391
RAQAMLI TA’LIM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TARIX FANIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Userbayeva Feruza Inoyat qizi
Chirchiq davlat pedagogika unversiteti talabasi
feruzauserbayeva@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Tarix fanini o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil
etishning axamiyati haqida so‘z boradi. Hamda mustaqil ta’limning tashkil etishning
yutuqlari borasida ayrim mulohazalarimiz ham ushbu maqolamizda o‘rin olgandir.
Mustaqil ta’limni joriy etishda zamonaviy texnologiyalarni o‘rni va axamiyati haqida
ham fikr yuritilib, ushbu jorayonga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning natija va
yutuqlari borasida fikrlarimiz bayon etiladi.
Kalit so‘zlar:
yondashuv, tahlil, texnika, tizim, mustaqil, dolzarb, pedagog,
ta’lim, axborot.
ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN ORGANIZING INDEPENDENT
EDUCATION IN HISTORY
Userbayeva Feruza Inoyat kizi
Student of Chirchik State Pedagogical University
feruzauserbayeva@gmail.com
Abstract:
This article talks about the importance of organizing independent
education in the teaching of History. Also, some of our comments on the achievements
of the organization of independent education are included in this article. The role and
importance of modern technologies in the implementation of independent education
are discussed, and our opinions on the results and achievements of applying modern
technologies to this process are presented.
Keywords:
approach, analysis, technique, system, independent, actual,
pedagogue, education, information.
РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОРГАНИЗАЦИИ
САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ПО ИСТОРИИ
Усербаева Феруза Инайят кизи
392
RAQAMLI TA’LIM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Студентка Чирчикского государственного педагогического университета
feruzauserbayeva@gmail.com
Аннотация:
В
данной статье говорится о важности организации
самостоятельного образования при преподавании истории. Также в данную
статью включены некоторые наши комментарии о достижениях организации
независимого образования. Обсуждаются роль и значение современных
технологий в реализации самостоятельного образования, а также излагаются
наши мнения о результатах и достижениях применения современных технологий
в этом процессе.
Ключевые слова
:
подход, анализ, методика, система, самостоятельный,
актуальный, педагог, образование, информация.
KIRISH
Respublikamiz oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini
tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari, interaktiv metodlar, innovatsion
texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va
pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchi talabalarni
bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi [1]. Bugungi kunda zamonaviy
tarix fani darslarining dolzarb muammolari zamonaviy taraqqiyotning asosiy
tamoyillarini har tomonlama chuqur tahlil etish bilan birga, barcha ommaviy axborot
vositalari va internet axborotlarini sinchiklab o‘rganib, ularga integratsion yondashgan
holda, dars jarayonida zarur axborotlarni to‘g‘ri tahlil etishi, ularni o‘quvchi va
talabalar ongiga yetkazishi lozim. Yosh avlodni XXI asr talablariga to‘liq javob
beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-
sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga
oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga talabalar va ularning bo‘lajak o‘qituvchi sifatlari, ijtimoiy, falsafiy,
psixologik jihatlari, tarix fanlarini o‘qitishning huquqiy asoslari hamda bugungi
tahlikali zamonda ta‘lim va tarbiyaga ta‘sir etuvchi omillarining metodologik
asoslariga oid bir qator konseptual g‘oyalar tahlil etilgan. Uzluksiz ta’lim jarayoni
ilmiy-pedagogik tamoyillarga amal qilgandagina, o‘z oldiga qo‘ygan murakkab
muammolarni yecha oladi [2].
