DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
14
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI
AJDODLARIMIZNING BOY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANIB
MA’NAVIY FAOLIYATGA METODIK TAYYORLASH
Nabiyeva Dilfuza Temirovna
O‘zbekiston – Finlandiya
pedagogika instituti o‘qituvchisi
nabiyevadilfuza07@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16760766
Annotatsiya:
Ushbu maqolada buyuk ma’rifatparvar ajdodlarimiznining
ma’naviy merosidan foydalanish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarini
tarbiyalash ishiga tayyorlash.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim tizimi, oliy ta’lim muassasasi, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari, kichik maktab yoshidagi oquvchilar, ilg‘or pedagogik
texnologiyalar, ajdodlarimiz.
Аннотация:
Целью данной статьи является подготовка будущих
учителей начальных классов к профессиональной деятельности по
обучению учащихся младшего школьного возраста, используя духовное
наследие наших великих просвещенных предков.
Ключевые слова:
Система образования, высшие учебные заведения,
учителя начальных классов, ученики начальных классов, передовые
педагогические технологии, наши предки.
Abstract:
This article aims to prepare future primary school teachers for
their professional activities in educating primary school-age students by using
the spiritual heritage of our great enlightened ancestors.
Key words:
The education system, higher education institutions, primary
school teachers, primary school students, advanced pedagogical technologies,
our ancestors.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-
yanvardagi Oliy majlisga murojaatnomasida ham “Jamiyatimizda aholi, ayniqsa,
yosh yigit-qizlarning ma’naviy va ma’rifiy sohasini doimiy yuksaltirish birinchi
darajali ahamiytga egadir. Shu bois, “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari”
degan dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash,
ularda tashabbuskorlik, fidoiylik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish o‘ta sharafli
vazifadir”, deb alohida ta’kidlaganlar [2]. “Usluksiz ma’naviy tarbiya
konsepsiyasi” 2019-yil 31-dekabr “Vatanga sadoqat, burch va ma’naviy
tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar
sifatida qolib ketgan holda, uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
15
Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlari haqidagi so‘zlari bilan amallari
orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib
kelayotgan yigit-qizlarning hayotida o‘z o’rinlarini topishlarida bir qator
muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, Konsepsiyada Ma’naviy tarbiya
sohasida o‘qituvchilar faoliyatini metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari shu
jumladan, ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar
uchun zarur darsliklar yetarli emasligi” alohida ta’kidlangan [1]. Bugungi kunda
SETEM orqali fanlarni o‘zaro integratsiyalash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni
qo‘llab o‘quvchilarni darslikni o‘qishga majburlamasdan, zamonaviy metodlar
orqali mavzuni qiziqarli qilib yoritish, o‘quvchini egallagan bilimlarini hayotda
qo‘llay olishlariga erishish dolzarb muammolardan biri hisoblandi. Ilg‘or
pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar o’z – o’zidan ta ‘lim tizimiga kirib
kelmaydi. Bu bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyati va uning yangilikka
intilishi, motivatsiyasiga bog‘liq jarayonligini uqdirish, o‘qituvchi faoliyatini
o‘zgartirmay turib, uning mas’uliyati va faolligini oshirmasdan ta’limda bir
qadam oldinga siljib bo‘lmasligini anglamog‘lari lozim [3].
Bu borada uzoq tariximizning milliy pedagogikasidan ham ayon. Buyuk
ajdodlarimiz doimo ta’lim tizimi taraqqiyotiga o‘zlarining yangi g‘oyalarini
ilgari surganlar va uni ta’lim tizimiga tatbiq etish harakatida bo‘lganlar. Shu
sababli ham Sharq mutafakkirlari va ma‘rifatparvar ustozlari o‘z asarlarida
ta’limda yangiliklarni izlash va qo‘llashga alohida e’tibor berganlar. Yangi
g‘oyalar, yangiliklar, yangicha yondashuvlarni ta’limga joriy qilish bo‘yicha
tinmay aqliy kurash olib borganliklarini ko‘rish mumkin. Sharqning buyuk
allomalari Muxammad ibn Muso al – Xorazmiy, Axmad al – Farg‘oniy, Abu Nasr
Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Abulqosim
Maxmud ibn Umar az-Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxriddin
Muxammad Boburlar pedagogik fikr namoyondalaridir. Jahon ilm – ma’rifatining
buyuk nomoyondasi Abdullox Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy matematika
fani sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi va pedagog uslubiyatchi olim
sifatida matematika fanida obstraksiya (mavxumlilik) tushunchasini
kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy yechish usullarini hal etdi, deduksiya
yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni yechdi.
