Авторы

  • Dostonbek Sultonov
    O‘zDSMI FMF “Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.52822

Ключевые слова:

rejissyor aktyor spektakl rassom tahlil talqin kechinma pyesa repertuar xarakter

Аннотация

bu maqolada jahon teatri haqida teatr tomoshalarini tashkil  etilishi qadimgi yunon teatrining qurilishi va uning ilk namoyondalari rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltirilgan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

83

TEATR TOMOSHALARINING TASHKIL ETILISHI. QADIMGI YUNON

TEATRINING QURILISHI

Sultonov Dostonbek

O‘zDSMI FMF

“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich

talabasi

sultonovdoston07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14015964

Annotatsiya:

bu maqolada jahon teatri haqida teatr tomoshalarini tashkil

etilishi qadimgi yunon teatrining qurilishi va uning ilk namoyondalari
rejissyorlar hamda san’at ustalari haqida va jahonning ilk teatri haqida juda ham
qiziqarli va foydali ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

rejissyor, aktyor, spektakl, rassom, tahlil, talqin, kechinma,

pyesa, repertuar, xarakter,

Qadimgi Yunonistonda teatr tomoshalarini tashkil etish bilan bog‘liq

jamiki ishlarga davlatning o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. Dramalar Dionis sha’niga
atalmish: Kichik yoki Qishloq Dionisiyi (dekabr — yanvar); Leney (yanvar —
fevral); Ulug‘ yoki Shahar Dionisiyi (mart — aprel) degan uch bayramda
namoyish etilgan. Drama tomoshalari dramaturglarning o‘zaro musobaqasi
tarzida o‘tkazilgan. Musoabaqada uch fojianavis va uch komediyanavis shoir
ishtirok etgan. Fojianavislarning har biri uch tragediya (trilogiya) va bir satirlar
dramasi (ya’ni satirlar ishtirok etuvchi rivoyatga asoslangan quvnoq
komediya)dan iborat to'rtadan pyesa taqdim etishi lozim bo‘lgan. Sujet jihatidan
bir-biriga bog‘liq uch tragediya trilogiya va shu trilogiyaga satirlar dramasi
qo‘shimcha qilinganda tetralogiya deb atalgan. Musobaqalar uch kun davom
etgan. Har kuni ertalabdan uch tragediya — trilogiya, so‘ng satirlar dramasi va
kechki payt komediyanavislardan birining komediyasi namoyish etilgan.
Musobaqaga faqat yangi yozilgan asarlar qo‘yilgan. Dramaturglar uchun xorni
arxont tayin etgan. Lekin xorni musobaqaga tayyorlash vazifasi, odatda, o‘ziga
to‘q va o‘zi xohish bildirgan yunon fuqarosi zimmasiga yuklangan. Uni xoreg deb
ataganlar. Xoreg o‘z mablag‘i hisobidan xor tarkibini belgilagan, kiyim-kechaklar
bilan ta’min etgan.

Dramaturglarning har bir bellashuvida: uchta tetralogiya uchun, uchta

komediya uchun, jami oltita xoreg talab etilgan. Musobaqa natijalari nufuzli
hakam xay’ati tomonidan baholangan. Zafar qozongan dramaturglar uch xil
mukofot olgan (lekin uchunchi o'rin mag‘lubiyat hisobida baholangan).
Dramaturglar qalam haqidan tashqari, zafar ranizi bo‘lmish gulchambarlar bilan


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

84

e’zozlangan. Ayniqsa, xoreglarning qadr-qimmati baland edi. Xoreg o‘z g‘alabasi
sharafiga yodgorlik o‘rnatish huquqiga ega bo‘lgan. Yodgorlikka tomoshaning
o‘tgan vaqti, dramatuig, xoreg va pyesaning nomlari yozib qo‘yilar edi. Bundan
tashqari, musobaqa natijalari maxsus qaydlarda qayt etilgan va ular davlat
arxivida saqlangan. Bunday qaydlar didaskaliyalar deb atalgan Barcha qadimgi
yunon teatrlarining usti ochiq bo‘lgan, ularga juda ko‘p tomoshabin sig‘gan.
Afinadagi Dionis teatriga 17 ming, Epidavrdagi teatrga 10 minggacha
tomoshabin joylashgan.

