Авторы

  • Xulkar Xudoyberdiyeva
    Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Muhandislik va kompyuter grafikasi fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.52826

Аннотация

Oliy ta’lim muassasalari tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, amaliy san’at yo‘nalishlarida arxitektura-qurilish chizmachiligi, tasviriy va amaliy san’at fanlarining o‘qitilish jarayonida O’zbekistonning qadimgi me’morchilik va shaharsozlik sohasidagi tarixiy materiallaridan foydalanish, o‘qitishni chizma geometriya fani bilan bog‘lab olib borish alohida ahamiyatga ega.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

47

O’ZBEKISTONNING MILLIY TARIXIY ME’MORCHILIK

YODGORLIKLARI VA ULARDAGI NAQSHLARNI GEOMETRIYA

ASOSIDA O’QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN

FOYDALANISH

Xudoyberdiyeva Xulkar Zoxid qizi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Muhandislik va

kompyuter grafikasi fani o’qituvchisi

Email:xudoyberdiyevaxulkar677@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13640654

Oliy ta’lim muassasalari tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, amaliy

san’at yo‘nalishlarida arxitektura-qurilish chizmachiligi, tasviriy va amaliy san’at
fanlarining o‘qitilish jarayonida O’zbekistonning qadimgi me’morchilik va
shaharsozlik sohasidagi tarixiy materiallaridan foydalanish, o‘qitishni chizma
geometriya fani bilan bog‘lab olib borish alohida ahamiyatga ega.

Markaziy Osiyoning qadimgi me’morchilik va shaharsozlik san’atini o‘rganish,

me’moriy obidalarning

qurilishini

geometrik

tahlillar asosida ham

ilmiy, ham amaliy ta’lim jarayoniga tadbiq etish yoshlarimizni bilim,
saviyasini yanada to’laqonli bo’lishiga yordam beradi hamda qadimiy me’moriy
obidalarni ta’mirlashda nazariy asos bo‘ladi.

Mavzuning dolzarbligi

Amaliy san’atning turli yo’nalishlarini O’rta Osiyo

rivojlanish tarixi, ularning turli- tuman qirralari haqida qator olimlar tomonidan
ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy uslubiy manbaalar jamlangan
naqqoshlikda, ganch o’ymakorlikda, yog’och o’ymakorlikda bajariladigan
girixlar, geometric chizmalardan tashkil topganini aytib o’tgan va misollar bilan
yoritib ko’rsatilgan. Lekin turli murakkab girixlarni yasashda asos bo’lib xizmat
qiladigan geometric chizmalar, ularni yasashdagi sirkulli yasashlarning
ahamiyati, ularning ilmiy asoslari haqidagi ma’lumotlar hozirgacha to’la yoritib
berilmagan. Chizmachilik fani ayniqsa geometrik chizmachiligi borasida olib
borilgan tadqiqotlarni ma’naviy boyligimiz sifatida o’rganish lozim. Chunki bu
yosh avlodni o’tmishdagi ota bobolarimiz tadqiqotlari mahsuli hisoblangan
yangi bir qirra sifatida namoyon b’ladi. Yoshlarning o’tmishimiz to’g’risidagi
tasavvurlarini yorqin shakllantirishda o’ziga xos o’rin tutadi.

Tadqiqotning muammolari.

O’rta Osiyo me’morchiligining xalq amaliy bezak san’atida qo’llanilgan

chizmalarining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish. Me’morchilikda binolarni
bezatishda qo’llanilgan naqqoshlik bezaklari, yog’och o’ymakorlik, ganch
o’ymakorlik ishlarida chizmachilikka doir geometrik yechimga ega bezak


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

48

ishlarini ochilmagan qirralarini ochib berish va juda murakkab bo’lgan girixli
naqqoshlik ishlarini o’rganish.

Tadqiqotning maqsad va vazifalari

- Me’moriy obidalardagi naqshlarni

geometrik jihatdan tahlil etishda girix naqshlarning ahamiyatini o’quv uslubiy
qo’llanma va darsliklar misolida yoritib berish. Ilmiy- metodik tavsiyalar
tayyorlashdan iborat.

Bizning zamonamiz tadqiqotchilari bo‘lgan L.I.Rempel. G.A.Pugachenkov

a, M.S.Bulatov, P.Sh.Zoxidov kabi olimlar Markaziy Osiyo me’morchilik
obidalarining qurilishlarini geometrik tahlil qilganlar.

Bu

o’rinda

I.

L.