Shuningdek, ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishda ko‘rgazmali
vositalardan foydalanish, ta’limda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va
tajribalarga suyanish, savol – javob, baxs – munozara kabi ta’lim usullarini keng
qo‘llash, olgan bilimlarni amaliyotga tatbiq eta olish ko‘nikma va malakalarini
tarkib toptirish to‘g‘risida to‘xtalib: “...sezgi orqali bilish, bu qilgan bilim bo‘lsa,
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
16
mantiqiy bayon, aqliy bilish esa, haqiqiy bilishning muhim tomonini bayon etadi.
...Insonning xulq – atvori, xatti – harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina
mukammal shakllanishi mumkin” - degan xulosaga keladi.
Mashxur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilim, fikr
doirasining kengligi bilan “Sharq Arastusi” yoki “Al muallim alsoniy” (Ikkinchi
muallim) nomlariga sazovor bo‘lgan Abu Nasr al-Farobiy (870-950) ta’lim –
tarbiyaning bosh g‘oyasi, maqsadi va o‘qitishning vosita va usullari haqida fikr
yuritadi. Uning fikricha: “Ta’lim degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida
nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug‘ma fazilat
va amaliy kasb – hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqatgina
so‘z va o‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni
shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish – harakat, kasb
– hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishidir” – deydi. U ta’lim – tarbiyaning
o‘rganish usullarini atroflicha yoritib beradi.
Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al – Beruniy (973-1048) ta’lim –
tarbiyani amalga oshirishda talabalarni zeriktirmaslik va xotirasini
toliqtirmaslik uchun o‘rganiladigan fanlarni yangisi bilan almashtirib turish
zarurligi va o‘qitishda turli yangi ta’lim usullaridan foydalanish haqidagi ilg‘or
fikrlari xozirgi davr uchun ham dolzarbdir. “Agar talaba bir masaladan boshqa
masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli – tuman bog‘larda sayr qilganidek bo‘ladi, bir
bog‘dan o‘tar – o‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini
ko‘rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi”
– deydi.
Sharqda “Shayx – ul rais” (Olimlar raisi) unvoni bilan mashhur bo‘lgan
Xusayn ibn Abdulloh ibn al-Xasan Ali ibn Sinoning (980-1037) “Tadbir ul
manozil” asarida bayon etilgan o‘qitish usullari hozirgi davr ta’limotlariga mos
kelishi ham nazariy, ham amaliy jihatdan qimmatlidir. “Bola baqquvat bo‘lib,
so‘zlashuv nutqini yaxshi tushuna boshlagandan so‘ng u savod o‘rganishga
qobil bo‘ladi, shundan so‘ng savodga o‘rgata borish mumkin”. Ibn Sino talabaga
bilim berishda o‘qituvchining pedagogik mahorati va mas’uliyatli burchi
masalasiga alohida to‘xtalib, o‘qituvchi bolalarga bilim berishga kirishishidan
avval, ularning xulq – atvorini o‘rganishi va bilimlarini tekshirib ko‘rishi,
qiziqishini, nimaga qodir ekanligini tavsiya etishi kerakligi haqida fikr yuritar
ekan, murabbiylarga shunday yo‘l – yo‘riqlar beradi: - bolalar bilan muomilada
bosiq, jiddiy bo‘lishi, berayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib
olayotganiga e’tibor berishi; - ta’limda turli o‘qitish usullari va shakllaridan
foydalanishi; - talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
17
xususiyatlarini bilishi; - fanga qiziqtira olishi; - berilayotgan bilimlarning eng
muhimini ajratib bera olishi; - bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi,
aqliy darajasiga mos ravishda berishi; - har bir so‘zning bolalar xissiyotini
uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur. Ibn Sino maktabda bolalarni
alohida – alohida o‘qitishdan ko‘ra jamoa tartibida o‘qitishni afzal deb biladi.
