DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
107
BOLALARDA ANEMIYA SABABLARI VA PROFILAKTIKASI.
Asilbek Luqmonov Usmon o’g’li
Alfraganus University Tibbiyot fakulteti
davolash ishi yo’nalishi 5-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17002629
Annotatsiya:
Maqolada bolalarda uchraydigan anemiyaning asosiy sabablari, klinik
belgilari va uning profilaktikasi haqida ilmiy asoslangan tahlillari berilgan.
Tadqiqot davomida maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida kuzatilgan anemiya
hollari o‘rganilib, laborator tahlillar va so‘rovnomalar natijalariga tayangan
holda kasallikning keng tarqalish sabablari yoritilgan. Anemiyani erta aniqlash
va oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va
profilaktik tibbiy ko‘riklarning ahamiyati ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
anemiya, bolalar salomatligi, temir tanqisligi, ovqatlanish,
profilaktikaning ahamiyati.
Annotation:
The article provides a scientifically based analysis of the main causes,
clinical symptoms, and prevention of anemia in children. During the study, cases
of anemia among school-age children were examined, and the causes of its
widespread occurrence were highlighted based on laboratory tests and survey
results. The importance of proper nutrition, adherence to hygiene rules, and
regular medical examinations in the early detection and prevention of anemia is
emphasized.
Keywords:
anemia, child health, iron deficiency, nutrition, importance of
prevention.
Аннотация:
В статье представлен научно обоснованный анализ основных причин,
клинических признаков и профилактики анемии у детей. В ходе
исследования были изучены случаи анемии среди школьников, а также
выявлены причины её широкого распространения на основе
лабораторных анализов и результатов опросов. Подчёркивается важность
правильного питания, соблюдения гигиенических правил и регулярных
медицинских осмотров для раннего выявления и профилактики анемии.
Ключевые слова:
анемия, здоровье детей, дефицит железа, питание, значение
профилактики.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
108
Bolalar salomatligi jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir.
Ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi davrda bolaning to‘liq jismoniy va
aqliy rivojlanishi kelajakdagi hayot sifatini belgilaydi asosiy omildir. Bolalarda
eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bu — anemiya, ya’ni qonda gemoglobin
miqdorining kamayishi yoki eritrotsitlar sonining normadan past bo‘lishi bilan
kechadigan patologik holatdir.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 5 yoshgacha
bo‘lgan bolalarning 40 foizdan ortig‘ida turli darajadagi anemiya kuzatiladi. Bu
ko‘rsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda yanada yuqori bo‘lib, ovqatlanish
sifati, gigiyena va tibbiy xizmat darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Temir
tanqisligi anemiyaning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Temir
gemoglobinning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u kislorodni to‘qimalarga yetkazib
beradi. Temir yetishmovchiligi bolaning nafaqat jismoniy, balki intellektual
rivojlanishini ham sustlashtiradi
Asosiy qism.
Bolalarda anemiyaning rivojlanishida bir nechta sabablar mavjud bo‘lib,
ular ichida eng asosiy omil temir tanqisligi hisoblanadi. Temir gemoglobinning
tarkibiy qismi bo‘lib, uning yetishmovchiligi qonda kislorod tashish jarayonini
izdan chiqaradi. Odatda bolalarda temir tanqisligi noto‘g‘ri ovqatlanish, bir xil
mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, go‘sht va yashil sabzavotlarni kam yeyish
oqibatida yuzaga keladi. Bundan tashqari, tez-tez uchraydigan ichak parazitlari
(gelmintozlar), surunkali ichki qon ketishlar, ba’zi yuqumli kasalliklar hamda
irsiy kasalliklar anemiya rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Anemiyaning klinik belgilari bolaning yoshiga va kasallik darajasiga qarab
turlicha namoyon bo‘ladi.
Eng ko‘p uchraydigan simptomlarga quyidagilar
kiradi:
Terining oqarib ketishi va yuz rangining xiralashishi;
Tez charchash, holsizlik va bosh aylanishi;
O‘qish va o‘yin jarayonida diqqatni jamlay olmaslik;
Immunitetning pasayishi, tez-tez shamollash;
Soch to‘kilishi, tirnoqlarning sinuvchanligi, og‘iz burchaklarida yoriqlar
paydo bo‘lishi.
Anemiya bolalarning umumiy rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kasallik erta aniqlanmasa, bolaning jismoniy o‘sishi sekinlashadi, aqliy
salohiyati pasayadi va psixologik muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ayniqsa,
maktab yoshidagi bolalarda diqqatning sustligi, tez charchash va xotira
muammolari natijasida o‘quv jarayoni samaradorlii kamayadi.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
109
Profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratish zarur. Birinchi navbatda,
to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Bola rasionida temir va vitaminlarga
boy mahsulotlar — go‘sht, jigar, baliq, tuxum, yashil bargli sabzavotlar,
dukkaklilar va mevalar yetarli bo‘lishi lozim. Vitamin C ga boy mahsulotlar
(apelsin, limon, qulupnay, smorodina) temirning yaxshi so‘rilishiga yordam
beradi. Shuningdek, bolaning ichak parazitlariga qarshi muntazam davolash
olishi, har yili profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi anemiyani erta aniqlash
imkonini beradi.
Ona suti bilan oziqlantirish ham muhim profilaktik omillardan
biridir.Chaqaloqlarni kamida 6 oy davomida faqat ona suti bilan boqish tavsiya
etiladi, chunki ona sutidagi temir yaxshi so‘riladi. Keyinchalik qo‘shimcha
ovqatlar to‘g‘ri joriy etilishi bolaning kelajakdagi sog‘lig‘i uchun katta ahamiyat
kasb etadi hamda sog'lom va barkamol shaxs bo'lishini ta'minlaydi.
Xulosa.
Bolalarda anemiya – bu keng tarqalgan va salomatlik uchun xavfli
kasallikdir. Asosiy sabab noto‘g‘ri ovqatlanish va temir tanqisligi bo‘lib, u
bolaning jismoniy hamda aqliy rivojlanishini sekinlashtiradi. Tadqiqot natijalari
bolalarda anemiyani oldini olish uchun sog‘lom ovqatlanish, gigiyena va
muntazam tibbiy nazoratning muhimligini ko‘rsatadi. Profilaktika choralarini
kuchaytirish orqali bolalar orasida anemiya ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada
kamaytirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. World Health Organization. Anaemia in children under 5 years. Geneva: WHO,
2023.
2. Stoltzfus RJ. Iron deficiency: global prevalence and consequences. Food Nutr
Bull. 2020;41(3):163–170.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bolalarda anemiyani
oldini olish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2022.
4. Baker RD, Greer FR. Diagnosis and prevention of iron deficiency and iron-
deficiency anemia in infants and young children (0–3 years of age). Pediatrics.
2019;126(5):1040–1050.