Rempelning “Архитектурный орнамент Узбекистана” nomli kitobida
keltirilgan manbalarda Samarqand shahrining Ulug’bek madrasasi (XV asr)

devoridagi geometrik girixli koshin va uning handasaviy girix yechimiga alohida
e’tiborni qaratish mumkin. Shuningdek Z.Bositxonovning girix san’ati sir-
asrorlariga bag’shlangan ”Xandasiy naqsh (girix)larning yechimlari” kitobida
ham 100 ga yaqin girix namunalari bilan birga ularni yasashda zarur bo’lgan
izohli yechimlarini ham ko’ramiz.

O'rta asr mozaikasining geometriyasi.

XIII asrning boshlarida maqbaralarni, masjidlarni va boshqa binolarni

beshta ko'pburchak, ya'ni o'nburchak, olti burchak beshburchak va rombdan
tashkil topgan davriy mozaika bilan bezash texnologiyasi butun musulmon
mamlakatlariga tarqaldi. Bu beshta "musulmon" ko'pburchaklari to'plami
yordamida yuqorida tavsiflangan parket muammosini hal qilish mumkin.
Bunday ko'pburchaklardan yasalgan naqshlar "girih" (fors tilidan - tugun) deb
nomlanadi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

49

1-rasm. Ko'pburchaklardan yasalgan geometrik naqshlar va uning

handasaviy girix yechimi.

Bu vaqtga kelib an'anaviy bo'lib qolgan girih mozaikasi geometrik

shakllari kombinatsiyasini yaratishga imkon berdi. Bu penrose mozaikasini
eslatuvchi davriy bo'lmagan naqshlar. Shundan kelib chiqadiki, bu vaqtga kelib
me’morlar yanada murakkab vositalardan foydalangan bo'lishi mumkin, ammo
XV asrda dekor texnikasida kontseptual sakrash bo'lgan.

2- rasm. XV-asr arab qo'lyozmasida ko'rsatilgan plitka naqshlari.

Tadqiqotda takrorlanadigan joylarni ranglar bilan ko’rsatilgan. Barcha

geometrik naqshlar ushbu beshta element asosida qurilgan. Islom bezaklarida
ikkita uslub ajratilgan: geometrik - girih va gulli - islimi.Girih (Pers.) -
to'rtburchaklar va ko'pburchak shakllarda (stylize) qilingan chiziqlardan tashkil
topgan murakkab geometrik bezak. Aksariyat hollarda u masjidlarning tashqi
bezaklari va katta hajmdagi kitoblar uchun ishlatiladi. Islimi (pers.) - bog'ich va
spiralning bog'lanishiga qurilgan bezak turi. Timsollar, stilizatsiya qilingan yoki
tabiiy shaklda, doimo o'sib boradigan, gullab-yashnayotgan bargli kurtak g'oyasi
va cheksiz xilma-xil variantlarni o'z ichiga oladi. U kiyim-kechak, kitoblar,
masjidlarning ichki bezaklari va idish-tovoqlarda eng ko'p qo'llaniladi.

Penrose plitkalari 2 sababga ko’ra jamoatchilik e’tiborini tortdi.Birinchidan,

u faqat 2 turdagi plitkalar yordamida cheksiz o’zgaruvchan naqshlarni yaratish
yo’lini topdi.Ikkinchidan, va undan ham ajoyibi, uning plitkalari oddiy,
nossimmetrik shakllar bo’lib, ular hech bir belgiga zid emas.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

50

Xulosa qilib aytganda, tarixiy me’morchilikka oid manbalarni tarixiy
me’morchilik yodgorliklaridagi kvazikristallar va Penrose mozaikasi girih
naqshlarini geometriya asosida o’qitish va ham ilmiy, ham amaliy tahlillar
asosida ta’lim jarayoniga tatbiq etish yoshlarimizning bilim saviyasini yanada
to’laqonli bo’lishiga amaliy yordam beradi hamda qadimiy binolarni
ta’mirlashga nazariy asos bo’ladi..

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

E.I.Ro‘ziyev, A.O.Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi.

Т “Fan vatexnologiya”.Т.2010.
2.

S. Bulatov. ”O’zbek xalq amaliy bezak san’ati” Toshkent “Mehnat” 1991 yil.

3.

Z. Bositxonov. “Xandasiy naqsh (girix) larning yechimlari” Toshkent

2002yil

Библиографические ссылки

E.I.Ro‘ziyev, A.O.Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. Т “Fan vatexnologiya”.Т.2010.

S. Bulatov. ”O’zbek xalq amaliy bezak san’ati” Toshkent “Mehnat” 1991 yil.

Z. Bositxonov. “Xandasiy naqsh (girix) larning yechimlari” Toshkent 2002yil