“O‘quvchilar birga bo‘lganda bir – birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z
xotiralari va nutqini rivojlantiradilar” – deydi.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) Movarounnaxr shaharlarini,
xususan Samarqand va Buxoroni ilm dargohiga aylantiradi. Madrasalarning
peshtoqiga esa: “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir”
degan hadisdagi hikmatni yozdirib qo‘yadi. Madrasalardagi o‘quv tizimini isloh
qilib, falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o‘qitishni joriy etdi.
Ta’lim mazmunining sifatini oshiradi va o‘qish – o‘qitish uslubini yangilashga
jiddiy e’tibor berdi. Madrasada olgan nazariy bilimlarni, rasadxonada amaliy
mashg‘ulotlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi. Muddarislarning mas’uliyatini va
pedagogik mahoratini oshirishga alohida e’tibor berdi. Ulug‘bekning fikricha,
talabalarni bilim olishni istamasligi va zerikishi muddarislarning
uquvsizligidandir, deydi. Chunki bunday muddaris – tarbiyachilar ta’lim
usullarini noto‘g‘ri qo‘llash bilan talabalarning bilimga qiziqishini so‘ndiradi.
Muddaris, avvalambor, o‘zini tarbiyalashi, bilim va muddarislik malakalarini
egallashlari lozim, deydi. Darsliklar qaysi fan, voqea, hodisani aks ettirishidan
qat‘iy nazar, hayot haqidagi haqiqatdan uzoq bo‘lmasligi va yangi mazmun bilan
boyitib borilishi kerak. Ulug‘bek darsliklar qanchalik mazmunli va qiziqarli
bo‘lmasin, ta’lim jarayonida o‘qituvchi asosiy o‘rinda turishi, o‘z pedagogik
mahorati bilan namuna bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi. Mirzo Ulug‘bek
o‘z madrasasida mustaqil mutoala qilish – bilim manbaidir, degan g‘oyani ilgari
suradi.
Alisher Navoiy (1441-1501) o‘zi barpo etgan “Ihlosiya” madrasasida o’z
zamonasining yetuk muddarislarini yig‘di va ilm izlash har bir talabaning aqliy
kamolatga yetishishida ilm – fanning ahamiyatini ko‘rsatib, jamiyat
taraqqiyotining asosi sanalgan ilm ahli, ilmni tarqatuvchi olimu fozillarni xurmat
qilishlarini, e’zozlashlarini uqtirdi. Alisher Navoiyning asarlarida maktab va
madrasalardagi ta’lim – tarbiya usullari, ta’lim olish tamoyillari, talabalarga
ta’lim beradigan muallimlar, muddaris va ustoz murabbiylarning o‘zlari bilimli,
dono va tarbiyali, yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarurligi g‘oyasi
ta’limda yetakchi o‘rinda bo‘lishini uqtirdi.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
18
Inson faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra bir – biridan farq
qiladi. Masalan, ijodiy faoliyat, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, tadbirkorlik
faoliyati, o‘quv – biluv faoliyati, boshqaruv faoliyati va innovatsion faoliyat
kabilar. Faoliyatning mazmuni, shart – sharoitlari, vositalari o‘zgarib borishi
natijasida insonning axloqiy madaniyati takomillashib boradi. Bizga ma’lumki
pedagogik faoliyat jamiyatning ta’lim – tarbiyaga bo‘lgan extiyojini qondirish
maqsadida umuminsoniy faoliyatlar va milliy fazilatlarni shakllantirish ilmiy
asoslangan reja dasturiga muvofiq amalga oshirish, ya’ni yosh avlodni
turmushga, hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zaruriy faoliyat hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Sharqda ta’lim va tarbiyaga e’tibor azaldan
rivojlanib kelgan. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi
islohatlar ajdodlarimizning ishlarini davom ettirayotganligimizdan dalolat
beradi
Adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1059-son.31.12.2019-yil
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi. https://lex.uz
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvardagi
Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi. https://www.gazeta.uz
3.M.Sh.Temirov “Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning
konsptual asoslari”. https://wordlyknowledge.uz.