu hududda
yuzaga keluvchi shartnomalar soni va ularning umumiy qiymatiga salbiy ta’sir
koʻrsatadi.
3. Transaksion xarajatlarni optimizatsiyalash. Koʻpgina bozor turlarida
transaksion xarajatlar firmaning shartnomalar tuzish va boshqaruvdagi bevosita
xarajatlari emas, balki byurokratiya va qonun samarasizligi sifatida vujudga keladi.
Sotilishi mumkin boʻlgan tovarga ega iqtisodiy agent esa ushbu noaniqlik va
xarajatlarni hisoblash qiyin boʻlgan sharoitda oʻzi egali
k qiluvchi tovarni bozordagi
muvozanat narxdan yuqoriroq baholashi tabiiy
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov. Iqtisodiyot nazariyasi. (Darslik) –
Т
.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020. 21–23 b
.
270
MENEJMENT VA MARKETING
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2. B.T. S
а
limov, M.S. Yusupov, B.B. S
а
limov. Mikroiqtisodiyot. D
а
rslik. – T.:
Iqtisodiyot, 2019. – 84–85 b.
3. Daniel Kahneman. Thinking, fast and slow. Farrar, Straus and Giroux. New
York, 2013. – 286–289 b.
4. Amos Tversky and Daniel Kahneman. “Loss Aversion in Riskless Choice: A
Reference-Dependent Model.” The Quarterly Journal of Economics, vol. 106, no. 4,
1991. — 1040–1044 b.
5. Barbara Osimani. The precautionary principle in the pharmaceutical domain:
a philosophical enquiry into probabilistic reasoning and risk aversion. Health, Risk &
Society, 15:2, 2013. – 133–134 b.
6. Kasimov A.A. Xulq-atvor iqtiso
diyoti. Oʻquv qoʻllanma. ‒ T.: “
Innovatsion
rivojlanish nashriyot
‒
matbaa uyi”, 2022. – 30
‒
31 b.
7. Richard H. Thaler. Misbehaving : the making of behavioral economics. W. W.
Norton & Company. New York, 2015. – 34–36 b.