E. av. V asrda Yunonistonda butun antik davr uchun umumiy teatr inshooti

nusxasi tasdiq etiladi. Teatr, asosan, uch qismdan 25 iborat bo‘lgan: bular
orxestra (aktyor o‘ynaydigan maydon), teatron (tomoshabin o‘tiradigan joy;
teaomay — «ko‘ryapman» fe’lidan) va skena (skene — «chodir», keyinroq
yog‘och yoki g‘ishtdan tiklangan qurilma) deb atalgan. Teatr qurilishida ovoz va
so‘zning uzoq-uzoqlardan ham yaxshi eshitilishiga alohida e’tibor berilgan.
Bundan tashqari, ba’zan o‘rindiqlar oralig‘iga aks-sado beruvchi moslamalar
o‘rnatish usulidan ham foydalanilgan. Insoniyatning madaniy taraqqiyoti tarixini
antik teatrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki, antik teatr mazmunan xalq
hayoti, uning taqdiri bilan bog‘liq ulug‘vor g‘oyalar teatri sifatida dunyoga
kelgan edi.
Qadimgi Yunonistonda Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan, Rimda Plavt va
Senekalar yangi sahnaviy shakllar, mumlashgan falsafiy, teran badiiy obrazlar
orqali el-yurtni jo‘shqin sevish, qadrlash e’tiqodlarini tarannum etdilar. Antik
dunyodan bizga badiiy ijodning tragediya, komediya janrlariga oid benihoya
go‘zal, badiiy yuksak adabiy namunalar yetib keldi. XV asrdan boshlangan
Uyg‘onish davrida Italiya zaminida antik badiiy ijod an’analari qayta
o‘zlashtirilib, yangi davr teatriga asos solinadi. Uyg‘onish pallasining ilk
tragediyalari, komediyalari, drama san’atiga oid nazariy risolalar shu zaminda
dunyoga keldi. Biroz keyin Ispaniya teatri va nihoyat, Angliya zaminida Shekspir
ijodi misolida Ovro‘po teatri o‘zining yuqori taraqqiyot bosqichiga ko‘tariladi.
XVII asr fransuz klassitsizm teatri ham Uyg‘onish davri teatri rivojining davomi
bo'lib, Ovro'po badiiy ijodiyotida yangi san’at hodisasiga aylandi. Ayni shu
davrda fransuz oliy komediyasining asoschisi Molyer ijod qilgan edi. XVIII asrda
teatr xalq madaniy hayotining ajralmas qismiga aylanadi: Angliyada Sheridan,
Fransiyada Volter, Didro, Bomarshe, Italiyada K. Goldoni, K. Gotssi, Germaniyada
Lessing, Gyote, Shiller ma’rifatparvarlik dramaturgiyasi va estetik
tamoyillarining namunaviy asarlarini yaratib, teatr san’atini umumxalq
minbariga aylantirish g'oyasini amalda ro‘yobga chiqarishga intildilar. Ovro‘po


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

85

mamlakatlari va AQSH teatr san’ati XIX asrda o‘z taraqqiyotining yangi sifat
bosqichiga ko‘tariladi. Teatr bu davrda dastlab Gyugo (Fransiya), Bayron
Angliya), Kleyst (Germaniya) ijodi misolida romantizm, so‘ng naturalizm,
simvolizm uslublari zaminida voqelikni aks ettirishning yangi va rango-rang
ifoda omillari va usullarini o‘zlashtirib boradi. M. Meterlink, G. Ibsen, B. Shou, G.
Gauptman kabi yirik dramaturglar qatori aktyorlik va rejissyorlik san’ati
sohasida ham ulkan san’atkorlarning yetishib chiqishi dramaturgiya darajasiga
monand yuksak sahna ijodi namunalarini yaratish imkonini tug‘dirdi. XX asrda
adabiyot va san’at turli falsafiy maktab, siyosiy g‘oyalar ta’sirida misli
ko‘rilmagan yangi va xilma-xil ifoda usullari va shakllari bilan boyiydi. Birinchi
jahon urushi mahsuli sifatida Germaniyada tug‘ilgan ekspressionizm, B. Brext
tomonidan «epic teatr» istemasining yaratilishi, Fransiyada taraqqiy topgan
tafakkur dramasi, Angliyada «alamzada yoshlar» adabiy harakati, italyan
neorealizm san’ati, AQSHda, T. Uilyams ijodlari misolida psixologik drama
yo'nalishining taraqqiy topishi — bular har bir mamlakat doirasida o‘zicha, lekin
umumovro‘po miqyosida bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik kasb etgan ko‘p qirrali
teatr san’atining ayrim yo‘nalishlari, xolos. XX asrda AQSH teatrining Ovro‘po
teatri taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilganligi ham alohida diqqatga loyiq holdir.
Shu davrda J. Gilgud, L. Olive, Piter Bruk (Angliya); J. Filip, Jan Vilar (Fransiya), J.
Streler (Italiya), Elia Kazan (AQSH) kabi yirik aktyor va rejissyorlar turlicha
yo‘nalish va uslublarda ijod qildiiar. Dramaturgiya va sahna san’ati shu darajada
rang-barangki, ulardagi badiiy oqimlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib
bo‘lmaydi. Shu sababli turli inafkuraviy va badiiy an’analar bilan yo‘g‘rilgan
zamonaviy san’at voqeliklarini aniq tasnif etish ancha mushkul. Ayni zamonda
har bir mamlakat teatr san’ati tarixi alohida ko‘zdan kechirilganda, ular
dramaturgiyasi va teatrinin mustaqil va o‘ziga xosligi nisbiy ekanligi ham ko‘zda
tutilishi lozim.Vaqtlar o‘tib bizning kunlar yaqinlashgan sari xorijiy
dramaturgiya va teatrning milliy mavzu doirasidagi cheklanganlik jiliatlari
susaya boradi. Butun olam tealr spektaklining harakat maydoniga, u olamda
yashovchi odamlar taqdirining bir-biriga bog‘iqligini anglash tamoyillari
ijodiyotning bosh mafkuraviy mezoniga aylanib boradi. G‘arbiv Ovro‘po va AQSH
dramaturglari, sahna ijodkorlari davr ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aynan shu
nuqtayi nazardan tahlil etib kelmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.

2.

Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star

3.

poligraf. 2011.

4.

www.ziyo.uz kutubxonasi

Библиографические ссылки

Raimov A., Raimova N. Hikmatlar shodasi. -T.: О‘zbekiston. 2013.

Umarov E. Teatrda badiiy obraz yaratishning estetik tamoyillari. -T.: Star

poligraf. 2011.

www.ziyo.uz kutubxonasi