O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining barcha
shakl va turlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy-metodik jihatdan to‘la ta’minlagan
holda erishish mumkin. Tarix ta’limi tizimi sohasiga tashki tomondan doimo bo‘lib
turadigan o‘zgarishlar amaldagi ta’lim tizimi oldiga fan, texnika, texnologiya, ishlab
chiqarish madaniyat va kundalik pedagogik amaliyot talabalarining ko‘nikuvi
muammolarini uzluksiz ravishda ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan tarix
393
RAQAMLI TA’LIM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ta‘limi tizimida tarix fanining tadqiqot jarayoni samaradorligini sifat jihatidan yuqori
bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini zamonaviy oʻquv
-
metodik majmualarni ishlab chiqish, ta’lim mazmunini shakllantirish va uzluksiz
ta’lim bo‘g‘inlariga moslab davlat standartlari tuzib chiqishga kirishilgan va u har fan
xususiyatidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizdagi ta’lim tuzilishi va
mohiyati, kadrlar tayyorlash isloh qilish tarix fani oldiga ham aniq vazifalar qo‘ydi.
Bunday vazifalar qatoridagi Respublikaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi, fan,
texnika va texnologiyalar sohasidagi muvoffaqiyatlar istiqbollarini hisobga olgan
holda tarbiyalash va ta’lim berishning maqsad, mohiyat, usul, vosita va tashkiliy
shakllarini ilmiy ta’minlash bilan bog6‘liq muammolarning barcha majmuasi kiradi
[3]. Bugungi kunda yurtimizda ta’lim tizimini samarali va tizimli tashkil etishga
axamiyat qaratilmoqdadir. Albattaki ta’lim tizimini zamon talablariga moslash ushbu
tizimga yangiliklar olib kirish muhim axamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonlar orasida
ta’lim tizimini mustaqil holda olib borish ham muhim axamiyatga ega.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil qilish turli davrlarda o‘qituvchi va
uslubchilarning e’tiborini tortib kelgan. Darsdan tashqari ishlarga oid ilk ma’lumotlar
XVIII asr rus manbalarida uchraydi.
Bu davrda (zodagonlar pansionlari va umumiy) maktablarda tahsil oluvchilar
darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘zlarining tarjima ishlaridan parchalar va insholarini o‘qib
berishgan. “Sinfdan tashqari ish” tushunchasi esa birinchi marta XIX asrda
V.Sheremetevskiy asarlarida uchraydi. XX asrning 60-70 yillarga kelib darsdan
tashqari ishlar sovet maktablari, shu jumladan O‘zbekiston amaliyotda ham
mustahkam o‘rnashib, pedagogik jarayonning ajralmas qismiga aylandi. Hozirgi
pedagogikada ‘sinfdan tashqari ish’ atamasining turli ta’riflari mavjud. I.A.Karimov
unga shunday ta’rif beradi: ‘Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar maktab tomonidan
o‘quvchilar bilim ko‘nikmalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, o‘quvchilarning
individual qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek ularning oqilona dam olishini
tashkil etish maqsadida tashkil qilinadi’ [4].
Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o‘quv
jarayoni texnologik vositalari yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat
70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha
talqin etila boshlanadi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan “oʻqitish texnologiyasi bu
o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo‘l- yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar
sohasi” ekanligi e’tirof qilinadi.
Ta’lim tizimida qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va
amaliyoti bir-
biriga bog‘liq bo‘lmagan holda oʻrganilib kelinadi. Natijada o‘
qitish
jarayonini takomillashtirishga yoki o‘quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga
394
RAQAMLI TA’LIM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
qaratilgan u yoki bu ilg‘or metodikalar texnologiyalar darajasiga ko‘tarila olmay asta-
sekinlik bilan o‘z mavqeini yo‘qotib pedagogika fanidan uzoqlashib ketmoqdalar.
Misol uchun, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan “Dasturli ta’lim” yoki 70-
yillarda sobiq ittifoq miqyosidagi “Shatalovchilik harakati”ni eslash kifoya. Bugungi
kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga
imkoniyatlari yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi pedagogik
texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi [5].
Darsdan tashqari ishlarda ayniqsa tarbiyaviy faoliyatga ham alohida e’tibor
qaratish maqsadga muvofiq. Darsdan tashqari ishlarda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish
va unga qo‘yiladigan pedagogik talablar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘quvchilarning
dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o‘ziga xos qoidalarga ega.
Bunda pedagog sinf jamoasi har bir o‘quvchining tarbiyalanganlik holati bilan tanishib
chiqishi, jumladan, o‘quvchilarning oilaviy hayoti va sharoiti, ota-onalarning farzand
tarbiyalashdagi burchini his qilishi hamda kundalik o‘zgarishlarga o‘quvchining
munosabati, o‘quvchilarning milliy qadriyatlar va urf-odat, an’analar haqidagi bilim
darajasi, o‘z yurtida yetishib chiqqan olimlar va mutafakkirlar ijodidan namunalar
bilishi va boshqalarni o‘rganishi va tashxislashi lozim bo‘ladi. Tarbiyaviy jarayon va
tarbiyaviy ish shakllari hozirgi davr talabiga javob beradigan darajada tashkil qilinishi
lozim [6].
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv adabiyotlarini tahlil qilish, qiyosiy tahlil
qilish, umumlashtirish, dasturlash va raqamlashtirish modellari kabi usullardan
foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Insonning mustaqil baholay olish qobilyati murakkab ko‘rinishga ega
bo‘lganligi sababli tarix fani o‘qituvchilarining ishida asosiy yo‘nalishlardan biri
o‘quvchilarda mustaqil fikrlay olish malakalarini tarkib toptirish bo‘lishi lozim.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, boshlangan ishni sabr-toqat bilan mustaqil ravishda
tinmay izlanish orqali oxirigi yetganlaridagina hayotda ko‘zlangan maqsadlarga
erishadilar. O‘quvchi talabalarni an’anaviy xislatli tarbiyalashda mustaqil ishlarni
tashkil etish o‘ziga hos muhim o‘rin tutadi. O‘quvchi yoshlar hozirgi kunda axborot
oqimini nihoyatda kattaligi, fan-texnika taraqqiyoti tufayli ular qanchalik mohir
bo‘lmasin, dars jarayonida qanchalik bilimga ega bo‘lmasin o‘z bilimlarini yetkaza
olmaydilar. Uni to‘ldirishning yagona yo‘li o‘quvchi talabalarning o‘z ustilarida
mustaqil ishlaridir.
Tarixiy ta’limda o‘quvchilarning mustaqil ishlashi o‘qitish jarayonining
ajralmas elementidir. Mustaqil ishsiz o‘qitish va o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari
birligini ta’minlash mumkin emas. Ammo mustaqil ishlashni o‘qitish metodi deb
395
RAQAMLI TA’LIM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
hisoblash mumkinmi? Bu xususda bir nechta nuqtaiy nazar mavjud bo‘lgan.Uni ba’zan
o‘quv ishini tashkil qilish formatlariga, o‘qitish turlariga, o‘qitishning amaliy metodlari
qatoriga kiritishgan. Keyingi yillarda uslubiy mualliflarning ko‘pchiligi mustaqil
ishlashni o‘qitish metodlariga kiritishmoqda, chunki u ta’lim-tarbiyaviy masalalarni,
jumladan bilish mustaqilligi va o‘qishni bilan masalalarini hal qilishning keng
tarqalgan uslublaridan biri rolini bajarmoqda. Shunday bo‘lsa ham o‘qituvchilar
orasida: agar biz amaliy metodlarni, ya’ni amaliy ish jarayonida nazariy bilimlarni
qo‘llash metodlarini ajratgan bo‘lsak, endi nimaga mustaqil ishlash metodini ham
ajratishimiz kerakmi? Axir bu yerda ham gap mashqlar, masalalarni yechish,
tajribalarni bajarish haqida boradi-ku, degan masala ko‘pincha takror va takror
ko‘tariladi [7]. Mustaqil ishlash metodlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, bu
o‘quvchilarning bevosita boshqaruvsiz bajarishidir. Mustaqil ishlash o‘quvchilar
tomonidan darslarda yangi material matnini o‘ganish, mashqlarni bajarish, tajribalar,
kuzatishlar, mehnat operatsiyalarini o‘kazish va shu kabilar orqali amalga oshirilishi
mumkin. Mustaqil ishlashning anchagina keng tarqalgan turi uy vazifalarini bajarish
hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlari ayniqsa tarix o‘qitishdagi ta’limiy tarbiyaviy
va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. Mustaqil ishlash tafakkur, ko‘nikma va
malakalarning rivojlanishiga yordam beradi, shaxsni irodasini chiniqtiradi [8]. Endi
tarix o‘qitishda mustaqil ishlash metodlarini qo‘llash eng maqbul bo‘lgan vaziyatlarni
ko‘rib chiqaylik:
-
Qaysi vazifalarni hal etishda bu metod ayniqsa muvaffaqiyatli qo‘llanadi?
-
Bu metodni o‘quv materialining mazmuni qanday bo‘lgan hollarda qo‘llash
ayniqsa samaralidir?
-
Material mustaqil o‘rganish uchun qulay bo‘lgan hollarda.
-
Bu metodni o‘quvchilar qanday xususiyatlarga ega bo‘lganlarida qo‘llash
samaralidir?
-
O‘quvchilar mazkur mavzuni mustaqil o‘rganishga tayyor bo‘lganlarida.
-
O‘quvchi bu materialdan foydalanish uchun qanday imkoniyatlarga ega
bo‘lishi kerak?.
O‘quvchilarning mustaqil ishlashi uchun barcha didaktik va metodik materiallar
mavjud bo‘lib, uni darsda tashkil etish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lganlarida[9].
Mustaqil ishlashning eng ahamiyatli jihatlari shular hisoblanadi. Hozirgi kunda shu
jihatlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Mustaqil ta’limni tashkil etishda va yo‘lga
qo‘yilayotgan ishlar ham shular jumlasidandir. Hozirgi kunda shu jihatlarga katta
e’tibor qaratilmoqdadir.
Mustaqil ta’limni tashkil etish hamda yo‘lga qo‘yish, fan doirasida amalga
oshiriladi. Mavzular beriladi, hamda mavzular borasida talabalar mustaqil tatqiqot ishi
396
RAQAMLI TA’LIM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
olib borishadi. Bu ishning qay tarzda qabul qilib olinishi o‘qituvchi tomonidan belgilab
beriladi. Quydagi jadval orqali buni asoslantirib o‘tishga harakat qilamiz;
1-jadval
Tarix fanida mustaqil ta’limning ishlab chiqishning zamonaviy yondashuvlarga
asoslanishi “Raqamli tarix” misolida
№
Mustaqil ish mavzusi
Qabul
qilinishi
Mustaqil ishni topshirish
shakllari
1
XIX-XX asrlarda Xitoyning
iqtisodiy ahvoli
elektron
1.Taqtimot
2.Videorolik(mavzu asosida
ishlangan)
3.Elektron, mavzuni qamrab
olgan holda “quiz” test
4.Ishlangan mavzu asosida
(loyiha ishi, hisoboti, dars
ishlanma)
5.Ilmiy asosga ega “Referat”
XULOSA
Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda
zamonaviy ta’limning asosiy vazifalaridan biri atrof-olam voqea-hodisalarini mustaqil
tahlil qila oladigan shaxsni kamol toptirishda namoyon bo‘ladi. Boshqa umum ta’limiy
fanlar singari Tarix fani ham o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish uchun
juda katta imkoniyatlarga ega.
Demokratik jamiyatda erkin fikrlay oladigan shaxslar qadr-qimmatga ega
boʻladilar. O‘
z navbatida ular boshqalarning intilish va fikrlarini qadrlay oladilar.
Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va ma’naviy erkinligining muhim tomoni sifatida
yuzaga chiqadi. Erkinlik-mustaqil fikrlash uchun qo‘yilgan birinchi qadamdir.
Mustaqil fikrning mavjudligi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘quvchilarning erkinlik
darajasiga bog‘liq. Mustaqil fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish uchun
o‘quvchilarning individual va jamoaviy erkinligiga erishish zarur. Chunki mustaqil
fikrlash shaxsning xislati sifatida har qanday faoliyat turida individual va jamoaviy
yutuqlarga erishishda yuqori ko‘rsatkichni ta’minlaydigan muhim omillardan biri
bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, mustaqil fikrlash jamiyat insonga yaratib bergan
imkoniyat va erkinliklarning mahsulidir. Fikrlash esa, shaxs bilish faoliyati jarayoni
bo‘lib, voqealikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi.
Mustaqil ishlash metodlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, bu o‘quvchilarning
o‘quv topshiriqlarini o‘qituvchining bevosita boshqaruvsiz bajarishidir. Mustaqil
ishlash o‘quvchilar tomonidan darslarda yangi material matnini o‘rganish, mashqlarini
1
Muallifning shaxsiy ishlanmasi
397
RAQAMLI TA’LIM
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bajarish, tajribalar, kuzatishlar, mehnat operatsiyalarini o‘tkazish va shu kabilar orqali
amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ishlashning anchagina keng tarqalgan turi uy
vazifalarini (og‘zaki, yozma yoki tajriba eksperimental) bajarish hisoblanadi.
Mustaqil ishlash metodları ayniqsa tarix o‘qitishdagi ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. Mustaqil ishlash tafakkur, ko‘nikma va
malakalarning rivojlanishiga yordam beradi, shaxsning irodasini chiniqtiradi [10].
Albattaki bu jarayonlarni tatbiq qilishda zamonaviy texnalogiyalar ham katta axamiyat
kasb qilishini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Ushbu texnalogiyalarni ta’lim tizimida
mustaqil ta’lim tizimini tashkil etishga yo‘naltirish yaxshi va ijobiy natijalar beradi.
Hamda bugungi zamon zamonaviylashuvi asnosida rivojlanishga zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Ya.X.G’afforov
“Mahsus fanlarni o’qitishda yangi pedagogik
texnalogiyalardan foydalanish usullari”, Toshkent-2021, ‘Shafoat nur fayz’nashriyoti,
5-bet.
2.
S.A.Toshtemirova, F.Sh.Ilmurodova, M.H.Sa’dullayeva, “Tarix o‘qitish
metodikasi” , Toshkent, ‘Yangi chirchiq prints’, 2023. 4-bet.
3.
Ya.X.G’afforov “Mahsus fanlarni o’qitishda yangi pedagogik
texnalogiyalardan foydalanish usullari”, Toshkent-2021, ‘Shafoat nur fayz’nashriyoti,
117-bet
4.
N.Sayidahmedov “Yangi pedagogic texnologiyalar” Toshkent-2003, 8-9-
betlar
5.
Педагогический словар Под редакцией И.А.Каирова
-
М.: Слово, 2004
-
С.12
6.
S.A.Toshtemirova, F.Sh.Ilmurodova, M.H.Sa’dullayeva, “Tarix o‘qitish
metodikasi” , Toshkent,’Yangi chirchiq prints’, 2023. 439-bet.
7.
Ya.X.G‘afforov. Tarix o‘qitish metodikasi. Darslik.-Toshkent : ‘TURON-
IQBOL’ 2022-YIL, 59-bet.
8.
Ya.X.G‘afforov. Tarix o‘qitish metodikasi. Darslik.-Toshkent : ‘TURON-
IQBOL’ 2022-YIL, -B.256
9.
Yu.K.Babanskiy.Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o’qitish
metodikasi.-Toshkent: O‘qituvchi, 1990.-B.186.
10.
Ya.X.G‘afforov. Tarix o‘qitish metodikasi. Darslik.-Toshkent : ‘TURON-
IQBOL’ 2022-YIL, 58-bet.